Kirish so‘z, kirish birikma va kiritma gaplar
Ona tili (5-sinf)
So‘zlovchining fikriga ishonch, gumon, taxmin, singari ma’nolarni qo‘shadigan so‘zlarga kirish so‘zlar deyiladi.
Kirish so‘zlar yozuvda gapning boshqa bo‘laklaridan doimo vergul bilan ajratiladi.
Tahlilda kirish so‘zlar to‘g‘ri chiziq ostiga to‘lqinli chiziq chizish bilan ifodalanadi: ~~~~~~~
Kirish so‘zlar gapning turli o‘rinlarida qo‘llanila oladi. Yozuvda gap boshida kelganda kirish so‘zdan so‘ng, o‘rtasida kelganda kirish so‘zning har ikki tomonidan, gap oxirida kelganda esa kirish so‘zdan oldin vergul qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |