bulganligi uchun, mandatlar, odatda, vakillikning proporsional tizimi buyicha taqsimlanadi. Har bir
saylov okrugidan saylanadigan deputatlarning soniga qarab bir mandatli yoki kup mandatli
majoritar saylov tizimlari bulishi mumkin. Bir mandatli majoritar tizimda bir okrugdan bir deputat
saylanadi. Koʻp mandatli majoritar tizimda bir okrugdan bir necha deputat saylanadi.
Proporsional Saylov tizimi ovoz berish natijalarini aniqlashning birmuncha murakkab tartibi boʻlib,
bunda mandatlar oʻz nomzodlarini vakillik organlariga qoʻygan siyosiy partiyalar va boshqa
ommaviy harakatlar oʻrtasida ular tomonidan olgan ovozlarning soniga mos ravishda
taqsimlanadi. Proporsional Saylov tizimida katta-katta saylov okruglari tuzilib, ularda har bir
partiya oʻz vakillarining roʻyxatini ilgari suradi, saylovchilar esa tegishli partiyalar yoki ommaviy
harakatlar tomonidan koʻrsatilgan vakillarning ruyxati uchun ovoz beradi. Ovoz berish natijalarini
aniqlash uchun saylov mezoni (yoki kvota), yaʼni bir deputatlik mandatini olish uchun zarur
boʻlgan ovozlar miqdori (odatda, kamida 4—5% qilib) oʻrnatiladi. Bunda, shartga koʻra, muayyan
jamoat birlashmalarining nomzodlari ana shu belgilangan ovozlarni olgandan keyingina
mandatlarni taqsimlashda qatnashadi. Avvalo saylovchilar bergan ovozlar miqdori deputatlik
oʻrinlarining soniga boʻlinadi. Shunda bitta mandat doirasidagi ovozlar soni maʼlum boʻladi. Keyin
har bir partiya olgan ovozlar alohida-alohida hisoblab chiqiladi. Bu miqdor deputatning bir
mandati uchun zarur boʻlgan ovozlar miqdoriga boʻlinadi. Shunda mazkur siyosiy partiya yoki
ommaviy harakatga berilgan deputatlik oʻrinlari soni kelib chiqadi. Bunday tizimda saylovchi
amalda nomzod uchun emas, balki siyosiy partiya uchun ovoz beradi. Saylovchilarning ovozi
belgilangan meʼyor doirasida va mutanosib ravishda deputatlar mandatlari sonini keltirib
chiqaradi. Bu oʻrinlar partiya rahbar organlari tomonidan partiyaviy roʻyxatning bosh qismidan joy
olgan nomzodlarga beriladi. Proporsional Saylov tizimi
Isroil
,
Vengriya
,
Avstriya
,
Daniya
,
Ispaniya
,
Polsha
va boshqa mamlakatlarda mavjud.
Aralash Saylov tizimi oʻzida ham majoritar, ham proporsional saylov tizimlari elementlarini
mujassam etadi. Masalan
Germaniyada
Bundestagga saylovlarida
aralash tizim qoʻllaniladi.
Uning deputatlarining yarmi butun mamlakat hududini qamrab olgan bir mandatli saylov
okruglarida nisbatan koʻpchilik ovoziga asoslangan majoritar tizim boʻyicha, 2-yarmi esa, koʻp
mandatli saylov okruglari hisoblangan german yerlari (federatsiya subʼyektlari)da siyosiy
partiyalar tomonidan ilgari surilgan nomzodlar roʻyxati asosida proporsional tizim boʻyicha
saylanadi.
Aralash saylov tizimi
Bolgariya
,
Gruziya
,
Litva
,
Italiya
va boshqa mamlakatlarda ham qoʻllaniladi.
Oʻzbekiston Respublikasining saylov tizimi mamlakat Konstitutsiyasi va saylov toʻgʻrisidagi
tegishli qonunlar bilan tartibga solinadi. Ularga binoan, Uzbekistonda majoritar saylov tizimi
qoʻllaniladi. Macalan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga
nomzod saylov okrugi buyicha ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning yarmidan kupining
ovozini olishi kerak. Agar saylovchilarning roʻyxatiga kiritilgan saylovchilarning yarmidan kami
saylovda ishtirok etgan boʻlsa, saylov oʻtmagan deb hisoblanadi. Agar saylov okrugi buyicha 2
tadan ortiq nomzod ovozga qoʻyilgan boʻlsa va ulardan birontasi ham kupchilik ovozini ololmasa,
yaʼni deputat bulib saylanmay qolsa, okrug saylov komissiyasi eng koʻp ovoz olgan 2 nafar
nomzodni okrugda takroriy ovozga qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Bu qaror
Markaziy
saylov komissiyasiga
yuboriladi. Markaziy saylov komissiyasining qarori asosida 2 hafta ichida
takroriy ovoz berish oʻtkaziladi
[1]
.
1. Haydarali Muhamedov.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Saylov_
tizimi&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Saylov_tizimi&oldid=2012226
" dan olindi
Manbalar
Soʻnggi tahrir 3 yillar avval Nataeva tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).