БУХГАЛТЕРИЯ ХИСОБИ” ФАНИДАН 3-ТЕСТ САВОЛЛАРИ ВА ЖАВОБЛАРИ
Савол: “Kredit” so‘zi qanday ma’noni? Bildiradi
Жавоб: Lotincha so‘z bo‘lib, “ishondi” ma’nosini bildiradi.
Савол: Kassadan xizmat safari uchun bo‘nak berilsa qanday provodka beriladi?
Жавоб: Debet 4220 Kredit 5010
Савол: Debet 8520 Kredit 6610 provodkasining ma’nosi nima?
Жавоб: Hisobot yilida foyda ko‘rilmaganda rezerv kapitali hisobidan imtiyozli aktsiyalar bo‘yicha dividend hisoblandi
Савол: Passiv schetlarda qoldiqlar qaysi tomonda aks ettiriladi?
Жавоб: Kredit tomonda
Савол: Asosiy ishlab chiqarishdagi stanoklarga eskirish hisoblandi. Ushbu muomalaga qanday provodka beriladi?
Жавоб: Debet 2010 Kredit 0230
Савол: Murakkab buxgalteriya provodka(o‘tkazma)si nima?
Жавоб: Ma’lum bir operatsiyaning summasi bir schetning debeti, boshqa bir qancha schetlarning kreditida yoki aksincha, bir schetning krediti va bir nechta schetlarning debetida aks ettirilishi.
Савол: Ish haqi berish uchun hisob kitob chetidan kassaga pul keltirildi, ushbu muomalaga qanday provodka beriladi?
Жавоб: Debet 5010 Kredit 5110
Савол: Kassadan xodimlarga ish haqi berildi. Ushbu muomala schotlarda qanday aks ettiriladi?
Жавоб: Debet 6710 Kredit 5010
Савол: Asosiy ishlab chiqarishda ortib qolgan benzin omborga qaytarilsa qanday provodka beriladi?
Жавоб: Debet 1030 Kredit 2010
Савол: Buxgalteriya hisobi schetlari nima?
Жавоб: Aktivlarning tarkibi, joylashtirilishi va shakllantirish manbalari hamda operatsiyalar bo‘yicha joriy aks ettirish, guruhlash, nazorat qilish
Савол: Sotilgan tayyor mahsulotning tannarxi hisobdan chiqarish. Qanday provodka beriladi?
Жавоб: Debet 9110 Kredit 2810
Савол: Tranzti schetlar xususiyati nimadan iborat?
Жавоб: Hisobot davrining boshi va oxiriga qoldiq qolmaydigan, moliyaviy natijalarni hisobga oladigan schetlardir
Савол: Aktiv schetlarda qoldiqlar qaysi tomonda aks ettiriladi?
Жавоб: Debet tomonda
Савол: Debet 8610 Kredit 5110 provodkasining ma’nosi nima?
Жавоб: Hisob kitob schetidan pul o‘tkazish orqali xususiy oddiy aktsiyalar sotib olingan
Савол: Passiv schetlarda nimalar hisobga olinadi?
Жавоб: Xo‘jlaik mablag‘larining manbalari
Савол: Ikkiyoqlama yozuv deganda nimani tushunasiz?
Жавоб: Har bir xo‘jalik operatsiyasining summasi schetlarda ikki marotaba: bir schet debetida va ayni vaqtda o‘zaro bog‘liq bo‘lgan boshqa schetning kreditida qayd qilinishi.
Савол: “Debet” so‘zi qanday ma’noni bildiradi?
Жавоб: Lotincha so‘z bo‘lib, “u qarzdor” ma’nosini bildiradi
Савол: Doimiy schetlar deganda nimani tushunasiz?
Жавоб: Hisobot davri oxirida saldoga ega bo‘lib, buxgalteriya balansida aks ettiriladigan aktivlar va passivlarni hisobga oladigan schetlar
Савол: Schetlar rejasiga muvofiq schetlarni turkumlang
Жавоб: Aktiv, passiv, kontraktiv, kontrpassiv, tranzit, balansdan tashqari schetlar
Савол: Asosiy vositaning operativ ijaraga olganda qanday provodka beriladi?
Жавоб: Kirim 001
“
Do'stlaringiz bilan baham: |