Узбекистон спортчи – кизларининг олимпиада уйинларида иштироки
Олимпиада
уйинлар сони
Йили
Жойи
Спортчининг исм,
шарифи
Спорт тури
XV
1952
Хельсинки
Г.Шамрай
Гимнастика –I
XVI
1956
Мельбурн
В.Баллод
Енгил атлетика -
XI
XVII
1960
Рим
В.Баллод
Енгил атлетика -
XI
XVIII
1964
Токио
С.Бабина
Н.Устинова
Сузиш – III
XIX
1968
Мехико
В.Дуюнова
С.Бабина
Н.Устинова
Волейбол –I
Сузиш – III
Сузиш – III
XX
1972
Мюнхен
В.Галушко
Э.Саади
Волейбол –I
Гимнастика –I
XXII
1980
Москва
Л.Павлова
Н. Бутусова
О.Зубарова
В.Заздравных
Л.Ахмедова
А.Хон
Т.Бирюина
Волейбол –I
Чим устида
хоккей-II
XXV
1992
Барселона
Р.Галеева
М.Шмонина
Гимнастика –I
Гимнастика –I
Кишки олимпиада
уйинларида
1994
Лиллехамер
Л.Черязова
Фристайл - I
“ХОТИН-ҚИЗЛАР СПОРТИ: ИМКОНИЯТЛАР ВА ИСТИҚБОЛЛАР”
149
XXIX
2008
Пекин
О.Чусовитина
Е.Хилко
Гимнастика –IV
Трамплин - III
XXX
2012
Лондон
О.Чусовитина
Е.Хилко
Р.Аманова
У.Трофимова
Ю.Борзова
Н.Асанова
Н.Дусанова
А.Журавлева
А.Свечникова
С.Радзивил
Ю.Тарасова
С.Мамедова
Н.Маматова
М.Сысоева
Гимнастика – II
Трамплин – IV
Сузиш
Бадиий
гимнастика
Каное
Енгил атлетика
Енгил атлетика
Енгил атлетика
Енгил атлетика
Енгил атлетика
Енгил атлетика
УК отиш
Таэквондо
Огир атлетика
XXXI
2016
Рио де Жанейро
Е.Мирзаева
Р.Амонова
О.Чусовитина
А.Самирова
Л.Ганиева
В.Давидова
З.Курбанова
М.Ростобурова
А.Сердюкова
Е.Хилко
О.Умаралиева
Г.Маматниязова
Е.Тунгускова
Н.Шарипова
С.Хамидова
Н.Астанова
Н.Дусанова
М.Хмелевская
Е. Варонина
В.Кибальникова
Ю.Тарасова
С.Раздивил
Н.Турсункулова
Бокс
Сузиш
Гимнастика
Бадиий
гимнастика
Бадиий
гимнастика
Бадиий
гимнастика
Бадиий
гимнастика
Бадиий
гимнастика
Бадиий
гимнастика
Батут
Каноэ
Дзюдо
Енгил атлетика
Енгил атлетика
Енгил атлетика
Енгил атлетика
Енгил атлетика
Енгил атлетика
Енгил атлетика
Енгил атлетика
Енгил атлетика
Енгил атлетика
таэквондо
Параолимпиада уйинларида голиб ва совриндор булган
Ўзбекистонлик кизлар
№
Фамилияси, исми
Спорт тури
Олган медали
1
Фотима Алимова
Сузиш
Олтин, кумуш, бронза
2
Каюмова Нозима
Найза улоктириш
Олтин
3
Одилова Муслима
сузиш
Кумуш
4
Бурхонова София
Ядро улоктириш
Кумуш
5
Саломова Севинч
дзюдо
Бронза
6
Нурматова Турсунпошшо
дзюдо
бронза
7
Рахимова Гулрух
дзюдо
бронза
8
Тошпулатова Шохсанам
сузиш
Бронза, кумуш
“ХОТИН-ҚИЗЛАР СПОРТИ: ИМКОНИЯТЛАР ВА ИСТИҚБОЛЛАР”
150
Юкорида келтирилганлардан хулоса килишимиз мумкинки, мамлакатимизда амалга оширилаётган
улкан ислохотлар каторида хотин-кизлар саломатлигига эътибор йилдан йилга ортиб бормокда. Сихат-
саломатликни асосий омилларидан бири булган жисмоний маданият давлат сиёсати даражасига
кутарилди. Хозирги давримизнинг энг йирик халкаро спорт куриги – олимпиада уйинларида спортчи
кизларимизнинг сони, уларнинг курсаткичлари ошиб бормокда. Натижада Республикамизнинг нуфузи
ошишига муносиб хиссаларини кушмокдалар.
TALABA-QIZLARNI SPORTGA QIZIQTIRISH MUAMMOLARI
Masharipov Y. M., dotsent, Kamolova N. D., talaba,
Samarqand davlat universiteti, Samarqand sh.
Respublikamizning birinchi Prezidenti “O`zbekiston kelajagi buyuk davlat” deganlarida kelgusida faqat
sog`lom va barkamol avlod mamlakatni boshqarishni hamda gullab yashnatishni nazarda tutganlar. Shuning
uchun “Ta`lim to`g`risida”gi qonun kadrlar tayyorlash milliy dasturi va ta`lim to`g`risidagi islohotlarga katta
e`tibor qaratilgan. Bugun mamlakatimizda qurilgan lisey va kollejlarni ko`rib har qanday xorijlik mehmon ham
havas qiladi[1]. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan bunday o`quv dargohlari farzandlarimiz kamoli
uchun xizmat qilayapti. O`zlariga ko`rsatilayotgan g`amxo`rlikka javoban yigit-qizlarimiz O`zbekistonni
dunyoga tanitishga harakat qilishmoqda, desak mubolag`a bo`lmaydi. Ayniqsa, bu yoshlarimiz fan
olimpiadaga va sportda erishayotgan yutuqlari bilan yaqqol isbotlashadi[3]. Bu tabiiy. Biz rivojlangan
mamlakatlar qatoriga chiqishga intilayapmiz. Sport orzuga to`lgan yoshlarni hayot qiyinchiliklarini dadil
yengib o`tishga, oriyatli va g`ururli bo`lib o`sishlariga ko`mak beradi[2].
Sog`lom avlod tarbiyasining muhim omili va uni takomillashtirishning e`tiborga loyiq tomoni jismoniy
madaniyat va sport hisoblanadi. Shu sababdan ham eng avvalo oilada, mahallalarda xotin-qizlarning jismoniy
mashqlar bilan shug`ullanishga tegishli sharoitlar yaratilishi lozim. Shuningdek, xotin-qizlar qo`mitalari, sport
tashkilotlari bilan birgalikda xotin-qizlar sportini rivojlantirish va ularni turar joylarda, ayniqsa mahallalarda
amalga oshirishlari lozim.
Ta`kidlash lozimki, umumta`lim maktablari, akademik liseylar, kasb hunar kollejlari, turli xil o`rta
maxsus va oliy ta`lim muassasalarida tahsil olayotgan 6 mln yoshlarning yarmidan ko`pini xotin-qizlar tashkil
etadi. Ularning 75-80% mahalliy millat vakilidir. Bu quvonarli dadil va voqeylikdir. Lekin ularning jismonan
zaif, kasalmand, tug`ma nogironlar ham oz emas. Jismoniy madaniyat darslarida muntazam
shug`ullanuvchilarning 50-60% dastur talablarini o`z vaqtida o`zlashtirib ola olmaydi yoki keyinchalik ham
to`la bajara olishmaydi.
Jismonan ojiz va zaif xotin-qizlar yoki harakatsizlik sababli ortiqcha vazndan shikoyat qilishi xotin-
qizlarimizni dori-darmonlarsiz jismoniy mashqlar yoki har xil harakatli o`yinlar orqali sog`lom bo`lish
mumkinligini ularga yetkazishimiz lozim bo`ladi.
Sport turlari bilan shug`ullanishlari talaba qizlarning jismonan sog`lom ruhan tetik bo`lib, sog`lom
farzandni dunyoga keltirish, ularni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekanligini barcha oilalarga ayniqsa,
yosh turmush qurayotgan oilalarga turli tadbir orqali qizlarni sportga qiziqtirishni o`stirishimiz zarur.
Hozirgi kunda talaba qizlar sportiga katta e`tibor qaratilmoqda, ularning o`zlari sevgan sport turlari bilan
shug`ullanishga keng imkoniyatlar yaratilgan. Bu albatta sog`lom avlodni shakllantirish maqsadida talaba
qizlar sportini rivojlantirishga katta e`tabor qaratilib, qizlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlanayotganligidir.
Hozirgi kunlarda talaba qizlarning sportga qiziqishi, turli sport turlari bilan shug`ullanishi yil sayin ortib
bormoqda, avvalam bor qizlarni shaxs sifatida shakllanishini takomillashtirib o`zining “Men”ligini anglashda
turtki rolini o`ynaydi. Sport bilan muntazam shug`ullanib boruvchi qizlarni yangi-yangi qirralarini ochilib
borishi hamda shu bilan bir qatorda ijtimoiy muhitda o`z o`rnini tez topishi va o`z o`rnini aniqlab olish sport
psixologiyasi fanida ta`kidlab kelingan va isbotlab berilgan qonundir.
Talaba qizlarning sport turlariga qiziqishini yaxshi yo`lga qo`yish sport bilan shug`ullanish
motivatsiyasini diagnostika qilish asosida korreksion ishlarni tashkil etish va ilmiy asosga ega bo`lgan ilmiy
yo`l-yo`riqlarni o`zida aks ettirgan darsliklar, o`quv qo`llanmalar hamda maqolalar yaratish o`zbek
psixologlari oldida turgan dolzarb vazifalardan biri desak xato bo`lmaydi.
Qizlar psixologiyasini tahlil etilishi, tarixdan kelib chiqib yondashadigan bo`lsak turli musobaqalarda
ishtirok etayotgan qizlarning psixologik xususiyatlarini namoyon bo`lish qonuniyatlarini quyidagilarda
ko`rishingiz mumkin.
1. Musobaqada qatnashayotgan qizlar o`zlarining motivatsion holatini boshqara olsa, bu ularning
g`alabaga intilishini yo`naltirish uchun xizmat qilishi mumkin.
2. Qizlarning musobaqa jarayoniga qatnashishining o`zi xavfli holat bo`lib, bu holatda o`z emotsiyasini
ko`pchilik to`satdan namoyon qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |