Jinslarning dinamik mustahkamligi, abrazivligi va darzdorliklari qanday aniqlanadi? jinslarning abrazivligi deb ularning burg‘ilash jarayonida jinslarni parchalovchi asboblarni yedirish qobiliyatiga aytiladi. Jinslarning abrazivligi ularni tashkil etuvchi minerallar qattiqligiga, zarrachalarning bir-birlari bilan yopishish xarakteriga, zarrachalarning yirikligi va formasiga, jinslarning zichligiga va ularning darzlanish darajasiga bog‘liqdir. Jinslarni tashkil qiluvchi mineral zarrachalari qanchalik qattiq va yirik bo‘lsa, ularning qirralari qanchalik uchli bo‘lsa, jinslarning abrazivligi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |