Hisobning har bir bo’limi va analitik uslublarning ko’pchiligi amalda nazariy, uslubiy yondoshishni va asoslashni talab qiladi. Bozor iqtisodiga o’tish bilan hisobda yuzaga kelgan muammolarni yechish yo’llari hamda foydalaniladigan tushunchalarning doirasi kengaydi. Lekin buxgalteriya hisobining nazariy asoslari, ularning mohiyati va maqsadi o’zgarmasdan qoldi. Moliyaviy hisobotlarning elementlari bo’lgan aktiv va passivlarning yangi ko’rinishlari, ularni baholash uslublari, moliyaviy natijalarni hisob-kitob qilish va xarajatlarni hisobga olish yo’llari, axborotlarni turkumlarga ajratuvchi hisobvaraqlar rejasining yangi ko’rinishi o’z ifodasini topdi. Ayniqsa, buxgalteriya hisobi tizimida yangi tushuncha nomoddiy aktivlar, ya’ni «ko’rinmas aktivlar» (intangible assets)ni baholash, hisobga olish, amortizatsiyani hisoblash usullari, shuningdek likvidatsiya qilish tartiblarini bayon qilishni taqozo etadi.
5-BHMSning 9-bandiga muvofiq asosiy vositalar dastlabki qiymati bo’yicha baholanadi va buxgalteriya hisobiga kiritilali. Asosiy vositalarni barpo qilish yoki sotib olish uchun ketgan barcha sarfharajatlar qiymati, deganda, jumladan, to’langan va qoplanmaydigan soliqlar, shuningdek, aktivlarni ishchi holatga keltirishga bevosita bog’liq bo’lgan boshqa har qanday sarfharajatlar tushuniladi. Yana shuni hisobga olish kerakki, boshqa shart-sharoitlarda qo’shimcha qiymat soligi va aksiya solig’i kabi soliqlar undiriladigan soliqlar hisoblanadi, yani umumiy tartibda soliq to’laydigan korxona tomonidan mazkur soliqlar to’langanda hisobga olinadi, biroq asosiy vositalarni sotib olish ishga tushirishda yuqorida ko’rsatilgan soliqlar ham ularning dastlabki qiymatga qo’shiladi.
Agar asosiy vositalarning obektlari chet el valutasiga sotib olinsa, u holda ularning dastlabki qiymati barcha to’lanadigan va qoplanmaydigan soliqlar, shuningdek, aktivni yetkazib berish va montaj qilish, o’rnatish, ishga tushirish bo’yicha sarflar va undan maqsadli foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog’liq har qanday boshqa xarajatlar yuk bojxona deklaratsiyasi to’ldirilgan sanaladi O’zbekiston Respublikasya Markaziy banki belgilagan kurs bo’yicha summani chet el valutasining qiymatiga hisoblash yo’li bilan milliy valuta (so’mlar)da belgilanadi va buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, asosiy vositalarning sotib olingan obyektlari to’lovlari, moddiy-tovar zaxiralarini sotib olish bo’yicha kontraktlarni tayyorlash, ro’yxatdan o’tkazish va yopish bilan bog’liq xarajatlar va bevosita sotib olish bilan bog’liq bo’lmagan boshqa xarajatlar moddiy-tovar zaxiralarining tannarxiga kiritilmaydi, balki ular hisobot davrida yuzaga kelgan xarajatlar deb etirof etiladi. - Agar asosiy vositalarning obektlari chet el valutasiga sotib olinsa, u holda ularning dastlabki qiymati barcha to’lanadigan va qoplanmaydigan soliqlar, shuningdek, aktivni yetkazib berish va montaj qilish, o’rnatish, ishga tushirish bo’yicha sarflar va undan maqsadli foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog’liq har qanday boshqa xarajatlar yuk bojxona deklaratsiyasi to’ldirilgan sanaladi O’zbekiston Respublikasya Markaziy banki belgilagan kurs bo’yicha summani chet el valutasining qiymatiga hisoblash yo’li bilan milliy valuta (so’mlar)da belgilanadi va buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, asosiy vositalarning sotib olingan obyektlari to’lovlari, moddiy-tovar zaxiralarini sotib olish bo’yicha kontraktlarni tayyorlash, ro’yxatdan o’tkazish va yopish bilan bog’liq xarajatlar va bevosita sotib olish bilan bog’liq bo’lmagan boshqa xarajatlar moddiy-tovar zaxiralarining tannarxiga kiritilmaydi, balki ular hisobot davrida yuzaga kelgan xarajatlar deb etirof etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |