1. Shimoliy Qora dengiz bo`ylaridagi mahalliy xalqlar. Yunon mustamlakachiligi.
2. Bospor podsholigi.
3. Skif podsholigi. Olviya, Xersones va Tanais.
2. История древней Греции. Под. ред. В. И. Кузищина. М., 1983.
3. Античная Греция. Под. ред. Е. С. Голубцовой. М, 1983.
4. Бойназаров Ф. "Антик дунѐ". Тошкент, 1989.
5. Словарь античности. М. , 1989.
Skiflar, tavrlar, meotlar, sindlar, kolxlar. Yunon mustamlakachiligi, Pantikapey, Bospor,
zamonlarda turli qabila va xalqlar yashaganlar. Uning g`arbida va qisman Qrimda skiflar, Qrimda
tavrlar, Don va Kubanda meotlar, Shimoliy Kavkazda sindlar, Qavkazortida kolxlar, abazglar
13
Bu xalqlar dastlab urug`doshlik tuzumida yashaganlar, so`ngra bu tuzum buzilib sinfiy
munosabatlar shakllangan. Skiflar, sindlar va kolxlar yunon mustamlakachiligi davrida o`z
davlatlarini tuzganlar, meotlar va tavrlar esa davlatlarini tuza olmaganlar.
Shimoliy Qora dengiz bo`ylari tarixiga oid manbalar - qadimgi mualliflarning asarlari va
turli xildagi boshqa yozuvlarda mavjud. Shuningdek miflar (afsonalar)da ham qimmatli ma'lumotlar
uchraydi.
Miloddan avvalgi VI-V asrlarda yashagan Miletlik Gekatiydan boshlab yunon mualliflari
Shimoliy Qora dengiz bo`ylari va Kavkaz haqida yozganlar. Ayniqsa, Gerodot, Strabon va
Ptolemey asarlarida qimmatli ma'lumotlar mavjud.
Shimoliy Qora dengizi bo`ylarida miloddan avvalgi VII asrdan boshlab savdo manzillari
tarzida yunon mustamlakalari paydo bo`la boshlagan. Dastlabki manzil Berezan orolida yuzaga
kelgan. Miloddan avvalgi VI asrdan boshlab esa yunon mustamlakachiligi uzluksiz tarzda olib
borilib, yangi shaharlar qurila boshlagan. Jumladan, Pantikapey, Fanagoriya, Olviya, Dioskuriada
shaharlari quriladi. Yunon koloniyalari mahalliy xalqlar madaniyatining ilgarigi manzillarida
bunyod qilinganligi arxeologik qazishlar davomida isbotlangan.
Bu o`lkalardagi eng yirik davlat tuzumi Bospor podsholigi edi. Podsholik Kimmeriya
Bosporida (Kerch bo`g`ozida) joylashgan shaharlarmning birlashuvi natijasida vujudga kelgan.
Miloddan avvalgi 480 yilda Pantikapey, Fanagoriya, Mirmekiy, Tiritaka va Taman yarim orolidagi
boshqa shaharlar Pantikapey boshchiligida birlashib, unga bo`ysunib Bospor davlatini yuzaga
keltirganlar. Yunoniston va uning mustamlakalari uchun xavfli, Eron bilan urushlar borayotgan bir
zamonda mustamlakalar o`zlarining ichki mustaqilliklarini saqlaganlari holda birlashganlar.
Dastlab Bosporni tiranlar idora qilgan, keyinroq ular podsho bo`lganlar. Miloddan avvalgi V
asrda Pantikapey garchi Afinani g`alla bilan ta'minlab turgan bo`lsa-da, lekin hali katta iqtisodiy
ravnaqqa erishmagan edi. Miloddan avvalgi VI asrdan boshlab, kumush tangalar zarb qilgan
Pantikapey iqtisodiy mustaqil bo`lganligini bildirar edi.
Miloddan avvalgi VI asrdan e'tiboran bosporliklarning harbiy yurish va istilochiliklari
boshlanib, Nimfey va Feodosiyani bosib oladilar. Sindikani zabt etish boshlanadi.
Davlatni miloddan avvalgi V asrda Arxeanaktiylarning yunon sulolasi, miloddan avvalgi V
asr oxiridan boshlab Spartokiylar sulolasi podsholari idora qilgan. Miloddan avvalgi IV-III asrlarda
qishloq xo`jaligi rivojlangan. Qrimning tekislik qismida hamda Shimoliy Kavkazdagi Sindika
yerlarida don ekinlari, asosan bug`doy yetishtirilib, o`z ehtiyojini qondirib, hatto Afinaga ham
g`alla yetkazib bergan. Bu haqda Demosfen xabar beradi. Don ekinlaridan tashqari mo`l-ko`l meva
daraxtlari va tokzorlar bulganligi haqida esa Strabon ma'lumot qoldirgan. Arxeologik
mansablarning guvohlik berishicha esa, miloddan avvalgi III asrda Tiritakada vino tayyorlash
korxonasi bo`lgan.
Chorvachilik, hunarmandchilik, kulolchilik rivojlangan. Kulolchilik charxi bo`lgan.
Metallurgiya yuksak darajada rivojlangan. Mehnat qurollari, qurol-yarog`lar, qilich va xanjarlar
yasalgan. Toshtaroshlik hunari san'at darajasiga ko`tarilgan.
Torevtika (bronza va oltindan taqinchoqlar yasash) va tangalar zarb qilish
hunarmandchilikning alohida turi bo`lgan.
Miloddan avvalgi IV-III asrlar Bosparning siyosiy jihatdan ravnaq topgan davrida Kichik
Osiyo Yunonistonning orol va materik shaharlari bilan keng savdo-sotiq olib borilgan. Bosporga
Pont va Sinopdan zaytun yog`i keltirilgan. Yunoniston vinosi mahalliy aslzodalar o`rtasida mashhur
bo`lgan.
Bu zamondagi Bospor podsholigiga Feodosiya, Taman yarim oroli, Qrim yarim orolining
butun sharqiy qismi hududlari kirgan. Miloddan avvalgi II asrda Bospor tushkunlikka tusha
boshlagan. G`alla savdosi deyarli to`xtagan. Chetdan hatto O`rta dengizning atrofidagi barcha
mamlakatlar ham bu zamonda Misrdan g`alla keltira boshlangan (Polibiy).
Bosporning siyosiy va iqtisodiy tushkunligining sababi mahalliy qabilalarning faollashib,
Bospordan ajralib chiqib, hatto unga hujum ham qilishlarida edi. Bu xavfni oldini olish uchun
podsho Perisad Pont podshosi Mitridat VI Yevpatordan yordam so`raganligi uchun Savmak
boshchiligida skif qullar qo`zg`oloni ko`tariladi. Qo`zg`olonchilar miloddan avvalgi 107 yilda
Perisadni o`ldirib, Savmakni podsho deb e'lon qiladilar. Uning bir yilcha podsholigidan so`ng
Mitridat qo`zg`olonni bostirib, Bosporni ham o`ziga qo`shib olgan.
Qrimda Bospor podsholigi bilan bir qatorda kuchli skif podsholigi ham mavjud edi.
Davlatning bosh shahri Skif Neapoli edi. Bu davlat miloddan avvalgi II asrda ravnaq topgan.
14
Podsho Skilur va uning o`g`li Palak atoqli hukmdorlar edilar. Shu zamonda Skif podsholigi
Xersonesga hujum qilib, Bospor davlati uchun xavfli raqibga aylangan.
Shimoliy Qora dengizi bo`ylarida yana Olviya, Xersones yava Tanais singari yirik shahar-
davlatlar ham bor edi.
Olviyani miloddan avvalgi VI asrning birinchi yarmida Milet shahridan kelganlar barpo
qilgan. Dastlab sof yunon polisi bo`lgan. Qishloq xo`jaligi, hunarmandchilik va savdo-sotiqning
yirik markazi bo`lgan. Miloddan avvalgi V-VI asrlarda ravnaq topgan. Shahar markazida Agora
qurib bitkazilgan. Davlat demokratik tartibda boshqarilgan. Xalq yig`ini, bule singari boshqaruv
muassasalarining mavqei katta bo`lgan.
Miloddan avvalgi I asrda getlarning bosqini bo`lib, ular Olviyani yer bilan yakson qildilar.
Lekin shahar asta-sekin qayta qad ko`tardi, ammo oldingi hajmidan kichikroq bo`lib qoldi.
Xersones Qrim va va Kavkazdagi boshqa shaharlardan keyinroq barpo etildi. Uni miloddan
avvalgi V asrda Pontiy Gerakleyasi aholisi qurgan. Dastlab savdo va qishloq xo`jalik markazi
bo`lgan. Qishloq xo`jaligida asosan uzumchilik bilan shug`ullanishgan. Xersones ham Olviya
singari aval sof yunoncha qiyofada bo`lsgan. uning atroflarida tavr qabilalari yashab, ular asta-sekin
shaharga kirib yashay boshlaganlar, iqtisodiy-siyosiy va madaniy hayotga ta'sir ko`rsatganlar. Din
va ma'budlarga sig`inish sohasida tavrlarning ta'siri katta bo`lgan. Xersonesning asosiy ma'budasi
Deva aslida mahalliy tavralar ma'budi edi.
Davlat miloddan avvalgi IV asrda ravnaq topgan. Miloddan avvalgi II asrda esa unga Skif
podsholigi hujum qilgan. Shu zamonda u Bospor davlati tarkibida edi. Miloddan avvalgi I asrda
Yuliy Sezar Xersonesga Elevteriya - to`la mustaqillik in'om etgan.
Tanais yunonlarning eng shimoliy koloniyasi bo`lib, Don daryosi quyiladigan yerda
joylashgan edi. Uni miloddan avvalgi III asrda bosporliklar barpo etgan edi. Keyinchalik Tanais
mustaqillikka erishdi. Shahar atroflarida mahalliy xalqlar meotlar yashardi. Shu tufayli Tanais
aholisi dastlabki paytlardanoq mahalliy tus olgan edi. Miloddan avvalgi I asrda uni Bospor
qo`shinlari vayron qildi. Lekin tez orada qayta tiklangan. Miloddan avvalgi II-I asrlar Tanaisning
ravnaq topgan davri bo`lib, qishloq xo`jaligi, hunarmandchilik va savdo rivojlangan.
Shunday qilib, miloddan avvalgi I ming yillik o`rtalaridan boshlab, Shimoliy Qora dengizi
bo`ylarida yashayotgan qator xalqlar hayotida ham sinfiy munosabatlar, shaharlar sivilizasiyasi va
madaniyati kirib keldi. Bu jarayonlarda yunonlar katta rol o`ynaydilar. Ularning madaniyati bilan
mahalliy xalqlar madaniyati uyg`unlashuvi natijasida o`ziga xos madaniyat yuzaga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: