Ona tili (9-sinf)
Insho arabcha so‘z bo‘lib, “yaratish”, “ijod”, “yozma ish” kabi ma’nolarni bildiradi.
Insho qoralama (xomaki) va oq nusxalardan iborat bo‘ladi,. Insho yozish uchun sodda va murakkab ko‘rinishlarda reja tuzib olinadi.
Rivoya - insho
Biror voqeani izchil tasvir etishda rivoya elementi qo‘llaniladi. Hayotdagi ayrim voqealar, hodisalar, masalan, bayramlar, turli xil marosimlar, ekskursiyalar, safar taassurotlari bunday ko‘rinishdagi insholar uchun material bo‘lib xizmat qila oladi.
Rivoya-insho yozish uchun insho yozayotgan shaxs voqealarni shaxsan boshidan kechirgan yoki eshitgan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, o‘quvchi voqealarni eslashi, rasmlardan foydalanishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |