7 - sinf darsligi mashqlaridagi ma’lumotlar:
Al-Xorazmiy 873-yilda Xorazmda tavallud topgan. U algebra va geometriya, geografiya kabi fanlarning rivojiga munosib hissa qo‘shgan.
Al-Xorazmiyning “Al-jabr” kitobi uch bo‘limdan iborat. Unda oltmishdan ortiq murakkab masalalarni tenglama yordamida yechish yo‘llari ko‘rsatilgan.
Asar 1145-yili R.Chester tomonidan lotin tiliga tarjima qilingan. “Al-jabr” so‘zi “algebra”, Al-Xorazmiy esa “algoritm” deb atalgan.
8 - sinf darsligi mashqlaridagi ma’lumotlar:
A. Oripov: Shovulladi tun bo‘yi shamol,
Qaldiroqlar ko‘chdi larzakor.
Shivirlading yonimda xushhol:
“Yana keldi, do‘stginam, bahor”.
Shovulladi tun bo‘yi shamol,
Qorliklarda o‘chdi izimiz.
Shivirlading yonimda xushhol:
“Mangu birmiz, do‘stim, ikkimiz”.
O‘. Hoshimovga oyisi aytib bergan qo‘shiq: Oymomaxon xulla,
Qanotlari tilla.
Subhon ollo sizga,
Umr bersin bizga...
Do'stlaringiz bilan baham: |