Isirg’ao’t - Isirg'aót (Onobrychis) turkumi. Kóp yillik va bir yillik ót, qisman yarim butacha va yarim buta shaklidagi ósimlik. Bu turkumning yer yuzida 150,shu jumladan, Hamdóstlik mamlakatlarida 76,Órta Osiyoda 20 turi borligi ma'lum. Ózbekistonda bu turkumning Xuroson esparseti-(O. horossanica) nomi bilan yuritiladigan balandligi 70 sm ga qadar bólgan, qurg'oqchilikka chidamli, shag'al aralash mayin tuproqli tog' yonbag'irlarida ósadigan, O. zeravchanca-Zarafshon esparseti, balandligi 85 sm ga qadar bôlgan, tog' yonbag'irlarida, archazorlarda ósuvchi tikanli esparseti-O. echidna ni, tog' zonasining Shimoliy yonbag'irlarida keng tarqalgan bir yillik O. micrautha, O. pulchella kabi turlarini kórsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |