Бухоро мусиқа фольклорининг тарихий- назарий ва амалий масалалари


XORAZM DUTOR MAQOMLARINING KELIB CHIQISH TARIXI



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/132
Sana22.04.2023
Hajmi2,52 Mb.
#931061
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   132
Bog'liq
2727 1 8FAAC8D54443D577FE4AE489E38E20EFBF56A0FD

XORAZM DUTOR MAQOMLARINING KELIB CHIQISH TARIXI 
G.Istamova, BuxDU Cholgʻu ijrochiligi yoʻnalishi 3- bosqich talabasi
 
Annotatsiya:
Maqolada Xorazmda ikki maqom udumi barobariga qaror topganligi, 
Tanbur va Dutor maqomlarini mustaqil nav koʻrinishlari ekanligi va qadriyat sifatida 


34 
namoyon boʻlganligi, Mazkur oqimlarni umumiy meros sifatida koʻrishlik, maqomot 
tizimining asoslari yagona ildizlarga mansub ekanligi izohlangan. 
Kalit soʻzlar
: Maqom, tanbur, dutor, tanbur chizigʻi, kuy, sozanda, musiqa, 
she’riyat. 
Ангнотация
: В статье поясняется, что в Хорезме статус двух макомов равен, 
Танбура и Дутора являются самостоятельными разновидностями и ценностями, что 
эти течения являются общим достоянием, и основы системы макомов принадлежат 
одним корням. 
Ключевые слова
: маком, танбур, дутар, линия танбура, мелодия, музыкант, 
музыка, поэзия. 
Angnotation
: The article explains that in Khorezm the status of two maqoms is 
equal, Tanbura and Dutor are independent varieties and values, that these movements are 
common property, and the foundations of the maqom system belong to the same roots. 
Key words
: makom, tanbur, dutar, tanbur line, melody, musician, music, poetry. 
Istiqlol yillarida madaniyat va san’at sohasida erishilgan yutuqlardan biri, oʻzbek 
xalqining jamiyat hayotida uzoq yillar mobaynida ajdodlarimiz tomonidan saqlanib 
kelingan milliy musiqamiz an’analarini oʻrganish va ularni butun jahonga namoyish etish 
borasida muhim qadam boʻldi. 
Keying yillarda mumtoz musiqamiz jumladan maqomlar va ularning tub ildizlari, 
tarkibiy tuzilishlari borasida bir qator izlanishlar, turfa fikr mulohazalar vujudga keldi. 
Masalan, tadqiqotchi Rustam Boltayevning ta’kidlashicha Xorazm maqomlari azaldan 
ikki mustaqil nav koʻrinishida rivojlanib kelgan. Lekin, zamonlar oʻtishi bilan bu hayotiy 
fikr naqadar oʻrinli va asosli ekanligini davrning oʻzi koʻrsatdi. Oxir-oqibatda Xorazmda 
ikki maqom udumi barobariga qaror topganligini amaliyotning oʻzi isbotlab berdi. 
Tanbur va Dutor maqomlarini mustaqil nav koʻrinishlari ekanligini ilmiy va amaliy 
jihatdan isbotlab, bu tarixiy uslublarning hayot qa’riga kirib borganligini aniq misollarda 
koʻrsatib berish zarur. Dutor maqomlari haqidagi dastlabki ma’lumotlarni Mulla Bekjon 
Rahmon oʻgʻli va Muhammad Yusuf Devonzodalarning “Xorazm musiqiy tarixchasi” 
kitobidan topish mumkin.Unga koʻra “Dutor maqomlari”deganda bir tarafdan mumtoz 
musiqa, ikkinchi tomondan el kuylari deyiladigan amaldagi butun boshli asarlar 
tushuniladi. M.Yusupov ham “Dutor maqomlari” degan atamani bir necha bor ishlatgan
1

2001-yida Tanbur chizigʻini yangi noyob nusxasining kashf etilishi munosabati 
bilan Xorazm maqomlari, jumladan, Dutor maqomlarining tadqiq etilishida yangi bosqich 
boshlandi. 
Xorazm maqom ustozlari bir-birini toʻldiruvchi ikki tushuncha – “Tanbur 
maqomlari” va “Dutor maqomlari” (el kuylariga be vosita tutashib ketgan maqom 
yoʻllari) iboralarini ishlatganlar. “Xorazm musiqiy tarixchasi” da maqomlarning ushbu 
ikki koʻrinishi teng ahamiyatga ega boʻlgan navlar sifatida tilga olinadi. Bundan ma’lum 
boʻladiki, Tanbur va Dutor maqomlari atamalari oʻz oʻrnida Buxoro Shashmaqomining 
asosiy kuylari (tom ma’nodagi Shashmaqomning oʻzi) va shoʻbachalari (savt, moʻgʻilcha, 
mustahzod va boshqa nomlar bilan yuritiladigan erkin yoʻllar) deyiladigan ikkita nisbatan 
mustaqil qatlamlarini eslatadi. Demak, Tanbur maqomlari asl Shashmaqomga, Dutor 
maqomlari esa shoʻbalarga (Savt va Moʻgʻilcha) oʻxshash vazifada namoyon boʻladi. 
“Dutor maqomlari” maqomot tizimidagi eng qadimiy atamalardan biri. Aniqrogʻi, u 
yaxshigina unitilgan va endi qaytadan musiqiy istilohimizga kirib kelayotgan moʻtabar 
tushuncha. Bu soʻz birikmasining ikki boʻlagi dutor va maqom ham – olam-olam ma’no 


35 
kasb etuvchi iborolardan tarkib topadi. 
Dutor musiqiy merosimizning ibtidoiy belgilaridan biri ekanligi aniq. 
Qadimshunoslar Oʻzbekiston hududidan qazib topgan musuqiy asori atiqa va tasvirlar 
qatorida dutorsimon ikki torli cholgʻular koʻplab uchraydi. U cholgʻularning asl nomlari 
bizga yetib klemagan boʻlsada , shakli-shamoiliga koʻra dutor toifasidagi asbob ekanligi 
shubha qoldirmaydi.
XX asrning 20-yillarida zabardast san’atkor va otashin ma’rifatchi Muxammad 
Komil Devoniy (1887-1938) tomonidan yaratilgan qoʻl yozmada 5 ta Tanbur maqomi 
(Rost, Navo, Dugoh, Segoh, Buzruklar) bilan nir qatorda yettita Dutor maqomi (Zihiy 
Nazzora, Urganchiy , Miskin, Raxoviy, Iroqiy, Oxyor, Choki Giribonlar) ning tarkibiy 
qismlari Xorazm notasi vositasida yozib olingan. 
Jahonshumul manbaning ilmiy va tarixiy ahamiyatini ortiqcha baholash qiyin. Unda 
Tanbur va Dutor maqomlari teng darajadagi qadriyat sifatida namoyon boʻladi. Bu holat 
oʻz vaqtida, garchan Tanbur maqomlari saroy, Dutor maqomlari el sozandalarining mulki 
tarzida e’tirof etilgan ersada, ularning orasida oʻtib boʻlmaydigan toʻsiq boʻlgan emas 
degan ma’noni bildiradi. Mazkur oqimlarni umumiy meros sifatida koʻrishlik, maqomot 
tizimining asoslari yagona ildizlarga mansub ekanligini ham anglatadi. 
Ma’lumki, maqom – musiqa, she’riyat va ijro ilmlari uygʻunlashgan mushtarak 
san’at. Bu hamjihatlikda she’riyatning oʻziga xos oʻrni mavjud. Maqom yoʻllarida uzoq 
muddat oʻrnashib qolgan soʻzlar, ular badiyatning tarkibiy qismiga aylanib ketadi va 
ma’lum jihatdan musiqiy asarlarning tarixi hamda ma’no mohiyatiga tegishli nuqtalarni 
idroklashda muhim omil boʻlib xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan mazkur qoʻlyozma bir 
asrdan koʻproq oldin amaldagi Tanburva Dutor maqomlarining she’riy matnlari bilan 
xatga tushirilishi bugungi kun maqomshunosligi uchun beqiyos ilmiy-amaliy hujjat 
sifatida gavdalanadi. 
Devoniy nusxasining afzallik tomoni shundaki, unda yozilgan maqom yoʻllarining 
barchasi boshdan oxir doyra usullari bilan berilgan hamda barcha tasnifotlar she’r 
boʻlaklariga muvofiq ravishda kuy jumlalariga taqsimlangan. 
Matyoqub Xarrotov Dutor maqomlarining yetuk bilimdoni sifatida e’tirof etilgan 
boʻlsada, lekin afsuski, undan bu mavzuga oid yozuv yoki boshqa dalilli hujjat saqlanib 
qolgan emas. Dutor maqomlari haqidagi ishonchli ma’lumotlar ilk bor yuqorida zikr 
etilganidek , uning oʻgʻli va shogirdi Muxammad Yusuf (1881-1952) hamkorligida 
yozilgan “Xorazm musiqiy tarixchasi” kitobida bayon etilgan. Unda qayd qilinishicha 
dutor nagʻmalarini notaga olish uchun urinishlar Xorazmda oldin ham boʻlgan. Xususan , 
mohir dutorchi Muxammad Sharif koʻp say’-harakatlar qilsada, koʻzlagan maqsadini 
amalga oshira olmagan. 
Dutor ijrosida besh barmoq ishtirok etadi. Shunga koʻra dutor zarblarning qiyofasi 
juda xilma-xil. Ularni bir toʻxtamga keltirish tanburning yakka zarbiga oʻxshatib 
dastlabki birlikda faraz qilish ham amri mahol. “Qoʻl vaziyatlarining tez va sustligi” 
deyilganda, dutor ijrochiligining toʻxtovsiz ravishda yangilanib boradigan ushbu zarblar 
jarayoni nazarda tutiladi. 
Dutor ijrochiligining beqaror qoʻl vaziyatlarini tanburning yakka zarb uslubida faraz 
qilib, ezgu va chigal muammoni yechishga jur’at qilgan daho san’atkor Muxammad 
Komil Devoniy (1887-1938) boʻldi. Oʻn toʻrt yoshligidan Xon Feruz devoniga xattotlik 
xizmatiga jalb qilingan va yorqin iste’dodi tufayli ulugʻlar nazari tushgan Muxammad 
Komil tez orada benazir shoir (zamondoshlari uni oʻz davrining Navoiysi — deb 


36 
ta’riflaganlar), zabardast sozanda, xattot va oʻymakor naqqosh, qurol aslaha, cholgʻu 
asboblari, zargarlik buyumlari yasashda ham qoʻli gul usta sifatida elga tanildi. 
Xorazm musiqiy merosining oʻz ildizlaridan boʻlmish Dutor maqomlarini xatga 
tushirish yoʻli bilan bu moʻtabar merosinig tartib va nizomlarini imkon qadar 
mukammalroq tarzda avlodlar diqqatiga havola etish, fidoyi san’atkorning ezgu 
niyatlaridan biri boʻldi. Dutor maqomlarini notaga olishda toʻsqinlik qilayotgan 
qiyinchiliklardan u xabardor edi, albatta. Muxammad SHarif va unga payravlik 
san’atkorlar dutor nagʻmalarini cholgʻu navi sifatida yozib olmoqchi boʻlganlar. SHuning 
uchun ham dutor kuylariga xos bulgan jimjimador qoʻl harakatlari(zarblar)ni yozuvda 
belgilash yoʻllarini topaolmaganlar. 
Maqom ilmini puxta oʻzlashtirgan zakiy san’atkor Muxammad Komil Devoniy, bu 
ishda oldingi ustozlardan koʻra boshqacha tanladi. U barqaror maqom majmualari amalda 
barobariga cholgʻu va ashula koʻrinishlarida joriy etilishiga qaratilganini inobatga oldi. 
Ana shu ustivor tamoildan kelib chiqgan holda, Dutor maqomlarini ashula navi sifatida 
tasavvur etishga qaror qildi. Natijada Dutor maqomlarini barcha tarkibiy qismlarining 
doyra usuli, soʻz matnlari va ularga muvofiq jumlalarining umumiy tarxini yakka zarb 
uslubida yozib chiqdi. 

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish