Тozalash usuliga ko’ra balanslar brutto-balans va netto-balanslarga bo’linadi.
Brutto balans – tartibga soluvchi moddalarni o’z ichiga oluvchi balansdir. Vositalarning haqiqiy qiymatini (tannarx yoki qoldiq qiymatini) aniqlashda summalar boshqa moddalar summalaridan chegiriladigan moddalar tartibga soluvchi moddalar deyiladi. Masalan, «Asosiy vositalar» summasidan «Asosiy vositalarning eskirishi» tartibga soluvchi moddasi summasi chegiriladi. Brutto-balansda ana shu tartibga soluvchi moddalar summasi balans yakuniy qiymatiga kiritiladi.
Netto-balans – qiymatidan tartibga soluvchi moddalar summasi chegirilgan balans bo’lib, bunga tozalash deyiladi. O’zbekistondagi barcha korxonalar netto-balans tuzadi, ya’ni balans yakuniga asosiy vositalar, arzon baholi va tez eskiruvchan buyumlarning qoldiq qiymatda, qayta sotiladigan tovarlar esa tannarxi bo’yicha kiritiladi.
Buxgalteriya balansi – korxona mablag’lari va ularning tashkil topish manbalari holatini pul shaklida guruhlash va aks ettirish usulidir.
Buxgalteriya balansi ikki qismdan: aktiv va passiv qismlardan iborat. Balans aktivida korxona sarmoyasining tarkibi va joylashtirilishi, passivda esa – aktivlarni tashkil topish manbalari, ya’ni o’z sarmoyasi va majburiyatlar, boshqa korxona yoki jismoniy shaxslarning vaqtincha jalb qilingan mablag’lari ko’rsatiladi. Aktiv va passiv tomonlarning har bir satrlari balans moddaloari deb ataladi. Har bir modda xo’jalik mablag’ini yoki uning kelib chiqish manbai holatini aks ettiradi.
Shunday qilib, buxgalteriya balansi quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi:
-
Korxona egalik qiladigan vositalarni aks ettiruvchi aktivlar;
-
Korxona tasarrufidagi o’z sarmoyasi;
-
Keyinchalik belgilanishi bo’yicha qaytarilishi lozim bo’lgan aktivlarni sotib olish, hosil qilish natijasida yuzaga kelgan majburiyatlar.
Buxgalteriya balansida korxona aktivlari ikki guruhda: uzoq muddatli va aylanma aktivlarda aks ettiriladi.
Uzoq muddatli aktivlarga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, uzoq muddatli investitsiyalar, sotib olingan aksiyalar va zayomlar kiritiladi. Korxonaning ishlashi bilan bu vositalar o’z qiymatini o’zgartirmaydi. Masalan. Asosiy vositalar qiymati qisqa vaqt bo’lagi mobaynida miqdoran jiddiy o’zgarmaydi va u faqat ularning ishlash muddati tugashiga ko’ra qoplanadi.
Joriy aktivlar, odatda, naqd mablag’larni, iste’molchilar hisobraqamlarini va naqd mablag’lar shaklini egallashi lozim bo’lgan zahiralarni o’z ichiga oladi. Joriy xo’jalik davri mobaynida bu aktivlar doimo o’zgarishi mumkin. Naqd mablag’larga aylantirilishi oson bo’lgan joriy aktivlar oson realizatsiya qilinadigan aktivlarga kiritiladi.
Korxona balansi aktivlarini o’rganishda quyidagilarni aniqlash mumkin:
-
Balansni tuzish kunida korxonada qanday vositalar bo’lgan;
-
Ular qanday joylashtirilgan;
-
Ularning xo’jalik faoliyatidagi roli qanday .
Balans passivi ma’lumotlari asosida quyidagilarni bilib olish mumkin:
-
Mablag’lar qaysi manbalardan kelib tushganligini;
-
Mablag’lar kimga tegishli ekanligi ( o’ziniki yoki jalb qilingan);
-
Mablag’larning belgilangan maqsadi qanday ekanligi.
Balans passivi ham ikki bo’limdan iborat:
-
O’z mablag’lari manbai;
-
Majburiyatlar.
O’z mablag’lari manbai qatoriga ustav kapitali, qo’shilgan kapital, rezerv kapital, taqsimlanmagan foyda(qoplanmagan zarar) va boshqa satrlar kiritiladi.
Balans passivining majburiyatlar bo’limida yuridik va jismoniy shaxslardan olingan, vaqti kelganda qaytarilishi lozim bo’lgan barcha majburiyatlar ko’rsatiladi.
Ko’rinib turibdiki, buxgalteriya balansida muayyan sanaga bo’lgan xo’jaloik mablag’lari va ularning manbalari aks ettirilgan. Balansning ayrim moddalarini solishtirish uchun moliyaviy hisobotda buxgalteriya balansi bilan birga o’zaro bog’langan hamda bir-birini to’ldiradigan bir qator hisobot shakllari nazarda tutilgan.
Хo’jalik mablag’lari va uning manbalari xo’jalik jarayonida doimo harakatda bo’ladi. Sodir bo’layotgan jarayonlarning har birini o’z vaqtida hisobga olib borish zarurdir. Chunki har kuni korxonada ko’plab xo’jalik muomalalari amalga oshiriladi, bularning ta’sirida xo’jalik mablag’larining tarkibi, joylanishi va ularning tashkil topish manbalari o’zgarishi mumkin. Bu o’zgarish oqibat natijada buxgalteriya balansining o’zgarishiga sabab bo’ladi, chunki balansning aktiv va passiv tomonidan xo’jalik mablag’lari va ularning tashkil topish manbalari aks ettiriladi. Lekin balansning tengligi saqlanib qolinadi. Bu mablag’lar holatini balans usuli bilan umumlashtirishning asosiy mazmunini tashkil qiladi.
Хo’jalik muomalalari natijasida balansda quyidagi uzgarishlar bo’lishi mumkin:
-
Aktiv tomonda ko’payish, aktiv tomonda kamayish.
-
Passiv tomonda ko’payish, passiv tomonda kamayish.
-
Aktiv tomonda ko’payish, passiv tomonda ko’payish.
-
Aktiv tomonda kamayish, passiv tomonda kamayish.
Balansda ro’y beradigan o’zgarishlar aktiv va passiv qismlarning tengligini saqlaydi. Chunki, har bir xo’jalik muomalasi ikki yoqlama yozuv asosida – bir hisobvaraqning debetida, ikkinchi hisobvaraqning kreditida aks ettiriladi.
4-Mavzu. Schetlar tizimi va ikkiyoqlama yozuv.
O’rganiladigan savollar:
-
Buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi.Schyotlar to’g’risida tushuncha.
-
Buxgalteriya schyotlari asosida xo’jalik muammolarining hisobga olish tpmoyillari.
-
Schyotlar o’zaro bog’lanishi (koorespondensiya). Buxgalteriya hisobi schyotlaridagi ma’lumotlarni balansda umumlashtirishdagi o’zaro xosligi.
21- sonli BHMS «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya - xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi» 2002 yil 23 oktabrda Adliya vazirligidan ro’yxatdan o’tgan.
Barcha schyotlar yo’nalishi va bajaradigan vazifalariga asosan 3 ta guruhga bo’linadi:
- aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar;
- majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar;
- kapitalni hisobga oluvchi schyotlar.
Balansga nisbatan schyotlar aktiv, passiv, kontraktiv, kontrpassiv, tranzit va balansdan tashqari schyotlar guruhiga bo’linadi.
Schyotlar to’rt xonalik sonlar bilan raqamlashtirilgan.
O’zbekiston Respublikasida ishlatilayotgan korxona moliyaviy – xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi tavsiya etilayotgan schyotlar rejasidan shakli, tarkibi, shuningdek sanalanishi va joylashish tartibi bo’yicha farq qiladi
Korxonalar schyotlar rejasiga asosan xo’jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobini yuritish maqsadida o’z ishchi schyotlar rejasini tuzishlari zarur. Bu esa korxona aktivlari va ularning tashkil topish manbalarini hisob registrlarida alohida schyotlarda hisobini olib borish imkonini beradi. Ishchi schyotlar rejasi schyotlarning ko’p yoki kam soniga ega bo’lishi mumkin, lekin shu bilan birgalikda tanlangan schyotlar guruhi korxonaning faoliyati turiga mos ravishda hamma xo’jalik operatsiyalarini hisobga olishni ta’minlashi lozim. Raqamlash tartibi va sanadagi belgilar soni ixtiyoriy, biroq raqamlash egiluvchan bo’lishi va qo’shimcha schyotlarni kiritishga imkon berishi maqsadga muvofiqdir. Mantiqiy raqamlash buxgalteriya hisobini o’zlashtirish va kompyuterlashtirishni osonlashtiradi.
Schyotlar rejasining tuzulishi
Qism va bo’lim №
|
Bo’lim nomi
|
I
|
Uzoq muddatli aktivlar
|
1.
|
Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa uzoq muddatli aktivlar 0100 - 0900
|
II
|
Joriy aktivlar
|
2.
|
Тovar-moddiy zahiralar 1000 – 2900
|
3.
|
Kelgusi davr xarajatlari va muddati kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi 3100 – 3200
|
4.
|
Olinadigan schyotlar — joriy qismi 4000 – 4900
|
5.
|
Pul mablag’lari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqa joriy aktivlar
5000 – 5900
|
III
|
Majburiyatlar
|
6.
|
Joriy majburiyatlar 6000 – 6900
|
7.
|
Uzoq muddatli majburiyatlar 7000 – 7900
|
IV
|
O’z kapitali
|
8.
|
Kapital, taqsimlanmagan foyda va rezervlar 8000 – 8900
|
V
|
Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi
|
9.
|
Daromadlar va xarajatlar 9000 – 9900
|
|
BLANSDAN ТAShQARI SChEТLAR 001-014
|
Korxonada buxgalteriya hisobini tegishlicha tashkil etish uchun korxona moliyaviy-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi hamda har bir hisobvaraq tavsiflangan va ularga doir hisobvaraqlarning namunaviy korrespondensiyasi berilgan rejani qo’llash bo’yicha yo’riqnomadan to’g’ri foydalanish katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobini milliy andozalarini amalga tatbiq etish va bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko’tarish maqsadida buxgalteriya hisobvaraqlariningyangi rejasi ishlab chiqildi. «Хo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-viy-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma» nomli 21-son BХMA O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonuni 5-moddasiga binoan ishlab chiqilgan.
Хo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi asosida xo’jalik muomalalari buxgalteriya hisobvaraqlari ishchi rejasini tuzadilar va u xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosatida aks ettiriladi.
Hisobvaraqlar rejasi – buxgalteriya hisobi bo’yicha hisobvaraqlarning ularning iqtisodiy mazmuniga ko’ra bir tizimga solingan ro’yxatidir.
Хo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining yangi tahriri Uzbekiston respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 9 sentabrdagi 103-sonli qarori bilan tasdiqlandi va Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 23 oktabrda 1181-son bilan 21-son BХMS sifatida ro’yxatdan o’t kazildi. Mazkur standart 2002 yil 2 noyabrdan kuchga kiritildi. Хorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar va auditorlik tashkilotlari 2002 yil 1 yanvardan boshlaboq yangi Hisobvaraqlar rejasi bo’yicha hisob yurita boshladilar, 2003 yil 1 yanvardan boshlab ularga birjalar, 2004 yil 1 yanvardan boshlab mulkchilik shaklidan qat’iy nazar boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar qo’shiladilar. Hisobvaraqlar rejasida 249 ta balans va 14 ta balansdan tashqari hisobvaraq mavjud.
Hisobvaraqlar rejasining dastlabki 1-8-bo’limlarida doimiy yoki balans hisobvaraqlari, 9-bo’limda esa tranzit yoki vaqtinchalik hisobvaraqlar joylashtirilgan.
Doimiy hisobvaraqlar deb nomlanishining sababi – ular har bir hisobot davri yakunida yopiladigan vaqtinchalik hisobvaraqlardan farqli o’laroq, doimiy saldoga ega bo’lishlari mumkin. Doimiy hisobvaraqlar balansda ko’rsatiladi, shuning uchun ham bu hisobvaraqlar balans hisobvaraqlari deb nomlanadi: bular aktivlar, majburiyatlar va xususiy sarmoya hisobvaraqlaridir. Doimiy hisobvaraqlar: aktiv, passiv va kontrar (kontraktiv va kontrpassiv) bo’lishi mumkin.
Aktiv hisobvaraqlarda turli xil aktivlar aks ettiriladi va ular faqat debet saldosiga ega bo’ladi. Aktivlarning ko’payishi ushbu hisobvaraqlarning debetida aks ettiriladi.
Passiv hisobvaraqlar majburiyatlar va sarmoyaning oshishini aks ettirish uchun mo’ljallangan, faqatgina kredit saldosiga ega bo’ladi, majburiyatlar va sarmoya oshishi mazkur hisobvaraqlarning kreditida akas ettiriladi.
Kontrar hisobvaraqlar – moliyaviy hisobotda aktivlar va majburiyatlarning sof qiymatini aks ettirish uchun saldolari ularga bog’liq bo’lgan asosiy hisobvaraqlar saldosidan chegiriladigan hisobvaraqlardir.
Kontraktiv hisobvaraqlar saldosi hisobotda ularning sof (balans) qiymatini aks ettirish uchun asosiy vositalarning boshlang’ich qiymatidan chegiriladigan asosiy vositalarning eskirishi misol bo’la oladi. Asosiy vositalarning eskirishi hisobvaraqlari balansda ularning boshlang’ich qiymatini kamaytirib ko’rsatadi.
Kontrpassiv hisobvaraqqa sotib olingan xususiy aksiyalarni misol qilib keltirish mumkin, hisobotda ustav kapitalining haqiqiy hajmini aks ettirish uchun «Ustav sarmoyasi» hisobvarag’i saldosidan uning saldosi chegiriladi.
Hisobvaraqlar rejasining 9-bo’limi tranzit (vaqtinchalik) hisobvaraqlar – daromad va xarajatlar hisobvaraqlaridan iborat va hisobvaraqlarni joylashtirish tartibi bo’yicha «Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot» shakliga muvofiq keladi. Ularning tranzit (vaqtinchalik) hisobvaraqlar deb atalishining sababi shundaki, ular har bir hisobot davrining oxirida yopiladi hamda keyingi hisobot davri boshida nollik saldoga ega bo’ladi. Hisobvaraqlar rejasida «jamlama» hisobvaraq tushunchasi, ilova hisobvaraqlar mavjud emas, ya’ni ikkinchi tartib hisobvaraqlari jamlama hisobvaraqlarining tahliliy tarkibiy qismlaridir. Barcha hisobvaraqlar endi to’rt belgili raqamlanishga ega va aktiv, majburiyatlar hamda sarmoyaning har bir turi bo’yicha ochiladi.
Korxonaning balans hisobotida oborot (joriy) va uzoq muddatli aktivlar va passivlarni alohida hisobga olishlari kerak. Bu oborot sarmoyasi sifatida aylanayotgan aktivlar va korxonaning uzoq muddatli operatsiyalarida foydalanayotgan aktivlarni bir-biridan ajratish lozim. Shuningdek yaqin davrda haq to’lanishi lozim bo’lgan majburiyatlar (joriy majburiyatlar) haqida tasavvurga ega bo’lish kerak, chunki ularni so’ndirish uchun oborot aktivlaridan foydalaniladi.
Balansdan tashqari hisobvaraqlar – bu korxonaga qarashli bo’lmagan, lekin vaqtinchalik tasarrufida bo’lgan, aktivlarning mavjudligi va harakati, shartli huquqlar va majburiyatlar haqidagi axborotni umumlashtirishga mo’ljallangan hisobvaraqlar. Bu hisobvaraqlar boshqa hisobvaraqlar bilan bog’lanmaydi va xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotida aks ettirilmaydi.
YAngi hisobvaraqlar rejasi 9 bo’limdan tashkil topgan:
0110 – 0990 – uzoq muddatli aktivlar hisobvaraqlari – 1 bo’lim;
1010 – 2990 – tovar-moddiy zahiralar hisobvaraqlari – 2 bo’lim;
3110 – 3290 – kelgusi davrlar xarajatlari va muddati uzaytirilgan (joriy xarajatlar) – 3-bo’lim;
4010 –4910 – olishga doir joriy hisobvaraqlar (debitorlar) – 4 bo’lim;
5010 – 5910 – pul mablag’lari va boshqa aktivlar – 5 - bo’lim ;
6010 – 6910 – joriy mabjuriyatlar (kreditorla) – 6 bo’lim;
7010 – 7910 – uzoq muddatli majburiyatlar (kreditorlar) – 7 bo’lim;
8010 – 8910 – xususiy sarmoya – 8 bo’lim;
9010 – 9900 – daromadlar va xarajatlar - 9-bo’lim.
Hisobvaraqlar rejasi xalq xo’jaligi tarmoqlarining, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, xo’jalik hisobidagi korxonalar uchun majburiy hisoblanadi, bundan bank va byudjet tashkilotlari mustasno, ular o’z ishlarining xususiyatlari hisobga olingan hisobvaraqlarning maxsus rejalariga egadir.
Хo’jalik jarayonlarini buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirish maqsadida ikkiyoqlama yozuv usulidan foydalaniladi.
Ikkiyoqlama yozuv buxgalteriya hisobining tamoyili bo’lib, xo’jalik jarayonlarini bir schyotning debetida ikkinchi schyotning kreditida bir xil summada aks ettirishga aytiladi.
Masalan: ishlab chiqarishdagi ishchilarga ish haqi hisoblandi – 200000 so’m
Debet 2011 «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti – 200000
Kredit 6710 «Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisob kitoblar» schyoti – 200000
Хo’jalik jarayonlarini aks ettiruvchi schyotlar korrespondensiyalanuvchi schyotlar deb ataladi.
Bir-biri bilan schyotlarni bog’liqligi schyotlar korrespondensiyasi deb ataladi.
Korrespondensiyalanuvchi schyotlar xo’jalik jarayonining summasi bilan birgalikda buxgalteriya yozuvi (provodka) deb ataladi.
Buxgalteriya yozuvlari oddiy va murakkab bo’ladi.
Buxgalteriya hisobi schyotlarida xo’jalik mablag’lari va ularning manbalari, shuningdek, xo’jalik jarayonlarini to’g’ri hisobga olib borishni o’z vaqtida nazorat qilib borish uchun ularning o’zgarishini aks ettiradigan har bir xo’jalik operatsiyasi bir vaqtda ikkita schyotning qarama-qarshi tomoniga yoziladi. Bu narsa shuning uchun zarurki, buxgalteriya balansining aktiv tomonidagi moddalarni hisobga oluvchi aktiv schyotlarda xo’jalik mablag’larining holati, joylanishi olib borilsada, ularning xo’jalik operatsiyalari ta’sirida biridan ikkinchisiga o’tganligini bitta schyotni debetlash yoki kreditlash bilan isbotlab bo’lmaydi. Masalan, “Хom ashyo va materiallar” schyotidagi materiallardan bir qismi “Asosiy ishlab chiqarish” schyotiga o’tkazilgan bo’lsa, u xolda bir vaqtda “Хom ashyo va materiallar” schyotidagi materiallarning kamayganligini va “Asosiy ishlab chiqarish” schyotida xarajatlarning ko’payganligini aks ettirish talab qilinadi.
Darhaqiqat, buxgalteriya balansining passiv tomonidagi moddalarni hisobga oluvchi passiv schyotlarda xo’jalik mablag’larining paydo bo’lishi manbai olib borilsada, ularning xo’jalik operatsiyalari ta’siri ostida biridan ikkinchisigao’tganligini ham bir bir vaqtda ikkita schyotda aks ettirish talab qilinadi. Masalan, xodimlarga hisblangan mehnat xaqidan daromad solig’i ushlansa, u holda bu xo’jalik operatsiyasi bir vaqtda “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar” schyotida xo’jalik yurituvchi sub’ektning byudjetga bo’lgan qarzining ko’payganligini va “Хodimlar bilan mehnatga haq to’llashga doir hisob-kitoblar” schyotida xodimlar oladigan haqning kamayganligini isbotlovchi yozuv bilan rasmiylashtiriladi.
Ayrim hollarda shunday bo’lishi mumkinki, bu paytda buxgalteriya balansining aktiv tomonidagi moddalarni hisobga oluvchi aktiv schyotlar bilan buxgalteriya balansining passiv tomonidagi moddalarni hisobga oluvchi passiv schyotlar xo’jalik operatsiyalari ta’sirida bir vaqtda aktiv va passiv schyotlarda ko’payish yoki kamayish bo’lganligini aks ettirish talab qilinadi. Masalan, xo’jalik yurituvchi sub’ektga mol yetkazib beruvchilardan materiallar keltirilgan bo’lsa, bu operatsiya xo’jalik mablag’larini hisobga olib boruvchi aktiv schyot “Хom ashyo va materiallar” schyotining ao’payish tomoniga va xo’jalik mablag’larining manbaini hisobga oluvchi passiv schyot “Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar” schyotining ham ko’payish tomoniga yozish talab qilinadi. Chunki bu yozuv bir vaqtda materiallarning kelishi natijasida xo’jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish zaxiralarining ko’payganligini va materiallar qabul qilib olinganligi sababli bu xo’jalik yurituvchi sub’ektning yuqorida ko’rsatilgan materiallarni bergan mol yetkazib beruvchi xo’jalik yurituvchi sub’ekt oldida uning qarzdor ekanligini ko’rsatib turmag’i kerak. Shuningdek, agar shu keltirilgan materiallar uchun xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’zining bankdagi depozit hisobvarag’idan tegishli summasini to’lasa, u holda bu xo’jalik operatsiyasi bir vaqtda buxgalteriya balansining ikki tomonida ham kamayish tomoniga o’zgarishga olib keladi, ya’ni uning aktiv tomonidagi “Pul mablag’lari” moddasida pul mablag’lari summasining kamayishiga va passiv tomonidagi “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar” degan moddasidagi kreditor qarzlar summasining kamayishiga sabab bo’ladi.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, har qanday xo’jalik operatsiyasi natijasida mablag’ yoki uning manbaida bir xil summada o’zgarish sodir bo’ladi. Bunday xo’jalik operatsiyalarining hammasi ham schyotlarga ikki yoqlama yozish deb nomlangan usul yordamida aks ettiriladi. Demak, har bir xo’jalik operatsiyasi buxgalteriya hisobining ikkita ob’ektini hisobga oluvchi o’zaro bog’liq schyotlarda yoziladiki, bu narsa xo’jalik yurituvchi sub’ektning xo’jalik faoliyatida mablag’lar va ularning manbalarining, shuningdek, xo’jalik jarayoni ustidan nazorat o’rnatish tmkonini beradi.Shu bilan birga,bu yozuv xo’jalik mablag’larining ikki tomonlama guruhlanishiga asoslangandir.
Buxgalteriya hisobida ikki yoqlama yozishning mohiyati shundaki, har bir xo’jalik operatsiyasi u qanday turdagi balans o’zgarishiga olib kelishidan qat’iy nazar, bir vaqtda va o’zaro aloqador holda bir hil summada bir schyotning debet tomonida va ikkinchi schyotning kredit tomonida aks ettiriladi. Binobarin, ikki yoqlama yozish deb xo’jalik operatsiyalari ta’sirida vujudga keladigan iqtisodiy hodisalarni schyotlar tizimi vositasi bilan o’zaro aloqador holda aks ettirish usuliga aytiladi.
Buxgalteriya hisobida ikki yoqlama yozish usuli xo’jalik mablag’larining tarkibi va ularning paydo bo’lish manbalaridagi o’zgarishga olib keladigan xo’jalik operatsiyalarining schyotlarda to’g’ri aks ettirilishi hamda yozuvlarning to’g’ri amalga oshirilayotganligi ustidan bir vaqtda nazorat qilib borish imkonini beradi.
Хodimlarga mehnat haqi to’lash hamda xodimlarga xizmat safariga bo’nak berish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektning bankdagi talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag’idan 2250750 so’m naqd pul olinib xo’jalik yurituvchi sub’ekt kassasiga kirim qilinadi. Bu xo’jalik operatsiyasi natijasida xo’jalik yurituvchi sub’ekt kassasidan pul mablag’i ko’payib, bankdagi talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag’ida pul mablag’larining qoldig’i kamayadi. Ikkala schyot ham buxgalteriya balansining aktiv tomonida, ya’ni aktivdir. Demak, bu operatsiya natijasida schyotlarning o’zaro quyidagi bog’lanishi sodir bo’ladi:
Debet “Milliy valyutadagi pul mablag’lari” schyoti
2250750 so’m
Kredit “Depozit hisobvarag’i” schyoti
Bu operatsiya buxgalteriya hisobi schyotlarining shartli tarxida quyidagicha aks ettiriladi:
“Depozit hisobvarag’i” “Milliy valyutadagi pul
schyoti mablag’lari”
schyoti
D-t K-t D-t K-t
Bk 15250000 1) 2250750 Bq 250
1) 2250750
Naqt pul bankdan olib kelib kassaga kirim qilinadi.
Bizning misolimizda xo’jalik operatsiyalariga doir schyotlarning bir-birlari bilan o’zaro aloqasini tuzishda ikki yoqlama yozish usulidan foydalanildi.
Yuqorida keltirilgan schyotlarning shartli tarxidagi yozuvni umumlashtirish uchun aktiv va passiv sintetik schyotlar ochib, ularga ma’lum bo’lgan boshlang’ich qoldiq summalari yoziladi. Debet va kredit aylanmalar hisoblanadi va oxirgi qoldiqlar topiladi. Schyotlardagi boshlang’ich qoldiq qisqartilgan holda- Bq deb, va debet bo’yicha aylanma – D-t oborot deb yoki kredit bo’yicha aylanma K-t oborot deb yoziladi.
Ikki yoklama yozish usuliga ko’ra xo’jalik mablag’larining tarkibi va ularning manbalaridagi o’zgarishlarni ko’rsatuvchi ma’lum xo’jalik operatsiyalarini aks ettirish uchun u yoki bu buxgalteriya schyotlari o’zaro bir-birlari bilan bog’lanadi. O’zaro bir-birlari bilan bog’lanishda qatnashuvchi schyotlar korrespondensiyalanuvchi schyotlar deb ataladi. Schyotlar korrespondensiyasini aks ettiruvchi qisqacha yozuv buxgalteriya provodkasi deb ataladi.
Buxgalteriya provodkalari oddiy va murakkab bo’lishi mumkin. Oddiy buxgalteriya provodkasida ikki buxgalteriya schyoti qatnashib, uning biri debetlansa, ikkinchisi kreditlanadi. Murakkab buxgalteriya provodkalarida bir necha buxgalteriya schyotlari qatnashib, ularning biri debetlansa, qolgan bir nechtasi kreditlanadi yoki biri kreditlansa, qolgan bir nechtasi debetlanishi mumkin.
Buni misollarda ko’ramiz. Masalan, xo’jalik yurituvchi sub’ektning bankdagi depozit hisobvarag’idan ishchi va xizmatchilarga ish haqi to’lash uchun kassaga 2000000 so’m naqd pul olindi.
Bu xo’jalik operatsiyasiga quydagicha buxgalteriya provodkasituziladi:
Debet “Milliy valyutadagi pul mablag’lari” schyoti
2000000
Kredit “Depozit hisobvarag’i” schyoti
Yuqoridagi tuzilgan schyotlarning o’zaro bir-birlari bilan bog’lanishi oddiy buxgalteriya provodkasi hisobanadi, chunki bu schyotlar korrespondensiyasida faqat ikkita buxgalteriya schyoti qatnashib, biri debetlanadi, ikkinchisi esa kreditlanadi.
Boshqa bir misol. Naryad va tabellarga asosan ishchi va xizmatchilarga ish haqi hisoblanadi;
a) asosiy ishlab chiqarishda ishlovchi ishchilarga 1450000 so’m;
b) yordamchi ishlab chiqarishda ishlovchi ishchilarga 250000 so’m;
v) umumishlabchiqarish bo’linmalarida ishlovchi xodimlarga 300000 so’m.
Bu xo’jalik operatsiyasiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet “Asosiy ishlab chiqarish” schyoti 1450000 so’m
Debet “Yordamchi ishlab chiqarish” schyoti 250000 so’m
Debet “Umumishlab chiqarish xarajatlari” schyoti 300000 so’m
Kredit “Хodimlar bilan mehnatga haq to’lashga doir
hisob-kitoblar” schyoti 2000000 so’m
Keltirilgan buxgalteriya provodkasi murakkab bo’lib, unda uchta buxgalteriya schyotlari debetlanib, “Хodimlar bilan mehnatga haq to’lashga doir hisob-kitoblar” schyoti kreditlanadi.
Qaysi turdagi xo’jalik operatsiyalari bo’lmasin, ularni schyotlar tizimida to’g’ri yozish uchun ayrim masalalarga qat’iy amal qilish talab qilinadi. Jumladan, buxgalteriya balansining aktiv tomonidan ko’rsatiladigan xo’jalik mablag’larining tarkibi va joylanishini, shuningdek, shu mablag’larning kelib chiqish manbaini va qaysi maqsadga mo’ljallanganligini, darhaqiqat, hammasining xo’jalik jarayonidagi iqtisodiy mohiyatini bilish zarurdir.
Yuqorida aytib o’tilganidek, buxgalteriya schyotlarining har qaysisida iqtisodiy jihatdan bir hil bo’lgan ma’lum xo’jalik operatsiyalari aks ettiriladi. Demak, xo’jalik operatsiyalari buxgalteriya schyotlarida sistematik yozuv olib borish yo’li bilan guruhlashtiriladi. Buxgalteriya hisobida sistematik yozuvdan tashqari xo’jalik operatsiyalari sodir bo’lishi bilan uning iqtisodiy mazmknidan qat’iy nazar maxsus jurnalda ketma-ket qayd qilinadi va uni buxgalteriya hisobida “Ro’yxatga olish jurnali” deb yuritiladi. Хo’jalik operatsiyalarini ularning iqtisodiy mazmunidan qat’iy nazar ketma-ket qayd qilinishiga xronologik yozuv deb ataladi.
Buxgalteriya hisobining joriy ma’lumotlarini umumlashtirish uchun aylanma vedomost xizmat qiladi.
Aylanma vedomostlar deb buxgalteriya hisobi schyotlari yordamida joriy davrda hisobga olingan ma’lumotlarni ma’lum bir vaqtga umumlashtirib ko’rsatadigan jadvalga aytiladi.
Aylanma vedomostlar ikki xil bo’ladi:
a) sintetik hisob schyotlari bo’yicha aylanma vedomostlar;
b) analitik hisob schyotlari bo’yicha aylanma vedomostlar.
Sintetik hisob schyotlari bo’yicha aylanma vedomostlar deb xo’jalik mablag’lari va ularning manbalarini o’zgarish ahvolini bilish, ma’lum sanaga buxgalteriya balansi tuzish uchun zarur ma’lumotlarni olishga mo’ljallanganaylanmalar yig’indisi va har bir schyotlar bo’yicha qoldiqlar pul ko’rsatkichida aniqlanilgan maxsus jadvalga aytiladi.
Analitik hisob schyotlari bo’yicha aylanma vedomostlar deb ma’lum bir sintetik schyot bo’yicha xo’jalik mablag’lari va ularning manbalarini o’zgarish ahvolini bilish, shu ma’lumotlarni natura va pul ko’rsatkichlarida ifodalaydigan maxsus jadvalga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |