Ona tili (7-sinf)
Ismlarni kesimga xoslovchi shakllar
Kesim ega bilan shaxs va sonda moslashadi. Ism orqali ifodalangan kesimlar shaxs-sonni bildiruvchi maxsus –man , -miz , -san, -siz, -dir qo‘shimchalari, shuningdek, bo‘lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq; ekan, emish, emas so‘zlari vositasida ega bilan moslashadi. Ot kesimlarni ega bilan moslashtiruvchi bunday vositalar bog‘lamalar hisoblanadi. Masalan: Men talabaman. Sen o‘quvchisan. U shifokordir. Men qarindoshingiz bo‘laman – Men qarindoshingizman. U ishchi edi. Bunda shaxs bildiruvchi qo‘shimchalar shu so‘zlarga qo‘shiladi: Sen talaba ekansan.
Harakat nomi bilan ifodalangan kesim tarkibida kerak, darkor, lozim, zarur, shart so‘zlari bo‘lganda, kesimni ega bilan moslashtiruvchi shaxs-son qo‘shimchalari harakat nomiga qo‘shiladi. Masalan: Men o‘qishim kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |