BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA TEJAMKORLIKNI TARBIYALASHNING O‘ZIGA XOSLIGI
ADU
I.OXUNOV, F.ALLAQULOVA
Bugungi kunda xalq ta’limining barcha xodimlari zimmasiga o’qitishning yangi, zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish vazifasi qo’yilmoqda. Shundan kelib chiqib, aytishimiz mumkinki, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi qonun”i va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da har tomonlama yetuk mutaxassislar tayyorlashning mohiyati, zaruriyati, zamonaviy fan va texnikaning rivojlanish talablariga mos barkamol avlodni tarbiyalash masalalari izchillik bilan tahlil etilgan, dolzarb vazifalar va ularni amalga oshirish chora-tadbirlari belgilab berilgan. Shu vazifalarning asosiy maqsadi har tomonlama kamol topgan shaxslarni tarbiyalashdan iborat. Bu borada esa asrlar davomida xalqimiz yaratgan hikmatlarning o’rni va ahamiyati kattadir.
Demak, boshlang’ich sinflarning o’qituvchilari o’z o’quvchilarini faqatgina to’g’ri o’qish, tez o’qish, to’g’ri talaffuz qilish, ifodali o’qishga o’rgatib qo’ya qolmasdan, ularning o’qishlari uchun eng zarur va tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirishda qulaylik tug’diradigan matnlarni tanlashi, darslikda berilganlari yoniga boshqalarini o’qituvchining o’zi topib qo’yishi lozim. Shu bilan birgalikda sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil etish barkamol avlodni tarbiyalashda muhim axamiyat kasb etadi. Komil insonning sifatlaridan biri tejamkorlik xisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida o’quvchilarni tejamkorlik ruhida tarbiyalash xar bir tarbiyachining muhim vazifalaridan biri sanaladi.
Bozor iqtisodiyotining maqsadi jamiyatning barcha a’zolarini, jumladan, ota-onalarni, ularning farzandlarini amaliy hisob-kitobga va oqilona omilkorlikka o‘rgatishdan iborat. Zotan, pul ham shaxsni tarbiyalaydi. Uni mensimaslik ikki tomonlama xatolarni keltirib chiqarishi mumkin. Uning bir tomoni, bolani oilaning moddiy qiyinchiliklarini bilishni istamaslik odati paydo bo‘ladi va u tekinxo‘rlikka o‘rganadi. Ikkinchi tomoni, pulga xirs qo‘yish, ochko‘zlik, xudbinlik, xasislik kabi illatlarni keltirib chiqaradi.
Ma’lumki, azaldan ota-onalarimiz bolalarni xo‘jalik ishlari bilan tanishtirib, oilaning kirim va chiqim ishlarini ularga o‘rgatib kelishgan. Shu tarzda, bolada oilaning moddiy ahvoli xasida tasavvur hosil bo‘lishiga e’tibor berilgan.
Hozirgi zamonda butun dunyoda ko‘zga tashlayotgan oziq-ovqat, ichimlik suvi, foydali qazilmalar va shu kabi zaxiralarning kamayib borayotganligi, shuningdek, ahvoli sonining ortib ketayotganligi qator muammolarni keltirib chiqarayotganligi tejamkorlik, ishbilarmonlik, omilkorlik kabi qadriyatlarning umuminsoniy, umumbashariy ahamiyatini zarurligini ko‘rsatib bermoqda.
Demak, tejamkorlik ishbilarmonlikni bir ko‘rinishi sifatida qadriyat hisoblanib kelingan va u ma’naviy-axloqiy mazmunga egadir. Bu tushunchani bola ongiga singdirib borish ota-onaning vazifasini bo‘lib, uni bajarish faqat shaxsiy ish bo‘lmasdan, balki ijtimoiy ahamiyatiga molik hodisadir. Chunki, bola o‘zida tejamkorlik tuyg‘usini shakllantira borib, faqat o‘z mehnatini va o‘zgalar mehnatini qadriga yetadigan bo‘ladi. Buni anglab yetish bolada o‘zi, ota-onasi va jamiyat yaratgan boyliklarni qadriga yetish, ularni asrab-avaylash ko‘nikmasi va malakasi paydo bo‘la boshlaydi.
Ota-onalar bolalarining kelajagini o‘ylab, ularni ilk yoshlaridan mehnatga solib chiniqtirib boradilar. To‘g‘ri tarbiyaning eng ta’sirni, eng samarali usuli ham shu mehnatdir. Ota-onalar bolalarining mehnatiga hamma vaqt ham muhtoj bo‘lavermaydilar, lekin bolani yoshligidan ishga o‘rgatish, mehnatga ko‘niktirish zimmalaridagi burch ekanligidan shunday yo‘l tutadilar.
.. Ta’lim mazmunini belgilash hamda darsliklar yaratishda muayyan o‘quv predmeti vositasida dunyoning yaxlit tarzdagi manzarasini ifodalash talabiga rioya qilish talab etiladi. Asosiy g‘oyalar va didaktik prinsiplar insonparvarlikka yo‘naltirish hamda pedagogik-psixologik ma’lumotlarga asoslangan holda barcha o‘quvchilar ta’lim olish jarayonida bilim olish layoqatiga qay ega ekanliklarini aniqlash lozim. Shundagina ular uchun yetarli pedagogik, didaktik, moddiy-texnik shart-sharoitlarni maqsadga muvofiq tarzda yaratish mumkin. Bu esa ularning bilim darajasini yuqori bo‘lishining asosiy omilidir. Har bir sinf uchun yaratiladigan darsliklarda o‘quvchi shaxsining rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lagn o‘zgarishlar olinishi kerak. Bizda bugun maktabga kelgan 6 yoki 7 yoshli o‘quvchilarning barchasi birinchi sinflar uchun yozilgan yagona darsliklardan foydalanmoqda. Bu didaktik hamda psixologik jihatdan noto‘g‘ri yondoshuvdir. Bunday yondoshuv o‘quvchilaarning o‘zlashtirish darajasi, bilimlarning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 6 yoshli bola bilan 7 yoshli o‘quvchinig imkoniyatlari birday teng emasligini pedagogika fani allaqachon isbotlab bergan. Har bir yosh davrida o‘ziga xos o‘quv yuklamasini taqdim qiladigan o‘quv –metodik majmualar zarurligini davrning o‘zi taqozo qilmoqda. Bu o‘quv jaryoni muvaffaqiyatli kechishining muhim shartlaridan biri hamdir. Buni o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodni yaratishga kirishganda har bir mutaxassis anglab yetishi lozim. Darslik mualliflari o‘quvchining ijtimoiy tajribasini hisobga olish deganda faqat turli-tuman manbalar, kompyuterlar, istirohat bog‘lari, madaniyat o‘chog‘lariga qilinadigan sayru sayohat va boshqalar vositasida har daqiqada boyib borayotgan shahardagi o‘quvchining ijtimoiy tajribasini emas, balki shahar hayotidan kino, teatr, istirohat bog‘larida uzoqda, kopyuter kirib bormagan qishloq bolalarining ijtimoiy tajribasini boytishni ham nazarda tutgan holda darsliklarni yaratishga erishishlari lozim. Sinfda va maktabdan tashqari ishlarda tejamkorlik tarbiyasi o’quvchi yoshlarni iqtisodiy tarbiyani shakllantirishda, ularni ijtimoiylashtirishda muhim sanaladi. Tejamkorlik tarbiyasini maktabdan va sinfdan tashqari ishlarda to’g’ri tashkil etish muhim axamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |