ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС
ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
БУХОРО ДАВЛАТ УНИВЕРСИТЕТИ
TO’RAYEV A.I., AHMADOV A.A.
O’rta Osiyo va O’zbekistonning
davlat muassasalari tarixi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKSI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX KAFEDRASI
O’RTA OSIYO VA O’ZBEKISTONDA DAVLAT MUASSASALARI
VA BOSHQARUV TIZIMLARI
Buxoro – 2018
Kirish
So‘nggi yillarda jahon hamjamiyatining ajralmas qismi bo‘lgan O‘zbekistonda
ham jamiyat hayotidagi tub burilishlar va milliy tafakkuridagi o‘zgarishlar tufayli
O‘zbekiston tarixiga qiziqish yanada kuchaydi. Ayniqsa, bu borada milliy
davlatchilikning mahalliy boshqaruv usullari, o‘zbek xalqi etnogenezi va etnik
tarixi kabi muhim muammolar bilan birga mahalliy boshqaruv organlarining
tuzilishi, uning vazifa va vakolatlari o’rganish, tahlil qilish dolzarb masala bo’lib
kelmoqda.
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. A. Karimov qayd etganlaridek:
“Tarixiy xotira, xalqning jonajon o'lkaning davlatimiz hududining xolis va
haqqoniy tarixini bayon etish, milliy o’zlikni anglash, tabir joiz bo’lsa milliy
iftixorni tiklash va o’stirish jarayonida nihoyat muhim o’rin tutadi”
1
.
Yuqorida bayon etgan fikr, mulohazalarimizdan kelib chiqan holda “Orta Osiyo
va O’zbekiston davlat muassasalari tarixi” nomli o’quv qo’lanmada ajdodlarimiz
o’z boshqaruv tizimiga qaysi davrdan boshlab ega bo’lganligi, eng qadimgi
boshqaruv an’analari, hozirgi kundagi millatimiz, davlatimiz hamda jamiyatimiz
rivojlanishida davlatchilik tarixini, davlat muassasalari boshqaruvini chuqur
tushunish, tahlil va tadqiq etish dolzarbligi bilan ahamiyatlidir. Chunki
jamiyatimizning ilk davlatchilik tarixini, davlat muassasalari boshqaruvini
o’rganmasdan turib bugungi va ertangi davlatimiz boshqaruvini tasavur qila
olmaymiz.
Shu nuqtai nazardan ham mazkur o’quv qo’llanmada o‘zbek xalqi
davlatchiligining asoslari, bu jarayonga ta’sir etgan hamda tezlashtirgan omillar,
turli davrlarda davlatchilik rivojining yuqori nuqtasi yoki inqirozi va ularning
sabablari, davlatchilik turlari va shakllari, turli davrdagi mansablar va unvonlar,
ma’lum sulolalar va tarixiy shaxslarning davlatchilikdagi o‘rni va ahamiyati,
harbiy qo’shin, er egaligi va soliq tizimi masalariga asosiy e’tibor qaratildi.
Shunindek, hukumdorlarning davlatning ichki va davlatlararo tashqi aloqalari,
davlatni boshqarish borasida olib borgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sohalardagi
yangiliklarga ham urg’u berilib o’tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |