Bulutli hisoblash (inglizcha cloud computing) - maʻlumotlarni taqsimlangan holda hisoblash texnologiyasi bo‘lib, bunda kompyuter resurslari foydalanuvchiga internet xizmati tarzida taqdim etiladi. Bulutli hisoblash tizimlari avvalo mijoz-server tartibida ishlaydi: mijoz tarmoqdagi bir guruh serverlarning resurslari - protsessor vaqti, operativ xotira, disk maydoni, tarmoq kanallari, ixtisoslashgan kontrollerlar, dasturiy taʻminot va hokazolardan foydalanadi. Ammo, bu guruh mijoz uchun yagona virtual server shaklida ko‘rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |