“ХОТИН-ҚИЗЛАР СПОРТИ: ИМКОНИЯТЛАР ВА ИСТИҚБОЛЛАР”
220
7.O’quvchilarning ko’nikma va malakalarni egallashdagi individual xatolarini tahlil qilish va ularni
bartaraf etish yo’llarini topish.
8.O’quvchilarning bilimi, ko’nikma va malakalarini tabaqalashtirib baholash hamda ular faoliyatini
tahrir qilish.
9.O’quvchining jismoniy rivojlanishiga oilaning ta’sirini ob’yektiv baholash uchun o’quvchilarning
turmush sharoitini o’rganish.
10.Fanlararo aloqalarni o’rnatish.
11.O’qitish va tarbiyalashning qo’llanayotgan usullarini tahlil qilish.
12.O’quvchilarning darsdagi faoliyatini tashkil etish usullarini tahlil qilish.
13.O’qituvchini o’quvchilar bilan o’zaro munosabatlarini tahlil qilish.
14.O’quv dasturining u yoki bu bo’limlarini o’quvchilar qanchalik o’zlashtirayotganiga qarab o’z
faoliyatini tahrir qilish. Bu fikrlash faoliyatini to’g’ri yo’naltirish ehtiyoji, amal qilish zarur bo’lgan umumiy
qoidalarni bilish, ularni o’z-o’zini nazorat qilish yo’li bilan amalda tekshirish kabilar bilan bog’liq.
Ko’pincha gnostik faoliyat o’qituvchiga ko’p qiyinchiliklar tug’diradi, ayni paytda unda ijobiy
hissiyotlar tug’diradi, o’z ishidan qoniqish hissini paydo qiladi. Gnostik tarkibiy qism boshqa tarkibiy
qismlarning rivojlanishi uchun asos yaratadi.
Jismoniy tarbiya o’qituvchisining darsdagi tashkilotchilik faoliyati yetakchilardan biri sanalib, u
o’qituvchi loyihalarining (rejalarining) amaliyotga tatbiq etilishidan iborat. Bu “harakatdagi odamlar guruhi
bilan hamkorlikda safarbarlikni, muvofiqlashtirishni, o’zaro munosabatlar va aloqalarni amalga oshirayotgan
bir kishining faoliyati” hisoblanadi.
Tashkilotchilik faoliyati har xil yo’llar bilan namoyon bo’ladi.
Birinchidan, o’qituvchining nutqida (dars va mashqlarning vazifalarini tushuntirishi, buyruq va
farmoyishlar berishi, dars yakunlarini e’lon qilishi kabilar).
Ikkinchidan, o’qituvchining xatti-harakatlarida:
- dars olib borish uchun joy tanlashi;
- sinf boshqarish maqsadida zalda maqsadga muvofiq tarzda aylanib yurish;
- mashqlarning bajarilishini nazorat qilish, yordam ko’rsatish va ehtiyotlash;
- o’quvchilarga intizomiy ta’sir ko’rsatishning o’ziga xosligi;
- mashg’ulot o’tkazish joylari va zarur jihozlarni tayyorlash;
- snaryadlarning joylashtirilishi hamda yig’ishtirilishini, jihozlarning tarqatilishini tashkil qilish;
- darsning tipidan kelib chiqib, uning optimal motor zichligini boshqarish;
- har bir o’quvchiga beriladigan jismoniy yuklamani boshqarish.
Uchinchidan, o’quvchilar faoliyatini boshqarish:
- joyida turib va harakatda saflanish hamda qayta saflanish;
- mashqlarni bajarish yo’llarini tanlash;
- o’quvchilarning bilish faoliyatini kuchaytirish;
- o’quv materialining o’zlashtirilishi va eslab qolinishini tashkil etish;
- o’quvchilarning bilim va malakalarini tekshirish hamda baholash.
Tashkilotchilik faoliyati har xil kishilar tomonidan turlicha amalga oshirilishi, bunda tashkilotchining
tashkil etilayotganlarga ta’sir ko’rsatish xususiyatlari, shuningdek, tashkilotchilik faoliyatining dinamikasiga
ko’ra farqlanishi mumkin.
Jismoniy tarbiya o’qituvchisining darsdagi kommunikativ faoliyati uning o’quvchilar bilan muloqotida,
ular orasidagi o’zaro munosabatlarning qurilishida, aloqa o’rnatish va uni saqlab turish, axborot almashinuvi,
alohida bir jamoa a’zolari orasida o’zaro munosabatlarning yo’lga qo’yilishida ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |