Olimpiya xartiyasi tasdiqlandi. Unda XOQning maqsad va vazifalari, o'yin
qoidalari va ular bilan bog'liq asosiy masalalar ifoda etilgan edi.
I Kongress Xalqaro Olimpiya harakatida muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Uning mohiyati
keyingi Olimpiya harakatini rivojlantirishda asosiy o'rinda turadi. Kongress kun tartibidagi
barcha masalalarni ко'rib chiqib, tegishli qarorlarni qabul qildi.
Olimpiya Kongressida I Olimpiya o'yini Afinada o'tkazish haqida qaror qabul qilingan
edi. Antik Olimpiya o'yinlari vatani yunoniston bo'lganlgi va D.Vikelasning XOQ Prezidenti
qilib saylanishi buning asosiy sababi edi.