Og‘zaki so‘zlashuv uslubi. Kundalik hayotda uyda, ko‘cha-kuyda, ish joylarida kishilarning bir-biri bilan erkin muloqotga kirishuvi so‘zlashuv uslubi orqali yuzaga chiqadi.
Oddiy so‘zlashuv uslubida so‘zlovchi nutq vaziyatidan kelib chiqib, axborot uchun eng kerakli so‘zlarnigina ishlatadi. Qolganlari nutqiy vaziyatdan bilinib turadi yoki imo-ishora va mimikalar bilan to‘ldiriladi. Masalan, kinoteatr chiptaxonasidan chipta olish uchun so‘raysiz: - Beshinchidan ikkita (Menga beshinchi qatordan ikkita chipta bering deb o‘tirmaysiz).
So‘zlashuv uslubining o‘zi ikki turga bo‘linadi: 1) adabiy so‘zlashuv uslubi; 2) oddiy so‘zlashuv uslubi.
Do'stlaringiz bilan baham: |