Bunda Jizzax viloyati hokimligi va "Sambhram Group" kompaniyasi (Hindiston) Universitetning ta’sischilari (keyingi o‘rinlarda Muassis) hisoblanadi



Download 25,05 Kb.
Sana21.01.2022
Hajmi25,05 Kb.
#395391
Bog'liq
-5481486 (1)




[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.72.00 Oliy ta’lim (bakalavriat va magistratura)]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

Jizzax shahrida “Sambhram” universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son Farmonida belgilangan vazifalar hamda Jizzax viloyatida xalqaro talab va standartlarga muvofiq yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish, xalqaro hamkorlikni, shu jumladan, xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:



1. Jizzax viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda “Sambhram Group” kompaniyasi, “Sambhram” universiteti (Hindiston) o‘rtasida 2021-yil 16-aprelda Jizzax shahrida “Sambhram” universitetini tashkil etish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlarning asosiy tamoyillari to‘g‘risida kelishuv (keyingi o‘rinlarda — kelishuv) imzolanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Jizzax viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda “Sambhram Group” kompaniyasi, “Sambhram” universitetining (Hindiston) Jizzax shahrida nodavlat oliy ta’lim tashkiloti shaklidagi “Sambhram” universitetini (keyingi o‘rinlarda — Universitet) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.

Bunda Jizzax viloyati hokimligi va “Sambhram Group” kompaniyasi (Hindiston) Universitetning ta’sischilari (keyingi o‘rinlarda — Muassis) hisoblanadi.

3. Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:

Jizzax viloyatining ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalarini, zamonaviy tadbirkorlikning rivojlanish tendensiyalarini inobatga olgan holda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni ta’minlash;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, axborot tizimi va kompyuter tarmoqlarini boshqarish kabi yo‘nalishlarda ta’lim dasturlarini amalga oshirish;

Universitet o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribani, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ta’lim jarayonini zamonaviy o‘quv adabiyotlari va ta’lim resurslari bilan ta’minlash;

ta’lim jarayoniga “Sambhram” universiteti (Hindiston), shuningdek, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining malakali professor-o‘qituvchilari, olim va mutaxassislarini keng jalb qilish orqali zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, ilm-fan va texnikaning so‘nggi yutuqlarini joriy etish;

Jizzax viloyatining iqtisodiyot tarmoqlariga istiqbolli loyihalar, innovatsiyalarni joriy qilishda ko‘maklashish, viloyatdagi mavjud ehtiyojdan kelib chiqib, o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar va yaratilgan ishlanmalar natijalarini amaliyotga joriy etish;

ta’lim va ilm-fan sohalarida xorijiy mamlakatlarning, xususan, Hindistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda biznes hamjamiyatlari bilan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirish.

4. Belgilab qo‘yilsinki:

Universitetda o‘qitish O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari talablarini inobatga olgan holda, “Sambhram” universiteti (Hindiston) tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv rejalari va fan dasturlariga muvofiq kunduzgi ta’lim shaklida ingliz, rus tillari va davlat tilida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;

Universitetga abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish Muassis hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda, Universitet tomonidan belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi;

Universitetning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul parametrlari respublika mehnat bozori ehtiyojlari hamda Universitetning moddiy-texnik imkoniyatidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan belgilanadi;

Universitetda talabalar o‘qishi uchun to‘lov-kontrakt miqdori Muassis tomonidan belgilanadi;

Universitetga Muassis tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rektor rahbarlik qiladi;

Universitet bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasida oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan belgilangan namunadagi diplom beriladi;

Universitetga belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasidan litsenziya olingandan so‘ng ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi.

5. “Sambhram Group” kompaniyasining (Hindiston) quyidagi majburiyatlarni olish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin:

kelishuvda ko‘rsatib o‘tilgan shartlarga muvofiq to‘rt yil davomida jami uch million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish;

Universitetga har yili qabul qilinadigan talabalarning 20 foizini o‘qitish uchun imtiyozli ta’lim grantlari ajratish, bunda talabalarning 5 foizini bepul o‘qitish, 5 foiziga 50 foizli, 10 foiziga 25 foizli to‘lov-kontrakt miqdorini to‘lab berish bo‘yicha imtiyozlar taqdim etish;

Universitetda ta’lim berish va o‘quv jarayonini tashkil etish uchun 60 foizdan kam bo‘lmagan malakali xorijiy professor-o‘qituvchilarni jalb qilish;

Universitet professor-o‘qituvchilari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, shu jumladan, nufuzli xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ularning stajirovkasini tashkil etish;

har yili Universitet bitiruvchilarining 25 foizidan kam bo‘lmagan qismini tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha ishga joylashtirishga ko‘maklashish;

Universitetning kutubxona fondini shakllantirish va zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik hamda ilmiy adabiyotlar bilan to‘ldirish;

Universitetning o‘quv-laboratoriya bazasini shakllantirish, shuningdek, maxsus fanlarni o‘qitish uchun zamonaviy o‘quv vositalari bilan jihozlash;

“Sambhram” universitetining (Hindiston) yagona elektron bazasiga Universitetda tahsil olayotgan talabalar haqida ma’lumotlar hamda talabalarga beriladigan diplomlarning qayd raqamlarini kiritish;

Universitet o‘z faoliyatini tugatgan taqdirda, Universitetda tahsil olayotgan talabalarga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishini davom ettirib, “Sambhram” universitetining (Hindiston) belgilangan namunadagi diplomini olishga imkoniyat yaratish;

Universitetda O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari hamda kelishuv shartlariga muvofiq to‘laqonli ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish.

6. Universitet faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib Muassis mablag‘lari, to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar, xo‘jalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan olinadigan daromadlar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro moliya institutlarining grantlari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilanishi inobatga olinsin.

7. Universitet Jizzax viloyati hokimligiga tegishli Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Jizzaxlik mahallasi, Sharof Rashidov ko‘chasida joylashgan sobiq Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti bino va inshootlarining bir qismiga (ma’muriy bino, uchrashuvlar zali va 700 o‘rinli oshxona binolari) tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.

Bunda biriktirilgan bino va inshootlar hamda unga tegishli hududni saqlash bilan bog‘liq barcha xarajatlar, jumladan, kommunal to‘lovlar Universitet mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

8. Universitet tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladigan tegishli bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish, ta’mirlash hamda mebel, o‘quv va ilmiy asbob-uskunalar, tashkiliy texnika, kompyuterlar, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash Jizzax viloyati mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishiga ruxsat berilsin.

9. Jizzax viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-sentabrga qadar:

Universitet ustavini, tuzilmasi va shtatlar jadvalini tasdiqlash hamda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda;

Universitetni tanlov asosida malakali professor-o‘qituvchilar tarkibi bilan ta’minlashda zarur yordam ko‘rsatsin.

10. Universitetga o‘quv va ilmiy-tadqiqot ishlariga taklif qilinadigan xorijiy professor-o‘qituvchilarning yashash hamda transport xarajatlarini tuziladigan shartnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tariflarda to‘lashga ruxsat berilsin.

11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov hamda Jizzax viloyati hokimi E.A. Saliyev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2021-yil 29-iyun,

401-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/401/0615-son)

Download 25,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish