Odil Rahimiy
tarjimasi
OQSOQOL
(Ko‘rinish)
N. degan bir uezd shaharidagi tashlandiq
qovoqxonalardan birida oqsoqol Shelma yog‘liq
bo‘tqa yeb o‘tiradi. U, bo‘tqadan uch qoshiq
yegandan keyin bir ryumka araq ichadi-da,
«bo‘ldi, endi boshqa ichmayman», deb qo‘yadi.
– Shunday, azizim, dehqonlarning mojarola-
rini bir yoqli qilish nihoyatda mushkul ish, –
deydi u qovoqxona egasiga murojaat qilib. U,
tugmalari hadeb yechilib ketaverganidan qa dab
qo‘yish uchun stol tagiga engashdi. – Shunaqa,
azizim! Dehqonlarning ishi butun bir siyosat,
bunga Bismark ham ojizlik qilgan. Bunaqa
ishlarni olib borish uchun o‘tkir aqlli va epchil
bo‘lmoq kerak. Mana, nega meni mardikor-
lar hurmat qilishadi? Ne sababdan ular men-
ga pashshadek yopishaveradilar? Nega? Nega
men yog‘lik bo‘tqa yeb o‘tiribman-ku, boshqa
advokatlarning yegan bo‘tqasi yog‘siz bo‘la-
di? Buning sababi nimada? Sababi shundaki,
mening miyamda iste’dod, idrok bor.
Shelma pishqirib yana bir ryumka ichdi-da,
kirlanib ketgan bo‘yinini cho‘zib, kekkayib o‘tir-
di. Bu odamning bo‘ynigina emas, balki qo‘lla-
Buqalamun
103
rini, ko‘ylagini, shimini, qo‘lidagi ro‘molchasini,
quloqlarini kir bosib saxtiyon bo‘lib ketgandi.
– Men donishmand emasman. Yolg‘onning
nima keragi bor? Advokatlar kursida o‘qima-
ganman, bilimdonlar singari oliyjanob libos-
lar kiymayman, ammo maqtanchoqlik bo‘lsa
ham aytaman, million so‘m bersang ham bir
umr mendek advokatni topolmaysan. Albatta,
Skopinning ishini bir yoqli qilish qo‘limdan kel-
maydi, Sarra Bekker ishini ham eplay olmay-
man, ammo dehqonlarning ishiga kelganda
hech qanaqa o‘tkir himoyachi, prokuror... hech
kim menga bas kelolmaydi. Rost aytaman! Deh-
qonlarning ishini mendan bo‘lak hech kim bir
yoqlik qila olmaydi. Xoh Lomonosov bo‘l, xoh
Betxoven bo‘l, mendagi iste’dod senda bo‘lmasa
bu ishga urina ko‘rma ham! Mana, Replovodagi
oqsoqolning ishini misol qilib ol. Replovo oqso-
qolining mojarosini eshitgandirsan?
– Yo‘q, eshitganim yo‘q.
– Juda yaxshi mojaro, siyosiy ish! Pleva-
kovning ham tishi sinar edi, faqat mening ku-
chim yetdi bu ishga. Mana shunaqa. Men sen-
ga aytsam, birodari aziz, Moskvadan sal narida
qo‘ng‘iroq zavodi bor. O‘sha zavodda, men sen-
ga aytsam, bizning replovolik Yevdokim Petrov
degan bir yigit katta mutaxassis bo‘lib ishlaydi.
Yigirma yildan buyon o‘sha zavodda ishlaydi.
Pasportiga qarasang mardikorning o‘zginasi,
yalangoyoq, ammo aftiga qarasang sira mar-
dikorga o‘xshamaydi. Yigirma yil ichida sayqal-
lanibdi, odamga o‘xshab qolgan-da. Xoh inon,
Anton Chexov
104
xoh inonma, egnida trinka kostyum, qo‘llarida
uzuk, ko‘kragida tilla zanjir, xullas, oliy marta-
bali janobday! Hech mardikorka o‘xshamay-
di. Oyligi bir yarim ming bo‘lsa, uy-joy bergan
bo‘lsa, yegani oldida, yemagani ketida bo‘lsa,
zavod egasi bilan inoq bo‘lsa, shunday darajaga
ham yetmasinmi. O‘zingdan o‘zing mag‘rurlanib
ketasan kishi... Afti-basharasi ham, men sen-
ga aytsam, mana bundoq (u yana bir ryumka
ko‘tardi)... Kunlardan bir kun o‘sha Yevdokim
Petrov, men senga aytsam, o‘z vataniga, biz-
ning Replovo qishlog‘imizga kelmoqchi bo‘pti.
o‘sha zavodda turaverib, o‘z qishlog‘ini sog‘inib
qopti. Qo‘ng‘iroq zavodida katta mutaxassis
bo‘lsang, turmush yaxshi, zerikib nima qila-
san, tinch turavermaysanmi? Ammo men senga
aytsam, Amerikaga borsang ham yuz so‘mli ging
ko‘p bo‘lsa, baribir qovoqxonani sog‘inasan,
ko‘ngling ketadi. Har holda sog‘inganidan, bir
kelgisi kelipti. Xo‘-o‘sh! Xo‘jayinidan bir hafta-
ga javob opti-da, Replovoga jo‘napti. Eng oldin
tug‘ilib o‘sgan uyiga qo‘nipti. «Men yoshligimda
shu yerda turgan edim, hov anavi yerda otam-
ning podasini boqardim, mana bu yer – yota-
digan joyim edi», – depti. Xullas, yoshligi esiga
tushib shunga o‘xshash gaplarni qilipti. Tag‘in
maqtanib ham qo‘yipti: «Mana, ko‘rdilaringmi
birodarlar! Men ham sizlarga o‘xshash yalang-
oyoq edim, mehnat qilib, ter to‘kib martabaga
yetdim, badavlat bo‘ldim. Sizlar ham mehnat
qilsalaring...», – deb vaysapti. Yalang‘oyoqlar
oldiniga uning nasihatlarini eshitib, hurmat
Do'stlaringiz bilan baham: |