BURG’ULASH USULLARI VA BURG’ULOVCHI STANOKLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR REJA: 1.Burg’ulash stanoklari haqida ma’lumot. 2.Burg’ulash usullari haqida ma’lumot. 3.Burg’ulash stanoklari parametrlari. Foydali qazilmalar qatlamini ochish, qazib olishga tayyorlash, qazib olish, foydali qazilmalarni qidirish kabi portlatish bilan bog‘liq ishlar, odatda, shpur va skvajinalar burg‘ilashga asoslangan. Foydali qazilmalar qatlamini ochish, qazib olishga tayyorlash, qazib olish, foydali qazilmalarni qidirish kabi portlatish bilan bog‘liq ishlar, odatda, shpur va skvajinalar burg‘ilashga asoslangan. Yangi foydali qazilma boyliklarini qidirib topish, ularni o‘zlashtirish ishlari burg‘ilash ishlarini, usullarini, mashina va uskunalarini takomillashtirishni, borlaridan samarali foydalanishni, ulardan foydalanish koeffitsiyentlarini oshirishni va nihoyat burg‘ilash mashinalari unumdorligini oshirishni talab qiladi. Shpur va skvajinalar burg‘ilashda ishlatiladigan kon mashinalari burg‘ilash mashinalari deyilad Burg‘ilangan bo‘shliqning diametri 75 mm gacha, Burg‘ilangan bo‘shliqning diametri 75 mm gacha, chuqurligi 5 m gacha bo‘lsa ularni shpur deb ataladi. Agar shpurning chuqurligi 5 m dan oshiq bo‘lsa, diametri 75 mm dan ko‘p bo‘lsa, u skvajina deb ataladi. Skvajinalarning diametri 0,8 m va undan katta bo‘lsa, yerosti sharoitida ikkita qavat yoki gorizontlarni birlashtirishga xizmat qiluvchi lahim sboyka deb ataladi. Yerostida foydali qazilmalarni bir gorizontdan ikkinchi gorizontga tushirish uchun xizmat qiluvchi katta diametrdagi vertikal skvajinalar gezenk deb ataladi. Burg‘ilash mashinalari tog‘ jinsini buzish usuliga, Burg‘ilash mashinalari tog‘ jinsini buzish usuliga, oladigan energiyasiga va ishlatilishiga ko‘ra quyidagi turlarga: buzish usuliga ko‘ra, mexanik, fizik va aralash usul bilan buzuvchi; energiyasiga ko‘ra elektrik, pnevmatik, gidravlik va aralash energiyada ishlaydi- gan; ishlatilishiga ko‘ra shpur va skvajina burg‘ilaydigan mashinalarga bo‘linadi. MO-39 pnevmatik zarb bolg’asi. MO-39 pnevmatik zarb bolg’asi. Pnevmatik zarb bolg‘alarining tuzilishi. MO— Pnevmatik zarb bolg‘alarining tuzilishi. MO— 39 rusumidagi pnevmatik zarb bolg‘asining ishchi organi nayza (pik), uni ushlab turuvchi prujina 16, stvol 11, oraliq zveno 4, uning ichida joylashgan havotaqsimlagich va zarb beruvchi mexanizm, titrashini so‘ndiruvchi qurilma bilan dastak 1 dan iborat (2-rasm). Siqilgan havo nippel 22 ga ulangan egiluvchan Siqilgan havo nippel 22 ga ulangan egiluvchan shlang orqali mustahkamlovchi gayka 21 va shtutser 20 ga uzatiladi. Shtutser o‘z holicha bo‘shab ketmasligi uchun prujina shayba 19 uni ushlab turadi. Shlangning diametri 16 mm bo‘lib, uzunligi 12 m dan oshmasligi kerak. Zarb bolg‘asining zarb mexanizmi ichiga siqib-presslab o‘rnatilgan buksali stvoldan 15, stvolning to‘sig‘i (перемычка) 14 va zarb beruvchi qismi 12 dan iborat. XULOSA XULOSA Men ushbu mustaqil ish orqali burg’ulash turlari va burg’ulash mashinalari haqida umumiy ma’lumotlarga ega bo’ldim. Foydalanilgan adabiyotlar: Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Sаgаtov N.X. “Kon ishi аsoslаri”. O‘quv qo‘llаnmа. Toshkent: TDTU, 2005y.112bet. 2. Sаgаtov N.X.,Аripovа L.T., Petrosov Ю.E., Djаbborov M.N. “Ochiq kon ishlаri texnologiyasi vа kompleks mexаnizаtsiyalаsh” O‘quv qo‘llаnmа. –T..: Kаmаlаk press, 2015y. 296 bet 3. Imenitov V.R., «Sistemы podzemnoy rаzrаbotki rudnыx mestorojdeniy» Moskvа 2000y. 297bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |