Bulardan tashqari, tovush o'zgarishlarining yana quyidagi ko’rinishlari mavjud



Download 2,1 Mb.
bet17/413
Sana07.09.2021
Hajmi2,1 Mb.
#167841
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   413
Bog'liq
HO'AT(20)

Eski turkiy til. Milodning XI asrlaridan boshlab qarluq qabila ittifoqi kuchaya boshladi va Qoraxoniylar sulolasi hukmronligidagi o‘zlarining davlatlarini tashkil etdi. Qoraxoniylar Sirdaryo havzalari hamda Somoniylarga qarashli bo‘lgan Buxoro va Samarqandlarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Qoraxoniylar davlati mayda uyg‘ur qabilalarini hamda Sirdaryo va Amudaryo oralig‘idagi turk-eron aholisi yashaydigan madaniy yеrlarni o‘ziga bo‘ysundirgan holda X asr oxirlarida islom dinini qabul qilib, Markaziy Osiyoning eng madaniy turk davlatiga aylandi.

Qoraxoniylar davrining eng asosiy adabiy va lingvistik yodgorliklaridan biri Mahmud Koshg‘ariyning «Devon-u lug‘otit turk» («Turk tillari devoni») nomli qomusiy asaridir. Bu asar turkiy tillarning o‘sha davrdagi fonetikasi, leksikasi, grammatikasi, dialektal xususiyatlari haqida to‘la ma’lumot beruvchi qimmatli manbadir. Shu bilan birga turkiy xalqlarning xalq og‘zaki ijodi namunalarini aks ettirgan yirik badiiy asardir.

Mahmud Qoshg‘ariyning tilshunoslik tarixida ilk bor barcha turkiy tillarning bir necha guruhlarini tasniflab, ular o‘rtasidagi umumiy va farqli jihatlarini aniqlagan holda qiyosiy-tarixiy tilshunoslik deb nomlanuvchi tilshunoslik yo‘nalishiga asos soldi.

Qoraxoniylar davrining ikkinchi yirik yozma yodgorligi – bu Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» («Baxt keltiruvchi bilim») asaridir. Bu asar yirik badiiy-tarbiyaviy asar bo’lib, turkiy adabiyot tarixida Shuningdek, Xo‘ja Ahmad Yassaviyning hikmatlari, Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asarlari shu davrning eng buyuk adabiy durdonalaridir.



Qoraxoniylar davri adabiy tili hozirgi Markaziy Osiyodagi barcha turkiy tillarning shakllanishi va rivojlanishi uchun asos bo‘lgan til sanaladi va shuning uchun bu davr tili ko‘pchilik turkiyshunoslar tomonidan eski turkiy til deb yuritiladi.

Mahmud Koshg‘ariy Chindan tortib to Rumga qadar yashagan turkiy qabilalar haqida shunday deb yozadi:

- Turklar aslida yigirma qabiladir. Har bir qabilaning sanoqsiz allaqancha urug‘lari bor. Men bulardan asosiylarini – ona urug‘larini yozdim, shoxobchalarini tashladim.

Devon-u lug‘otit turk”dagi ma’lumotlarga qaraganda, o‘sha davrda bajanak, qipchoq, o‘g‘uz, boshqird, basmil, yabaqu, tatar, qirg‘iz, chigil, tuxsi, yag‘mo, ig‘raq, uyg‘ur kabi turkiy qabilalar tili umumturkiy adabiy tilni tashkil qilgan. Ulardan “eng yеngili – o‘g‘uz, eng to‘g‘risi, yaxshisi – yag‘mo, tuxsi, eng ochiq, ravon til – haqoniy o‘lkasida yashovchilarning tili” ekanligi ta’kidlangan.

M. Koshg‘ariyning “Devon-u lug‘otit turk” asari XI asrda yaratilgan bo‘lib, 1914-yilda Turkiyaning Diyorbakir shahrida topilgan.

1072-1074-yillarda yaratilgan ushbu asar ikki qismdan, ya’ni muqaddima va lug‘at qismidan iborat. Muqaddimada asarning yaratilish sabablari, uni yozish uchun ko‘p yillar davomida manba to‘plangani haqida ma’lumot beriladi. “Devon”ning asosi bo‘lgan lug‘at qismida esa 6000 dan ziyodroq turkiy so‘zlarning ma’nosi arab tilida izohlanadi.

Eski turkiy til eski o‘zbek tilining shakllanishi va rivojida muhim o‘rin tutgan.

Quyidagi “Devon-u lug‘otit turk” va “Qutadg‘u bilig”da uchraydigan ba’zi so‘zlar va maqollar izohiga e’tibor bering:



ko‘kramak – na’ra tortmoq elig – hukmdor

sandilach – sa’va bo‘g‘u – dono

qirg‘ilach – qaldirg‘och al – qizil

sandug‘ach – bulbul ko‘ni – to‘g‘ri, rost, haqqoniy

Devon-u lug‘otit turk” asaridan parchalar:



Erik erni yag‘lig‘, ermagu bashi qanlig‘(Tirishqoqning labi yog‘lig‘, erinchoq, dangasaning boshi qonlik). Emgak ekinda qolmas (Mehnat bekorga ketmaydi). O‘kuz azaqi bo‘lg‘incha, buzag‘u bashi bo‘lsa yik (Ho‘kizning oyog‘i bo‘lguncha, buzoqning boshi bo‘lgan yaxshiroq). Uma kelsa, qut kelur (Mehmon kelsa, baraka keladi). Erdamsizdan qut chertilur (Dangasadan baxt ketadi). Kichikda qatig‘lansa, ulg‘azu sevnur (Yoshlikda mashaqqat cheksa, ulg‘ayganda sevinadi). Erdam boshi til (Odobning boshi til). Kuzaku uzun bo‘lsa, alik kuymas (Kasov uzun bo‘lsa, qo‘l kuymaydi).

XI-XIV asrlarda yaratilgan asarlarning ko‘pchiligi turkiy xalqlarning mushtarak merosidir. Bu davrda Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Mahmud Koshg‘ariyning «Devon-u lug‘otit turk” (XI asr), Ahmad Yassaviy “Hikmatlar”i (XI asr oxiri XII asrlar), Ahmad Yugnakiyning “Hibat-ul haqoyiq” (XII asr oxiri XIII asrlar) asarlari yaratilgan.




Download 2,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   413




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish