Uyushgan bo‘laklarning shakllari va ularda teng bog‘lovchilarning qo‘llanilishi
Juda muhim. Uyushgan bo‘laklarning xarakterli xususiyati shundaki, ular bir xil grammatik shaklda bo‘ladi.
Bu grammatik shakllarning qo‘llanilishi ikki xil bo‘ladi:
a) Uyushgan bo‘laklarning har birida takrorlanadi:
Yam-yashil vohalarga,
Badiiy lavhalarga,
She’riy sarlavhalarga,
Boy ekansan, Farg‘ona.
Bunday vaqtda uyushgan bo‘laklarning har biri ta’kidlangan bo‘ladi;
b) Uyushgan bo‘laklarning eng oxirida qo‘llanilib, hammasi uchun tegishli bo‘ladi: Toshkent, Samarqand, Buxoroda bo‘lishdi.
Bunday vaqtda sanalayotgan bo‘laklarning har qaysisi ta’kidlanmaydi, balki sanab ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |