Ravish holi va daraja – miqdor holi
Bilib oling. Ish-harakatning qay tarzda bajarilganligini bildirib, qanday? qanday qilib? qanday ahvolda? kabi so‘roqlarga javob bo‘lgan hol ravish holi deyiladi. Misollar: “Volga” yangi asfalt yo‘lda tez yurib ketdi. Shoir shamning uchini avaylab kesdi. Siz indamay o‘tirar edingiz.
Ravish holi ravish, fe’l va ko‘makchili otlar bilan ifodalanadi.
Ravish holi kesimga bitishuv yo‘li bilan bog‘lanadi. Demak, u ko‘pincha o‘zi ergashgan so‘zdan oldin keladi.
Ish-harakatning miqdorini va darajasini bildirib, qancha? nechta? necha marta? qay darajada? so‘roqlaridan biriga javob bo‘lgan hol daraja-miqdor holi deyiladi.
Daraja-miqdor hollari sonlar bilan, miqdor ravishlari bilan, marta so‘zi qatnashgan birikmalar bilan ifodalanadi: Paxta to‘g‘risida ko‘p yozdi. (A.Q.) Shu gapni besh marta takrorladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |