Бухоро давлат университети жисмоний маданият факультети


“ХОТИН-ҚИЗЛАР СПОРТИ: ИМКОНИЯТЛАР ВА ИСТИҚБОЛЛАР”



Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/374
Sana19.02.2022
Hajmi3,4 Mb.
#459411
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   374
Bog'liq
“Xotin – qizlar sporti imkoniyatlar va istiqbollar”

ХОТИН-ҚИЗЛАР СПОРТИ: ИМКОНИЯТЛАР ВА ИСТИҚБОЛЛАР” 
131 
yangi shakl va mazmunda majburan keng tarqaldi. Bularni 1926-1928 yilda “Xotin-qizlar ozodligi” uchun olib 
borgan be’mani tadbirlar, paranjilarni yoqish, yosh ayollarni turli ishlarga jalb etish kabi tadbirlar misolida 
ko’rish qiyin emas. Ular haqida juda ko’p kitoblar, maqolalar, tarix muzeylarining eksponatlari guvohlik 
beradi. 
Qadimgi davrlarda xotin-qizlar uchun maxsus madrasalar bo’lmasada, uy sharoiti va podsholar, 
xonlarning saroylarida xotin-qizlar tahsil olishgan. Natijada Uvaysiy, Nodirabegim kabi iste’dodli shoiralar, 
davlat arboblari yetishib chiqqan (XVII-XVIII asr). 
Islom dini tadqiq etgan ba’zi bir ma’rifiy-madaniy jihatlarga qaramasdan xotin-qizlar orasida ijtimoiy-
mehnat va turmush sohasida taraqqiyparvarlar bo’lishgan. Bu jihatlar ayniqsa sobiq sho’rolar (sovetlar) 
mustamlakachiligi va istilosi davrida birmuncha «uyg’onish» davriga aylangan. 
Bunda Hamza Hakimzoda, Sadriddin Ayniy, Qori-Niyoziy, Behbudiy va boshqa ko’pgina madaniyat 
arboblari, ma’rifatparvarlarning roli katta bo’lgan. Natijada Tamaraxonim, Gavhar Rahimova (opa-singil 
Petrosyanlar, Farg’ona) Halima Nosirova, Lutfixonim Sarimsoqova, Sora Eshonto’rayeva, Mukarrama 
Turg’unboyeva kabi atoqli artistlar, Zulfiya Isroilova, Oydin Sobirova, Saida Zunnunova kabi shoiralar, Oliya 
Sultonova (ipakchilik, Farg’ona), Mastura Azizova (traktor haydovchi, urush va keyingi yillarda, Samarqand), 
Tursunoy Oxunova (paxtachilik, Yangi yo’l) kabi mehnatkash ayollar, Yodgor Nasriddinova, Rahima 
Boboyeva, Vasila Sodiqova kabi davlat va partiya arboblari, Xadicha Sulaymonova (huquqshunos) Z.Aminova 
(tarix) kabi ilm-fan namoyondalari yetishib chiqqan va ular xalq va Vatanga xizmat qilishda fidoyilik qilishib 
kelganlar. 
Sobiq sho’rolarning milliy madaniyatimizni rivojlantirishdagi salbiy ta’sirlari bilan bir qatorda xotin-
qizlarni ma’rifiy-madaniy jabhalarga boshqarishda ulkan tadbirlar amalga oshirilganligini tan olish lozim 
bo’ladi. Ularning samaralarini tibbiyot, pedagogika, ta’lim-tarbiya jarayonlari va xalq xo’jaligining barcha 
tarmoqlarida xizmat qilib kelgan mahalliy xotin-qizlar misolida faqat tasavvur qilib qolmasdan, balki ularni 
hozirgi o’rta va katta yoshdagi kishilar inkor qilmaydi. 
Yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy, xo’jalik, tibbiyot, ta’lim-tarbiya, fan-texnika va boshqa ko’p sohalarida 
o’z mehnatlari bilan o’chmas iz qoldirgan ayollarni unutib bo’lmaydi. 
Ta’kidlash lozimki, umumta’lim maktablar, akademik-liseylar, kasb-hunar kollejlari, turli xil o’rta 
maxsus va oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan qariyb 6 mln. yoshlarning yarmidan ko’pini xotin-qizlar 
tashkil etadi. Ularning 75-80% esa mahalliy millat vakillaridir. Bu juda quvonarli dalil va voqyelikdir. Lekin 
ular orasida jismonan zaif, kasalmand, tug’ma nogironlar ham oz emas. Jismoniy madaniyat darslarida 
muntazam shug’ullanuvchilarning 50-60 % dastur talablarini o’z vaqtida o’zlashtirib ola olmaydi yoki 
keyinchalik ham to’la bajara olishmaydi. 
Barcha turdagi ta’lim muassasalarida tashkil etilgan sport to’garaklarida muntazam shug’ullanuvchilar 
umumiy qizlar soniga nisbatan 5-10 % dan oshmaydi. «Umid nihollari», «Barkamol avlod», «Universiada» va 
boshqa turli sport musobaqalarida faol ishtirok etuvchi xotin-qizlar soni 25-30 % atrofidadir. Ayniqsa 
«Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari talablari bo’yicha tayyorgarlik mashg’ulotlari hamda 
musobaqalarida bevosita qatnashayotganlar soni ham sifati (texnik natijalar) qanoatli darajada emas. Bularning 
obyektiv va subyektiv sabablari juda ko’p.
Xulosa qilib aytganda ajdodlarimizning tarixiy-taraqqiyoti mobaynida bo’lib o’tgan voqeliklar misolida 
mustaqil mamlakatimizning qiz bolalar o’rtasida jismoniy madaniyat va sportning hozirgi kundagi bo’lgan 
e’tibor, yaratilgan shart-sharoitlar buning isbotidir.

Download 3,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   374




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish