Abdulla Qahhor
tarjimasi
NIQOB
X. degan jamoat klubida ezgu bir niyat bilan
katta bazm yoki shu yerliklar ta’biri bilan ayt-
ganda raqs kechasi uyushtirildi.
Soat tungi o‘n ikki. Raqsga tushmaydigan
niqobsiz ziyolilar – bular besh nafar edi –
qiroatxonadagi kattakon stol atrofida o‘tirib,
burun va soqollarini gazetaga ishqab o‘qishar,
mudrashar, poytaxt gazetalarining mahalliy
muxbiri juda o‘taketgan liberal bir janobning
ta’biri bilan aytsak, «fikr» qilishar edi.
Umumiy zaldan «Vyushki» degan kadril sa-
dosi eshitilardi. Eshik oldidan gurs-gurs qadam
bosib, idish-tovoqlarni sharaqlatib dam-badam
lakeylar o‘tib turishar edi. Qiroatxona ichi jimjit.
– Mana shu yer tuzukka o‘xshaydi, – dedi
kimdir bosinqi, bo‘g‘iq tovush bilan. – Kirave-
ringlar. Bu yoqqa kiringlar!
Eshik ochilib, yo‘g‘on gavdali, pakana, iz-
voshcha ust-bosh kiygan, shlyapasiga tovus
pati taqqan niqobli bir kishi kirdi. Uning ketidan
niqob kiygan ikki xonim va patnis ko‘targan
lakey kirdi. Patnisda bir ko‘zacha likyor, uch
shisha qizil vino va bir necha stakan bor edi.
Anton Chexov
80
– Bu yoqqa! Bu yer salqinroq ham, – dedi u
kishi – patnisni stolga qo‘y. O‘tiringlar, xonim-
lar! Marhamat qiling. Sizlar, janoblar, nariroq
siljinglar... Nima bu yerda...
U qalqib, stuldagi bir necha jurnalni qo‘li bi-
lan surib tashladi.
– Bu yerga qo‘y! Sizlar, kitobxon janoblar,
nariroq siljinglar; bu yerda gazeta-yu siyosatga
balo bormi... Tashlanglar!
– Mumkinmi, sekinroq gapirsangiz, – dedi zi-
yolilardan biri niqob kiygan kishiga ko‘zoynak
orqali qarab. – Bu yer bufet emas, qiroatxona...
Bu yer ichkilik ichadigan joy emas...
– Nega ichkilik ichadigan joy emas ekan?
Nima, stol qimirlab to‘kiladimi, yo ship o‘pirilib
tushadimi? Ajab! Lekin... Gapni cho‘zmang!
Tashlang gazetani... Shusiz ham juda aqllisiz-
lar.. Biroz o‘qibsizlar bas, ko‘z ham ishdan
chiqadi. Hammadan ham muhimi, menga yoq-
mayapti, hamma gap shunda.
Lakey patnisni stolga qo‘ydi, sochiqni bilagi-
ga tashlab eshik yoniga borib turdi. Xonimlar
shu ondayoq vino ichishga kirishishdi.
– Gazetani shunday ichkiliklardan ortiq
ko‘radigan aqlli odamlar ham bo‘lar ekan-da,
deyman, – dedi tovus pati taqqan kishi, o‘zi-
ga likyor quyayotib. – Menimcha muhtaram
zotlar, ichishga pullaring bo‘lmagani uchun
gazetani yaxshi ko‘rasizlar. Shunday emasmi?
Xo-xo!.. O‘qiyaptilar! Xo‘sh, nima deb yozip-
ti? Hoy, ko‘zoynak taqqan zot! Qanaqa faktlar
to‘g‘risida o‘qiyotibsiz? Ho? E, qo‘ysangchi-ya!
Oliftagarchilik ham evi bilan-da! Undan ko‘ra
ichsang-chi!
Buqalamun
81
Tovus pati taqqan kishi o‘rnidan turib,
ko‘zoynakli janobning qo‘lidan gazetani tortib
oldi. U kishining rangi oqardi, keyin qizardi va
hayron bo‘lib, boshqa ziyolilarga qaradi – ular
ham bunga qarab turishar edi.
– Siz taltayib ketayotirsiz, muhtaram ja-
nob! – dedi u jahli chiqib. – Siz qiroatxonani
mayxonaga aylantirayotirsiz, tartibsizlik qi-
lishga, mening qo‘limdagi gazetani tortib olish-
ga haqingiz yo‘q! Men siz aytgan odamlardan
emasman! Siz meni bilasizmi, kimman! Men
bank direktori Jestyakov bo‘laman.
– Sendaqa Jestyakovlarni ikki pulga olmay-
man! Gazetangni esa mana-mana... – U gaze-
tani yerdan olib mayda-mayda qilib tashladi.
– Janoblar, bu nima degan gap? – dedi
Jestyakov dong qotib. – Bu qanaqasi... Hech
aqlga sig‘maydigan ish-ku!
– Achchig‘lari keldi, – dedi niqobli kishi
kulib, – hay-hay, juda qo‘rqib ketdim-ku! A’zoyi
badanim titrab ketayotipti! Menga qaranglar,
muhtaram zotlar! Hazilni qo‘yinglar, sizlar bi-
lan gaplashgani hushim yo‘q... Men mana bu
xonimlar bilan aysh-ishrat qilmoqchiman,
shuning uchun ko‘p xira bo‘lmasdan, bu yer-
ni bo‘shatib qo‘yinglar... Bo‘la qolinglar! Ja-
nob Belobuxin, qani tuyog‘ingni shiqillat! Nega
tumshug‘ingni jiyirasan? Chiq degandan keyin
chiq! Chiq tezroq deyman, bo‘lmasa bo‘yningga
tushirib qolaman!
– Bu qanday bo‘ldi? – dedi sud xazinachisi
Belobuxin qizarib, yelkalarini qisib. – Tushu-
Do'stlaringiz bilan baham: |