1989-yili BMT Bosh Assambleyasining 44x428-sonli rezolutsiyasiga binoan barqaror rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish uchun BMT ning maxsus konferensiyasini chaqirishga qaror qilindi. Unda barqaror rivojlanish konsepsiyasi - davlatlar va butun dunyo hamjamiyatining xususiyat, mohiyat va tarkibiy jihatdan bir maromda rivojlantiruvchi qarashlar tizimi, deb e'tirof qilindi. - 1989-yili BMT Bosh Assambleyasining 44x428-sonli rezolutsiyasiga binoan barqaror rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish uchun BMT ning maxsus konferensiyasini chaqirishga qaror qilindi. Unda barqaror rivojlanish konsepsiyasi - davlatlar va butun dunyo hamjamiyatining xususiyat, mohiyat va tarkibiy jihatdan bir maromda rivojlantiruvchi qarashlar tizimi, deb e'tirof qilindi.
- Barqaror rivojlanish konsepsiyasi ishlab chiqarish va iste'mol qilish, aholining o'sishi va ijtimoiy himoyasi o'rtasidagi muvozanatni rivojlangan va rivojlanish yo'lida turgan barcha davlatlarda saqlashni inobatga oladi. Chunki Yer sayyorasidagi atrof-muhit holati mamlakatlarning birgalikdagi harakat majmuasidir. Ekologik muammolarning yechimi biron-bir davlat (masalan, AQSH) yoki biron-bir davlatlar (masalan, «katta sakkizlik») faoliyatiga bevosita bog'liq emas ekan-ligini biz yuqoritla aytib o'tgan edik.
Atrof-muhit muhofazasi bilan barqaror rivojlanish g'oyasining birligi 1992 yil 3—14-iyun kunlari Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo'lib o'tgan BMTning «Atrof-muhit va rivojlanish» konferensiyasi (AMRK) hisoblanadi. Chunki, uning ishida dunyoning 170 dan ziyod, jumladan Mustaqil davlatlar hamdo'stligidan 7 ta davlat vakillari ishtirok etgan va 130 ta davlatdan hukumat boshliqlari kelgan. AMRK-ning maqsadi — davlatlarning barqaror rivojlanishi va tinch-totuv yashashini ta'minlash uchun ekotizimlarga tushadigan bosimni kamaytirish. - Atrof-muhit muhofazasi bilan barqaror rivojlanish g'oyasining birligi 1992 yil 3—14-iyun kunlari Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo'lib o'tgan BMTning «Atrof-muhit va rivojlanish» konferensiyasi (AMRK) hisoblanadi. Chunki, uning ishida dunyoning 170 dan ziyod, jumladan Mustaqil davlatlar hamdo'stligidan 7 ta davlat vakillari ishtirok etgan va 130 ta davlatdan hukumat boshliqlari kelgan. AMRK-ning maqsadi — davlatlarning barqaror rivojlanishi va tinch-totuv yashashini ta'minlash uchun ekotizimlarga tushadigan bosimni kamaytirish.
- Konferensiya qatnashchilari uchta ishchi guruhda munozaralar olib bordilar:
- 1. atmosfera havosi, yer resurslari va biologik xilma-xillikni saqlash;
- 2. okeanlar, dengizlar, qirg'oq bo'yidagi mintaqalar va chuchuk suv resurslari;
- 3. institutsional (barqaror birlashish) va lashkiliy masalalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |