Ko‘tarmalarda
H<3 m bo‘lganda І-ІІІ darajali yo‘llarda yonbag‘ir qiyaligi 1:4,
H<2 m bo‘lganda ІV-V darajali yo‘llarda yonbag‘ir qiyaligi 1:3,
H<6 m gacha bo‘lganda yonbag‘ir qiyaligi 1:1,5 qilib,
H<12 m gacha bo‘lganda yuqori qismi yonbag‘ir qiyaligi 1:1,5 pastki qismi 1:1,75 deb qabul qilindi.
Qimmatbaho yerlarda yonbag‘ir qiyaliklarini grunt turi va ko‘tarma balandligiga qarab 1:1 dan 1:1,75 gacha olish tavsiya etildi.
Ko‘tarmaning balandligi H<1,2 m bo‘lgan hollarda yon ariqlar loyihalandi. Ularning ko‘rinishi uchburchak va trapetsiya shaklida bo‘ladi.
Ko`tarmada o`tgan yo`l poyining ko`ndalang profillari:
a - balandligi 1m.dan kam bo`lgan kyuvet-rezervli suyri ko`ndalang profil; b - balandligi 2 m.gacha bo`lgan nosuyri ko`ndalang profil; v - balandligi 12 m.gacha bo`lgan nosuyri ko`ndalang profil; g - adrdagi tog` yon bag`ri qiyaligi 1:1,5 dan 1: 3 gacha bo`lgan rezervli ko`ndalang profil; d – tog` yon bag`ri tikligi 1:5 dan 1:3 gacha bo`lgan qiyalamada; e – tog` oldi ariqchasi bo`lmagan ko`tarmaning yuqorigi yonbag`irini grunt bilan tutashtirish; 1 – yo`l uchun ajratilgan joyning chegarasi; 2 – o`simlikli gruntning olib tashlanadigan qatlami; 3 – yonbag`irlarga yotqiziladigan o`simlikli grunt qatlami (chim); 4 - chuqurligi hisoblangan, lekin kamida 0,3 m bo`lgan uchburchak ariq; 5 – o`lchami gruntning zarur miqdoriga bog`liq bo`lgan rezerv; 6 - balandligi ko`pi bilan 0,6 m bo`lgan grunt marzasi; 7 - chuqurligi hisoblangan, lekin kamida 0,6 m bo`lgan tog` oldi arig`i.
O‘ymalarda
O‘ymalarda uning chuqurligidan qat’iy nazar, ichki yonbag‘ir qiyaligi 1:3 deb qabul qilinadi. Tashqi yonbag‘ir qiyaligi esa quyidagicha:
H<1 m gacha bo‘lganda 1:1,5 – 1:10 gacha ochiq yoki ko‘tarma ko‘rinishida loyihalash mumkin.
H<5 m bo‘lganda yonbag‘ir nishabligini 1:1,5 – 1:2 qilib va 4 m dan kam bo‘lmagan kenglikdagi yo‘l yoqasi yoki qo‘shimcha tokchalar ko‘rinishida loyihalash zarur.
O`ymalardagi yo`l poyining ko`ndalang kesimi (profili):
a - suyri profilli sayoz o`ymalar - ochiq (chapda) va ko`tarmasimon qazilgan (o`ngda); b - sayoz suyrilanmaydigan o`yma; v - chuqurligi 12 m gacha bo`lgan o`yma; g - bir jinsli bo`lmagan gruntlardagi o`yma; d -qiyalamadagi yarim-o`yma – yarimko`tarma; 1 – yo`l uchun ajratilgan joyning chegarasi; 2 – yonbag`irlardagi o`simlikli grunt qatlami; 3 - chuqurligi hisoblangan biroq 0,3 m dan kam bo`lmagan ariq; 4 – yonbag`irlarda qirqib olinadigan o`simlikli grunt qatlami; 5 - chuqurligi kamida 0,6 m bo`lgan tog` oldi arig`i; 6 - yumshoq yotqiziqlar; 7 - oson nuraydigan qoya jinslar; 8 - kam nuraydigan qoya jinslar; 9 - balandligi ko`pi bilan 0,6 m bo`lgan grunt marzasi (banket).
Avtomobil yo’llarini loyihalayotganda , joyning yo’l o’tkazish uchun ajratilgan , ko’tarmalarga to’kish uchun grunt qaziladigan , yordamchi inshootlar quriladigan va ko’chatlar o’tkazish uchun ajratiladigan tasmasi yo’l tasmasi yoki yo’lga ajratilgan tasma deb ataladi .
Yo’lning vertikal tekislik bilan kesilgan kesimining kichraytirilgan masshtabdagi tasviri ko’ndalang kesim deb ataladi .
Yo’l sirtining avtomobillar harakatlanadigan qismidagi tasmasi qatnov qismi deyiladi . Bu tasma tosh materiallari bilan mustahkamlanib , yo’l to’shamasini hosil qiladi . Uning yuqori qismi qoplama deb ataladi .
Yo’lning ko’ndalang kesimi bo’ylama kesimdagi ishchi belgilarga asosan loyihalanadi . Men ham yo’l ko’ndalang kesimini menga berilgan yo’l toifasiga muvofiq loyihaladim . Bunda bo’ylama kesim setkasidagi 3 – grafa , ko’ndalang kesim turi grafasini to’ldirdim . Bunda 4 ta tur hosil bo’ldi . Ularning 1, 2, 3 – turlari ko’tarmaga , 4 –turi o’ymaga xos turlar . Bu turlarni ajratish uchun ularga chegara son qiymatlari mavjud :
1 – tur: 0 m< H < 1.2 m
2 – tur: 1.2m < H < 3m
3 – tur: 3 m< H < 6m
ko’tarma uchun.
4 – tur: 0 m< H < -1m
5 – tur: 1m< H< -6m
o’yma uchun.
Yo’l bo’ylama kesimidagi ishchi turlariga ko’ra ko’ndalang kesim turlarini aniqlab chiqdim . Bunda menga 4 tur mavjud bo’ldi . Birinchi va to’rtinchi tur ko’ndalang kesimlariga qo’shimcha ravishda yon ariqchalar loyihaladim . Ko’ndalang kesimlarni loyihalashda I toifaga muvofiq: yo’l poyini enini 27,5 m etib tanlab , unga mos holda 3.75 m dan 4 ta va undan ortiq harakat tasmasi , 3.75 m yo’l yoqasining kengligi , yo’l yoqasining chetki tasmasining kengligini 0.75 m qilib loyihaladim.
I – tur
0 < H < 1.2m
PK 0+00, PK 1+75 Hish = 1.2m
II – tur
1.2 < H < 3m
PK1+75, 2+85 Hish =1.2-1.87m
III – tur
3 < H < 5m
PK 4+30, 8+25 Hish = m
IV – tur
0 < H < -1m
PK2+85,3+80 Hish = 0-(-0.40)m
5>1>12>6>2>3>
Do'stlaringiz bilan baham: |