Gidravlik gil qorishtirgich
Kukunli mahsulotlardan gilli eritma tayyorlash kerak bo‘lsa (kimyoviy reagentlar, bentonit yoki subbentonitli gillar, og‘irlashtirgich-lar, sementlar) oddiy gidravlik gil qorishtirgichdan foydalaniladi.
Kukun o‘pqon (voronka)ga 1 to‘kiladi va u maxsus uchlik (nasadka) orqali 75 mm li quvurga o‘tadi. Keyin o‘pqon kesimiga mos uchlik (nasadka) tanlash yo‘li bilan quvurga tushayotgan kukunning tezligini tartibga solish mumkin.
O‘sha quvurning orqa qismiga suv yoki suyuq gilli eritmani uzatish uchun 25 mmli patrubka bilan birga 50 mmli quvur o‘rnatilgan. O‘pqondan so‘rib olinayotgan kukun suyuqlik oqimiga o‘tadi va quvurga tushadi. Keyin hamma massa aralashib qabul qilish chaniga va undan nasos orqali burg‘ilash qudug‘iga haydaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |