Bunday xujjatlar yagona tizimga keltirilmagan


partiya va fuqarolik harakatlarini tashkil etishda fuqarolarning erkinligi



Download 1,46 Mb.
bet2/2
Sana12.11.2022
Hajmi1,46 Mb.
#864768
1   2
Bog'liq
Тестлар тўплами 1


partiya va fuqarolik harakatlarini tashkil etishda fuqarolarning erkinligi.

.

O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi - hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanishi Konstitutsiyamizning ..... ko‘rsatilgan.



  1. 11-moddasida

  2. 12-moddasida

  3. 7-moddasida.

  4. 13- moddasida

.

Abu Rayhon Beruniyning fikricha, jamiyatning paydo bo‘lishiga .........



  1. odamlarning o‘zaro hamkorligi, birga yashashga ehtiyoji va intilishlari sabab bo‘ladi.

  2. ma’naviy axloqiy qadriyatlarning yuksak qadrlanishi, jamiyatda adolat va barqarorlikni ta’minlanishi sabab bo‘ladi.

  3. ijtimoiy munosabatlar odamlar o‘rtasidagi tafovut va tengliksizlik sabab bo‘ladi.

  4. inson ijtimoiy faolligi sabab bo‘ladi.

.

Quyidagilardan jamiyatda demokratiya qay darajada ekanligini belgilovchi mezonlar sirasiga kirmaydiganini aniqlang?



  1. barcha fuqarolarni davlatni boshqarishda ishtirok etishlarini ta’minlash

  2. xalqning qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligi

  3. hukumat qarorlarining xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi

  4. oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishi

.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va kasaba uyushmalari tizimi tomonidan nechta yo‘nalish jamoatchilik nazoratini amalga oshirish imkoniyatinazarda tutilgan?



  1. 28 ta yo‘nalish

  2. 40 ta yo‘nalish

  3. 31 ta yo‘nalish

  4. 15 ta yo‘nalish

.

O‘rta Osiyo xalqlarining eng qadimgi tarixidan ma’lumot beruvchi dastlabki manba bu.....?



  1. Zardushtiylarning Avesto kitobi

  2. Yunon-Rim tarixchilarining asarlari

  3. Geradotning “Tarix” asari

  4. Behustun qoyatosh yozuvlari

.

Shayx uldirkim niyoz olsa mustaqihlarga garib bechoralarga bergaylar.Agar olib o‘zi esa murdor et emishdek bo‘lgay. Agar to‘n qilib kiysa ul to‘n to‘zguncha Xaq taologa namoz ro‘zasini qabul qilmagay va agar olgan niyozidin non qilib esa Xaq taolo oni do‘zahda turluk azobga giriftor qilgay. Va agar ondoh shayxga har kishi e’tiqod qilsa kofir bo‘lgay. Quyidagi jumlalar qaysi mutasavvuf allomaga taalluqli?



  1. Yassaviy

  2. Xo‘ja Axror Valiy

  3. Naqshbandiy

  4. Najmiddin Kubro

.

Men yaxshi fikr yaxshi so‘z yaxshi ishga shon – shavkat baxsh etaman quyidagi jumlalar Avestoning qaysi qismiga tegishli?



  1. Yasna kitobida

  2. Yasht kitobida

  3. Visparad kitobida

  4. Videvdat kitobida

.

Quyidagilardan qaysi biri amaliy falsafani o‘z vazifasi va predmetiga qarab uch qismga: axloqshunoslik, iqtisodiyot va siyosatga bo‘lgan?



  1. Ibn Sino

  2. Farobiy

  3. Yusuf Xos Xojib

  4. Beruniy

.

Ko‘pchilik bo‘lib qabul qilingan tadbir eng savobli bo‘ladi va shunday yo‘l tutish kerak. Ushbu aholini uyushtiruvchi va jipsllikka undovchi fikr qaysi muallifga tegishli?



  1. Nizomulmulk

  2. Amir Temur

  3. Ibn Sino

  4. Yusuf Xos Xojib

.

Shoxlikka da’vogarlar onadan ajib bir iste’dod bilan tug‘iladilar va ular darhol yaxshi-yomonni ajratish fitratiga ega bo‘ladilar. Bundaylarga Xudo idrok farosat va yumshov bir ko‘ngil ato etadi, qolaversa yaxshi ish yuritish o‘quvi bilan ham siylaydi. Ushbu jumlalar quyidagi qaysi asardan olingan?



  1. Yusuf Xos Xojib “Qutadg‘u bilig”

  2. Nizomulmulk “Siyosatnoma”

  3. Ibn Sino “Ishorat va Tanbixot”

  4. Farobiy “Fozil odamlar shahri”

.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari 6-sessiyasida “Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi nechta moddadan iborat bo‘lgan qonun qabul qilinib, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi qonuniy jihatdan kafolatlandi.



  1. 17 modda

  2. 15 modda

  3. 31 modda

  4. 23 modda

.

Mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuquqrlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasining beshinchi bo‘limida nima haqda so‘z boradi?



  1. Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish

  2. Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash

  3. O‘zbekiston saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish

  4. Demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish

.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning qaysi moddasida «O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning xayoti, erkinligi, sha’ni, qadr qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat deb hisoblanadi», deb belgilab qo‘yilgan?



  1. 13 moddasida

  2. 12 moddasida

  3. 14 moddasida

  4. 15 moddasida

.

Fuqorolarnig ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari konstitutsiyamizning qaysi bobida ko’rsatilgan?



  1. IX bob

  2. V bob

  3. VII bob

  4. X bob

.

Prezidentimiz tomonidan qaysi yil “Ijtimoiy himoya” yili deb nomlandi?



  1. 2007-yil

  2. 2006-yil

  3. 2006-yil

  4. 2004-yil

.

Kuchli ijtimoiy siyosatning asoslaridan biri....



  1. ijtimoiy totuvlik

  2. keskin tabaqalanish

  3. ijtimoiy tafovut

  4. barqarorlik

.
Fozil odamlar jamiyati g’oyasi muallifi?

  1. Abu Nasr Farobiy

  2. Abu Rayxon Beruniy

  3. Ibn Sino

  4. Alisher Navoiy

.

Bugungi kunga kelib dunyoning qancha davlatlarida demokratik tuzum umumbashariy va milliy qadriyat sifatida qaror topgan deb, e'tirof etilmoqda?



  1. 160 dan ortiq

  2. 100 ta ortoq

  3. 200 dan ortiq

  4. 120 dan ortiq

.

O’zbekiston Respublikasi suvereniteti konstitutsiyamizning qaysi bobida berilgan?



  1. 1 bob

  2. 2 bob

  3. 3 bob

  4. 4 bob

.

Demokratiya so’zining ma'nosi?



  1. yunoncha so’z bo’lib, “xalq hokimiyati” degan ma'noni anglatadi

  2. lotincha so’z bo’lib, “davlat” degan ma'noni anglatadi

  3. arabcha so’z bo’lib, “o’rinbosar” degan ma'noni anglatadi

  4. ruscha so’z bo’lib, erkinlik degan ma'noni anglatadi

.

Demokratiyaning vazifasi nima?



  1. fuqorolarning huquqlari tan olinadigan va himoya qilinadigan, ularning burchlari bajariladigan jamiyat qurishdan iborat

  2. davlat hokimiyati mas'uliyatini oshirilgan jamiyat qurishdan iborat

  3. faqat ochiq jamiyat qurishdan iborat

  4. rejali iqtisodiyotga asoslangan jamiyat qurishdan iborat

.

O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining qonuniyatlarini bilishda qaysi hususiyatlarni hisobga olish kerak?



  1. Dunyo e'tirof etgan qonuniyatlar va O’zbekistonning o’ziga xos, milliy mentalitet xususiyatlarini

  2. Dunyo tajribasida e'tirof etilgan umumiy qonuniyatlar

  3. O’zbekistonning o’ziga xos xususiy, alohida qonuniyatlarini

  4. rivojlangan mamlakatlar tajribasi

.

Jamiyat va davlatning eng muhim masalalari xalq muhokamasiga qo’yilishi Konstitutsiyamizning qaysi qismida berilgan?



  1. 2 bob, 9 modda

  2. 1 bob, 5 modda

  3. 3 bob, 15 modda

  4. 4 bob, 17 modda

.

Konstitutsiya va qonun ustuvorligi konstitutsiyamizning qaysi qismida mustahkamlangan?



  1. 3 bob, 15-16 modda

  2. 1 bob, 6 modda

  3. 2 bob, 12-13 modda

  4. 5 bob, 18-19 modda

.

Respublikamizda prezidentlik boshqaruvi qachon tashkil qilindi?



  1. 1990 mart

  2. 1989 yil oktyabr

  3. 1991 yil dekabr

  4. 1988 yil may

.

O’zbekitonning “Mustaqillik Deklaratsiyasi” qachon qabul qilindi?



  1. 1990 yil 20 iyun

  2. 1989 yil 27 sentyabr

  3. 1990 yil 24 mart

  4. 1991 yil 31 avgust

.

Davlat hokimiyatining tashkil etilishi konstitutsiyamizning qaysi bo’limida berilgan?



  1. 5 –bo’lim

  2. 1 –bo’lim

  3. 2 –bo’lim

  4. 3 –bo’lim

.

O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi qanday organ?



  1. Qonun chiqaruvchi

  2. Ijro etuvchi

  3. Huquqni muxofaza qiluvchi

  4. Nazorat organi

.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qanday organ?



  1. ijro hokimiyati organi

  2. oliy vakillik organi

  3. mahalliy davlat hokimiyati organi

  4. huquqni muhofaza qilish organi

.

Demokratiyaning eng muhim shartlari?



  1. barcha javoblar to’g’ri

  2. qonun ustuvorligi, hokimiyat organlarining saylab qo’yilishi

  3. ko’ppartiyaviylik, mafkuralarning xilma-xilligi

  4. mulk shakllarining xilma-xilligi va ularning teng muxofaza qilinishi

.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida jami nechta deputat faoliyat ko’rsatadi?



  1. 150

  2. 125

  3. 135

  4. 200

.

Odamlar chin ma'nosi bilan ozod bo’ladilar. Odamlarning tinchlik va erkinliklariga xalaqit beruvchi sulton bo’lmaydi. Ular orasida turli yaxshi odatlar, zavq-lazzatlar paydo bo’ladi.- deb, fozil jamiyatga ta'rif bergan mutafakkir?



  1. Abu Nasr Farobiy

  2. Yusuf Xos Xojib

  3. Abu Ali ibn Sino

  4. Jaloliddin Rumiy

.

2000 yildagi ma'lumotga ko’ra BMT ga nechta davlat a'zo va ularning nechtasida prezident lavozimi mavjud?



  1. 192 davlatdan 146 tasida

  2. 204 davlatdan 122 tasida

  3. 200 davlatdan 176 tasida

  4. 198 davlatdan 150 tasida

.

Demokratiyaning muhim umume'tirof etgan asosiy tamoyilini aniqlang?



  1. barcha javoblar to’g’ri

  2. erkin va adolatli saylovlar hamda qonun ustuvorligi

  3. inson huquqlari ustuvorligi va vijdon erkinligi

  4. ko’ppartiyaviylik tizimi va siyosiy muxolifatning ochiq faoliyatning ko’rsatishi

.

O’zbekiston Respublikasida nechta ommaviy axborot vositalari mavjud?



  1. 1200 dan ortiq

  2. 1000 dan ortiq

  3. 1100 dan ortiq

  4. 670 dan ortiq

.

Bozor iqtisodiyotining shakllanishi, barqaror iqtisodiy o’sishni ta'minlash, iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish va aholining turmush farovonligini oshirishga qanday erishiladi?



  1. Davlatning iqtisodiy faoliyatini cheklash, uning vazifalarini bosqichma-bosqich mahalliy davlat hokimiyatlariga va o’z-o’zini boshqarish organlariga topshirish orqali

  2. Davlatning nazoratchilik va boshqaruvchilik funksiyalarini oshirish orqali

  3. Davlat budjeti tomonidan eng kam oylik ish haqini oshirib borish orqali

.

Qaysi huquqiy xujjatning qabul qilinishi tufayli tadbirkorlar huquq va manfaatlarini muxofaza qilish hamda kafolatlash yanyada kuchaydi?



  1. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida” gi O’zR Qonuni

  2. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

  3. “Xususiy korxonalar to’g’risida” gi O’zR Qonuni

  4. Fuqorolik kodeksi

.

O’zbekistonda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida (1991-1994 y) qanday vazifalar amalga oshirildi?



  1. ma'muriy buyruqbozlik tizimi keltirgan tanglikdan qutulish, bozor munosabatlari negizlari yaratildi

  2. davlat mulkini dastlabki, kichik xususiylashtirish tugatildi

  3. eksport-import operatsiyalari rivojlantirildi

  4. to’g’ri javob yo’q

.

Makroiqtisodiy barqarorlik ta'minlangach, qaysi yildan O’zbekiston iqtisodiy o’sish yo’liga o’tdi?



  1. 1996 yil

  2. 1997 yil

  3. 1998 yil

  4. 1999 yil

.

Davlat hokimiyatida yakkahokimlikni o’rnatgan sovet totalitar tizimi ishlab chiqarish fondlarining necha foiziga egalik qilar edi?



  1. 90 %

  2. 10 %

  3. 50 %

  4. 70 %

.

O’zbekiston iqtisodiyotini nimalar tashkil etadi?



  1. xilma-xil mulk shakllari

  2. xususiy korxona va zavodlar

  3. davlat va xususiy yerlar, ekin maydonlari

  4. to’g’ri javob berilmagan

.

Amaldagi iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsadi nima?



  1. insonga munosib tumush va faoliyat sharoiti yaratish

  2. hech kimdan kam bo’lmagan, qudratli davlat qurish

  3. jaxon maydonida yetakchi mamlakatlar qatoriga chiqish

  4. iqtisodiy raqobatni kuchaytirish

.

Konstitutsiyamizning nechanchi moddasida mulkdor bo’lish to’g’risidagi qoida belgilab qo’yilgan?



  1. 36- modda

  2. 37- modda

  3. 38- modda

  4. 39- modda

.

Haqiqiy demokratiya darsxonasi” ushbu ibora quyidagilardan qaysi biriga nisbatan ishlatilgan?



  1. mahallaga

  2. oilaga

  3. ta’lim muassasasiga

  4. jamiyatga

.

Insonning hayotiy qarashlari shakllanadigan asosiy omil?



  1. oila

  2. maktab

  3. mahalla

  4. jamiyat

.

Habeas korpus institutining mazmun-mohiyati to’gri berilgan javobni toping?



  1. ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini prokurordan sudga o’tkazilishi.

  2. mamlakatda o’lim jazosini bekor qilish.

  3. prokuror vakolatini sudga o’tkazilishi.

  4. jinoyat ishini qo’zg’atish huquqini sud vakolatidan chiqarish.

.

Liberallashtirish nima?



  1. erkinlashtirish, davlatning iqtisodiy hayotga aralashuvini cheklash.

  2. kredit sohasini tartibga solish.

  3. narx darajasini o’zgarishini hisobga olib aholi daromadlarini kuchaytirish.

  4. saylovlarni tashkil etish va tartibga solish.

.

AQSH ning Afg’oniston hududidagi koalitsion qo’shini kontingenti?



  1. AYSEF

  2. AYSESKO

  3. NATO

  4. SHXHT

.

Qadryatlar to’g’risidagi fan nima deyiladi?



  1. Aksiologiya

  2. Antalogiya

  3. Oppologiya

  4. Qadryatlar to’g’risida alohida fan yo’q.

.

Oilaviy tadbirkorlik to’g’risidagi qonun qachon qabul qilingan?



  1. 2012-yil

  2. 2010-yil

  3. 2011-yil

  4. 2013-yil

.

“O’lim jazosini bekor qilish to’g’risida”gi Farmoni qachon imzolangan?



  1. 2005-yil 1-avgust

  2. 2005-yil 1-aprel

  3. 2005-yil 13-may

  4. 2005-yil 1-iyun

.

Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi BMT bosh assambleyasi tomonidan qachon qaabul qilingan?



  1. 1948-y6il 10-dekabr

  2. 1966 yil 19 dekabr

  3. 1976 yil 31- avgust

  4. 1991 yil 30- sentyabr

.

Deklaratsiya so’zining ma’nosi nima?



  1. bayonot

  2. avf etish

  3. himoya qilish

  4. dahlsiz

.

Referendum so’zining ma’nosi nima?



  1. umumxalq ovoz berish

  2. saylash va saylanish

  3. yashirin ovoz berish

  4. tashviqot

.

Bugungi kunda O’zbekistondagi mahallalarning soni?



  1. 10 mingdan ortiq

  2. 8 mingdan ortiq

  3. 9 mingdan ortiq

  4. 11 mingdan ortiq

.

Bugungi kunda O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlar soni?



  1. 7500 dan ortiq

  2. 5000 dan ortiq

  3. 5500 ta

  4. 6900 dan ortiq

.

Ma’naviy barkamol inson deganda qanday shaxsni tushunasiz?



  1. O‘z kasbini yaxshi egallagan, ma’naviy jihatdan yetuk shaxs;

  2. Adabiyot, san’at, falsafa, huquqqa doir chuqur bilimga ega bo‘lgan kishilar;

  3. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni chuqur egallagan va unga amal qilgan ziyoli shaxs;

  4. Diniy bilimlarni chuqur o‘zlashtirgan, unga to‘la amal qiladigan shaxs.

.

Ma’naviyat so‘zining lug‘aviy ma’nosi qanday?



  1. Arabcha “Ma’naviyat” – ma’nolar majmui degan ma’noni bildiradi;

  2. Forscha “Ma’naviyat” – ta’lim, bilish, bilim degan ma’noni anglatadi;

  3. Arabcha “Ma’naviyat” – bilmoq so‘zini anglatadi;

  4. Turkcha “Ma’naviyat” – tarbiyaviy ishlar bilan shug‘ullanish degan ma’noni bildiradi.

.

Istiqlol so‘zi qanday ma’noni anglatadi?



  1. Arabcha «Istiqlol” - ozodlik, erkinlik, ko‘tarilish, qaddini rostlash, o‘sish, yuqori joyga erishish ma’nosini anglatadi;

  2. Lotincha «Istiqlol” – ozodlik, erkinlik bilan yashash ma’nosini anglatadi;

  3. Arabcha «Istiqlol” – shaxdam va matonat ma’nosini anglatadi;

  4. Forscha «Istiqlol” - erishish, rivojlanish, erkinlik ma’nosini anglatadi.

.

Biz qanday jamiyat barpo etmoqdamiz?



  1. Dunyoviy, demokratik, fuqarolik jamiyati;

  2. Mustaqil, milliy, dunyoviy;

  3. Milliy, huquqiy, fuqarolik jamiyati;

  4. Milliy, mustaqil, demokratik.

.

Millatning shakllanishi, takomillashuvi va yuksalishiga qaratilgan evolyutsion xarakterdagi uzluksiz jarayon bu ...



  1. Milliy taraqqiyot;

  2. Milliy o‘zlikni anglash;

  3. Milliy yangilanish;

  4. Milliy shakllanish.

.

Davlat ishlarining to‘qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilur, degan jumla kimning qaysi asaridan olingan?



  1. Amir Temurning “Tuzuklari”dan;

  2. Yusuf Hos Xojibning “Qutadg‘u bilig”idan;

  3. Nizomulmulkning “Siyosatnoma”sidan;

  4. Husat Voiz Koshifiyning “Axloqi Muhsiniy”idan.

.

O‘zbekiston Respublikasida 1991 yil 18 noyabrda ... qabul qilindi?



  1. O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i

  2. O‘zbekiston Respublikasining davlat gerb;

  3. O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi

  4. to‘g‘ri javob yo‘q

.

Komil inson deganda nimani tushunasiz?



  1. Barcha javoblar to‘g‘ri.

  2. Har bir inson o‘zining xalqi tarixini, merosini bilishi;

  3. Ma’naviyati yuksak va huquqiy ongi shakllangan, mustaqil fikrlay oladigan bo‘lishi;

  4. Xulq-atvori, o‘qishi bilan o‘zgalarga ibrat bo‘lishi, kasbi orqali kamolotga erisha olgan;

.

Tolerantlik nima?



  1. Dinlararo totuvlik;

  2. Oila tinchligi;

  3. Yurt osoyishtaligi;

  4. Burchga sodiqlik.

.

O‘zbekiston fuqarolari necha yoshdan boshlab Oliy Majlisga saylanish huquqiga ega?



  1. 25 yoshdan

  2. 18 yoshdan

  3. 21 yoshdan

  4. 30 yoshdan

.

Mavjud rejimga nisbatan bevosita va bilvosita qarshi fikrlarning namoyon bo‘lishi nima deb ataladi?



  1. Muxolifat

  2. Nisbiy deprivatsiya

  3. Anomiya

  4. Fraksiya

.

G‘oyaviy tahdidlarga qarshi kurashda quyidagilardan qaysi biri muhim o‘rin tutadi?



  1. G‘oyaviy ta’lim-tarbiya va targ‘ibot-tashviqot;

  2. Aholi turmush darajasini yuksakligi;

  3. Jamiyatdagi siyosiy islohotlar;

  4. G‘oyaviy-siyosiy faoliyati.

.

O‘zbek oilasining ma’naviy axloqiy jihatlari nimada?



  1. Barcha javoblar to‘g‘ri.

  2. Poklik, imonlilik, mehr-oqibat, sadoqat va vafodorlik;

  3. Sahovatlilik, e’tiqodlik, hamkorlik, insoflilik;

  4. Tinch-totuvlik, axillik, hamjixatlik, o‘zaro hurmat;

.

Buzg‘unchi g‘oyalar qanday sharoitda ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi?



  1. Aholining iqtisodiy jihatdan nochorligi sharoitida;

  2. Jamiyatda yaxlit g‘oya va mafkuraning yo‘qligi-mafkurasizlik sharoitida;

  3. Jamiyatda yakka mafkura hukmronligi sharoitida;

  4. Jamiyatda diniy erkinliklarga to‘la amal qilingan sharoitda.

.

Islohotlar va ularning ma’naviy mezoni?



  1. Barcha javoblar to‘g‘ri.

  2. Xalqning ijtimoiy hayot tarzi, an’ana va qadriyatlar, urf-odatlar

  3. Aholi ruhi, kayfiyati, ongida demokratik qadriyatlarini mustahkamlash

  4. Mamlakatimizda demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurishning strategik islohotlari

.

O‘zbekiston Respublikasi qachon BMTga a’zo bo‘lgan?



  1. 1992 yil 2 mart;

  2. 1995 yil 5 yanvar;

  3. 1995 yil 3 fevral;

  4. 1993 yil 21 noyabr.

.

Astronomiya va matematika sohasida Mirzo Ulug‘bek bilan birga ishlagan allomani ko‘rsating?



  1. Ali Qushchi;

  2. Mavlono Lutfiy;

  3. Abduraxmon Jomiy;

  4. Al Xorazmiy;

.

Shaxsning ma’naviy shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan ?



  1. Ijtimoiy muhit, irsiy xususiyatlar.

  2. Tabiat, ijtimoiy muhit, etnik xususiyatlar;

  3. Tabiat, irsiy xususiyatlar;

  4. Ijtimoiy muhit, etnik xususiyatlar, jinsiy xususiyatlar;

.

O‘zbekistonda davlat boshqaruvi shakli qanday?



  1. Respublika

  2. Monarxiya

  3. Demokratiya

  4. Hokimiyat

.

Milliy birlik nima uchun kerak?



  1. Barcha javoblar to’g’ri.

  2. Millatning tilini, madaniyatini saqlab qolish uchun

  3. Millatning manfaat va ehtiyojlarini qondirish va taraqqiyoti uchun

  4. Vatanparvarlik, millatparvarlik hissini himoya qilish uchun

.

Mustaqil O‘zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlarini aniqlang?



  1. Barcha javoblar to‘g‘ri

  2. Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik

  3. Xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish

  4. Insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilish va vatanparvarlik

.

Qaysi javobda Kadrlar tayyorlashning milliy modeli tarkibiy qismlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan?



  1. Shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish;

  2. Shaxs, oila, uzluksiz ta’lim, fan, madaniyat ishlab chiqarish;

  3. Shaxs, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish, ma’naviyat;

  4. Shaxs, davlat va jamiyat, o‘zliksiz ta’lim, fan, madaniyat.

.

Barkamollik qanday ma’naviy insoniy sifatlardan tarkib topadi?



  1. Barcha javoblar to‘g‘ri

  2. Ezgulik, oqillik, xushfe’llik

  3. Ilmiy, ma’naviy qadriyatlarni anglash va amal qilish

  4. Kasbni mukammal egallash

.

O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish modelida kim bosh islohotchi?



  1. Davlat

  2. Fuqarolik jamiyati

  3. Prezident

  4. Oliy Majlis

.

Barkamol inson:



  1. Yuqoridagi hamma sifatlarni o‘zida shakllantira boradi

  2. Doimo o‘zini ilmiy rivojlantirishga amal qiladi

  3. Axloqan o‘sib boradi

  4. Egallagan kasbini takomillashtirib boradi

.

Yoshlarni barkamol qilib tarbiyalash:



  1. Yuqoridagi hamma sifatlar majmuasini shakllantirishdan iboratdir

  2. Yoshlarga chuqur ilm berishdan, ularni har tomonlama chiniqtirishdan

  3. Aqliy-axloqiy tarbiyalashdan

  4. Ularga biror kasbni mukammal o‘rgatishdan

.

O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi nechta a’zo o‘z faoliyatini olib boradi?



  1. 250

  2. 245

  3. 220

  4. 230

.

Qutadg‘u bilik asari muallifi kim?



  1. Yusuf Xos Xojib

  2. Ahmad Yugnakiy

  3. Umar Xayyom

  4. Maxmud Kashg‘ariy

.

O‘z davrida «Muallimi soniy» - «Ikkinchi muallim» unvoniga sazovor bo‘lgan alloma kim?



  1. Al Forobiy

  2. Al Beruniy

  3. Al Farg‘oniy

  4. Ibn Sino

.

O‘zbekiston o‘zi uchun eng maqbul deb tanlagan o’tish davrining usuli…



  1. Evolyutsion (tadrijiy) yo‘lidan bormoqda

  2. Revolyusion (inqilobiy) yo‘lidan bormoqda

  3. Suveren demokratiya yo‘lidan bormoqda

  4. “Shok terapiyasi” yo‘lidan bormoqda

.

Yurtimizda davlatchilik…



  1. Sharq tamadduni asosida vujudga kelgan

  2. G‘arb tamadduni asosida vujudga kelgan

  3. Rossiya iqtisodi ko‘magida vujudga kelgan

  4. Xorijiy davlatlar iqtisodi ko‘magida vujudga kelgan

.

Hozirgi davrdagi g‘oyaviy tahdidlar qanday namoyon bo‘lmoqda?



  1. Diniy ekstremizm va soxta demokratiya ko‘rinishida

  2. Iqtisodiy munosabatlar ko‘rinishida

  3. Fan-texnikadagi yangiliklar sifatida

  4. Davlat siyosatidagi diktatura shaklida

.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni qachon qabul qilingan va necha moddadan iborat?



  1. 1989 yil 21 oktyabr, 24 moddadan iborat

  2. 1995 yil 22 dekabrda, 26 moddadan iborat

  3. 1994 yil 22 sentyabrda, 30 moddadan iborat

  4. 1993 yil 2 iyun, 24 moddadan iborat

.

Qaysi O‘rta Osiyolik olim algebra fani asoschisi sanaladi?



  1. Al-Xorazmiy

  2. Al-Farg‘oniy

  3. Al-Beruniy

  4. Al-Farobiy

.

O‘zbekistonda davlat tilining huquqiy maqomi qachon mustahkamlangan?



  1. 1989 yil 21 oktyabrda

  2. 1991 yil 12 oktyabrda

  3. 1993 yil 8 dekabrda

  4. 1992 yil 8 dekabrda

.

Insonning ustuvor va muqaddas oliy huquqlaridan biri qaysi?



  1. tinch va osoyishta yashash

  2. davlat va jamiyatni erkinlashtirish

  3. insonparvarlik va vatanparvarlik

  4. saylovlarda qatnashish siyosiy huquqi

.

Yangi hayot, yangi jamiyat poydevori bu – ...



  1. barcha javoblar to‘g‘ri

  2. erkin va ozod fuqaro ma’naviyati, inson omili

  3. xalq ma’naviyatini, madaniyatini rivojlantirish

  4. ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar samaradorligi va jamiyatni mdernizatsiyalash

.

O‘zbekiston Respublikasida Prezidentlik boshqaruvi qachon ta’sis etilgan?



  1. 1990 yil 24 mart

  2. 1992 yil 12 iyul

  3. 1989 yil 21 oktyabr

  4. 1992 yil 2 mart

.

Mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining asosini nima tashkil etadi?



  1. Ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik

  2. Islohotlarning besh tamoyili

  3. Konstitutsiyaviy qonun

  4. hokimiyat tarmoqlari faoliyati

.

Quyidagi qadriyatlarning qaysilari ma’naviyatning tarkibiy asoslari hisoblanadi?



  1. Barcha javoblar to‘g‘ri

  2. Axloqiy qadriyatlar

  3. Milliy diniy qadriyatlar

  4. Ma’naviy meros va milliy g‘oya

.

Qaysi asar sakkiz asrdan buyon mukammal huquqiy manba sifatida o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan?



  1. Marg‘iloniyning “Hidoya” asari

  2. A.Navoiyning “Sabbai sayyor” asari

  3. Imom al-Buxoriyning “Jom’e as-sahih” asari

  4. Z.Boburning “Boburnoma” asari

.

2007-yili Toshkent shahriga qaysi tashkilot tomonidan “Islom madaniyati poytaxti” nomi berildi?



  1. YUNESKO

  2. BMT

  3. AYSESKO

  4. NATO

.

Asosiy g‘oyaviy bo‘shliq nima?



  1. eski mafkura inkor etilib, kelajakka daxldor qadriyatlar, tushuncha va tasavvurlarni to‘liq anglab yetmaslik oqibatida odamlarning qalbi va ongida vujudga keladagan bo‘shliq

  2. yangi tuzumga tegishli g‘oyaning yo‘qligi

  3. eski hukmron mafkura halokatga uchrab, u bilan bog‘liq tushunchalarning qadrsizlanishi

  4. boshqa mafkurani tan olmaslik, yakka hokimlik, “yo‘lboshchi sinf” mafkurasining hukmronligi, tushuncha va tasavvurlarni to‘liq anglab etmaslik

.

Ma’naviy yo‘qotish nima?



  1. millatning qadriyati, tafakkuri va turmush tarzining izdan chiqishi, manqurtlik

  2. jamiyatning iqtisodiy tanazzulga uchrashi

  3. global muammolar

  4. moddiy, moliyaviy yo‘qotishlar

.

Zo‘ravonlik va tajovuzkorlikning yangi ko‘rinishi qanday?



  1. aqidaparastlik, ekstremizm, terrorizm, narkobiznes

  2. xalqqa qaratilgan genotsid siyosat

  3. qurollanish poygasi

  4. tarixiy haqiqatga qarshi chiqish

.

G‘arb va Sharq hayot tarzidagi asosiy farqlar keltirilgan javobni aniqlang.



  1. g‘oyaviy individualizm va milliy qadriyatlarga asoslangan jamoaviylik

  2. ijtimoiylik va tarixiylik

  3. mentalitetdagi ayrim jihatlar

  4. milliy-etnik qarashlar

.

Huquqiy madaniyat bu - ...



  1. Barcha javoblar to‘g‘ri

  2. Jamiyat har bir a’zosining siyosiy ongliligi, siyosiy qobiliyati

  3. Huquqiy bilim, ong madaniyati

  4. Ijtimoiy munosabatlarni belgilovchi xulq-atvor, ko‘nikma, qadriyat

.

Ma’naviyat bu – ...



  1. o‘zgarmaydigan aqidalar yig‘indisi

  2. ommaviy madaniyatga ko‘r-ko‘rona ergashish

  3. insonning ruhiy poklanishi, ichki dunyosi qarashlari mezoni

  4. to’g’ri javob yo’q

.

Diniy aqidaparastlarning asosiy maqsadi?



  1. insonlardagi ma’naviy bo‘shliqni yot g‘oyalar bilan to‘ldirish

  2. islom dinining nufuzini oshirish

  3. islom dinini tanazzulga boshlash

  4. islomiy davlat (halifalik) va taraqqiyot yo‘lini joriy etish

.

Ma’naviy jasorat nima?



  1. ruhan poklanish, iymon-e’tiqod, ezgulik va ma’rifat yo‘lidagi kurash

  2. xalqaro aloqalarni mustahkamlash

  3. jamiyatda faqat o‘zi uchun kurashish

  4. biror shaxsning o‘zgalardan ustunligini isbotlash

.

Mahbub ul-qulub asarida maktab, muallim, o‘qitish usullari, ta’lim tarbiya to‘g‘risida pedagogik fikrlar bayon etilgan. Bu asar qaysi ma’rifatparvarga tegishli?



  1. Ahmad Yugnakiyga

  2. Umar Zamaxshariyga

  3. Munavvar Qoriga

  4. Alisher Navoiyga

.

Yusuf Xos Xojib o‘zining qaysi asarida ilm-fan ma’rifatning ahamiyati, ma’rifatga tavsif berib kishilarni tinmay bilim o‘rganishga chaqirgan?



  1. “Qutadg‘u bilig” asarida

  2. “Al Xidoya” asarida

  3. “Qobusnoma” asarida

  4. “Sunnan” asarida

.

Mamlakatimizda “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” qachondan boshlab nishonlanadi?



  1. 1997 yil 1oktyabrdan

  2. 1996 yil 1 oktyabrdan

  3. 1998 yil 1 oktyabrdan

  4. 1999 yil 1 oktyabrdan

.

O‘zbekistonda ikki palatali parlamentga saylovlar qachon o‘tkazildi?



  1. 2004 y. 26 dekabr

  2. 2004 y. 28 noyabr

  3. 2006 y. 5 yanvar

  4. 2005 y. 28 yanvar

.

Qaysi yil jahon xamjamiyati YUNESKO homiyligi ostida Avestoning 2700 yilligini keng nishonladi?



  1. 2001 y

  2. 1999 y

  3. 2003 y

  4. 2005 y

.

Jamiyatga g‘oyaviy tahdidni bartaraf qilishning eng samarali yo‘llaridan biri ko‘rsatilgan javobni toping.



  1. Kishilarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish

  2. Zamonaviy axborot texnologiyalarga ega bo‘lish

  3. Jamiyatda bozor munosabatlarini jadal shakllantirish

  4. Kishilarning siyosiy va huquqiy madaniyatini oshirish

.

Qanday holatlarda jamiyatga begona g‘oyalar kirib keladi?



  1. Jamiyatda g‘oyaviy bo‘shliq yuzaga kelgan paytda

  2. Yot g‘oyalarga qarshi kurashuvchi maxsus tashkilotlar bo‘lmagan paytda

  3. Jamiyatda alohida g‘oyaviy tashkilot va harakatlar mavjud bo‘lmagan holatlarda

  4. Jamiyatda g‘oya va mafkuralar ko‘p bo‘lgan sharoitda

.

Insonni yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishiga ko‘proq nima sabab bo‘ladi?



  1. Siyosiy ong va madaniyatning pastligi

  2. Asosan diniy savodsizlik

  3. Dunyoviy ilmlardan bexabarlik

  4. Ongsizlik

.

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishning bosh ustuvor yo‘nalishi - bu…



  1. Inson omili

  2. Mustaqillik

  3. Sud - huquq tizimi islohoti

  4. Bozor munosabatlarini chuqurlashtirish

.

Asosan ko‘p millatli davlatlarda kichik millat vakillari tomonidan mustaqil davlatni yoki milliy davlat avtonomiyalarini yaratishga qaratilgan intilishlarni nima deb aytadi?



  1. separatizm

  2. izolyasionizm

  3. libertarizm

  4. lobbizm

.

O‘lkamizda yaratilgan dastlabki yozma manba?



  1. Avesto

  2. Shoxnoma

  3. Qur’oni karim

  4. Qutadg‘u bilik

.

Qonun ustuvorligi tamoyiliga rioya etish nimada ko‘rinadi?



  1. Belgilangan tartib-qoidalar, me’yorlar asosida ish yuritishda

  2. Qonunlarni bilish

  3. Inson manfaatlarini ustun qo‘yishda

  4. Barcha ko‘rsatmalarga amal qilishda

.

Plyuralizm so‘zi nimani bildiradi?



  1. fikrlarning xilma-xilligi

  2. abadiy tasavvurlar

  3. olamning asosida turli g‘oyalar yotishi

  4. yagona g’oya va tasavvurlar

.

Demokratik davlat boshqa turdagi davlatlardan nimasi bilan farq qiladi?



  1. qonunlar ustuvorligi bilan

  2. mamlakat aholisining insonparvar axloqiy-huquqiy me’yorlarni o‘zlashtirganlik va ularga amal qilish darajasi bilan

  3. amaldagi qonunlarning mukammalligi bilan

  4. to’g’ri javob yo’q

.

AQSH axborot agentligini aniqlang?



  1. CNN

  2. VVS

  3. NNTA

  4. Axborot

.

Germaniya axborot agentligini toping?



  1. Deutsche Welle

  2. CNN

  3. BBC

  4. Poytaxt

.

O‘zbekistonda nechta diniy jamoa konfessiya vakillari yashaydi?



  1. 17 ta diniy jamoa vakillari

  2. 26 ta diniy jamoa vakillari

  3. 14 ta diniy jamoa vakillari

  4. 11 ta diniy jamoa vakillari

.

2003-yil noyabrda qaysi siyosiy partiya tashkil etildi?



  1. “O‘zbekiston Liberal-demokratik partiya”

  2. “ Fidokorlar” demokratik partiyasi

  3. “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi

  4. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi

.

Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligi (MDH) qachon tashkil topgan?



  1. 1991 yil 21 dekabr

  2. 1991yil 12 noyabr

  3. 1991 yil 26 avgust

  4. 1991 yil 13 dekabr

.

O‘zbekiston mustaqilligini sobiq Ittifoq respublikalaridan qaysi biri birinchi bo‘lib tan olgan?



  1. Gruziya

  2. Turkmaniston

  3. Ozarbayjon

  4. Latviya

.

Mamlakat siyosiy hayotini erkinlashtirish deganda nimani tushunasiz?



  1. Aholining siyosiy faolligini oshirish

  2. Barqarorlik va fuqarolar totuvligini ta’minlash

  3. Jamiyat ma’naviyatini yanada oshirish

  4. Ochiq jamiyatni shakllantirish

.

Mustaqil O‘zbekiston davlatining bosh strategik maqsadi bu:



  1. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etish

  2. Fuqarolarga munosib hayot sharoiti yaratib berish

  3. Aholida milliy va umumbashriy qadriyatlarga asoslangan siyosiy ma’daniyatni shakillantirish

  4. Barcha javoblar to‘g‘ri

.

Markaziy Osiyo bo‘yicha taniqli amerikalik tadqiqotchi Frederik Star tomonidan ilgari surilgan «Katta Markaziy Osiyo» g‘oyasiga qaysi mamlakatlar kiradi?



  1. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘oniston, Pokiston

  2. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Vetnam, Hindiston, Pokiston

  3. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Eron

  4. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Mongoliya, Ozarbayjon, Eron, Armaniston, Gruziya

.

Amir Temur davlatini boshqarishda qaysi asosiy 4 omilga e’tibor berildi?



  1. Saltanat, xazina, qo‘shin, raiyat

  2. Saltanat, kengash, mashvarat, ma’naviyat

  3. Kengash, mashvarat, tadbir, adliya ishlariga

  4. Din, shariat, huquq, kengash

.

Milliy o‘zini o‘zi anglash qanday yuz beradi va nimalarda ko‘rinadi?



  1. Millatning urf-odatlarini, an’analarini, tarixini, madaniyatini har tomonlama o‘rganishda va hayotga tadbiq etishda

  2. Millatni tashkil etuvchilarning yaqinlashib borishida

  3. Millatni tashkil etuvchilarning bilim saviyasida

  4. Millatni tashkil etuvchilarning har qanday masalalarda bir yoqadan bosh chiqarib, ongli tarzda harakat qilishlarida

.

Yaxshilarga yaxshilik qildim, yomonlarni yomonliklarga topshirdim. Kim menga do‘stlik qilgan bo‘lsa qadrini unutmadim va unga muruvat, ehson, izzatu-ikrom ko‘rsatdim. Ushbu satrlar qaysi asardan olingan?



  1. “Temur tuzuklari”

  2. “Hayrat-ul-abror”

  3. “To‘rt ulus tarixi”

  4. “Fozil odamlar shahri”

.

Quyidagi javoblardan qaysi biri siyosiy tizim tushunchasini o‘zida aks etiradi?



  1. Siyosiy munosabatlar, siyosiy tashkilot (institut)lar va siyosiy me’yorlar, siyosiy qarashlar, siyosiy madaniyat

  2. Siyosiy munosabatlar, siyosiy tashkilot (institut)lar

  3. Siyosiy me’yorlar, siyosiy qarashlar, siyosiy madaniyat

  4. Siyosiy xurfikrlik

.

Markaziy Osiyo geosiyosiy transformatsiyasining ma’nosini ochib bering.



  1. Markaziy Osiyoning jahon siyosatidagi geosiyosiy maqomi o‘zgarmoqda

  2. Mintaqada buyuk qudratli davlatning geosiyosiy ustuvorligi o‘rnatilmoqda

  3. Markaziy Osiyoda mintaqaviy integratsiya amalga oshirilmoqda

  4. Mitaqa mamlakatlarida bozor va demokratik islohotlar amalga oshirilmoqda

.

Axborot urushining eng asosiy tamoyili bu –



  1. Hukumatga qarshi ishonchsizlik uyg‘otish

  2. Ehtimoldagi dushmanni belgilab olish

  3. Farovon hayot kechirish

  4. Ozod va hur yashash

.

Davlat haqida va «Qonunlar haqida» asarlari muallifini aniqlang.



  1. Sitseron

  2. Aflotun

  3. Aritotel

  4. Suqrot

.

Quyidagi antik davr mutafakkirlaridan qaysi birining talqinicha, davlat qadimgi yunon mutafakkirlarining konsepsiyalaridagi kabi davlatning barcha erkin a’zolari umummanfaat ifodasi sifatidagina emas, balki bu a’zolarning o‘zaro kelishilgan huquqiy munosabatlari majmui, muayyan huquqiy tuzilma, «umumiy huquqiy tartibot» sifatida ham namoyon bo‘ladi?



  1. Sitseron

  2. Fukidid

  3. Tatsit

  4. Epikur

.

Buyuk grek faylasufi Platon asarlari haqida: «Mana bu klassik- zaminda insonparvarlik, jasorat, tafakkur va ijodkodkorlik urug‘lari unib chiqdi. Har qanday jamiyatchilikning avvali, uning dastlabki namunalari, oliy g‘oyalari o‘sha erdadir» - deb ma’lumot bergan mutafakkirni aniqlang?



  1. Belinskiy

  2. Gumilev

  3. I.Kant

  4. Gegel

.

Ko‘pgina ekspertlar fikricha, aynan ... ning ijtimoiy-siyosiy ta’limotida ― fuqarolik jamiyati o‘zining tushunchaviy asoslariga ega bo‘ladi. Gap qaysi antik davr mutafakkirining qarashlari haqida bormoqda. Nuqtalar o‘rniga mos javobni belgilang.



  1. Sitseron

  2. Fukidid

  3. Tatsit

  4. Epikur

.

Davlat tushunchasiga birinchilardan bo‘lib huquqiy tus bergan mutafakkirni aniqlang.



  1. Sitseron

  2. Fukidid

  3. Tatsit

  4. Epikur

.

Fuqarolik jamiyatining tarixiy ko‘rinishlari ifodasini qanday an’analarga bo‘lish mumkin? 1) Yevropa-O‘rta yer dengizi an’anasi; 2) kontinental-yevropa an’anasi; 3) liberal anglo-amerika an’anasi



  1. 1,2,3

  2. 1,2

  3. 1,3

  4. 2,3

.

Quyidagi qaysi fuqarolik jamiyatining tarixiy ildizi ko‘rinishlari ifodasi fuqarolik jamiyati shahar boshqaruvi tizimiga asoslangan, muayyan shahar doirasidagi, ijtimoiy munosabatlar tizimi sifatida xarakterlanadi?



  1. Yevropa-O‘rta yer dengizi an’anasi

  2. Kontinental-yevropa an’anasi

  3. Liberal anglo-amerika an’anasi

  4. Barcha javoblar to‘g‘ri

.

Erkin fuqaroning paydo bo‘lishiga, birinchilardan bo‘lib birlashgan hunarmandlar va savdogarlar gildiyasi, feodallardan himoyalovchi va shaharlar boshqaruviga ta’sir qilgan birinchi assotsiatsiya sabab bo‘lgan deb hisoblanadi. Fuqarolik jamiyatining ushbu tarixiy ildizi qaysi an’anaga xos?



  1. Kontinental-yevropa an’anasi

  2. Yevropa-O‘rta yer dengizi an’anasi

  3. Liberal anglo-amerika an’anasi

  4. Barcha javoblar to‘g‘ri

.

Kontinental-yevropa an’anasi quyidagi qaysi madaniy doira ta’sirida bo‘lgan?



  1. olmon

  2. italyan

  3. fransuz

  4. anglo-amerika

.

Fuqarolik jamiyati tabiiy huquq va erkinlik asosida mulkka egalik qilishi haqidagi g‘oyani muallifini aniqlang.



  1. Jon Lokk

  2. Tomas Peyn

  3. Adam Smit

  4. Jon Styuart Mill

.

Modernizatsiya va o‘z-o‘zini boshqarishni fuqarolik jamiyatining muhim komponentlari sifatida belgilagan shaxsni aniqlang.



  1. Adam Smit

  2. Tomas Peyn

  3. Jon Lokk

  4. Jon Styuart Mill

.

Minimal davlat konsepsiyasi, fuqarolik jamiyati va zaruriy yovuzlik sifatidagi davlatning o‘ta chegaralangan roli haqidagi g‘oyani muallifini aniqlang.



  1. Tomas Peyn

  2. Adam Smit

  3. Jon Lokk

  4. Jon Styuart Mill

.

Amerikacha demokratiya tahlili g‘oyasini ifodalagan “Amerikadagi demokratiya” asarini muallifini aniqlang.



  1. Aleksis de Tokvil

  2. Tomas Peyn

  3. Adam Smit

  4. Jon Styuart Mill

.

Davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi munosabatlarni belgilab bergan va fuqarolik jamiyati mustaqil bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan olimni ko‘rsating.



  1. Jon Styuart Mill

  2. Tomas Peyn

  3. Adam Smit

  4. Aleksis de Tokvil

.

Pragmatik, tajribaviy ijtimoiy fanga kim asos solgan?



  1. Nikolo Makiavelli

  2. Tomas Peyn

  3. Aleksis de Tokvil

  4. Jon Styuart Mill

.

Ushbu shaxs uchun fuqarolik jamiyati sinfiy, partiyaviy qarama-qarshi qiziqishlar majmuidir. Unga ko‘ra fuqarolik jamiyati xalqdan axloqiy asosni – ezgulik va fazilatni, ijtimoiy qiziqishlar va respublika tuzilmasi qiziqishlari oldida burchni his qilish va jasoratni talab qiladi. Boshqacha qilib aytganda, u erkin individlar uchun munosib birlashma bo‘ladi. Davlatni himoya qilish uchun hukmdor qo‘lidagi barcha vositalarni ishga solishi kerak bo‘ladi, yolg‘on, shafqatsizlik hatto urush ham bundan mustasno emas. Gap qaysi o‘rta asr allomasining qarashlari haqida bormoqda?



  1. Nikolo Makiavelli

  2. Tomas Peyn

  3. Aleksis de Tokvil

  4. Jon Styuart Mill

.

Davlat qiziqishlari quyidagilar orasidan kimda birlamchi ahamiyat kasb etgan bo‘lib, u o‘z qarashlarida davlatning mutlaqo mustaqilligini talab qilgan, cherkovdan ham, ya’ni davlat va umuman siyosat sohasining sekulyarizatsiyasi tarafdori bo‘lgan. U davlat boshqaruvining o‘ziga xos siyosiy mahorat maktabini yaratadi, unda hech qanday axloqiy normalar bilan hisoblashmay, ― “maqsad har qanday vositani oqlaydi” degan tamoyilni ishlab chiqqan. Yuqoridagi qarashlar muallifi kim?



  1. Nikolo Makiavelli

  2. Tomas Peyn

  3. Aleksis de Tokvil

  4. Jon Styuart Mill

.

Ma’lumki, yangi davrda bir qator faylasuflar fuqarolik jamiyati konsepsiyasini yanada boyitdi. Ular yaratgan asarlarda u yoki bu darajada inson hayotining o‘ziga xos shakli sifatidagi fuqarolik jamiyati muammollari yoritibgina qolmay shaxs va davlatga fuqarolik jamiyatining asosiy subyekti bo‘lgan fuqaroning butun potensialini yuzaga chiqarish uchun zarur bo‘lgan prinsipial yangi sifatlari ishlab chiqilgan. SHu asarlar va ularning mualliflari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) Tomas Gobbs 2) Jon Lokk 3) Monteske 4) Jan Jak Russo 5) Benedikt Spinoza 6) Anri Fergyuson; a) Ilohiy-siyosiy traktat, b) Qonunlar ruhi haqida, d) Davlat boshqaruvi haqida ikki traktat, e) Ijtimoiy kelishuv haqida, f) Leviafan, g) Fuqarolik jamiyati tarixi haqida xatlar.



  1. 1-f, 2-d, 3-b, 4-e, 5-a, 6-g

  2. 1-a, 2-b, 3-d, 4-e, 5-f, 6-g

  3. 1-f, 2-b, 3-d, 4-e, 5-f, 6-g

  4. 1-g, 2-f, 3-e, 4-d, 5-b, 6-a

.

Quyidagilardan qaysi biri antik davr mutafakkirlariga (Platon, Aristotelga) ergashib, jamiyat va davlat tushunchalarini tenglashtiradi. U davlat, fuqarolik jamiyati va fuqaroviy shaxs tushunchalari o‘rtasiga tenglik belgisini qo‘yadi. Biroq, ayni vaqtda, u agar davlat fuqaro bo‘lsa, bu har qanday fuqaro davlat hisoblanishini anglatmasligini qayd etadi. Muayyan xo‘jalik, savdo va tijorat ishlarini olib borish uchun a’zolari o‘zini hamjamiyat (davlat) xohish-irodasiga to‘la bo‘ysundirmagan birlashmalar, kompaniyalar, ya’ni «fuqaroviy shaxslar» tashkil etilishi mumkinligini qayd etadi. Ayni vaqtda bunday fuqaroviy shaxslar (shirkatlar) oxirigacha bo‘ysungan bo‘lishligini ta’kidlaydi. Mazkur mantiqni «fuqarolik jamiyati» tushunchasiga nisbatan ham tatbiq etish mumkin degan fikrni ilgari suradi?



  1. Tomas Gobbs

  2. Jon Lokk

  3. G.Gegel

  4. Kant

.

U o‘z g‘oyalarini «Davlatni boshqarish haqida ikki risola» asarida bayon etgan. Uning ta’limotida odamlarning tabiiy holati, fuqarolik jamiyatining shakllanishi va davlatning tashkil topishi muammolari tushuntirilgan. Ushbu shaxs huquqiy davlatning bosh elementi bo‘lgan hokimiyatning bo‘linishi nazariyasining asoschisi hisoblanadi. Gap qaysi olim haqida bormoqda?



  1. Jon Lokk

  2. Tomas Gobbs

  3. G.Gegel

  4. Kant

.

Quyidagilardan qaysi birining qarashlarida xususiy mulk mehnat bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, odamlar asosan o‘z mol-mulkidan tinch va xavfsiz foydalanish maqsadida jamiyatga qo‘shiladilar, bunda mazkur jamiyatda qabul qilingan qonunlar buning asosiy quroli va vositasi bo‘lib xizmat qiladi, deb ta’kidlanadi?



  1. Jon Lokk

  2. Tomas Gobbs

  3. G.Gegel

  4. Kant

.

Fuqarolik jamiyatiga birlashish – bu qulay, tinch va farovon hayot kechirish, o‘z mol-mulkidan xotirjam foydalanish va o‘zini mazkur jamiyat a’zosi bo‘lmagan odamlarga qaraganda xavfsizroq his qilish uchun boshqalar bilan kelishish demakdir. Ushbu qarashlar muallifini ko‘rsating.



  1. Jon Lokk

  2. Tomas Gobbs

  3. G.Gegel

  4. Kant

.

Fuqarolik jamiyati tushunchasining liberal talqini, yuqorida aytib o‘tganimizdek, ... va ... davrida yaratilgan. «Fuqarolik jamiyati» tushunchasini ular kishilik jamiyatining tarixiy rivojlanishini, insonning tabiiy mavjudlikdan ma’rifatli hayot tarziga o‘tishini aks ettirish uchun ilmiy muomalaga kiritgan. Nuqtalar o‘rniga mos javobni belgilang.



  1. Tomas Gobbs va Jon Lokk

  2. Tomas Gobbs va G.Gegel

  3. Tomas Gobbs va I.Kant

  4. G.Gegel va Jon Lokk

.

Davlat bo‘lmagan joyda urush, qo‘rquv, qashshoqlik, yolg‘izlik, yovvoyilik, jaholat, davlatda – oqilonalik, xavfsizlik, boylik, tartib, bilim va olijanoblik hukm suradi, deb yozgan mutafakkirni aniqlang.



  1. Tomas Gobbs

  2. Jon Lokk

  3. G.Gegel

  4. Kant

.

U liberalizm asoschisi, U birinchi bo‘lib shaxsni jamiyat va davlatdan, erkinlikni – boshqa qadriyatlardan ustun qo‘ygan. Erkinlikni u davlatning aralashuvidan xoli holat sifatida tushungan. Gap qaysi mutafakkir haqida bormoqda?



  1. Jon Lokk

  2. Tomas Gobbs

  3. G.Gegel

  4. Kant

.

Fuqarolik jamiyatiga o‘z kundalik ehtiyojlarini mehnat yordamida qondiruvchi individlar majmui deb qaragan, fuqarolik jamiyatining negizini xususiy mulk tashkil etishini uqtirgan g‘oya muallifini aniqlang.



  1. G.Gegel

  2. Tomas Gobbs

  3. Jon Lokk

  4. Kant

.

Quyidagi mutafakkirlardan qaysi birining fikri bo‘yicha tarixiy jarayonni harakatlantiruvchi kuch sifatida fuqarolik jamiyati emas, balki davlat amal qiladi, u barcha fazilatlarni o‘zida mujassamlashtiradi, inson shaxsi, umumiy siyosiy, moddiy va ma’naviy asoslarning jamuljam ifodasi hisoblanadi. Davlat insonni har xil tasodiflardan himoya qiladi, adolatni ta’minlaydi, umumiy manfaatlarni ro‘yobga chiqaradi?



  1. G.Gegel

  2. Tomas Gobbs

  3. Jon Lokk

  4. Kant

.

Davlat, oila, qabila, millat, diniy va boshqa birliklardan farqlanuvchi «fuqarolik jamiyati» kategoriyasi qachonga kelib tadqiqot predmetiga aylandi?



  1. XVIII-XIX asrlarda

  2. XVI-XVII asrlarda

  3. XVII-XVIII asrlarda

  4. XIX -XX asrlarda

.

U o‘zining «Huquq falsafasi» asarida fuqarolik jamiyati tushunchasini atroflicha o‘rgandi va unga shaxslarning ehtiyoji va mehnat taqsimoti tizimi, adliya (huquqiy muassasalar va huquqiy tartibot), tashqi tartib (politsiya va korporatsiyalar) orqali aloqasi (munosabatlarga kirishishi) sifatida ta’rif berdi. Gap kim haqida bormoqda?



  1. G.Gegel

  2. Tomas Gobbs

  3. Jon Lokk

  4. Kant

.

Quyidagi mutafakkirlardan qaysi birining qarashlarida fuqarolik jamiyati – bu, avvalo, xususiy mulkka asoslangan ehtiyojlar tizimi, shuningdek, din, oila, tabaqalar, davlat qurilishi, huquq, axloq, burch, madaniyat, maorif, qonunlar va ulardan kelib chiquvchi subyektlarning o‘zaro yuridik aloqalaridir, deb e’tirof etilgan?



  1. G.Gegel

  2. Tomas Gobbs

  3. Jon Lokk

  4. Kant

.

Quyidagi mutafakkirlardan qaysi birining qarashlarida fuqarolik jamiyati oiladan boshlanib to davlatga qadar dialektik harakatlanuvchi alohida bosqich uzoq tarixiy davr davomida o‘rta asrdan to yangi davrgacha transformatsiyalashib kelgan tushunchadir. U fuqarolik jamiyati va davlatni aralashtirib yuboruvchi o‘sha davrda hukmron bo‘lgan tabiiy huquq nazariyasini tanqid qilgan, uning fikricha, ijtimoiylik xususiyatiga asoslanuvchi fuqarolik jamiyati, oilaning axloqiy va davlatning ommaviy hayotidan mutlaqo farqlanadi. U adolatili qonunlar va odil sudlarni fuqarolik jamiyatining tarkibiy qismlari deb hisoblaydi. Gap kim haqida?



  1. G.Gegel

  2. Tomas Gobbs

  3. Jon Lokk

  4. Kant

.

Fuqarolik jamiyatini butun insoniyat uyi deb bilib, bu jamiyatda har bir inson hatti-harakati oliy axloqiy qonun – qat’iy imperativ bilan belgilanashini ta’kidlab, fuqarolik jamiyati mavjud qonunlar doirasida hech kim tomonidan cheklanmaydigan intilish, tamoyillarining erkinlik bilan uyg‘unligi, boshqacha aytganda, fuqarolarga mos bo‘lgan jamiyat ekanligini uqtirgan allomani aniqlang.



  1. Kant

  2. Tomas Gobbs

  3. Jon Lokk

  4. G.Gegel

.

Qachonga kelib fuqarolik jamiyati – davlat an’anaviy paradigmasi qayta ko‘rib chiqila boshlandi?



  1. XVIII asr o‘rtalariga

  2. XVII asr o‘rtalariga

  3. XVIII asr boshlariga

  4. XVIII asr oxirlariga

.

Davlat arbobining aforizmlari asari muallifini ko‘rsating.



  1. Farobiy

  2. Beruniy

  3. Ibn Sino

  4. Aristotel

.

Quyidagilardan qaysi birining fikricha, adolatli jamiyat qurish uchun uni mudofaa qilish va oqilona boshqarish usulini bilish, odamlarga yovuzlikdan saqlanish ezgulikka intilish yo‘llarini ko‘rsatish lozim?



  1. Farobiy

  2. Beruniy

  3. Ibn Sino

  4. Aristotel

.

Ularning o‘zlaridan saylangan rahbar yoki boshliqlar hokimi mutloq bo‘lmaydi. Ular odamlar ichidan ko‘tarilgan, sinalgan eng oliyjanob, rahbarlikka loyiq kishilar bo‘ladilar. SHuning uchun bunday rahbarlar o‘z saylovchilarini to‘la ozodlikka chiqaradilar, ularni tashqi dushmandan muhofaza qiladilar. Ushbu qarashlar kimga tegishli?



  1. Farobiy

  2. Beruniy

  3. Ibn Sino

  4. Aristotel

.

Jamiyatning paydo bo‘lishiga odamlarning o‘zaro hamkorligi, birga yashashga ehtiyoji va intilishlari sabab bo‘ladi. Adolatli jamiyatni qurish axloqiy qadriyatlarga tayanishi va rivojlantirilishi lozim. YUqoridagi fikrlar muallifini aniqlang.



  1. Beruniy

  2. Ibn Sino

  3. Farobiy

  4. Aristotel

.

Davlat rahbarining asosiy vazifasi aholining turli qatlamlari, kuchlilar va kuchsizlar o‘rtasidagi siyosiy va huquqiy adolat mezonlarini o‘rnatishdadir. Bunga ideal ijtimoiy tuzilmani qurish orqali erishiladi. Yuqoridagi fikrlar muallifini aniqlang.



  1. Beruniy

  2. Farobiy

  3. Ibn Sino

  4. Aristotel

.

Quyidagilardan qaysi biri “davlat rahbarining boshqaruv mahorati umumiy baxtga erishish yo‘lidir” deb hisoblaydi. “Adolatli davlatni ma’rifatli hukmdor boshqaradi, u ma’naviyat, adolat yetakchisi bo‘lishi, o‘z fazilatlari bilan qat’iy talablarga javob berishi lozim” deb, ta’kidlaydi?



  1. Farobiy

  2. Beruniy

  3. Ibn Sino

  4. Aristotel

.

Ideal davlat qurish jamiyat aholisining ma’naviy axloqiy ravnaqi bilan bog‘liq. Ma’naviy axloqiy qadriyatlarning yuksak qadrlanishi nafaqat har tomonlama farovonlikni, balki jamiyatda adolat va barqarorlikni ham ta’minlaydi. Yuqoridagi fikrlar muallifini toping.



  1. Ibn Sino

  2. A.Temur

  3. Farobiy

  4. Beruniy

.

Quyidagilardan qaysi birining fikricha, ijtimoiy munosabatlar bu - odamlar o‘rtasidagi tafovut va tengliksizlik natijasidir. Iqtisodiy va ijtimoiy hamda shaxsiy xususiyatlarga ko‘ra tengliksizlik – inson ijtimoiy faolligi sababi hisoblanadi.



  1. Ibn Sino

  2. Beruniy

  3. Farobiy

  4. Aristotel

.

U o‘zining qarashlarida davlat boshqaruvi va xizmatini tashkil etish turlarini hamda shu darajalarga muvofiq sifatlarini tasniflaydi. Jumladan, «SHohlikka da’vogarlar onadan ajib bir iste’dod bilan tug‘iladilar va ular darhol yaxshi-yomonni ajratish fitratiga ega bo‘ladilar. Bundaylarga Xudo idrok, farosat va yumshoq bir ko‘ngil ato etadi, qolaversa yaxshi ish yuritish o‘quvi bilan ham siylaydi» deb ta’kidlagan. Gap kim haqida bormoqda?



  1. Yusuf Xos Hojib

  2. Beruniy

  3. Ibn Sino

  4. Farobiy

.

U amaldorlarni axloqiy fazilatlariga qarab tanlash, adolat va insofni oyoq osti qiladigan kishilarni davlat ishlariga aralashtirmaslikni, davlatni boshqarishda kengash bilan olib borish, faoliyatlarni muntazam nazorat qilish, itoat, ijro va sifatlari to‘g‘risidagi qarashlari bilan ahamiyatlidir. Gap qaysi mutafakkir qarashlari haqida bormoqda?



  1. Nizomulmulk

  2. Beruniy

  3. Ibn Sino

  4. Farobiy

.

Ko‘pchilik bo‘lib qabul qilingan tadbir eng savobli bo‘ladi va shunday yo‘l tutish kerak. Ushbu fikrlar muallifini aniqlang.



  1. Nizomulmulk

  2. Beruniy

  3. Ibn Sino

  4. Farobiy

.

Tajriba, - deb yozadi u, menga shuni ko‘rsatdiki, din va qonunga tayanmagan hukumat, o‘zining buyuk qudratini uzoq vaqt saqlab tura olmaydi. Uni har qanday yovuz kishi kirishi mumkin bo‘lgan na tomi, na eshigi, na panjaralari bor uyga o‘xshatish mumkin. Ushbu fikrlar muallifini aniqlang.



  1. A.Temur

  2. Bobur

  3. A.Navoiy

  4. Nizomulmulk

.

Rahbar uchun barcha ishlarda adolatga amal qilishi kerak: u sotilmaydigan va fazilat egasi bo‘lgan odamni vazirlikka tayinlashi lozim, chunki adolatli vazir o‘zi mahdud-rahbar adaolatsizliklarni to‘g‘irlashi mumkin, ammo vazirning o‘zi shunday bo‘lsa, halokat yaqindir. Yuqoridagi jumlalar muallifini aniqlang.



  1. A.Temur

  2. Bobur

  3. A.Navoiy

  4. Nizomulmulk

.

O‘z nazariyasida mutafakkir, bir tomondan hukumdor va bog‘bonni, boshqa tomondan davlat va bog‘ni solishtiradi. Unga ko‘ra, agar bog‘bon aqlli va mehnatsevar bo‘lsa, uning bog‘i gullab-yashnaydi. Huddi shunday agar mamlakatning aqlli, dono, adolatli, xalqi uchun qayg‘uradigan va uni sevadigan hukumdori bo‘lsa, u rivojlnib farovonlashadi. Gap kimning qarashlari haqida bormoqda?



  1. A.Navoiy

  2. Bobur

  3. A.Temur

  4. Nizomulmulk

.

Davlat ishi bilan mashg‘ul bo‘lgan amaldorlik chog‘larimda ko‘ngil mulkini turli odamlarning hujumi bulg‘aladi. Goh amirlik o‘rnida o‘tirdim va hukumat mahkamasida xalqning arz-dodini so‘rdim va goh podshoh yonida vazirlik qildim va menga umidvor nazar bilan qarab turgan elga muruvvat ko‘rsatdim. Yuqoridagi jumlalar muallifini aniqlang.



  1. A.Navoiy

  2. Yusuf Xos Hojib

  3. A.Temur

  4. Nizomulmulk

.

Adolatli jamiyat shakllanishining asosiy omili sifatida ... insoniy fazilatlar: adolatlilik, rahmdillik, mehnatsevarlik, rostgo‘ylik, vatanparvarlik, vijdonlilik, insonparvarlik va jasoratni keltirib o‘tadi. Nuqtalar o‘rniga mos javobni belgilang.



  1. A.Navoiy

  2. Beruniy

  3. A.Temur

  4. Bobur

.

Quyidagi qaysi davlatda fuqarolik jamiyatining dastlabki rasmiy institutlari diniy uyushmalar, maktablar va turar joyi bo‘yicha havfsizlik va tartibni ta’minlovchi ijtimoiy guruhlar sifatida faoliyat olib borgan?



  1. AQSHda

  2. ABuyuk Britaniyada

  3. Fransiyada

  4. Germaniyada

.

Qaerda fuqarolik jamiyati institutlari iqtisodiy sohada o‘z-o‘zini namoyon qilib, bu yangi va eski tipdagi, oldingi uyushmalar va korporativ birlashmalar asosida tashkil topgan mustaqil bozor tashkilotlari sifatida faoliyat yuritgan?



  1. G‘arbiy Yevropada

  2. Osiyoda

  3. AQSHda

  4. Yaponiyada

.

Quyidagi qaysi davlatda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘ziga xos faoliyati gildiyada o‘z aksini topib, o‘z vaqtida hunarmand va savdogarlarning o‘z-o‘zini himoya qilish va shaharlarni boshqarishga o‘ziga xos ta’sir o‘tkazishning dastlabki shakli sifatida qaror topgan.



  1. Germaniyada

  2. Buyuk Britaniyada

  3. Fransiyada

  4. AQSHda

.

Hozirgi davrda rivojlangan G‘arb davlatlarida faoliyat olib borayotgan fuqarolik jamiyati institutlari demokratik siyosiy faollikni nazarda tutgan holda davlat ustidan nazoratni amalga oshiradi. Bunda siyosiy partiyalar ta’siri va o‘z-o‘zini boshqarish institutlari faolligi tobora ortib boraveradi. Ya’ni shaxs erkinligi oliy qadriyat sifatida baholanadi. SHu sababdan qaysi davlatlarda mazkur prinsip sabab davlatning fuqarolik jamiyati hayotiga aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi?



  1. AQSH, Buyukbritaniya, Avstraliyada

  2. AQSH, Buyukbritaniya, Germaniyada

  3. AQSH, Germaniya, Avstraliyada

  4. Germaniya, Buyukbritaniya, Avstraliyada

.

Quyidagi qaysi davlatning ijtimoiy siyosiy hayotida davlatning roli jamiyat hayotini barqarorlashtirishdagi ahamiyati kuchli hisoblanadi. SHu boisdan ham davlat tuzilishiga alohida e’tibor qaratiladi. Bunda milliy birdamlik g‘oyasi ustuvor ahamiyat kasb etadi?



  1. Germaniyada

  2. Buyuk Britaniyada

  3. Fransiyada

  4. AQSHda

.

Quyidagi qaysi davlatda fuqarolik jamiyati sohasida va uning faolligini oshirishda fuqaroga nodavlat sektorni rivojlantirishning muhim maqsadli ob’ekti sifatida e’tibor qaratiladi?



  1. Germaniyada

  2. Buyuk Britaniyada

  3. Fransiyada

  4. AQSHda

.

Muhim siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarning hal etilishida hamda insonning qonuniy huquq va erkinliklari himoya qilinishida fuqarolik jamiyati institutlari muhim rol o‘ynaydi. Bunda davlat faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining ta’minlanishi fuqarolik jamiyati institutlarining muhim vazifasi deb qaraladi. Davlat tizimlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining amalga oshirilishida nohukumat tashkilotlarining rolini kuchaytirish davlatning jamiyat bilan samarali o‘zaro aloqada bo‘lishi mexanizmlarini mustahkamlaydi. Nuqtalar o‘rniga mos javobni belgilang.



  1. Germaniyada

  2. Buyuk Britaniyada

  3. Fransiyada

  4. AQSHda

.

Quyidagi qaysi davlatda fuqarolarning davlat organlari faoliyati to‘g‘risida erkin axborot olishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish ko‘p qirrali va murakkab jarayon sifatida baholanadi. SHuning uchun ham mazkur jarayonlar axborot erkinligiga oid huquqiy mexanizmlar asosida tartibga solinadi



  1. Germaniyada

  2. Yaponiyada

  3. Fransiyada

  4. AQSHda

.

Qachon Germaniyada oila, keksa fuqarolar, ayollar va yoshlar ishlari bo‘yicha qo‘mitaning kichik bo‘limi (Fuqarolik faolligi bo‘yicha kichik qo‘mita)tashkil etilgan. Uning vazifasiga Germaniyaning fuqarolik jamiyatini tadqiq etish tavsiyalarini bajarishga ko‘maklashish hamda o‘z yo‘nalishidagi qonun loyihalari va tashabbuslarini muhokama qilish kiradi.



  1. 2003 yilning mayida

  2. 2000 yilning mayida

  3. 2001 yilning mayida

  4. 2002 yilning mayida

.

Qaysi mamlakatda aholining davlat, tijorat va jamoat tashkilotlariga bo‘lgan ishonchi ―uchinchi sektorni rivojlantirishning muhim mezonlari hisoblanadi?



  1. Germaniyada

  2. Yaponiyada

  3. Fransiyada

  4. AQSHda

.

Quyidagi qaysi davlatda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonidagi «birinchi» va «uchinchi» sektorlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni institutsionallashtirish har ikki tomon uchun foydali hisoblanadi. Bunday hamkorlik siyosatini belgilab beradigan hujjatlar davlat bilan fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishning muayyan bosqichi uchungina foydali bo‘ladi. Ularda davlat hokimiyatining fuqarolik jamiyati roliga nisbatan yangicha nuqtai-nazari aks etadi va uchinchi sektor tashkilotlari bilan samarali o‘zaro hamkorlik asoslari yaratiladi?



  1. Germaniyada

  2. Yaponiyada

  3. Fransiyada

  4. AQSHda

.

Iqtisodiy jihatdan quyidagi qaysi davlatda uchinchi sektor davlat moliyaviy resurslariga bog‘liq. Beg‘araz fondlar va ularning davlat tomonidan moliyalashtirilishi uchinchi sektorning davlatga bog‘liqligini oshirgan edi?



  1. Germaniyada

  2. Yaponiyada

  3. Fransiyada

  4. AQSHda

.

Quyidagi qaysi davlatda davlat nohukumat tashkilotlarini hukumat siyosatini shakllantirishga faol jalb qiladi, vazirlik va idoralar huzurida tashkil etilgan kengashlar faoliyatning boshqa shakl va usullari orqali fuqarolik institutlari bilan hamkorlikni samarali yo‘lga qo‘yadi?



  1. Fransiyada

  2. Yaponiyada

  3. Germaniyada

  4. AQSHda

.

Quyidagi qaysi davlatda fuqarolik jamiyati institutlari taraqqiyotini monitoring qilish usullarini muntazam ravishda yangilab borilishi, jamoat birlashmalarining mamlakat hayotida tobora ortib borayotgan o‘rni masalalarini o‘rganish hamda ularning davlat boshqaruvi organlari bilan hamkorligini tahlil qilish uchun qulay imkoniyatni yaratib bermoqda?



  1. Fransiyada

  2. Yaponiyada

  3. Germaniyada

  4. AQSHda

.

Quyidagi qaysi davlatda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi dolzarb masalalarni echishda davlat organlari va NNTlarning o‘zaro hamkorlik faoliyatini takomillashtirish shakl-tamoyillari va yo‘nalishlariga jiddiy e’tibor qaratiladi?



  1. AQSHda

  2. Yaponiyada

  3. Fransiyada

  4. Germaniyada

.

Quyidagi qaysi davlatda davlat hokimiyati organlari faoliyati, ular tomonidan qonunchilik aktlarining bajarilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib borish mexanizmi va tajribasi ham o‘ziga xos ravishda takomillashtirilgan?



  1. AQSHda

  2. Yaponiyada

  3. Fransiyada

  4. Germaniyada

.

Quyidagi qaysi davlat bilan fuqarolik jamiyati o‘rtasida tuzilgan shartnomalar va bayonotlar uchinchi sektor uchun ham, davlat sektorining o‘zi uchun ham juda muhim sanaladi. CHunki ular, birinchidan, fuqarolik jamiyati tashkilotlariga o‘z faoliyatlarining jiddiy qo‘llab quvvatlanishini, demak jamiyat manfaatlari yo‘lida faoliyat sohalarini kengaytirish imkonini bersa, ikkinchidan, davlat o‘z siyosatiga fuqarolik jamiyati bilan muloqot qilish va sheriklikni qo‘shib, bunday sheriklik yordamida o‘z vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishiga imkon beradi. Bunday muvaffaqiyatli hamkorlik siyosatining asosiy omili – o‘zaro manfaatlarga rioya etish kafolatlari, «boshqa tomonning maqsad va vazifalariga» hurmat va ishonchga asoslanadi?



  1. Buyuk Britaniya

  2. Yaponiya

  3. Fransiya

  4. Germaniya

.

Ma’lumki, davlatning nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida muzokaralar olib borish va siyosiy hujjat qabul qilishida mashkur tashkilotlarning tashabbuskor bo‘lishi tabiiy va ehtimollik darajasi ham yuqori hisoblanadi, lekin quyidagi qaysi davlatlarda ushbu masalada davlat hokimiyati ham manfaatdor bo‘lib, o‘zi mazkur jarayon tashabbuskori bo‘lishi va uni muvaffaqiyatli yakuniga etkazishi ham ko‘zda tutilgan?



  1. Xorvatiya va Vengriya

  2. Estoniya va Xarvatiya

  3. Estoniya va Vengriya

  4. Latviya va Estoniya

.

Quyidagi qaysi davlatda muayyan toifaga taalluqli bo‘lgan hamkorlikning institutsional shakllaridan tashqari tasniflash oson bo‘lmagan alohida funksiyalarga ega institutsional shakllar ham mavjud (Masalan, Xayriya ishlari bo‘yicha komissiya)?



  1. Buyuk Britaniya

  2. Yaponiya

  3. Fransiya

  4. Germaniya

.

Quyidagi qaysi mamlakatda rivojlantirilayotgan fuqarolik jamiyati - ongli va mas’uliyatli faoliyat yuritish tamoyiliga asoslangan va shuningdek, - davlat iqtisod (bozor)-fuqarolik jamiyati modeli ustuvor ahamiyat kasb etadi?



  1. Yaponiyada

  2. Xitoyda

  3. Singapurda

  4. Janubiy Koreyada

.

Quyidagi qaysi mamlakatda joylardagi davlat hokimiyati organlari NNTlar orasida ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni hal etishga qaratilgan turli dastur va loyihalarni e’lon qilishni ko‘zda tutuvchi tanlovlarni o‘tkazish huquqiga ega?



  1. Yaponiyada

  2. Xitoyda

  3. Singapurda

  4. Janubiy Koreyada

.

Quyidagi qaysi davlatda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning retrospektiv xususiyatlari va siyosiy islohotlar tadriji bu hududa yashovchi insonlarni fuqarolik madaniyatini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Bu erda eng muhim narsa shuki aynan shu mamlakatda fuqarolik jamiyati tizimida "bozor" va "ijtimoiy" sohani o‘zaro aloqadorlikda bosqichma-bosqich rivojlanishi alohida ahamiyat kasb etadi?



  1. Xitoyda

  2. Yaponiyada

  3. Singapurda

  4. Janubiy Koreyada

.

Xitoyda davlat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish asosan qachondan boshlab asosiy bosqichni bosib o‘tgan bo‘lsada, avvalo fuqarolik jamiyati institutlarining dastlabki tuzilmalari faoliyati asosida Xitoy ma’muriy tizimini mustahkamlashga e’tibor qaratilgan.



  1. 1949 yildan boshlab

  2. 1946 yildan boshlab

  3. 1947 yildan boshlab

  4. 1948 yildan boshlab

.

Xitoyda fuqarolik jamiyatining rivojlanishida bir qancha to‘siqlar mavjud, ulardan biri – xitoy madaniyatida fuqarolik jamiyati an’analarining oldin mavjud bo‘lmaganligi. Buning echimi, kaliti qanday?



  1. Xitoy – xalq jamiyatini – fuqarolik jamiyatiga – xalqni – fuqaroga almashtirish kerak.

  2. Xitoy –fuqarolik jamiyatini –xalq jamiyatiga – fuqaroni – xalqga almashtirish kerak.

  3. G‘arbiy Evropa davlatlari andozalarini qo‘llagan xolda, NNT faoliyatini takomillashtirish

  4. Bozor munosabatlarini xalqqa sinchiklab tushuntirib, har tomonlama xalq farovonligini ta’minlash orqali

.

Quyidagi qaysi davlatning siyosiy jihatdan rivojlanishi fuqarolarda fuqaroviy ong va fuqarolik madaniyatini tarbiyalash, siyosiy tizimni isloh qilish va demokratiyani rivojlantirish bilan xarakterlanadi.



  1. Xitoy

  2. Yaponiya

  3. Singapur

  4. Janubiy Koreya

.

Quyidagi qaysi davlatda fuqarolik jamiyati nodavlat va davlatdan tashqari tashkilotlar sifatida jamoaviy o‘z-o‘zini boshqarish asosini tashkil qiladi?



  1. Xitoy

  2. Yaponiya

  3. Singapur

  4. Janubiy Koreya

.

Quyidagi qaysi davlat sotsiologlarining fikricha, fuqarolik jamiyati – asta-sekin qudratli davlatning bozor va ijtimoiy munosabatlar sohasidan chetlashtirilishi, fuqarolik jamiyatining muhim komponentlaridan biri fuqaroviy-ijtimoiy tashkilotlar kabi shakllarinishi va rivojlanishi bilan bog‘liqdir.



  1. Xitoy

  2. Yaponiya

  3. Singapur

  4. Janubiy Koreya

.

Quyidagi qaysi davlatda fuqarolik jamiyati shakllanishi tarixi – buyuk va qudratli davlatning iqtisod va ijtimoiy munosabatlar sohasidan chetlashishi, fuqarolik jamiyatining yana bir muhim komponenti, fuqaroviy-ijtimoiy tashkilotlarning paydo bo‘lishi va rivoji bilan bog‘liq?



  1. Xitoy

  2. Yaponiya

  3. Singapur

  4. Janubiy Koreya

.

Uzoq Sharqda Konfutsichilik ana’analarini saqlab qolgan va milliy qadriyatlar tizimiga qat’iy amal qiladigan davlat nominini ko‘rsating?



  1. Janubiy Koreya

  2. Shimoliy Koreya

  3. Yaponiya

  4. Xitoy

.

Quyidagi qaysi davlatda fuqarolik jamiyati institutlari ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilishi bilan bir qatorda davlat va jamiyat munosabatlarini modernizatsiya qilishda muhim o‘rinni egallaydi?



  1. Janubiy Koreya

  2. Shimoliy Koreya

  3. Yaponiya

  4. Xitoy

.

Quyidagi qaysi davlatda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish maqsadida liberal demokratik tamoyillarni an’anaviy jamiyat boshqaruvi me’yorlari bilan uyg‘un holda tadbiq qilishga alohida e’tibor qaratilgan?



  1. Janubiy Koreya

  2. Singapur

  3. Yaponiya

  4. Xitoy

.

Quyidagi qaysi mamlakatda rivojlanayotgan fuqarolik jamiyati instutlari - xukumat-fuqaro-huquq modelidan kelib chiqqan holda faoliyat yuritadi?



  1. Janubiy Koreya

  2. Singapur

  3. Yaponiya

  4. Xitoy

.

Siyosatshunos N.Gardele: “Ehtimol butun er yuzida ushbu davlatchalik tartiblilik, yuqori texnologiyalar, boy o‘rtacha sinf, madaniyat va tolerantlik bilan XXI asrga qadam qo‘yishga tayyor shahar-davlat bo‘lmasa kerak” daganda qaysi davlatni nazarda tutgan?



  1. Singapur

  2. Janubiy Korea

  3. Yaponiya

  4. Xitoy

.

Quyidagi qaysi davlat qirq yillik milliy suverenitetidan keyin rivojlanayotgan emas, rivojlangan mamlakat maqomini olgan Janubiy SHarqiy Osiyodagi yagona mamlakatlardan biri hisoblanadi?



  1. Singapur

  2. Tailand

  3. Janubiy Korea

  4. Malayziya

.

Birinchi bosqichda avtoritar rejim joriy etilgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda esa iqtisodiy rivojlanishga urg‘u berilgan, shuningdek jiddiy siyosiy masalalar ayni shu bosqichda hal etilgan. Uchinchi bosqichda – ishlab chiqarish modernizatsiyasi amalga oshirilgan va siyosiy tizim yanada takomillashtirilgan. Gap qaysi mamlakat haqida bormoqda?



  1. Singapur

  2. Yaponiya

  3. Janubiy Korea

  4. Xitoy

.

Quyidagi qaysi mamlakatda siyosiy jarayoning asosiy ishtirokchisi sifatida davlat, fuqarolik jamiyati, siyosiy partiya va jamoat tashkilotlarining samarali hamkorligi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan va ijro hokimiyati qonun chiqaruvchi hokimiyat ustidan nazorat o‘rnatgan?



  1. Singapur

  2. Yaponiya

  3. Janubiy Korea

  4. Xitoy

.

Quyidagi qaysi mamlakatda davlat vazirliklar orqali muhim strategik qarorlarni qabul qilish va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy sohalar ustidan nazoratni amalga oshirish va monopoliya huquqlaridan foydalanadi. Hukumat va jamiyat bilan vositachi sifatida aynan siyosiy partiyalar faoliyat olib boradi?



  1. Singapur

  2. Yaponiya

  3. Janubiy Korea

  4. Xitoy

.

Quyidagi qaysi mamlakatning hukumati demokratik, biroq o‘ta markazlashgan va qat’iy boshqariluvchi davlat doirasida xalq mandatini saylovlar orqali qo‘lga kiritib borgan?



  1. Singapur

  2. Yaponiya

  3. Janubiy Korea

  4. Xitoy

.

Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot esa demokratik qadriyatlarning shakllanishiga asos bo‘lgan, hukumat tepasiga yangi siyosiy etakchilar avlodining kelishi bu davlatda o‘ziga xos fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga sharoit yaratib berishi mumkin. Gap qaysi janubiy-sharqiy osiyo mamlakati haqida bormoqda?



  1. Singapur

  2. Malayziya

  3. Indoneziya

  4. Filippin

.

Birinchidan, hukmron partiya hanuz yirik siyosiy partiyaligicha qolmoqda. CHunki u turli sohalarda davlat boshqaruvidagi noyob tajribasiga ega. Ikkinchidan, iqtisodida bozor tamoyillar amal qiladi, biroq davlat asosiy xalq xo‘jaligi tarmoqlarini boshqaradi va nazorat qiladi. Uchinchidan, boshqaruv organlarining, davlat muassasalariga eng munosib kadrlarni to‘g‘ri tanlashi va taqsimlashi samarali natijalarni bermoqda.. Ushbu samarador davlat boshqaruvi va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda islohotlar aynan qaysi mamlakat uchun xos?



  1. Singapur

  2. Malayziya

  3. Indoneziya

  4. Filippin

.

Davlat iqtisodiyot sohalarini keng miqyosda qamrab olgan bo‘lsada bu mamlakat jahon hamjamiyatidan uzib qo‘yilmagan. U boshqa mamlakatlar va umuman xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Bu mamlakat mana bir necha o‘n yillardan beri o‘z yo‘lidan borish va bu yo‘ldan qaytmaslik tamoyiliga qattiq amal qiladi. Bu yo‘lning mazmun-mohiyati – jamiyatning konkret-tarixiy sharoitini, milliy, diniy, madaniy xususiyatlarini hisobga olish; iqtisodiy taraqqiyotga an’anaviy axloqiy va madaniy qadriyatlar bilan uyg‘unlikda erishishdan iborat. Gap qaysi mamlakat haqida bormoqda?



  1. Singapur

  2. Yaponiya

  3. Janubiy Korea

  4. Xitoy

.

Quyidagi qaysi davlatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, yaqin orada uning ijtimoiy-siyosiy hayotida biror bir jiddiy o‘zgarish yuz berishi amri mahol. Chunki hukumat tuzilmalaridagi o‘zgarishlar asta-sekin, shakllanib bo‘lgan va bunday o‘zgarishlar siyosiy tizimga dahl qilmagan holda amalga oshirilgan. Hukumat rahbarlarining hukumat tuzilmalaridagi o‘zgarishlarni ko‘pchilik aholining hurmat va e’tirofiga sazovor bo‘lgan an’anaviy siyosiy institularni saqlab qolish bilan birgalikda amalga oshirishi, mavjud hukumat faoliyatiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlanishiga sabab bo‘lmoqda?



  1. Singapur

  2. Yaponiya

  3. Janubiy Korea

  4. Xitoy

.

Quyidagilardan qaysi birining qayd etishicha, fuqaroviylik fuqarolik jamiyatini tuzish uchun jamiyatning ongi va bilimi darajasini ifoda etgan holatdir.



  1. V.Dal

  2. Belinskiy

  3. I.Gandi

  4. SHveyser

.

Insonning fuqaroviyligi nimaga bog‘liq?



  1. barcha javob to‘g‘ri

  2. insonning huquqiy maqomiga

  3. insonning bilimi va jamiyatning holatini anglashi

  4. insonning ijtimoiy me’yorlardan xabardorligi va ularga rioya qilishiga

.

Qaysi davrda fuqaroviylik vatanga sadoqat va vatanparvarlik sifatida talqin etilsa-da, ko‘proq mafkuralashgan ko‘rinishda namoyon bo‘lgan. Ko‘pgina hollarda fuqaroviylik vatanparvarlik bilan aralash ifodalangan?



  1. Sho‘ro davrida

  2. Mustaqillikning ilk davrida

  3. Xonliklar davrida

  4. Mustaqilligimizdan avvalgi davrda

.

Bir tarafdan jamiyatda shaxsning oliy darajada mustaqilligini, ikkinchi tarafdan esa kishilarning jamiyat hayotidagi ishtirokida namoyon bo‘ladigan yuqori darajadagi birdamlikni nazarda tutuvchi qarashlar majmuini ifoda etadi. Nuqtalar o‘rniga mos javobni belgilang.



  1. Fuqaroviylik

  2. Vatanparvarlik

  3. Siyosiylashish

  4. Milliylik

.

Quyidagilardan fuqaroviylikni ifoda etuvchi muhim jihatlar qatorini ko‘rsating. 1) fuqaroning o‘z haq-huquqlarini tushunishi va uni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasi; 2) boshqa fuqarolarning haq-huquqlarini hurmat qilish; 3) fuqaroning o‘z xatti-harakati uchun shaxsiy javobgarligi; 4) davlat va jamiyat oldida o‘zining huquqiy va axloqiy mas’uliyatini anglash; 5) fuqarolarning tengligi; 6) yuksak ma’naviy-axloqiy mezonlarga asoslangan holda ijtimoiy voqelikka nisbatan ob’ektiv va tanqidiy yondashuv; 7) hokimiyat bilan, boshqa fuqarolar va jamoat birlashmalari bilan ijobiy muloqot yuritish qobiliyati; 8) bir mamlakat, jamiyat va davlatga, shuningdek unga tegishli huquqiy, madaniy va til makoniga mansublikda ifodalangan fuqaroviy o‘zlikni anglash.



  1. 1,2,3,4,5,6,7,8

  2. 1,2,3,5,6,7,8

  3. 1,2,3,4,5,7,8

  4. 1,2,3,5,6,7,8

.

Fuqaroviylikni faollik nuqtai nazaridan shartli ravishda qanday darajalarga ham ajratish mumkin? 1) fuqaroviy xususiyatlarga ega bo‘lgan shaxslar; 2) fuqaroviy pozitsiyasiga ega bo‘lgan shaxslar; 3) faol fuqaro.



  1. 1,2,3

  2. 1,3

  3. 1,2

  4. 2,3

.

Agar fuqaro mas’uliyatli, ongli va vijdonli bo‘lsa u dastlabki pog‘onada bo‘lsa faollik nuqtai nazaridan qanday darajaga kiritish mumkin?



  1. fuqaroviy xususiyatlarga ega bo‘lgan shaxslar

  2. fuqaroviy pozitsiyasiga ega bo‘lgan shaxslar

  3. faol fuqaro

  4. barcha javoblar to‘g‘ri

.

Agar fuqaroda atrofda bo‘layotgan voqea-hodisalarga nisbatan ma’lum bir munosabati shakllangan bo‘lsa uni faollik nuqtai nazaridan qanday darajaga kiritish mumkin?



  1. fuqaroviy pozitsiyasiga ega bo‘lgan shaxslar

  2. fuqaroviy xususiyatlarga ega bo‘lgan shaxslar

  3. faol fuqaro

  4. barcha javoblar to‘g‘ri

.

Agar fuqaroda o‘z haq-huquqlari hamda burchi uchun amaliy harakatni bajarish ko‘nikmasi mavjud bo‘lsa uni faollik nuqtai nazaridan qanday darajaga kiritish mumkin?



  1. fuqaroviy pozitsiyasiga ega bo‘lgan shaxslar

  2. fuqaroviy xususiyatlarga ega bo‘lgan shaxslar

  3. faol fuqaro

  4. barcha javoblar to‘g‘ri

.

Fuqaroviylikning tugal yoki to‘kis ekanligini quyidagi qanday mezonlar vositasida talqin qilish mumkin? 1) fuqaroviylikning eng quyi darajasi; 2) fuqaroviylikning o‘rta darajasi; 3) fuqaroviylikning yuqori darajasi.



  1. 1,2,3

  2. 1,2

  3. 1,3

  4. 2,3

.

Agar fuqaroviy pozitsiya hali shakllanmagan, fuqaroviy xususiyatlar, o‘z haq-huquqlari uchun kurashish istagi to‘liq namoyon bo‘lmasa fuqaroviylikning qaysi darajasi namoyon bo‘ladi?



  1. eng quyi

  2. o‘rta

  3. yuqori

  4. minimal

.

Agar fuqaro o‘z haq-huquqlari uchun kurashishga moyil bo‘lsa, u haqda o‘z bilim va qobiliyatini namoyon qilishga tayyor bo‘lsa, bunda fuqaroviylikning qaysi darajasi namoyon bo‘ladi?



  1. o‘rta

  2. eng quyi

  3. yuqori

  4. standart

.

Agar fuqaroda fuqaroviy xususiyatlar hamda faol fuqarolik pozitsiyasi to‘liq shakllangan, o‘z haq-huquqlari uchun amaliy harakatga kirish ishtiyoqi yaqqol namoyon bo‘ladigan bo‘lsa uni qanday talqin etish mumkin?



  1. yuqori darajada fuqaroviylik sifatida

  2. standart darajada fuqaroviylik sifatida

  3. quyi darajada fuqaroviylik sifatida

  4. o‘rta darajada fuqaroviylik sifatida

.

Fuqaroviylik nimaga xizmat qiladi?



  1. yuqoridagi barcha javob to‘g‘ri

  2. jamiyat a’zolarini safarbar etish va yo‘naltirishga

  3. tevarak atrofda bo‘layotgan voqea-hodisalarga nisbatan faol munosabatni, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishga

  4. jamiyat oldida ma’lum bir maqsadning shakllanishiga

.

O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining qaysi bobi Fuqarolarning burchlariga bag’ishlangan?



  1. XI - bob

  2. VII - bob

  3. XIII - bob

  4. XXI - bob

.

O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining qaysi moddasida “Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, xalqning sog‘lig‘i va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi. Maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzish taqiqlanadi” deb belgilab qo’yilgan.



  1. 57-moddada

  2. 56-moddada

  3. 58-moddada

  4. 59-moddada

.

O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining qaysi moddasida “Har kim o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega. Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv o‘tkazishi yoki uni ko‘zdan kechirishi, yozishmalar va telefonda so‘zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas” deb belgilab qo’yilgan.



  1. 27-moddada

  2. 25-moddada

  3. 26-moddada

  4. 28-moddada

.

Qonun Qonunchilik palatasi qo’mitalari tomonidan tayyorlangandan so’ng uning yalpi majlisida muhokama etilib, tasdiqlangandan so’ng o’n kundan kechiktirmay O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuboriladi. Senat ma’qullagan qonun imzolanishi va e’lon qilinishi uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga o’n kun ichida yuboriladi. Prezident ushbu qonunni necha kun ichida imzolashi va e’lon qilishi mumkin.



  1. 39 kun

  2. 49 kun

  3. 59 kun

  4. 45 kun

.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining III bobi qanday nomlangan?



  1. Konstitutsiya va qonunning ustunligi.

  2. Davlat suvereniteti.

  3. Xalq hokimiyatchiligi.

  4. Tashqi siyosat.

.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 15-moddasining birinchi qismiga muvofiq:



  1. O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi

  2. O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi so‘zsiz tan olinadi.

  3. O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining ustunligi tan olinadi.

  4. To’g’ri javob yo’q

.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 16-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq:



  1. Birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas.

  2. Birorta ham qonun Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas.

  3. Birorta ham qonun osti hujjatlari Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas.

  4. Birorta ham qonun yoki bo‘yruq Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas.

.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 15-bandiga muvofiq:



  1. Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki o‘z sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini Prezident o‘z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli.

  2. Konstitutsiyani buzgan yoki o‘z sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini Bosh vazir o‘z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli.

  3. Qonunlarni buzgan yoki o‘z sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini viloyat hokimi o‘z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli.

  4. Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki o‘z sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan xatti-harakat sodir etgan hokimlarni Prezident o‘z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli.

.

O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qachon qabul qilingan?



  1. 2005 yil 1 avgustda

  2. 2000 yil 29 avgustda

  3. 2001 yil 29 avgustda

  4. 2003 yil 2 avgustda

.

O‘zbekiston Respublikasida yarashtiruv instituti qachon joriy etilgan?



  1. 2001 yil 29 avgustda

  2. 2000 yil 27 avgustda

  3. 2003 yil 2 avgustda

  4. 2005 yil 1 avgustda

.

Qachondan boshlab mamlakatimizning Jinoyat kodeksida o‘lim jazosini nazarda tutuvchi moddalar soni keskin kamaytirilib, mol-mulkni musodara qilish jinoiy jazo sifatida bekor qilindi va shu kabi inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qator chora-tadbirlar qo‘llanila boshlangan edi?



  1. 2001 yildan

  2. 2000 yildan

  3. 2003 yildan

  4. 2005 yildan

.

Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni necha moddadan iborat?



  1. 34 modda

  2. 42 modda.

  3. 25 modda.

  4. 37 modda.

.

Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qachon qabul qilingan?



  1. 2017 yil 3 yanvar.

  2. 2016 yil 24 noyabr.

  3. 2017 yil 20 aprel.

  4. 2016 yil 13 dekabr.

.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari nechta?



  1. 3 ta.

  2. 7 ta.

  3. 6 ta.

  4. 5 ta.

.

Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonunining maqsadi....



  1. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish.

  2. Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash.

  3. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari, yo‘nalishlarini belgilash.

  4. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari va organlari faoliyatini muvofiqlashtirish.

.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari nechta?



  1. 7 ta.

  2. 6 ta.

  3. 3 ta.

  4. 5 ta.

.

Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni nechta bobdan iborat?



  1. 6

  2. 4

  3. 5

  4. 7

.

Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonunining nechanchi moddasida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari haqida so‘z borgan?



  1. 7-modda

  2. 6-modda

  3. 8-modda

  4. 9-modda

.

Korrupsiya so‘zining ma’nosi keltirilgan javobni belgilang.



  1. buzmoq

  2. sotilmoq

  3. suiste’mol qilmoq

  4. aldamoq

.

Mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishi jinoyatchilikning qaysi turiga kiradi?



  1. korrupsiya

  2. firibgarlik

  3. tovlamachilik

  4. sudxo‘rlik

.

Ko‘p hollarda bu atama siyosiy elitadagi byurokratik apparatga qarata ishlatiladi. Gap qaysi atama haqida bormoqda?



  1. korrupsiya

  2. senzura

  3. ambitsiya

  4. plyuralizm

.

Korrupsiyaga qarshi kurashgan birinchi davlat sifatida qadimgi qaysi davlat tan olinadi?



  1. Shumer

  2. Akkad

  3. Ossuriya

  4. Xett

.

Quyidagilardan qaysi birining ta’rificha, hududiy ommaviy jamoa – aholini hududiy mansublik belgisi bo‘yicha tashkil etishning maxsus shakli va odamlarning fuqaroligi va yoshidan qat’i nazar maxsus uyushmasidir?



  1. V.E. CHirkin

  2. R. Dal

  3. Nikolas Luman

  4. A.YAkovlev

.

Hududiy jamoa a’zolarining o‘zaro aloqalari murakkab kommunikatsiyalar tizimidan iborat. Quyidagilardan qaysi birining fikricha, kommunikatsiya butunlay ongga bog‘liq bo‘lib, ya’ni kommunikatsiyaning o‘zi emas, balki ongning axborotni qabul qilish funksiyasini bajaradi?



  1. Nikolas Luman

  2. R. Dal

  3. V.E. CHirkin

  4. A.YAkovlev

.

Elektron hukumat tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko‘rsatishning samarasi, sifatini yuksaltirish va bu xizmatdan aholi hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish 2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasinining qaysi yo‘nalishida ta’kidlangan?



  1. birinchi

  2. ikkinchi

  3. uchinchi

  4. to‘rtinchi

.

Yuqoridagi qonunlarni qabul qilingan sanasiga muvofiq javobni belgilang. 1) “Axborotlashtirish to‘g‘risida” 2) “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida” 3) “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida” 4) “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida” 5) “Reklama to‘g‘risida” 6) “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida” 7) “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida” 8) “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida” 9) “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida” 10) “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”; a) 1993 yil 7 may b) 1996 yil 30 avgust d) 1997 yil 24 aprel e) 1997 yil 24 aprel f) 1998 yil 25 dekabr g) 1999 yil 20 avgust h) 2002 yil 12 dekabr i) 2006 yil 20 iyul j) 2007 yil 15 yanvar k) 2014 yil 6 may.



  1. 1-a, 2-b, 3-d, 4-k, 5-f, 6-g, 7-h, 8-i, 9-j, 10-e

  2. 1-a, 2-b, 3-d, 4-e, 5-f, 6-g, 7-h, 8-i, 9-j, 10-k

  3. 1-a, 2-b, 3-k, 4-e, 5-f, 6-g, 7-h, 8-i, 9-j, 10-d

  4. 1-a, 2-b, 3-d, 4-e, 5-k, 6-g, 7-h, 8-i, 9-j, 10-f

.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi Qonunni qachon qabul qilingan?



  1. 2014 yilning 6 may

  2. 2011 yilning 6 may

  3. 2012 yilning 6 may

  4. 2013 yilning 6 may

.

Insonlar jamoa bo‘lib, yashashlari uchun o‘zaro muloqotda, turli munosabatda bo‘lishlari, bir-birlarining ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qilishlari va umumiy intilish, maqsadga ega bo‘lishlari lozim. Yuqoridagi fikrlar muallifini aniqlang.



  1. Ibn Sino

  2. Beruniy

  3. Farobiy

  4. Nizomulmulk

.

Har bir xalqning udumlari ko‘p yillar tajribadan o‘tgan o‘sha xalqning yashash tarzi, dunyoqarashi bilan uyg‘unlashib ketgan», «Hamma gap shundaki, (inson) ehtiyojlarining ko‘pligi va himoya vositalaridan mahrum bo‘lganda chidamsizligi hamda dushmanlarning serobligi orqasida, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va har biri o‘zini ham, boshqalarni ham ta’minlaydigan ishni qilish maqsadlarida o‘z hamtovoqlari bilan jamiyat bo‘lib birlashishga majbur bo‘lgan edi. Mahalla to‘g‘risida yuqorida keltirilgan fikrlar kimning qalamiga mansub?



  1. Beruniy

  2. Ibn Sino

  3. Farobiy

  4. Nizomulmulk

.

O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonuni qachon kuchga kirgan?



  1. 2018 yil 12 aprel

  2. 2018 yil 9 aprel

  3. 2018 yil 10 aprel

  4. 2018 yil 11 aprel

.

Dunyodagi mamlakatlar orasida eng demokratik mamlakat fuqarolari maqsadga etishishda o‘zaro maslahatlashish asosida ish ko‘radigan va mazkur jamoaviy harakat usulini boshqalardan ko‘ra ko‘proq qo‘llaydigan mamlakatdir. Yuqoridagi fikrlar muallifini aniqlang.



  1. Aleksis de Tokvil

  2. Aristotel

  3. Tomas Peyn

  4. Vudro Vilson

.

Quyidagilardan qaysi birining fikricha, jamoatchilik nazorati sanksiyalar yordamida deviant xulq-atvorga ta’sir o‘tkazish orqali uni me’yoriy holatga keltiradi va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi?



  1. T.Parsons

  2. E.Ross

  3. R.Park

  4. Monteske

.

Tushunchasi muayyan ob’ektlarning holati to‘g‘risida maxsus tashkil etilgan tizimli kuzatishni anglatadi. Nuqtalar o‘rniga mos javobni belgilang



  1. monitoring

  2. ekspertiza

  3. kuzatuv

  4. muhokama

.

Odamlar o‘rtasida ijtimoiy shartnoma tuzish zarurligi g‘oyasi ... asarlarida bayon qilindi. Mazkur shartnoma jamiyatning o‘zini o‘zi himoya qilishi hamda xususiy mulkning abadiy bo‘lishiga xizmat qiladi. Uning “Leviafan”, “Fuqarolar haqidagi ta’limotning falsafiy elementlari” asarlarida ijtimoiy shartnomaga erishish zarurligi asoslab berilgan. Nuqtalar o‘rniga mos javobni belgilang.



  1. Tomas Gobbsning

  2. Jan-Jak Russoning

  3. Adam Smitning

  4. Immanuil Kantning

.

Ijtimoiy nizolarni tizimli tahlil qilish bo‘yicha dastlabki urinishlarni ... amalga oshirgan edi. U birinchilardan bo‘lib nizolarning faqat vayronkor emas, balki yaratuvchilik funksiyalari ham mavjudligiga e’tibor qaratdi. Bunda u nizolarga to‘g‘ri ta’sir o‘tkazish zarurligini ta’kidladi. Uning fikriga ko‘ra bunday vazifani davlat bajarishi lozim edi. Nuqtalar o‘rniga mos javobni belgilang.



  1. Nikkolo Makiavelli

  2. Per Jozef Prudon

  3. Lui Ogyust Blanki

  4. Leybnits

.

Ijtimoiy mehnat munosabatlari tizimini quyidagilardan qaysi biri birinchilardan bo‘lib nazariy tahlil qildi. U ijtimoiy tabaqalarning fikrlarini mensimaslik, boshqaruv jarayonidagi xatoliklar, mish-mishlar va g‘iybatlarning tarqalishi jamiyatdagi nizolarning paydo bo‘lishiga olib kelishini dalillar bilan ko‘rsatib berdi?



  1. Frensis Bekon

  2. Nikkolo Makiavelli

  3. Per Jozef Prudon

  4. Lui Ogyust Blanki

.

Quyidagilardan qaysi birining asarlarida ijtimoiy shartnoma odamlar o‘rtasida yo‘qotilgan ijtimoiy munosabatlarning uyg‘unligini, o‘zaro kelishuv va tinchlikka intilishni qayta tiklaydi?



  1. Jan-Jak Russo

  2. Tomas Gobbs

  3. Adam Smit

  4. Immanuil Kant

.

Yollanma ishchi va ish beruvchi kapitalist o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar dastlab kimning asarlarida ilk bor tahlil qilindi?



  1. Adam Smit

  2. Jan-Jak Russo

  3. Tomas Gobbs

  4. Immanuil Kant

.

Xo‘jalik yuritishning asosiy maqsadi foyda olish ekanini e’tirof etar ekan, u erkin raqobat, xususiy mulk humronligi, savdo-sotiq erkinligi, davlatning iqtisodiyotga aralashmasligi iqtisodiy hayotning “tabiiy tartibi” degan xulosaga keldi. Uning fikriga ko‘ra, yollanma ishchilar va kpitalistlar o‘rtasidagi o‘zaro kurash jamiyatning rivojlanib borishi manbai, raqobat esa insoniyat uchun farovonlik keltiruvchi hodisadir. Gap kim haqida bormoqda?



  1. Adam Smit

  2. Jan-Jak Russo

  3. Tomas Gobbs

  4. Immanuil Kant

.

Quyidagilardan qaysilarining fikriga ko‘ra odamlar o‘rtasidagi murosa va tinchlik ijtimoiy-iqtisodiy hayotda shartnoma va kompromissga erishish asosida ta’minlanishi lozim?



  1. Leybnits va Immanuil Kant

  2. Frensis Bekon va Tomas Gobbs

  3. Jan-Jak Russo va Lui Ogyust Blanki

  4. Per Jozef Prudon va M.Veber

.

Tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro mahsulot almashish g‘oyasi hamda turli ijtimoiy kuchlar o‘rtasidagi kurash muammolarini quyidagilar orasidan qaysi biri tomonidan tadqiq qilindi?



  1. Per Jozef Prudon

  2. Jan-Jak Russo

  3. Frensis Bekon

  4. Lui Ogyust Blanki

.

Quyidagilar orasidan qaysi biri kapitalistik jamiyatni tanqid qilar ekan tarixiy taraqqiyotni ma’rifatning tarqalishi va shu asosda madaniy-ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi sifatida talqin qildi?



  1. Lui Ogyust Blanki

  2. Jan-Jak Russo

  3. Frensis Bekon

  4. Per Jozef Prudon

.

Quyidagilar orasidan qaysi birining fikriga ko‘ra an’anaviy harakat tahlil qilish hamda oqilona tanqid qilish mumkin bo‘lmagan madaniy an’analarda mustahkamlangan xulq-atvor namunasidir. Harakatning mazkur tipi ahamiyati odamlarning kundalik xulq-atvori ko‘pincha ana shu tarzda yuz berishi bilan belgilanadi. Bunday harakatlarda hal qiluvchi rolni urf-odatlar, turli darajada anglangan odatlarga sadoqat o‘ynaydi.



  1. M.Veber

  2. Jan-Jak Russo

  3. Lui Ogyust Blanki

  4. Per Jozef Prudon

.

Ijtimoiy harakat nazariyasi quyidagilar orasidan qaysi biri tomonidan tadqiq etildi?



  1. T.Parsons

  2. M.Veber

  3. YU.Xabermas

  4. Per Jozef Prudon

.

U subyektlarning o‘zaro ta’siri mexanizmlarini tadqiq qildi. Bunda u ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan me’yorlar, xulq-atvor andozalari faoliyatning ichki motivlariga aylanishi jarayoniga alohida ahamiyat berdi. Gap kim haqida bormoqda?



  1. T.Parsons

  2. M.Veber

  3. Yu.Xabermas

  4. Per Jozef Prudon

.

Muvozanat, konsensus, ijtimoiy tizimning me’yoriy holatidagi eng muhim belgilar ekaniga e’tibor qaratar ekan ... ana shu holatni nazorat qilish va tartibga solish jarayonlariga katta e’tibor berdi. Uning fikricha, aynan ana shu jaryonlar jamiyatni ko‘ngilsiz nizolardan himoya qiladi. Nuqtalar o‘rniga mos javobni belgilang?



  1. T.Parsons

  2. M.Veber

  3. Yu.Xabermas

  4. Per Jozef Prudon

.

Uning tadqiqotlarida konsensus muammosi o‘zaro kelishilgan harakat yo‘llarini izlash bilan bevosita bog‘liq tarzda tadqiq etiladi. Bunday o‘zaro ta’sir sheriklarning o‘zaro ekspektatsiyalariga, ya’ni bir-birlaridan kutayotgan harakatlar va natijalarga asoslanadi. Ushbu fikrlar muallifini aniqlang.



  1. T.Parsons

  2. M.Veber

  3. Yu.Xabermas

  4. Per Jozef Prudon

.

Quyidagilar orasidan qaysi biri ijtimoiy sheriklikning nazariy va tashkiliy asoslaridan biri bo‘lgan konsensusni demokratiyaning muqobili sifatida talqin qiladi?



  1. Yu.Xabermas

  2. T.Parsons

  3. M.Veber

  4. Per Jozef Prudon

.

Quyidagilar orasidan qaysi birining talqinida demokratik usul jamoa va jamiyatni ikkiga: ko‘pchilik va ozchilikka bo‘lib qo‘yadi. Konsensus esa bo‘lingan jamoa va jamiyatni birlashtiradi. Bunga u hal qilinayogan muammoga nisbatan ko‘pchilikning fikrini aniqlash yo‘li bilan emas, barcha tomonlar qarshi bo‘lmagan echimni topish yo‘li bilan erishadi. Konsensusga erishish uchun manfaatlari va yondashuvlari bir-biriga unchalik mos kelmayotgan tomonlar hech bir tomon qarshi bo‘lmagan echimni topishga harakat qilishlari va topishlari kerak.



  1. Yu.Xabermas

  2. T.Parsons

  3. M.Veber

  4. Per Jozef Prudon

.

Quyidagi qaysi davlat ziyolilari tomonidan yangi mafkura - «liberal-natsionalizm» mafkurasini yaratish zarurligi haqidagi fikr o‘rtaga tashlanmoqda?



  1. AQSHda

  2. Germaniyada

  3. Yaponiyada

  4. Fransiyada

.

Quyidagi qaysi davlat menejmentining oltin qoidasiga ko‘ra, insondan qimmatroq boylik yo‘q?



  1. Yaponiya

  2. Germaniya

  3. AQSH

  4. Fransiya

.


Salohiyat insonlarda yashirin. Ushbu shior quyidagi qaysi davlatda mavjud?

  1. Yaponiya

  2. Germaniya

  3. AQSH

  4. Fransiya

.

Dunyodagi qaysi davlat kishisiga maktabdayoq quyidagi g‘oyalar singdiriladi: "Faqat tirishqoqlik va mehnat bilan muvaffaqiyatga erishish mumkin", "O‘z ustingda tinimsiz ishla - shunda birovdan kam bo‘lmaysan". Bu kabi g‘oyalar ta’sirida ulg‘aygan yapon kishisi o‘zining barcha harakatlarini quyidagi mantiqqa bo‘ysundiradi: "Bor imkoniyatlaringni ishga sol!"



  1. Yaponiya

  2. Germaniya

  3. AQSH

  4. Fransiya

.


Axloqiy tarbiya natijasida ... fuqarolar mehnat intizomining buzilishini shunchaki salbiy illat deb hisoblamay, balki uni Vatanga xiyonat deb qabul qiladilar. Nuqtalar o‘rniga mos javobni belgilang.

  1. Yaponiya

  2. Germaniya

  3. AQSH

  4. Fransiya

.

Bugungi kunda dunyoning taraqqiy etgan davlatlarida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning ikki xil strategiyasi amal qilmoqda. Bular: yoshlar siyo­sati sohasida davlatning etakchi roliga asoslangan strategiya hamda yoshlar siyosati sohasida davlat va fuqarolik jamiyati tuzilmalari tengligiga asoslangan strategiya. Hozirgi davrda ... birinchi yo‘nalishdagi siyosatni olib boradigan davlatlar sirasiga kiritish mumkin. Nuqtalar o‘rniga mos javobni belgilang.



  1. Germaniya va Fransiyani

  2. Belgiya va Niderlandiyani

  3. Buyuk Britaniya va SHvetsiyani

  4. Avstriya va Ispaniyani

.

Quyidagi qaysi davlatlar o‘z faoliyatini yoshlar siyo­satini umummilliy, mintaqaviy va hududiy darajalarga qarab ixtisoslashtirish asosida olib boradi. Bunda yoshlar siyosati oila, qariyalar, ayollar va yoshlar ishlari bo‘yicha vazirlik tomonidan Kons­titutsiya va federal qonunlar asosida amalga oshiriladi.



  1. Germaniya va Fransiyani

  2. Belgiya va Niderlandiyani

  3. Buyuk Britaniya va Shvetsiyani

  4. Avstriya va Ispaniyani

.

Quyidagi qaysi davlatda yoshlar siyosati Yoshlar ishlari, sport va jamoat birlashmalari bo‘yicha vazirlik tomonidan ishlab chiqiladi?



  1. Fransiyada

  2. Germaniyada

  3. Belgiyada

  4. Shvetsiyada

.

Yoshlar siyosati sohasida davlat hamda fuqarolik jamiyati tuzilmalari tengligiga asoslangan strategiya quyidagi qaysi davlatlarga xos bo‘lib, bunda yoshlar siyosatining umumiy ko‘rinishi, maqsad va etakchi vazifalari davlat tomonidan belgilab berilsa, bu vazifalarning ijrosi mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalari tomonidan amalga oshiriladi.



  1. Buyuk Britaniya va Shvetsiyaga

  2. Avstriya va Ispaniyaga

  3. Germaniya va Fransiyaga

  4. Italiya va Germaniyaga

.

Ushbu davlatlarga xos bo‘lgan xususiyatlardan biri shuki, ushbu davlatlarda yoshlar siyosati va yoshlar ishlari bo‘yicha maxsus davlat organlarining mavjud emasligidadir. Gap quyidagi qaysi davlatlar haqida bormoqda?



  1. Buyuk Britaniya va Shvetsiyaga

  2. Avstriya va Ispaniyaga

  3. Germaniya va Fransiyaga

  4. Italiya va Germaniyaga

.

Flaman yoshlar kengashi quyidagi qaysi davlatda faoliyat olib boradi?



  1. Belgiyada

  2. Irlandiyada

  3. Italiyada

  4. Ispaniyada

.

Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qachon qabul qilingan?



  1. 2008 yil 7 yanvar

  2. 2007 yil 7 yanvar

  3. 2009 yil 7 yanvar

  4. 2010 yil 7 yanvar

.

Quyidagilardan qaysi biri fuqarolik jamiyati fanining vazifalari sirasiga kirmaydi?



  1. jahon tajribasi va milliy voqeliklarni o‘rganish asnosida fuqarolik jamiyatiga doir konsepsiyalar yaratish

  2. talabalarga fuqarolik jamiyatiga doir tushunchalarni tahlil qilishda, unga doir nazariyalarni o‘rganishda har tomonlama ko‘maklashish, ularning jamiyatga doir qarashlarini boyitish

  3. fuqarolik jamiyati qurish islohotlarida shaxsning rolini ochib berish asnosida talabalarda shaxsiy fuqarolik nuqtai nazarlarni shakllantirishga yordamlashish

  4. talabalar ongiga fuqarolik jamiyati qurish jarayonida paydo bo‘ladigan muammolar va ularning echimlariga doir bilimlarni singdirish

.

Quyidagilardan qaysi biri fuqarolik jamiyati fanining vazifalari sirasiga kirmaydi?



  1. fuqarolik jamiyatini barpo etishning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy, harbiy va boshqa sohalardagi asoslarini ochib berish

  2. talabalarga fuqarolik jamiyatiga doir nazariy ishlanmalarni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirishlarida ularga har tomonlama ko‘mklashish

  3. taraqqiyotning ― o‘zbek modeli va fuqarolik jamiyatini barpo etishning ilmiy-metodologik asoslariga doir bilimlarni o‘zlashtirishlariga ko‘maklashish

  4. talabalarga huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari va o‘zaro ta’sir etish mexanizmlariga doir tushunchalarga doir bilimlar berish

.

Quyidagilardan qaysi biri fuqarolik jamiyati fanining vazifalari sirasiga kirmaydi?



  1. Qonun – adolat ustuvorligida tamoyilining mohiyati va ahamiyatiga doir bilimlar berish

  2. Fuqarolik jamiyatining iqtisodiy tayanchi – nodavlat va shaxsiy mulkchilik, tadbirkorlik va fermerlikni rivojlantirishga doir bilimlar berish

  3. Talabalar ongini fuqarolik jamiyatining ma’rifiy va ruhiy asosi – milliy ma’naviyatni tiklash va uni rivojlantirishga doir bilimlar bilan boyitish

  4. Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari tamoyilining mazmun-mohiyatini tushuntirish

.

Quyidagilardan qaysi biri fuqarolik jamiyati fanining vazifalari sirasiga kirmaydi?



  1. saylov huquqi erkinligi - fuqarolik jamiyatining muhim mezoni emasligini asoslash

  2. fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishida jahon tajribasining o‘rnini ochib berish

  3. ijtimoiy innovatsiyalarning fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishiga ta’siri to‘g‘risida bilimlar berish

  4. siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalarni erkinlashtirish islohotlarini fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi ahamiyatini ochib berish

.

Quyidagilardan qaysi biri fuqarolik jamiyati fanining vazifalari sirasiga kirmaydi?



  1. ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirishga doir bilimlar bermaslik

  2. jamiyatda fuqarolar manfaatlari muvozanatini ta’minlash masalasi haqida tushunchalar berish

  3. fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda siyosiy partiyalarning o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatib berish

  4. nodavlat notijorat tashkilotlarining fuqarolik jamiyati instituti sifatidagi o‘rnini ochib berish

.

Quyidagilardan qaysi biri fuqarolik jamiyati fanining vazifalari sirasiga kirmaydi?



  1. fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yoritib berish va talabalarni ushbu organlar faoliyatini nazorat qilishni ta’minlash

  2. jamoatchilik nazorati va davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlanish masalalarini yoritish

  3. ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida bilimlar berish va yoshlarda faol fuqarolik pozitsiyalarini shakllantirish mexanizmlariga doir bilimlar berish

  4. Yuqoridagi barcha javoblar to‘g‘ri

.

Fuqarolik jamiyati fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talabalarda quyidagi qanday bilim, ko‘nikmalar shakllantirilmaydi?



  1. Jahonda fuqarolik jamiyatining shakllanish va rivojlanish tajribalari bilan shaxsan shug‘ullanishni ta’minlash

  2. Fuqarolik jamiyati to‘g‘risida nazariy bilimlar va ularning O‘zbekiston va jaxon tajribasida namoyon bo‘lishining o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risida

  3. Talabalarda fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi nazariy bilimlar va ko‘nikmalar

  4. Fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishi to‘g‘risida

.

Fuqarolik jamiyati fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talabalarda quyidagi qanday bilim, ko‘nikmalar shakllantirilmaydi?



  1. davlat hokimiyati organlari tizimi va fuqarolik jamiyatida davlat boshqaruvi tuzilmasini bilmaslik

  2. o‘tmish, bugun va kelajak voqealarini baholashda bilishning turli uslublaridan foydalanish

  3. fuqarolik jamiyatida davlat boshqaruv organlarini demokratlashtirish va modernizatsiyalash jarayonlari

  4. fuqarolik jamiyati qurishning mazmun mohiyati haqida muayyan bilimlarga ega bo‘lishi

.

Fuqarolik jamiyati fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talabalarda quyidagi qanday bilim, ko‘nikmalar shakllantirilmaydi?



  1. rivojlangan va rivojlanayotgan barcha mamlakatlarda mamlakatni demokratlashtirish va modernizatsiyalashning asosiy tamoyillari hamda ularning ―O‘zbek modeli tamoyillari bilan qiyosiy tahlilini

  2. fuqarolik jamiyat qurishning milliy va umuminsoniy demokratik tamoyillarini

  3. xorijiy mamlakatlarning fuqarolik jamiyat qurish bo‘yicha ilg‘or tajriba va usullarini

  4. demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurishning huquqiy asoslarini

.

Fuqarolik jamiyati fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talabalarda quyidagi qanday bilim, ko‘nikmalar shakllantirilmaydi?



  1. mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tishning mohiyati va bosqichlarini takomillashtirish shartligini ta’minlash

  2. taraqqiyotning - O‘zbek modeli tamoyillari mohiyatini bilishi va ulardan foydalana olishi

  3. markazlashgan rejali iqtisodiyot va ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining farqli tomonlarini aniqlash

  4. mamlakatni demokratlashtirish va bozor iqtisodiyotiga o‘tishining inqilobiy va tadrijiy (evolyutsion) yo‘llarining yutuq va kamchiliklarini baholash

.

Ma’lumki, fuqarolik jamiyati fanini o‘qitish jarayonida ilmiylik, tarixiylik, mantiqiylik, tizimlilik, qiyosiy tahlil metodlaridan foydalaniladi. Bir-biriga muvofiq javobni belgilang. 1) Ilmiylik 2) Tarixiylik 3) Mantiqiylik 4) Tizimlilik 5) Qiyosiy tahlil; a) fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi g‘oyalar, nazariyalar, zamonaviy konsepsiyalarni tahlil qilish asosida uning metodologik nazariy asoslarini ko‘rsatish. b) fuqarolik jamiyatining shakllanishining tarixiy bosqichlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilgan holda jahon tajribasida erishilgan yutuqlardan foydalanish asosida tahlil etish. c) fuqarolik jamiyati shakllanishining genezisidan to bugungi holatigacha bo‘lgan jihatlarini (asosiy belgilari, omillari, tamoyillari, funksiyalari) uzviylik asosida tahlil qilish. d) fuqarolik jamiyatini bir butun tizim sifatida va har bir belgilarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va tizimdagi o‘rni va rolini ko‘rsatish. e) fuqarolik jamiyati shakllanish va rivojlanish tajribalarini solishtirish, har bir davlatdagi o‘ziga xos jihatlarini ko‘rsatish.



  1. 1-a, 2-b, 3-c, 4-d, 5-e

  2. 1-b, 2-c, 3-d, 4-e, 5-a

  3. 1-c, 2-d, 3-e, 4-a, 5-b

  4. 1-d, 2-e, 3-a, 4-b, 5-c

.

Fuqarolik jamiyati fanining quyidagi qaysi funksiyasida ijtimoiy fanlarning rivojlanishi ijtimoiy jarayonlarni o‘rganishning umumiy yo‘nalishlarini belgilashda, ishlab chiqilgan me’yorlarning dasturil amal sifatida foydalanishda yaqqol ko‘zga tashlanadi?



  1. metodologik funksiyasi

  2. boshqaruvchanlik funksiyasi

  3. prognostik funksiyasi

  4. sotsiologik funksiyasi

.

Fuqarolik jamiyati fanining quyidagi qaysi funksiyasida jamiyatning rivojlanish istiqibollarini oldindan ko‘rishga inson huquqlari va erkinliklarining namoyon bo‘lishida ko‘rinadi?



  1. prognostik funksiyasi

  2. boshqaruvchanlik funksiyasi

  3. metodologik funksiyasi

  4. sotsiologik funksiyasi

.

Ma’lumki, fuqarolik jamiyatining amalda yuzaga kelishiga Huquqlar haqidagi billning qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etgan. U qachon va qaerda qabul qilingan?



  1. Angliya, 1689 y

  2. AQSH, 1891

  3. Fransiya, 1789

  4. Barcha javoblar to’g’ri

.

Ma’lumki, fuqarolik jamiyatining amalda yuzaga kelishiga Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasining qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etgan. U qachon va qaerda qabul qilingan?



  1. Fransiya, 1789

  2. Angliya, 1689 y

  3. AQSH, 1791

  4. To’g’ri javob yo’q

.

Ma’lumki, fuqarolik jamiyati – o‘z shaxsi, ijodiy tashabbusini erkin namoyon etuvchi teng huquqli odamlar jamiyati, ortiqcha taqiqlar va keraksiz ma’muriy tartibga solishdan xoli teng imkoniyatlar jamiyati sifatida shakllandi. Fuqarolik jamiyati a’zolari qaysi nuqtai nazardan fuqarolik huquq va erkinliklarga ega bo‘ldi?



  1. yuridik

  2. siyosiy

  3. ma’naviy

  4. iqtisodiy

.

Ma’lumki, fuqarolik - insonning muayyan davlatga barqaror tarzdagi mansubligi, inson va davlatning o‘zaro huquqiy aloqasi sifatida namoyon bo‘la boshladi. Bu ikki tomonlama aloqalar, bir tomondan, davlat o‘z fuqarolariga muayn huquq va erkinliklarni kafolatlaydi, ularning o‘zini va mol-mulkini zo‘ravonlik va o‘zboshimchaliklardan himoya qiladi, xorijiy mamlakatlarda istiqomat qilayotgan o‘z fuqarolariga homiylik qiladi. Boshqa tomondan, fuqarolar davlat qonunlariga rioya qilishlari, u belgilagan majburiyatlarni bajarishlari, o‘z mehnati bilan davlatni mustahkamlashga ko‘maklashishlari, uning obro‘sini saqlashlari, zarur bo‘lgan holatlarda uni himoya qilishlari lozim. Bu huquq va burchlar majmui fuqarolarning qanday maqomini tashkil etadi?



  1. siyosiy-huquqiy

  2. iqtisodiy-ijtimoiy

  3. ijtimoiy-siyosiy

  4. iqtisodiy-siyosiy

.

Ma’lumki, XX asrda fuqarolik jamiyati g‘oyasi yanada muhimroq ahamiyat kasb etdi. Bunga avvalo nima sabab bo‘ldi?



  1. totalitar va avtoritar tuzumlarning paydo bo‘lishi va ularga qarshi demokratiya uchun kurash olib borish zaruriyati

  2. jamiyatda haqiqiy erkinlikni ta’minlash har bir inson nafaqat yuridik va siyosiy ma’noda, balki iqtisodiy va ijtimoiy ma’noda ham fuqaroga aylanishi zaruriyati

  3. qonun oldida tenglik va bu bilan bog‘liq holda fuqarolik huquqlariga siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar yaratish zaruriyati

  4. yuqoridagi barcha javoblar to‘g‘ri

.

Plyuralizm nazariyasiga binoan, demokratik jamiyatning asosiy vazifasi nimalardan iborat?



  1. barcha javoblar to‘g‘ri

  2. fuqarolar totuvligiga erishish yo‘llarini izlash

  3. aholining turli guruhlari manfaatlarini hisobga olish

  4. qarama-qarshiliklarga barham berish va nizolarning oldini olish

.

Quyidagi qaysi omil fuqarolik jamiyati shakllanishining muhim rol o‘ynagan?



  1. tabaqaviy imtiyozlarning tugatilishi va fuqarolik huquqlarining paydo bo‘lishi

  2. totalitar va avtoritar tuzumlarning paydo bo‘lishi

  3. qarama-qarshiliklarga barham berish va nizolarning oldini olish imkoniyatini paydo bo‘lishi

  4. fuqarolar totuvligiga erishish yo‘llarini paydo bo‘lishi

.

Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat tushunchasi qachon paydo bo‘lgan?



  1. XVIII asrda

  2. XVII asrda

  3. XIX asrda

  4. XX asrda

.

Quyidagi qanday davlatda xavfsizlikni ta’minlash huquqiy tartibotni muhofaza qilish, odamlar xulq-atvori davlat belgilagan huquqiy qoidalarga muvofiqligini ta’minlash faoliyatidan iborat bo‘ladi, davlat hokimiyatiga tatbiqan xavfsizlikni davlat xavfsizligi va fuqarolik jamiyati xavfsizligiga ajratish muammosi yuzaga kelmaydi?



  1. totalitar

  2. demokratik

  3. avtoritar

  4. unitar

.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar, deb ta’kidlangan?



  1. 2-modda

  2. 7-modda

  3. 11-modda

  4. 12-modda

.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbaidir. O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi. Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o‘zlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to‘xtatib qo‘yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi, deb belgilab qo‘yilgan?



  1. 7-modda

  2. 2-modda

  3. 11-modda

  4. 12-modda

.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi — hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi, deb belgilab qo‘yilgan?



  1. 11-modda

  2. 2-modda

  3. 7-modda

  4. 12-modda

.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emasligi bayon etilgan?



  1. 12-modda

  2. 2-modda

  3. 7-modda

  4. 11-modda

.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi, deb uqtirilgan?



  1. 13-modda

  2. 2-modda

  3. 7-modda

  4. 11-modda

.

Ma’lumki, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslariini yaratish va rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan uch bosqichga bo‘lib tahlil qilish tavsiya etiladi. Birinchi bosqich qaysi yillarni o‘z ichiga oladi?



  1. 1991-2000 yillar

  2. 1989-1999 yillar

  3. 1990-2000 yillar

  4. 1992-2010 yillar

.

Ma’lumki, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslariini yaratish va rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan uch bosqichga bo‘lib tahlil qilish tavsiya etiladi. Ikkinchi bosqich qaysi yillarni o‘z ichiga oladi?



  1. 2000-2010 yillar

  2. 1991-2000 yillar

  3. 2000-2007 yillar

  4. 1991-2010 yillar

.

Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasining bo‘limlari bir-biriga muvofiq ketma-ketligi berilgan javobni belgilang. a) Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish; b) Sud-huquq tizimini isloh etish; d) Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash; e) O‘zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish; f) Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish; g) Demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish.



  1. 1-a, 2-b, 3-d, 4-e, 5-f, 6-g

  2. 1-a, 2-b, 3-d, 4-f, 5-e, 6-g

  3. 1-a, 2-f, 3-e, 4-g, 5-b, 6-d

  4. 1-g, 2-f, 3-e, 4-d, 5-b, 6-a

.

Quyidagilardan qaysi birining axlokiy-siyosiy qarashlari markazida insoniylik, inson tabiatining axloqiy masalalari, oila hayoti, davlatning vazifasi, uni boshqarish, xalq va davlatning o‘zaro munosabati, ijtimoiy tartib, ijtimoiy qatlamlar to‘g‘risidagi g‘oyalar yotadi?



  1. Konfutsiy

  2. Aristotel

  3. Dun CHjunshu

  4. SYUN-Szi

.

Quyidagilardan qaysi birining sotsial tabaqalar to‘g‘risidagi qarashlari, garchi uning asosida bilim, o‘qish-o‘rganish g‘oyalari qo‘yilgan bo‘lsa ham, uning mazmuniga ko‘ra aristokrat, oliy tabaqalar hukmronligining qonuniy ekanligini isbotlashga qaratilgandir?



  1. Konfutsiy

  2. Aristotel

  3. Dun CHjunshu

  4. SYUN-Szi

.

Quyidagilardan qaysi birining ta’limotida asosiy o‘rinni JEN (insoniylik) konsepsiyasi egallaydi. Uning fikricha, kishilarning oila va davlatni boshqarishdagi o‘zaro munosabatlarida shunday qonunlar borki, ular «o‘zingga lozim topmaganni boshqalarga ham ravo ko‘rma», prinsipiga asoslanadi. Insoniylik muayyan ijtimoiy tartib, qoidalar (li) asosida oilada ham, davlat boshqaruvida ham amal qilmogi kerak.



  1. Konfutsiy

  2. Aristotel

  3. Dun CHjunshu

  4. SYUN-Szi

.

Konfutsining sotsial tabaqalar to‘g‘risidagi qarashlariga ko‘ra tabaqa(qatlam)lar va ularga mos javobni belgilang. a) tug‘ma bilish qobiliyatiga ega bo‘lganlar; b) o‘qish o‘rganish natijasida bilim olganlar; d) qiyinchiliklarni sezganidan keyin bilim olganlar; e) qiyinchiliklarni boshdan kechirsa ham o‘qib o‘rganmaydiganlarni kiritdi. 1) Birinchi qatlam 2) ikkinchi qatlam 3) uchinchi qatlam 4) to‘rtinchi qatlam.



  1. 1-a, 2-b, 3-d, 4-e

  2. 1-b, 2-a, 3-d, 4-e

  3. 1-d, 2-e, 3-a, 4-b

  4. 1-a, 2-d, 3-e, 4-b

.

Davlat xalq ishonchiga sazovor bo‘lmasa, hech qachon yashay olmaydi. Xukumat boshliqlari shaxsan namuna bo‘lish bilan halqni tartib-qoidalarga o‘rgatishi kerak. YUqori tabaqalarning davlatni boshqarishdagi tartib va usullari quyi halq ommasiga ta’sir ko‘rsatadi. Boshqarish – bu har bir narsaning o‘z joyiga qo‘yilishidir. Yuqoridagi jumlalar muallifini aniqlang.



  1. Konfutsiy

  2. Aristotel

  3. Dun CHjunshu

  4. SYUN-Szi

.

Konfutsiy maktabi uning vafotidan so‘ng nechtaga bo‘linib ketgan?



  1. 8 ta

  2. 6 ta

  3. 7 ta

  4. 9 ta

.

Quyidagi qaysi maktab vakillari o‘z qarashlariga asos qilib Konfutsiyning falak, davlat, insoniylik, yaxshilik va yomonlik g‘oyalarini oldilar?



  1. MEN SZI

  2. Guan CHjun

  3. Dun CHjunshu

  4. SYUN-Szi

.

Quyidagilardan qaysi birining fikricha, falak (bu erda – XUDO) bevosita xalqqa va hukmdorga (samo o‘g‘liga) hamda odamlar taqdir: va davlatga tasir ko‘rsatadi. Insonni sevish (JEN), adolat (I), odoblilik. xushfe’llik (Li) va bilim (CHji) inson tabiatiga xos tug‘ma xususiyatdir. Insoniylik (JEN) ta’limoti asosida davlatni: «insoniy boshqarish» bosh vazifadir, boshkarishda asosiy rolini: xalq ommasi o‘ynaydi, degan g‘oya yotadi. Davlatda asosiy rolni xalq o‘ynaydi, ruxlar, erdagi barcha narsa va xodisalar uning izidan boradi, degan qarashlar mavjud?



  1. MEN SZI

  2. Guan CHjun

  3. Dun CHjunshu

  4. SYUN-Szi

.

Adolatli buyruk, berish, xalqni sevish, uning an’analarini qadrlash, olimlar, oqil va donishmand kishilarni e’zozlash, davlat ishlariga qobiliyatli kishilarni jalb etish muhim ahamiyatga egadir. Boshqarishning mezoni adolat va tinchlikdir. Davlat kishilarning osoyishtaligi va o‘zaro ahil bo‘lib yashashlari uchun xizmat qilishi kerak, deb ta’lim bergan antik davr mutafakkirini aniqlang.



  1. SYUN-Szi

  2. Guan CHjun

  3. MEN SZI

  4. Dun CHjunshu

.

Ushbu antik davr mutafakkiri imperator universitetida dars berib, saroyga yaqin faylasuflardan biri edi. U Konfutsiy ta’limotining tan olinishini talab qilib bu ta’limotni davlat doktrinasi darajasiga ko‘tardi. U imperator hokimiyatining mutlaq ekanligini isbotlashga xarakat qildi. Ushbu ma’lumot kim haqida?



  1. Dun CHjunshu

  2. Guan CHjun

  3. MEN SZI

  4. SYUN-Szi

.

Legizm ta’limotining rivojlanishida SHarqiy Xitoydagi Si podsholigida (er. av. VII asr) birinchi ministr bo‘lib xizmat qilgan ... katta rol o‘ynagan. Nuqtalar o‘rniga mos javobni belgilang.



  1. Guan CHjun

  2. MEN SZI

  3. Dun CHjunshu

  4. SYUN-Szi

.

Uning siyosiy qarashlari an’anaviy vorislik, aristokratiya va aslzodalikning imperatorlik xokimiyatidagi mavqeini pasaytirishga, yakka xokimlikni mustahkamlashga qaratilgan, ana shu yo‘nalishda qator islohotlar o‘tkazdi. Xitoy tarixida birinchi bo‘lib mamlakatni qonun asosida boshqarish g‘oyasini ilgari surdi. ”Qonunlar halqning otasi va onasidir», deydi u. Hukmdor sardorlar, oliy va quyi, aslzoda va past tabaqalar, umuman, barcha kishilar qonunga rioya qilishlari kerak. By – davlatning boshqarishning olijanob san’atidir. Gap qaysi antik davr mutafakkiri haqida bormoqda?



  1. Guan CHjun

  2. MEN SZI

  3. Dun CHjunshu

  4. SYUN-Szi

.

Layoqatsiz xukmdorni almashtirish xalqning tarixiy xuquqi, chunki xukmdor avvalo xalq to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi uning farovonligi haqida o‘ylashi zarur, deb ta’kidlagan mutafakkirni aniqlang?



  1. Men Szi

  2. Guan CHjun

  3. Dun CHjunshu

  4. Syun-Szi

.

Artxashastra (“Davlat qurilishi haqidagi fan”) asari muallifinini aniqlang.



  1. Kautil

  2. Guan CHjun

  3. Dun CHjunshu

  4. Syun-Szi

.

Quyidagilardan qaysi birining siyosiy-ahloqiy qarashlari shunday ishonch-e’tiqodga asoslanganki, unga ko‘ra hokimiyat eng yaxshi, ya’ni axloqli, odil va boshqarish uquvi va tajribasiga ega bo‘lgan fuqorolarga tegishli bo‘lishi kerak. SHu nuqtai nazardan U Afina demokratiyasini qattiq tanqid ostiga olgan edi?



  1. Suqrot

  2. Aflotun

  3. Aritotel

  4. Ksenofont

.

“Davlat”, «Siyosat», «Qonunlar» asarlari muallifini aniqlang.



  1. Aflotun

  2. Aritotel

  3. Suqrot

  4. Ksenofont

.

Uning fikricha, bir zamonlar ideal davlat mavjud bo‘lgan, biroq davrlar o‘tishi bilan uning mohiyati buzilgan. U ideal davlatning g‘oyadan tobora uzoqlashish evolyusiyasini ko‘rsatishga harakat qildi. ... taklif etgan ideal davlatning asosiy prinsipi adolat bo‘lib, fuqorolik xayoti ana shu prinsipga asoslangandnr. Har bir fuqoroning tabiatiga mos keluvi alohida mashg‘ulot, vazifa ajratilgandir: har bir odam o‘z g‘oyasiga sodiq bo‘lishi kerak. Har kim o‘z mohiyatiga muvofiq ravishda faoliyat ko‘rsatsagina ideal davlat ro‘yobga chiqadi. Nuqtalar o‘rniga mos javobni belgilang.



  1. Aflotun

  2. Aritotel

  3. Suqrot

  4. Ksenofont

.

Quyidagi antik davr mutafakkirlaridan qaysi biri odamlarni: “Biroq odamlar bir xil emaslar, ular o‘rtasida muayyan farqlar mavjuddir. SHuning uchun jamiyat faylasuf-boshqaruvchilar, xarbiy-posbonlar, xunarmand-ishlab chiqaruvchilap tabaqasiga bo‘lingandir” deb shu uch tabaqaga bo‘lgan?



  1. Aflotun

  2. Aritotel

  3. Suqrot

  4. Ksenofont

.

Quyidagi antik davr mutafakkirlaridan qaysi biri davlat bilan insonni taqqoslash asosida ideal davlatda har bir fuqaroni ijtimoiy hayotga bo‘lgan munosabatlari bir xil bo‘lmog‘i kerak, degan g‘oyani ilgari surgandi?



  1. Aflotun

  2. Aritotel

  3. Suqrot

  4. Ksenofont

.

Quyidagi antik davr mutafakkirlaridan qaysi biri insonning o‘z qadr – qimmati va xatti-harakatdagi mustaqilligini inkor etdi. Bunday harakatlar uning fikricha, g‘oyadan uzoqlashish, ideal davlatning buzilishidir?



  1. Aflotun

  2. Aritotel

  3. Suqrot

  4. Ksenofont

.

U o‘z asarlarida aristokratik nuqtai nazardan turib, xukmdor va posbonlarga alohida e’tibor berdi, hunarmand-ishlab chiqaruvchilarga esa kam o‘rin ajratdi. Uning fikricha, so‘nggi tabaqa, shubhasiz, yomonlikdir, chunki ular ishlab chiqarish bilan band bo‘lganliklari tufayli boylik orttirishga intiladilar. Ular oxir-oqibatda ideal davlatni halokatga olib keladilar. Gap qaysi antik davr mutafakkiri haqida bormoqda?



  1. Aflotun

  2. Aritotel

  3. Suqrot

  4. Ksenofont

.

Davlatning har bir tabaqasi uchun o‘ziga mos mashg‘ulot, noyob hunar ajratilgan bo‘lsa ham, xukmdor va posbonlarni tarbiyalashning alohida sistemasi bo‘lishi kerak, ular musiqa va gimnastika bilan shug‘ullanishlari kerak. Bu esa ularni aql-idroki va Vatanga muhabbatini mustahkamlaydi, jismonan chiniqtirib, Vatan himoyasiga tayyorlaydi. Yuqori tabaqa kishlari keyinchalik o‘z qiziqishlariga qarab arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqa bilan shug‘illanishlari mumkin. Ilm-fangina haqiqiy g‘oyani olib keladi, xayolotga o‘rin qoldirmaydi. Yuqori tabaqa kishilari fanlarning, ayniqsa, falsafiy bilimlarning asosi bo‘lgan dialektikani o‘zlashtirganlaridan keyingina davlat ishlariga qo‘yiladilar, lekin hukmdorlik lavozimiga ellik yoshga to‘lib, yaxshilik g‘oyalarini davlat hayoti bilan bog‘lay olganlaridan keyingina qo‘yilishlari kerak. Davlatni boshqarish haqidagi ushbu qarashlar qaysi antik davr mutafakkiriga taalluqli?



  1. Aflotun

  2. Aritotel

  3. Suqrot

  4. Ksenofont

.

Quyidagi antik davr mutafakkirlaridan qaysi biri g‘oya hamma narsaning asosidir, degan ta’limotiga sodiq qolgan holda ideal davlat boshida faylasuflar turmog‘i kerak, deydi. CHunki kishi g‘oyalarni anglab etganidan keyingina yaxshi fazilatlarga ega bo‘ladi, haqiqiy bilimlar sohibi bo‘la oladi. Davlatning asosiy vazifasi, maqsadi aholining eng ko‘p qismini yaxshi hayot bilan ta’minlashdan iboratdir degan qarashlarni ilgari suradi?



  1. Aflotun

  2. Aritotel

  3. Suqrot

  4. Ksenofont

.

Uning ideal davlati (ijtimoiy tabaqalarga mos ravishda) 4 ta yaxshi fazilati bilan xarakterlanadi. Birinchidan, donishmandlik, donolik bo‘lib, davlatni boshqarish vazifasini bajarayotgan faylasuflarni boshqalardan ajratib turadi. Ikkinchidan bahodirlik, mardlik bo‘lib, bu posbonlarning vazifasidir. Uchinchi va to‘rtinchidan, yaxshi fazilat ideal davlatning hamma qismiga taalluqli bo‘lib, bu mulohazkorlik va oqillikdir. Nuqtalar o‘rniga mos javobni belgilang.



  1. Aflotun

  2. Aritotel

  3. Suqrot

  4. Ksenofont

.

U quldorlik jamiyati va undagi sinflarni abadiy, deb, jamiyatning qullar va quldorlarga bo‘liniishni qonunlariga muvofiq deb xisobladi. Uning fikricha, tuzumining uch tipi ijobiy xususiyatga, uch siyosiy tartib esa salbiy hususiyatga egadir. Davlat tuzumining monarxiya, aristokratiya va politiya tiplari ijobiy hususiyatga ega. Ularga zid ravishda davlatning uch salbiy tipi mavjuddir. Monarxiyaning buzilishi tiraniyaga, aristokratiyaning buzilishi oligarxiyaga, politiyaning buzilishi esa demokratiyaga olib kelishi mumkin. Ushbu ilg‘or qarashlar qaysi antik davr mutafakkiriga tegishli?



  1. Aritotel

  2. Aflotun

  3. Suqrot

  4. Ksenofont

.

Quyidagi antik davr mutafakkirlaridan qaysi biri xususiy mulkni e’tirof etib, u inson tabiatiga xosligini, odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning o‘zagini tashkil etishini ta’kidlagan?



  1. Aritotel

  2. Aflotun

  3. Suqrot

  4. Ksenofont

.

Quyidagi antik davr mutafakkirlaridan qaysi biri mulk huquqining fuqarolar farovonligi, davlat va uning boshqaruv shakli xavfsizligi, qonunchilik organi ishida fuqarolarning ishtiroki mexanizmi, lavozimlarni egallash va vazifalarni bajarish, sud organlari ishidagi rolini atroflicha o‘rgangan edi?



  1. Aritotel

  2. Aflotun

  3. Suqrot

  4. Ksenofont

.

Quyidagi antik davr mutafakkirlaridan qaysi biri huquqni adolat mezoni deb hisoblagan va unga ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi va ayni vaqtda ularni muhofaza qiluvchi institut sifatida yondashgan?



  1. Aritotel

  2. Aflotun

  3. Suqrot

  4. Ksenofont

.

Quyidagi antik davr mutafakkirlaridan qaysi birining fikriga ko‘ra, siyosiy boshqaruv – bu odamlarning emas, balki qonun boshqaruvidir: hatto eng yaxshi hukmdorlar ham tuyg‘ular va hissiyotga beriluvchan bo‘ladi, qonun esa «oqilona tafakkur»dir?



  1. Aritotel

  2. Aflotun

  3. Suqrot

  4. Ksenofont

.

Quyidagi antik davr mutafakkirlaridan qaysi biri davlatni umumiy manfaatlar bilan o‘zaro bog‘langan odamlar majmui sifatida tasavvur qiladi, davlat xalqning umumiy mulki hisoblanadi va odamlar birgalikda yashashga tabiiy ehtiyoj sezadi deb ta’kidlaydi?



  1. Sitseron

  2. Aflotun

  3. Aritotel

  4. Suqrot

.

Quyidagi antik davr mutafakkirlaridan qaysi birining fikriga ko‘ra, davlatning vazifasi mulkni muhofaza qilishdan iborat bo‘lib, davlat ayni shu maqsadda tashkil etiladi deb e’tirof etgan?



  1. Sitseron

  2. Aflotun

  3. Aritotel

  4. Suqrot

.

Quyidagi antik davr mutafakkirlaridan qaysi birining fikriga ko‘ra, uch boshqaruv shakli (monarxiya, aristokratiya va demokratiya) unsurlarini o‘zida mujassamlashtirgan aralash davlat eng ideal davlatdir. Faqat shunday davlatda har bir jamiyat a’zosining manfaatlarini qondirish va u davlatni boshqarishda ishtirok etishi ta’minlanishi ta’kidlangan?



  1. Sitseron

  2. Aflotun

  3. Aritotel

  4. Suqrot

.

Xabeas korpus institutini qo‘llash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirishga oid masala 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining qaysi yo‘nalishida qamrab olingan?



  1. 2

  2. 3

  3. 4

  4. 5

.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida O‘zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etiladi, deb ta’kidlangan?



  1. 56-modda

  2. 57-modda

  3. 58-modda

  4. 59-modda

.

Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash Harakatlar strategiyasining qaysi yo‘nalishiga tegishli?



  1. qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquqtizimini yanada isloh qilishningustuvor yo‘nalishlari.

  2. davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari.

  3. ijtimoiy sohani rivojlantirishningustuvor yo‘nalishlari.

  4. iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari.

.

O‘zbekistonda “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish Harakatlar strategiyasining qaysi yo‘nalishida qayd etilgan?



  1. davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari.

  2. qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari.

  3. iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari.

  4. ijtimoiy sohani rivojlantirishningustuvor yo‘nalishlari.

.

Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish Harakatlar strategiyasinnng qaysi yo‘nalishiga tegishli?



  1. davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari.

  2. qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-xuquq tizimini yanada islox qilishning ustuvor yo‘nalishlari.

  3. iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari.

  4. ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari.

.

Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish Harakatlar strategiyasining qaysi yo‘nalishiga kiritilgan?



  1. iqtisodiyotni yanada rivojtantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari.

  2. davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari.

  3. qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-xuquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari.

  4. ijtimoiy soxani rivojtantirishning ustuvor yo‘nalishlari.

.

Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish Harakatlar strategiyasining qaysi yo‘nalishida qayd etilgan?



  1. ijtimoiy sohani rivojlantirish.

  2. iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish.

  3. davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish.

  4. qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish.

.

O‘zbekiston Oliy Kengashi qachon «O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi qonunni qabul qilgan?



  1. 1991 yilning 15 fevralida

  2. 1992 yilning 15 fevralida

  3. 1993 yilning 15 fevralida

  4. 1994 yilning 15 fevralida

.

Jamoat birlashmalari nima maqsadda tuziladi?



  1. barcha javoblar to‘g‘ri

  2. fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy, huquqiy hamda erkinliklarni ro‘yobga chiqarish va himoya qilish maqsadida

  3. fuqarolarning faolligi va tashabbuskorligini, davlat va jamoat ishlarini boshqarishda ularning ishtirok etishini rivojlantirish maqsadida

  4. fuqarolarning o‘z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro‘yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari maqsadida

.

Biz uchun fuqarolik jamiyati - ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘z-o‘zini kamol toptirishga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. SHaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‘la darajada ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l quyilmaydi. YA’ni erkinlik va qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi, bir-birini to‘ldiradi va bir-birini taqozo etadi. Boshqacha aytganda, davlatning qonunlari inson va fuqaro huquqlarini kamsitmasligi lozim. SHuning barobarida barcha odamlar qonunlarga so‘zsiz rioya qilishlari shart. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan aytilgan yuqoridagi so‘zlar uning qaysi asarida mavjud?



  1. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari

  2. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir

  3. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir

  4. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida

.

O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalarini tarqatib yuborish, ular faoliyatini taqiqlab yoki cheklab qo‘yish faqat ...



  1. Sud qarori asosidagina amalga oshiriladi

  2. Prezident qarori asosidagina amalga oshiriladi

  3. Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarori bilan amalga oshiriladi

  4. Prezident va Senat qarori bilan amalga oshiriladi

.
Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish