1. Buloqboshi Agroservis MTP MCHJning shakllanish tarixi.
Buloqboshi Agroservis MTP MCHJ 2017-yil 1-noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Agroservis MTP MCHJ Andijon viloyati MTP lar birlashmasi Buloqboshi tumani Agroservis MTP MCHJ siyratiga shakllantirilgan. Asosiy faoliyat turi tumandagi paxta, g'alla, sabzavotchilik yo'nalishidagi faoliyat yuritayotgan fermer xo’jaliklariga mexanizatsiya xizmatlari ko'rsatishdan iborat. Jamiyatga asosan 4 dona don o'rish kombayini 1 dona hayfov traktori va 1 dona gopik traktorlari mavjud bo'lib ushbu qishloq xo'jaligi texnikalari yordamida fermer xo’jaliklari yer maydonlariga o’zaro shartnomaga asosan shudgor qilinadi, boshoqli don ekinlarini yig'ib beriladi va go'zaga ishlov beriladi. Bu korxona haftaning Dushanba kunidan shanba kuniga qadar soat 8:00 dan 18:00 oraligida xizmat korsatadi. So`ngi yillar davomida Korxona mijozlariga sifatli xizmat ko`rsatib kelmoqda. Har oyda yuzlab fermer xojaliklarini ehtiyojlari qondiriladi. Shuningdek Korxonaning iqtisodiy ko`rsatkichlari sezilarli darajada ortdi.
Respublikamiz 1991 yilda mustaqillikka erishgach mamlakat rivojlanish jarayonlarida jamiyatga tashqaridan ehtiyot qismlar va boshqa materiallar kelishi chegaralanib, ish yuritishda turli muammolarni yechishga to`g`ri keldi. Bu holatda ham jamiyat jamoasining ahilligi, mahorati va yuqoriga intilishi natijasida barcha qiyinchiliklar ortda qoldirildi.
Prezidentimizning «O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatish va servis sohalarini rivojlantirishni jadallashtirish chora tadbirlari to`g`risida»gi 325-sonli va 640-sonli qarorlarini amalda bajarib 2007 yil Oltinko`l tumanida 806,0 mln so`m mablag` sarflab 25 ish o`rniga ega bo`lgan 3-sonli zamonaviy, salobatli va ko`rkam stansiyasi qurildi, 2008 yilda Andijon shahri Tojik ko`chasida 306 mln so`mm sarflanib 15 ish o`rniga ega bo`lgan o`ta ixcham hamda xamma tomonlama qulayliklarga ega bo`lgan 2-sonli stansiya qurib bitkazildi, natijada shuncha miqdorida yangi ish o`rinlari barpo etildi.
1-stansiya va yangidan qurilgan 2-3-sonli stansiyalarni zamonaviy va ilg`or texnologiyalar bilan jixozlash maqsadida Janubiy Koreyadan to`g`ridan-to`g`ri konvertatsiyalash yo`li bilan 108 ming AQSH dollari evaziga mashxur «Heshbon» kompaniyasida ishlab chiqarilgan turli kultivatsiyalash mashinalari olib kelindi.
Bundan tashqari jamiyatimiz ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib respublikamiz va viloyatimiz ijtimoiy-iqtisodiy sohalari, sportni rivojlantirish, obodonchilik, qariya va nogironlik uylari xolidan xabar olish kabi ko`plab homiylik ishlarida ishtirok etib kelmoqda. Jamiyatimiz viloyatimizda har yili o`tkazib kelinayotgan «Andijonimizni gullar shahriga aylantiraylik» konkursida faol qatnashib yuqori o`rinlarni olib kelmoqda. «Ishchi-xizmatchilarga xavfsiz mexnat sharoitlari, ishlab chiqarishning yuqori estetikasi va madaniyatini ta’minlagan eng yaxshi uchastka» unvonlariga bir necha bor sazovar bo`ldi. Mahalliy yoshlarga xunar o`rgatish va shogirdlik sohasiga bergan axamiyatimiz tufayli jamiyatimizga yangi ishga kirgan avtoustalarni deyarli barchasi jamiyatimizda faoliyat ko`rsatib kelayotgan malakali ustalardan ustachilik sirarini o`rganib ish boshlaganlar.
Jamiyatimiz fermer hojaligi asoslarini yaxshi ozlashtirishi va ularga berilayotgan muntazam yordam tufayli ozlarini daromadlarini oshirib kelishmoqda. Bular evaziga ishchi xizmatchilarni oylik maoshlari bosqichma-bosqich oshirilmoqda. Jamiyatimizda ishchi xizmatchilarni unumli va samarali mehnat qilishlari uchun xam yaxshi shart sharoitlar yaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |