7-jadval
Auditning vazifalari quyidagilardan iborat:
-tayyor mahsulotni ishlab chiqarilishi, jo'natilishi va sotilishini hujjatlarda to'g'ri rasmiylashtirishni tekshirish;
-tayyor mahsulot omborda saqlanishini ta'minlovchi sharoitlami aniqlash;
-tayyor mahsulotni haqiqiy tannarxini aniqligini tekshirish;
-tayyor mahsulot sotilishini to'g'ri hisoblash;
-sotilgan tayyor mahsulotdan olingan moliyaviy natijalami to'g'ri hisoblash va buxgalteriya hisobida aks ettirish.
Audit manbalari:
-tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va sotilishini hisobga olishga doir qonunchilik;
-tayyor mahsulotni rejalashtirish va tayorlash bo'yicha korxonadagi hujjatlar;
-mahsulot ishlab chikarish, jo'natish va sotilishiga doir dastlabki hujjatlar va shartnomalar;
-4010, 2810, 9010, 9110 schyotlar va boshqa schyotlardagi ma'iumotlar;
-10, 11 - sonlijumal- order, 16 - sonli qaydnoma ma'lumotlari;
-2-sonli "Moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot"dagi ma'lumotlar.
Sotuv hajmi va uning tarkibiy qismlarining auditi - ko'p jihatdan butun tekshiruvning sifatini belgilovchi muhim masalalardan biridir. Tayyor mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish auditining maqsadi tayyor mahsulot to'liq kirim qilinganligini, sotishdan olingan tushum va sotilgan mahsulotning tannarxi to'g'ri hisoblanganligini aniqlashdan iborat.
Tekshiruv jarayonida auditor quyidagi masalalami hal etadi:
tayyor mahsulotni baholash bo'yicha usul asosli tanlab olinganligi va to'g'ri qo'llanilayotganini tasdiqlash;
tayyor mahsulot to'liq kirim qilinayotganligini aniqlash;
jo'natilgan va sotilgan mahsulotlar hajmlarini tasdiqlash;
jo'natilgan va sotilgan mahsulotlar tannarxini tasdiqlash.
Tayyor mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishbo'yicha hisob yuritilishi holatini tekshirish bo'yicha ma'iumot manbalari bo'lib quyidagilar hisoblanadi: tayyor mahsulotni omborda hisobga olish bo'yicha varaqalar, preyskurantlar, mahsulotni etkazib berish to'g'risida shartnomalar, schet-fakturalar, sotish bo'yicha daftarlar, tayyor mahsulotni berish to'g'risida yuk xatlari, xaridorlardan olingan ishonchnomalar, tushum kelib tushganligi to'g'risida dastlabki bank va kassa hujjatlari (to'lov-talabnomalar, talabnoma-topshiriqnomalar kassa kirim orderlari va boshqalar), 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" ; 2810 "Ombordagi tayyor mahsulotlar"; 2910 "Ombordagi tovarlar"; 90 I 0 "Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar" ; 9110 "Soti Igan tayyor mahsulotlarning tannarxi"; 5010 "Milliy valyutadagi pul mablag'lari"; 5110 "Hisob-kitob schyoti " ; 4010 " Xaridorlar va buyurtmachi lardan olinadigan schyotlar"; 6310 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan avanslar" boshqa schetlar bo'yicha hisob registriari (ro'yxatnomalar, jurnal-orderlar, mashinogrammalar), Bosh kitob, "Moliyaviy nitijalar to'g'risida hisobot" (2-sonli shakl) va boshqalar.
Ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog'liq bo'lmagan sarflar va xarajatlar: boshqaruv xarajatlari, mahuloti sotish xarajatlari va boshqa umum xo'jalik xarajatlari davr xarajatlari deb tushuniladi.
Davr xarajatlarini tekshirish, ularni tarkibini to'g'ri aniqlashdan boshlanadL Chunki ba'zida ishlab chiqarishga talluqli xarajatlar davr xarajatlari tarkibida hisobga olinishi zarur-bo'igan xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlariga qo'shilib ketishi mumkin. Bu esa ishlab chikarish tannarxini o'zgartirishga olib keladi. Auditor davr xarajatlar tarkibidagi I-sonli ilovadagi soliqqa tortiladigan davr xarajatlariga alohida ahamiyat berishi zarur.
Auditor boshqaruv apparatini saqlash xizmat safari uchun ajratilgan mablag' lami maqadga muvofiq va saillarali ishlatilishini aniqlaydi. Davr xarajatlari rejasi mavjudligi aniqlab, bu reja haqiqiy xarajatlar har bir modda bo'yicha taqqoslanib kaillchilikiar aniqlanadi. Boshqaruv xodimlarga ta'lIuqli bo'igan mehnatga haq to'lash xarajatlari rejaga qaraganda farq qilsa auditor bu holatlar soni o'zgarishi, shtat jadvalida tasdiqlangan lavozim maoshlarni haqiqiy maoshlar bilan muvofiqligini tekshiradi.
Ma'muriy ahamiyatga ega asosiy vositalar (bino, inshoat va xokazo) ni saqlash va ta'mirlash xarajatlari tekshirilganda energiya xarajatlari normalari, isitish, yoritish, amortizatsiya xarajatlari ko 'rib chiqiladi. Yazirliklar, assostsiatsiyalar, kontsernlar organlarni saqlash uchun ajratmalar nazorat qilinganda yuqori tashkilotlar bilan korxona o'rtasida tuzilgan shartnomalar, bu shartnomalarda kerakli bo'igan shart sharoitlar mavjudligi va ularga rioya qilinishi aniqlanadi .
Do'stlaringiz bilan baham: |