Ona tili (6-sinf)
Narsalarning son-sanog‘i va tartibini bildirib, qancha?, necha?, nechanchi? kabi so‘roqlarga javob bo‘ladigan so‘zlar son deyiladi.
Sonning ma’no guruhlari
Ona tili (6-sinf)
Sonlar narsalar, belgi-xususiyatlar, harakat-holatlarning miqdori yoki tartibini bildiradi. Shunga ko‘ra sonlar ikki guruhga bo‘linadi: 1) miqdor sonlar; 2) tartib sonlar.
Miqdor sonlar qanday miqdorni bildirishiga ko‘ra oltiga bo‘linadi:
Sanoq son. 4. Jamlovchi son.
Dona son. 5. Taqsim son.
Chama son. 6. Kasr son
Son-sanoqni bildiruvchi sonlar sanoq sonlar deyiladi. Sanoq sonlar yozuvda, ko‘pincha, arab raqami bilan yoziladi.
Narsalarning miqdorini donalab ifodalaydigan sonlar dona son deyiladi. Ular –ta qo‘shimchasi yordamida yasaladi.
Donalash ma’nosi –ta qo‘shimchasidan tashqari dona so‘zi bilan ham ifodalanadi.
Donalab sanalayotgan narsalarning turini ta’kidlash uchun –ta qo‘shimchasi o‘rnida bosh (hayvonlar), nafar (shaxslar), tup (o‘simliklar), litr (suyuqlik), gramm (og‘irlik) kabi so‘zlar ham ishlatiladi.
Narsaning miqdorini taxminlab, chamalab ko‘rsatadigan sonlarga chama son deyiladi. Ular –tacha, -lab, -larcha kabi qo‘shimchalar yordamida yasaladi.
Narsalarning miqdorini jamlab ko‘rsatadigan sonlar jamlovchi sonlar deyiladi. Ular –ov, -ala, -ovlon kabi qo‘shimchalar yordamida yasaladi.
–ov, -ala qo‘shimchalari faqat ikkidan o‘ngacha bo‘lgan sonlarga qo‘shilib, jamlik ma’nosini ifodalaydi. Bu qo‘shimchalar unli bilan tugagan sanoq sonlarga qo‘shilganda asos qismdagi i unlisi tushib qoladi.
Narsalarning miqdorini taqsimlab ko‘rsatadigan sonlarga taqsim son deyiladi. Ular –tadan qo‘shimchasi yordamida yasaladi.
Butun miqdorning qismini ifodalovchi sonlar kasr son deyiladi. Butun miqdorni bildiruvchi qism ko‘pincha chiqish kelishigida keladi: o‘ndan bir, uchdan ikki.
1/2 ,1/4,1/8 ifodalari ikkidan bir, to‘rtdan bir, sakkizdan bir tarzida, shuningdek, yarim, chorak, nimchorak tarzida o‘qiladi.
Sanoq son bilan sanaladigan narsalarni ifodalovchi so‘z o‘rtasida qo‘llanilib, bu narsaning o‘lchovini bildiradigan so‘zlar hisob so‘zlari sanaladi.
Narsalarning ketma-ketlik tartibini bildiradigan sonlar tartib sonlar deyiladi. U –(i)nchi qo‘shimchasi yordamida yasaladi.
Tartib sonlar arab raqami bilan yozilganda –(i)nchi qo‘shimchasi o‘rnida arab raqamidan so‘ng chiziqcha yoziladi: 9-sinf, 30-dekabr. Tartib sonlar rim raqamlari bilan ifodalanganda chiziqcha qo‘yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |