Бугунги кунда олий таълим соҳасида сезиларли ижобий ўзгаришлар бўй кўрсатмоқда. Олий таълим муассасаларининг қиёфаси ўзгариб, моддий-техника базаси яхшиланмоқда. Ўз навбатида



Download 58,41 Kb.
Sana11.01.2022
Hajmi58,41 Kb.
#349895
Bog'liq
Бугунги кунда олий таълим соҳасида сезиларли ижобий ўзгаришлар бўй кўрсатмоқда. Олий таълим муассасаларининг қиёфаси ўзгариб, моддий-техника базаси яхшиланмоқда. Ўз навбатида, уларда илмий ишланмаларни молия (2)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUSTA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO’JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLAR INSTITUTI
“SUV XO’JALIGINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH” FAKULTETI “SHARQ MAMALAKATLARI IQTISODIYOTI” KAFEDRASI “INNOVATSION IQTISODIYOT” FANIDAN

KURS ISHI

MAVZU: “O’ZBEKISTONDA INNOVATSION RIVOJLANISHNING HUQUQIY ASOSLARI”
5230100 - “IQTISODIYOT”
BAJARDI: 304-GURUH TALABASI NARIMONOV SH. ILMIY RAHBARI: UMAROV SUXROB

TOPSHIRGAN SANASI: 12.12.2021 HIMOYA QILGAN SANASI:



BAHO:
TOSHKENT – 2021

MUNDARIJA KIRISH 3

I-BOB. INNOVATSIYA HAQIDA .........4

1.1 INNOVATSION O'ZI NIMA ...5

1.2 INNOVATSION FAOLIYAT ....................................12

1.3INNOVATSION FAOLIYATNING ASOSIY FAOLIYATLARI.................. 12

II-BOB. INNOVATSION FAOLIYAT VA RIVOJLANISH HAQIDA............23

2.1INNOVATSION FAOLIYATNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH MANBALARI...............................................................................................23

2.2 INNOVATSION RIVOJLANISHNI ASOSIY YO’NALISHLARI.............29

2.4 INNOVATSION RIVOJLANISH VAZIRLIGINI TASHKIL ETISH ...29

XULOSA......................................................................................................40

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR..............................................................................................4



Kirish

Mavzuni dolzarbligi: "Innovatsiya" soʻzi koʻp yangraydigan boʻlib qoldi, uni elektron va bosma nashrlarda, radio orqali, aksariyat vazirliklar yillik ish dasturlarida ham uchratish mumkin. Eʼtibor bersam, yaqinlarim davrasida ham bu soʻz tez-tez jaranglay boshlabdi. Toshkentdagi talabalar

Shaharchasida innovatsiyalarni tatbiq etish ilmiy-amaliy markazi barpo etilishi haqida eʼlon qilgan prezident shavkat mirziyoyev "Xalqimiz dunyoqarashida innovatsiya muhitini yaratish eng muhim vazifamizdir. Innovatsiya boʻlmas ekan, hech bir sohada raqobat, rivojlanish boʻlmaydi.

Bu sohadagi oʻzgarishlarni xalqimizga keng targʻib qilmasak, odamlarda

Koʻnikma paydo qilmasak, bugungi davr shiddati, fan-texnikaning mislsiz yutuqlari bilan hamqadam boʻlolmaymiz", degan edi.
“innovatsiya” atamasi lotincha “novatio” so‘zidan olingan bo‘lib, “yangilanish” (o‘zgarish), “in” qo‘shimchasi esa lotinchadan “kiritish”, bir so‘z bilan aytganda “yangilik kiritish” degan ma'noni anglatadi. Innovasiya tushunchasiga dastlab “innovasion kombinasiyalar”ni tahlil qilish, iqtisodiy tizimlarning rivojlanishidagi o‘zgarishlar natijasida xx asrning boshida avstriyalik iqtisodchi va huquqshunos yozef shumpeterning ilmiy ishlarida ta'riflar berilgan. U 1900 yillarda iqtisodda “innovasiya” terminini ilmiy qo‘llashga kiritgan dastlabki olimlardan hisoblanadi.

Innovasiya — bu bozor talabidan kelib chiqqan holda jarayonlar va mahsulotlarning sifatli o‘sish samaradorligini ta'minlash uchun joriy etilgan yangilik. U insonning intellektual faoliyati, uning fantaziyasi, ilmiy- ijodiy dunyoqarashi, yaratgan kashfiyotlari, ixtirolari va rasionalizatorlik g‘oyalarining yakuniy natijasi hisoblanadi. Yangi iste'molchilik xususiyatlari yoki ishlab chiqarish tizimlarining samaradorligini sifatli oshirish orqali bozorga mahsulot (tovarlar va xizmatlar)ni yetkazib berish innovasiyaga misol bo‘ladi.
Innovasiya — foydalanish uchun kiritilgan yangi yoki sezilarli darajada yaxshilangan mahsulot (tovar, xizmat)lar o‘ziga xos ayirboshlanishining tashkiliy uslubi hisoblanadi.

Innovasiya jarayoni asosan intellektual mulk ob'ektlarini yaratish, ulardan foydalanish va ular bilan bog‘liq huquqlarni tijorat muomalasiga kiritish va ularni huquqiy himoya qilish bilan bog‘liq munosabatlarni ham qamrab oladi.

Innovatsiya bosh misol bo'lib stenford sanoat parki chiqib silikon vodiysi startapning bom ishtirokchisi. 1957-yilda nobel mukofoti laureati va tranzistor ham raisi ixtirochisi uilyam shockley semiconductor kompaniyasining norozi xodimlari fairchild semiconductor mustaqil firmasini tuzish uchun jo'nab ketishdi. Bir necha yil o'tgach, fairchild sektorda ulkan ishtirok etdi. Oxir-oqibat, bu asoschilari o'z noyob g'oyalar asosida o'z kompaniyalari boshlash uchun chap, va keyin etakchi xodimlari o'z firmalarini boshladi. Keyingi 20 yil mobaynida bu jarayon

Axborot-texnologiya firmalarining lahzali startap-kompaniyasi portlashiga olib keldi. Silicon valley shockley sakkiz sobiq xodimlari chiqib tug'ilgan 65 yangi korxona sifatida boshladi.
Yana bir misol, biznes inkubatorlarini o'z ichiga oladi – dunyodagi hukumatlar tomonidan tarbiyalangan, universitetlar yoki boshqa davlat mukammallik markazlari kabi bilim klasterlariga (asosan, tadqiqotga asoslangan) yaqin bo'lgan hodisa.Mintaqaviy yoki milliy iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish uchun qo'llaniladigan innovatsion natijalarga erishish.
Innovasiya o‘zi nima?

Innovasiya - ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarning natijasida jamiyat ehtiyojlari va yoki boshqa ijobiy ta'sir uchun yaratilgan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat va boshqalar), ishlab chiqarish jarayoni, yangi marketing usuli, yangi ish o‘rinlari yoki tashqi aloqalar hisoblanadi. Bunda - davlat va jamiyat hayotidagi mavjud barcha sohalarni tubdan isloh etish, yangilashga qaratilgan faoliyatni olib borib, natijada ilmiy tadqiqot va innovasion faoliyatni rivojlantirish, buning uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, bu jarayonga yoshlar ishtirokini keng jalb etgan holda, yangidan-yangi ijodiy izlanishlar, turli ishlanmalar ishlab chiqish faoliyatini har jihatdan qo‘llab-quvvatlash asosiy vazifa xisoblanadi. Mamlakatimizda innovasion faoliyatning huquqiy asoslarini yaratish maqsadida ishlab chiqilib, interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida muhokamaga qo‘yilgan o‘zbekiston respublikasining “innovasion faoliyat to‘g‘risida”gi qonun loyihasi har tomonlama, atroflicha o‘rganilib, keng jamoatchilik takliflari asosida takomillashtirilib, bugungi kunda mazkur soha faoliyatini tartibga soluvchi qonun normasi ishlab chiqildi. 2020-yil 24 iyul sanasida muhtaram prezidentimiz tomonidan imzolangan o‘zbekiston respublikasining “innovasion faoliyat to‘g‘risida”gi o‘rq-630 sonli qonuni innovasion faoliyat olib borishning to‘la-to‘kis, zamon talablariga mos ravishda huquqiy asoslari yaratildi. Ushbu qonun hujjatini yaratish va qabul qilish zaruriyati mamlakatda innovasion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish prinsiplari va qo‘llab-quvvatlash shakllariniyaratgan holda, innovasion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, innovasiyalarni amaliyotga keng joriy etish, faoliyatga oid qoidalar tizimini hamda innovasion faoliyatga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni yaratish bilan bir vaqtda istiqbolli ilmiy tadqiqotlar taqdimoti, uni amaliyotga joriy etish va sanoatda o‘zlashtirishni rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirishdan iborat. Yangi qabul qilingan qonunda yurtimizda birinchi bor innovasion faoliyatini tartibga solinishini hamda uning faoliyat prinsiplari qat'iy belgilanganligini kuzatishimiz mumkin. Qonunda innovasion faoliyatining asosiy pirinsiplari sifatida innovasion faoliyatning erkinligi, innovasion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlashdan teng foydalanilishini ta'minlash, innovasion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning oshkoraligi va aniq yo‘naltirilganligi, raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish, axborotni erkin almashish, innovasion faoliyat natijasida yaratilgan intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofaza qilish, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, atrof-muhitga zarar yetkazmaslik belgilanganligi bu faoliyat turini bugungi kunda mamlakatimiz uchun nechog‘liq muhim ekanligini ko‘rishimiz mumkin.

Qonunda innovasion faoliyatining asosiy prinsiplari sifatida innovasion faoliyatning erkinligi, innovasion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlashdan teng foydalanilishini ta'minlash, innovasion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning oshkoraligi va aniq yo‘naltirilganligi, raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish, axborotni erkin almashish, innovasion faoliyat natijasida yaratilgan intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofaza qilish, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, atrof-muhitga zarar yetkazmaslik belgilanganligi bu faoliyat turini bugungi kunda mamlakatimiz uchun nechog‘liq muhim ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Quyida innovasion faoliyat turlari va ularning mazmuni to‘g‘risida to‘xtalamiz. Qonunda innovasion faoliyat turlari sifatida mahsulotga oid innovasiyalar, jarayonga oid innovasiyalar, marketingga oid innovasiyalar, tashkiliy innovasiyalar keltirilgan. Aytishimiz mumkinki, bu turdagi innovasion faoliyat turlari ko‘pchilikka yangilik sifatida ma'lum bo‘layotganligini inobatga olsak, bularning mazmuni va ahamiyati to‘g‘risida keng jamoatchilikka atroflicha tushunchalar berish lozim bo‘ladi.



Innovasiya jarayonini huquqiy tartibga solishda fuqarolik-huquqiy mexanizm yetakchi rol' o‘ynashga asos bo‘luvchi bosh omil — bu fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlar doirasiga intellektual faoliyat natijasiga nisbatan huquqlarni vujudga kelishi va ularni amalga oshirish bilan bog‘liq munosabatlar hisoblanadi. Ya'ni innovasiya fuqarolik huquqining ob'ekti hisoblanadi. Shunga ko‘ra innovasiyalar hamda bir qancha tushunchalar mavjud..

Iqtisodiyotni ilmiy tashkil etish va zamonaviy uslublarda boshqarish, uni rivojlantirish innovasiya institutisiz bozorda to‘laqonli namoyon bo‘la olmaydi. Innovasiya taraqqiyot manbai sifatida qabul qilinar ekan, huquqning vazifasi innovasiya har tomonlama kengayishi, rivojlanishi uchun huquqiy maydon va shart-sharoitlar yaratib berishdan iborat. Ana shu maqsadlarda 2020 yilning 24 iyul' kuni o‘zbekiston respublikasining “innovasion faoliyat to‘g‘risida”gi qonuni amalga kiritildi. Mazkur qonun 6 bob, 39 moddadan iborat bo‘lib, unda innovasiya va innovasion faoliyat bilan bog‘liq fuqarolik-huquqiy manosabatlarni tartibga solish ko‘zda tutilgan. Qonunda innovasion faoliyatning asosiy prinsiplari bilan birga innovasion faoliyat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, qonun normalarida innovasion faoliyat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi organ sifatida o‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi, innovasion faoliyat sohasidagi vakolatli davlat organi sifatida o‘zbekiston respublikasi innovasion rivojlanish vazirligi, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining innovasion faoliyat sohasidagi vakolatlari mustahkamlangan.

Innovasion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, dunyo ilm-fanining zamonaviy yutuqlari, innovasion ishlanmalar va texnologiyalar asosida inson kapitalini, mamlakatni jadal rivojlantirish, innovasion faoliyat sohasida yagona davlat siyosatini olib borish maqsadida innovasion rivojlantirish strategiyalari ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishiga alohida e'tibor qaratilgan. Innovasion faoliyat sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga hamda amalga oshirishda bevosita davlat ishtirokining qonunda alohida normada belgilanishi innovasiyalarga nechog‘lik e'tibor qaratilayotganidan dalolat beradi.

Innovasion faoliyat bilan shug‘ulanuvchi sub'ektlarning qonunda sanab ko‘rsatilgani va ularning qator huquq hamda majburiyatlari mustahkamlangani e'tiborga loyiq. Shuningdek, texnologiyalar transferining ustuvor yo‘nalishlari, usullari va mexanizmlarining alohida normalarda ko‘rsatilishi yangi jarayonlarga kirishish imkonini beradi. Qonunda alohida bobda innovasion infratuzilma bilan bog‘liq qoidalar ko‘rsatilgan. Xususan, innovasion infratuzilmaning sub'ektlari sifatida innovasion texnologik park, texnologiyalar transferi markazi, innovasion klaster, venchur tashkiloti va innovasiya markazining tashkiliy-huquqiy asoslari belgilangan. Shunga ko‘ra, bu turdagi sub'ektlarning innnovasion faoliyatda o‘ziga xos xususiyatlari namoyon bo‘ladi.



O‘zbekiston respublikasining qonuni innovatsion faoliyat to‘g‘risida

Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 7-aprelda qabul qilingan senat tomonidan 2020-yil 19-iyunda ma’qullangan

1-bob. Umumiy qoidalar

1-modda. Ushbu qonunning maqsadi

Ushbu qonunning maqsadi innovatsion faoliyat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

2-modda. Innovatsion faoliyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari innovatsion faoliyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Agar o‘zbekiston respublikasining xalqaro shartnomasida o‘zbekiston respublikasining innovatsion faoliyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

2-bob. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish

6-modda. O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining innovatsion faoliyat sohasidagi vakolatlari

O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi:

Innovatsion faoliyat sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;

Innovatsion rivojlantirish strategiyalarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyatning shakllantirilishi va muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi; iqtisodiyot tarmoqlarini va ijtimoiy sohani innovatsion rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini tasdiqlaydi;

Innovatsion rivojlanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi; innovatsion rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishilishini baholash mezonlarini tasdiqlaydi;

Yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish va texnologiyalar transferi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;

Innovatsion faoliyat sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishni ta’minlaydi.

O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



7-modda. Innovatsion faoliyat sohasidagi vakolatli davlat organining vakolatlari

O‘zbekiston respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi innovatsion faoliyat sohasidagi vakolatli davlat organidir.

Vakolatli davlat organi:

Innovatsion faoliyat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining innovatsion faoliyat sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Innovatsion rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

Innovatsion faoliyat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi;

Innovatsion faoliyat xavflarini baholash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;

Mamlakatning innovatsion rivojlanish holati tahlilini amalga oshiradi; innovatsion faoliyat subyektlari o‘rtasidagi hamkorlikni ta’minlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

Innovatsion loyihalarning davlat ekspertizasi tashkil etilishini ta’minlaydi; yagona davlat buyurtmachisi sifatida innovatsion loyihalarni shakllantiradi, tasdiqlaydi va moliyalashtiradi;

Innovatsiyalar yaratish uchun davlat buyurtmasi doirasida innovatsion loyihalarning bajarilishini monitoring qiladi va bajarilish samaradorligini baholashni amalga oshiradi;

O‘zbekiston respublikasining davlat budjeti mablag‘lari hisobidan xarid qilinadigan texnologiyalar transferiga oid shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazadi;

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va boshqa tashkilotlarga moliyalashtirish uchun yangi ishlanmalarni tavsiya qiladi;

Yangi ishlanmalarni tijoratlashtirishni moliyalashtiradi va texnologiyalar transferiga ko‘maklashadi;

Innovatsion faoliyat subyektlarini tashkil etish va rivojlantirishga ko‘maklashadi, innovatsion faoliyat natijalarini joriy etishga doir samarali mexanizmlarni shakllantiradi;

Innovatsion faoliyat subyektlari uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil qilishda ishtirok etadi;

Innovatsion faoliyat sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi. Vakolatli davlat organi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



8-modda. Davlat boshqaruvi organlarining innovatsion faoliyat sohasidagi vakolatlari

Davlat boshqaruvi organlari o‘z vakolatlari doirasida: innovatsion faoliyat sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;

Innovatsion faoliyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlaydi;

Innovatsion loyihalarni shakllantirish, moliyalashtirish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

O‘z tasarrufidagi innovatsion faoliyat subyektlarining innovatsion loyihalarni amalga oshirishga doir faoliyatini muvofiqlashtiradi. Davlat boshqaruvi organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

9-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining innovatsion faoliyat sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

Tegishli hududda innovatsion faoliyat sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;

Tegishli hududda innovatsion loyihalarni shakllantirish, moliyalashtirish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

Vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda innovatsion faoliyat sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;

Tegishli hududda innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart- sharoitlar yaratadi;

Vakolatli davlat organining tavsiyasiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan innovatsion faoliyatni, shuningdek yangi ishlanmalarni tijoratlashtirishni va texnologiyalar transferini moliyalashtiradi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



16-modda. Innovatsion faoliyat subyektlarining huquqlari innovatsion faoliyat subyektlari quyidagi huquqlarga ega: usullarni, texnik vositalarni va asbob-uskunani mustaqil ravishda tanlagan hamda qo‘llagan holda erkin innovatsion faoliyatni amalga oshirish;

Innovatsion faoliyatni yakka tartibda yoki jamoaviy asosda amalga oshirish;

Innovatsion loyihalar tanlovlarida, shu jumladan o‘zbekiston respublikasining davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan innovatsion loyihalar tanlovlarida ishtirok etish;

Innovatsion faoliyat xavflarini mustaqil belgilash va baholash, ularni baholash hamda kamaytirish usullarini tanlash;

Innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ilmiy, texnologik, statistikaga oid va boshqa axborotni olish, davlat sirlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar bundan mustasno;

Intellektual mulk obyektlari yaratilgan hollarda, ularning mualliflari yoki huquq egalari deb e’tirof etilish, shuningdek intellektual mulkni huquqiy jihatdan himoya qilish;

Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soliq, bojxona imtiyozlaridan va preferensiyalardan foydalanish;

Innovatsion faoliyat davomida o‘zlari olgan natijalarni, agar ular davlat sirlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni o‘z ichiga olmagan bo‘lsa, e’lon qilish.

Innovatsion faoliyat subyektlari qonun hujjatlariga va tuzilgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
36-modda. Innovatsion faoliyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Innovatsion faoliyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
39-modda. Ushbu qonunning kuchga kirishi

Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston respublikasining prezidenti Sh. Mirziyoyev Toshkent sh.,

2020-yil 24-iyul,

O‘RQ-630-son
(qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 03/20/630/1101- son)

Vazirlar Mahkamasining 27.08.2021 yildagi “Ilmiy va innovasion faoliyatni boshqarish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 545-son qarori qabul qilindi.


Hujjat Prezidentning “Ilmiy va innovasion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2021 yil 1 apreldagi PF-6198-son Farmoni ijrosi yuzasidan qabul qilingan.

Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari etib belgilandi:



    • uzoq muddatli ssenariylar asosida ustuvor soha va tarmoqlarga ilm- fan yutuqlarini tatbiq etish va mamlakatning innovasion rivojlantirishning strategiyasini ishlab chiqish;

    • hududlarning intellektual va texnologik salohiyatini oshirish, ilmiy va innovasion faoliyat uchun zamonaviy infratuzilmalarni shakllantirish;

    • yoshlarni ilmiy va innovasion ilmiy faoliyatga jalb etishning samarali mexanizmlarini joriy qilish va ular tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;

    • ilmiy va innovasion loyihalarni amalga oshirishda investisiyalarni jalb etish, xususiy sektor faolligini oshirish va venchurga asoslangan moliyalashtirishni rivojlantirish.

    • Qaror bilan quyidagilarni belgilaydigan O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi:

Davlat boshqaruvi organlari va xo’jalik birlashmalari rahbar o’rinbosarlarining biriga innovasiyalarni joriy etish bo’yicha qo’shimcha vazifalarni bajarish yuklatildi. Ularning tuzilmasida bir oy muddatda innovasion faoliyat bilan shug’ullanishiga mas’ul bo’linma tashkil etish topshirildi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 28.08.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yil 24 iyul kuni imzolangan «Innovasion faoliyat to‘g‘risida»gi Qonunda sohadagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, uning sub'ektlari, ob'ektlari, infratuzilmasi, sohani tartibga solish tizimi va uni moliyalashtirish mexanizmi belgilangan.


Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovasion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturi to‘g‘risida”gi 2018 yil 22 yanvardagi Farmonining 3-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida qabul qilindi.

Qonunning innovasion faoliyat sohalarini va uning barcha ishtirokchilarini samarali hamkorligi uchun huquqiy asoslari va qonuniy vakolatlarini ta'minlaydi, innovasion faoliyat sub'ektlarining huquq va majburiyatlarini belgilaydi, innovasion faoliyat sub'ektlarini keng ko‘lamda tashkil etish imkonini beradi. Shuningdek, qonun innovasiya va innovasion faoliyat sohasidagi huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy munosabatlarni tartibga soluvchi qator normativ hujjatlar ko‘rib chiqilishini, shuningdek, ilmiy, ilmiy-texnik va innovasion faoliyat natijalarini joriy etish va tijoratlashtirishni faollashtiradi.

Qonun 6 bob va 39 moddadan iborat bo‘lib, unda innovasion faoliyatga investisiyalarni jalb etishga ko‘maklashish, bu borada davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanishi bayon etilgan.

Qonunni ishlab chiqishda innovasion faoliyatni tartibga soluvchi qonunlarni qabul qilgan AQSh, Fransiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Rossiya kabi sohada yetakchi bo‘lgan xorijiy davlatlarning tajribasidan foydalanilgan. Qonunda innovasion faoliyatning asosiy prinsiplari belgilangan. Asosiy prinsiplarning belgilanishi sohadagi faoliyatning tizimli yo‘lga qo‘yilishi va samarali olib borilishini ta'minlaydi.

Qonunning qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2018 yil 29 noyabrdagi Farmoniga muvofiq mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirish, innovasion faoliyatni rivojlantirish, yangi ishlanmalarni ishlab chiqish va joriy etishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni ta'minlaydi.

Innovatsiyalarni huquqiy tartibga solish manbalari to'g'risida hisobot. Innovatsiyalarning tashkiliy shakllari. Innovatsion faoliyatni huquqiy tartibga solish manbalari Innovatsion faoliyat tushunchasi va belgilari Innovatsion faoliyat intellektual mahsulotni yaratish va undan foydalanish, bozorda tayyor mahsulot ko'rinishida yangi original g'oyalarni olib kelish faoliyati sifatida qaraladi.

Innovatsion faoliyat - yakunlangan tadqiqotlar va ishlanmalar natijalarini yoki boshqa ilmiy-texnik yutuqlarni bozorda sotiladigan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotga tatbiq etishga qaratilgan jarayon, amaliy faoliyatda ishlatiladigan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon, shuningdek, shu bilan bog'liq qo'shimcha ilmiy ishlanmalar.

Innovatsiya (yangilik) - bozorda sotiladigan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, amalda qo'llaniladigan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon shaklida amalga oshirilgan innovatsiyalarning yakuniy natijasi.

Ilmiy faoliyat va ilmiy-texnik faoliyat innovatsiya jarayonining bosqichlari bo'lib, ularni "moddiy" bosqichlar (ishlab chiqarish, savdo va iste'mol) bilan birlashtirish innovatsiyalar tsikli sifatida qaraladi.

Innovatsion faoliyatga quyidagilar kiradi mustaqillik, xavf va foyda yo'naltirish... Ammo foyda olish faqat innovatsiyaning yakuniy mahsulotini amalga oshirish bilan mumkin bo'ladi va ushbu mahsulot sifati bilan belgilanadi. Dastlabki bosqichlarda faoliyat odatda foyda keltirmaydi. Shunga qaramay, innovatsiya ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va raqobatdosh ustunliklarga erishish orqali qo'shimcha foyda olishga qaratilgan va buni tadbirkorlik sifatida ko'rish mumkin.

Innovatsiya (yangilik) - bozorda sotiladigan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, amalda qo'llaniladigan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon shaklida amalga oshirilgan innovatsiyalarning yakuniy natijasi.

Ilmiy faoliyat va ilmiy-texnik faoliyat innovatsiya jarayonining bosqichlari bo'lib, ularni "moddiy" bosqichlar (ishlab chiqarish, savdo va iste'mol) bilan birlashtirish innovatsiyalar tsikli sifatida qaraladi.

Innovatsion faoliyatga quyidagilar kiradi mustaqillik, xavf va foyda yo'naltirish... Ammo foyda olish faqat innovatsiyaning yakuniy mahsulotini amalga oshirish

bilan mumkin bo'ladi va ushbu mahsulot sifati bilan belgilanadi. Dastlabki bosqichlarda faoliyat odatda foyda keltirmaydi. Shunga qaramay, innovatsiya ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va raqobatdosh ustunliklarga erishish orqali qo'shimcha foyda olishga qaratilgan va buni tadbirkorlik sifatida ko'rish mumkin.

Qo'llaniladi intellektual mahsulotni himoya qilishning uchta asosiy turi:

·savdo belgisi.

Aqlli mahsulotga quyidagilar kiradi nou-hau - ma'lum bir ishlab chiqarish turini tashkil etish uchun zarur bo'lgan texnik, tijorat va boshqa bilimlar to'plami. Ammo nou-xaularni himoya qilish qonun bilan tartibga solinmagan.

Innovatsiyalar turlari tarmoq asoslariga ko'ra farqlanadi: yoqilg'i, poligrafiya va metallurgiyada, texnologik yangilik va boshqa sohalarda - oziq-ovqat , bu barcha xarajatlarning deyarli uchdan ikki qismini tashkil etadi.

Qonunchilikda innovatsion jarayonga jalb qilingan shaxslar doirasi belgilanmagan. Innovatsion faoliyat sub'ektlari bo'lishi mumkin ilmiy- texnik sohada PDni amalga oshiradigan yakka tartibdagi tadbirkorlar. Bu ixtirochilar, dizaynerlar, texnologlar va yangiliklarni ishlab chiqadigan va amalga oshiradigan boshqa ijodiy shaxslar. Ilmiy-texnik ishlanmalar fuqarolar tomonidan yaratilishi mumkin. Shu bilan birga, innovatsion faoliyatning etakchi sub'ektlari mulk shaklidan qat'i nazar, ilmiy- tadqiqot va loyihalash tashkilotlari, iqtisodiyotning turli tarmoqlari korxonalari va tashkilotlari va oliy o'quv yurtlari hisoblanadi.

Innovatsion faoliyatning tashkiliy-huquqiy shakllari xo'jalik sherikliklari va jamiyatlar, davlat va shahar unitar korxonalari, muassasalari bo'lishi mumkin. Innovatsion faoliyat jarayonida bajariladigan funktsiyalarga ko'ra sub'ektlar ishlab chiqaruvchilar (ijrochilar), buyurtmachilar, yangi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar, innovatsion mahsulotlarni iste'molchilari sifatida harakat qilishlari mumkin.

Shunday qilib, innovatsion tashkilotlar kiradi fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshiradigan ilmiy tadqiqot tashkilotlari va tadqiqot markazlari; dizayn ishlanmalari va loyihalarini amalga oshiradigan loyihalash tashkilotlari va ixtisoslashtirilgan konstruktorlik byurolari; tovarlarni ishlab chiqarish uchun texnologik tizimlarni ishlab chiqadigan va ishlab chiqaradigan loyihalash va texnologik tashkilotlar; ilmiy- tadqiqot natijalarini moddiylashtirishga ixtisoslashgan innovatsion korxonalar (kompaniyalar, firmalar).

"O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 30.11.2017, 12:38


Zamonaviy sharoitlarda jahon fani va innovatsiya faoliyatining yutuqlaridan keng foydalanish jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini izchil va barqaror rivojlantirishning, mamlakatning munosib kelajagini barpo etishning muhim omili bo‘lib bormoqda.
O‘tgan davrda fan va texnologiyalarni rivojlantirish sohasida zarur infratuzilma yaratildi, muayyan intellektual va texnologik salohiyat shakllantirildi.
Shu bilan birga, quyidagi tizimli muammolarning mavjudligi, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish uchun mavjud imkoniyatlar va salohiyatdan yetarlicha foydalanmaslik ko‘zlangan islohotlarning samarali amalga oshirilishiga hamda mamlakatning jadal innovatsion rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda, xususan:
birinchidan, davlat dasturlarini ishlab chiqishda zamonaviy fan va innovatsion texnologiyalarning yutuqlari va rivojlanish tendensiyalarini lozim darajada kompleks tahlil qilish va o‘rganish mavjud emas, buning oqibatida mazkur dasturlar aksariyat holatlarda muammolarning oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan hamda uzoq muddatli rivojlanish masalalarini hal etmayapti;
ikkinchidan, fundamental va amaliy tadqiqotlarni tashkil etishning hozirgi ahvoli innovatsion g‘oyalar va ishlanmalarni to‘liq ro‘yobga chiqarish va amaliy joriy etish uchun lozim darajadagi sharoitlarni ta’minlamayapti;
uchinchidan, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni strategik prognoz qilish, qo‘llab-quvvatlash va joriy etishni ta’minlovchi yagona organning mavjud emasligi, ilmiy-tadqiqot va axborot-tahlil muassasalarining tarqoq holda faoliyat ko‘rsatishi fan, ta’lim va ishlab chiqarishning to‘liq integratsiyalashishiga imkon bermayapti, bu esa o‘tkazilayotgan izlanishlarning samaradorligini pasaytirmoqda;

to‘rtinchidan, yuqori texnologiyalar, nou-xau va zamonaviy ishlanmalarni birinchi navbatda joriy etishni talab qiluvchi ustuvor soha va tarmoqlarni aniqlash bo‘yicha faoliyatni tashkil etishdagi kamchiliklar texnologik qoloqlikka va innovatsion tovar (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishning cheklanganligiga olib kelmoqda;


beshinchidan, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish hamda innovatsion g‘oyalar va ishlanmalarni joriy etishda alohida holatlardagi tor idoraviy manfaatlarning ustunlik qilishi byudjet mablag‘laridan nooqilona foydalanishning sabablaridan biridir;
oltinchidan, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni amalga oshirishda davlat-xususiy sheriklikni tatbiq etishga, shuningdek, innovatsion mahsulotlarni joriy etish uchun infratuzilmani takomillashtirishga yetarli e’tibor qaratilmayapti;
yettinchidan, innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarish va joriy etish sohasida yuqori tajriba va salohiyatga ega bo‘lgan xorijiy (xalqaro) tashkilotlar bilan hamkorlik, shuningdek, ulardan butun mamlakat fani, sanoati va iqtisodiyotini rivojlantirishning dolzarb muammolarini hal qilishda foydalanish past darajada saqlanib qolmoqda.
Mazkur holatlar innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishni tashkil qilish sohasida davlat boshqaruvining institutsional va tashkiliy-huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirishni talab qiladi.
Ilg‘or xorijiy tajriba, jahon fanining zamonaviy yutuqlari, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal innovatsion rivojlantirishni ta’minlash maqsadida, shuningdek, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:

2.2 Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:


mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishning uzoq muddatli ssenariylari asosida ustuvor soha va tarmoqlarni innovatsion rivojlantirishning kelajakdagi modellarini shakllantirish imkonini beradigan strategik rejalashtirish tizimini yaratish;
davlat xizmatlari ko‘rsatishning tartib-taomillarini optimallashtirish va soddalashtirishni, davlat boshqaruvi organlari faoliyatining samaradorligini oshirishni ta’minlaydigan davlat boshqaruvining innovatsion shakllarini joriy etish;
hududlar ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatining barqaror o‘sishi, shuningdek, aholining hayot darajasi va farovonligi yuksalishi uchun zarur sharoitlarni ta’minlashga qodir bo‘lgan fan va innovatsiya faoliyatini rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish;
innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish sohasiga investitsiyalarni keng jalb etish, ularning yanada rivojlanishini ta’minlovchi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g‘oyalari va ishlanmalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish, shuningdek, ushbu faoliyatda iqtidorli yoshlar faol ishtirok etishi uchun qulay sharoitlar yaratish;
mamlakatimiz ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatining istiqbolli yutuqlarini targ‘ib qilish va joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, shu jumladan ilmiy-eksperimental ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar, yuqori texnologiyalar markazlari, texnoparklar va boshqa innovatsiyaga yo‘naltirilgan tuzilmalarni, xususan, chet el investorlari ishtirokida tashkil etish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

sog‘liqni saqlash sohasida kasalliklarni barvaqt aniqlash va profilaktika qilish, o‘z vaqtida va samarali davolashga imkon beruvchi ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish, shuningdek, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va sog‘lom avlodni tarbiyalashga qaratilgan kompleks tizimni yaratish;


agrar sohaga innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni, shu jumladan ishlab chiqarish samaradorligini va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirishga, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga ko‘maklashuvchi qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi seleksiya navlarini targ‘ib qilish;
iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini har tomonlama rivojlantirishni ta’minlovchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya, sanoat va boshqa innovatsion texnologiyalarni jadal joriy etish;
innovatsiya faoliyati sohasida ilg‘or xorijiy (xalqaro) tashkilotlar bilan, shu jumladan ularni nou-xau, nanotexnologiyalar va yuqori texnologik tovar (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishning mahalliy bozoriga jalb qilish orqali hamkorlikni kengaytirish.

  1. Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb yuritiladi);


Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi) tashkil etilsin.


  1. Quyidagilar Vazirlikning asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:




  1. davlat va jamiyat qurilishiga innovatsiyalarni joriy etish sohasida:

innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ishlab chiqishni, davlat va jamiyat boshqaruvi tizimini rivojlantirish, davlat xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishni tashkil etish;


dolzarb muammolarni, eng avvalo, joylardagi muammolarni hal etishda davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari va aholi bilan o‘zaro hamkorligining innovatsion yondashuvlarini ishlab chiqish;

  1. iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy etish sohasida:

mamlakatimizdagi innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni targ‘ib qilish va ulardan amaliy foydalanishning mexanizmlarini shakllantirish, bozorning tez o‘zgaruvchan jahon kon’yunkturasini hisobga olgan holda milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirishga ko‘maklashishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishni tashkil etish;


respublika innovatsion salohiyatining, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari, texnoparklar, shuningdek, logistik xablar faoliyati samaradorligining o‘sishiga faol ko‘maklashish;
xizmatlar sohasini tubdan takomillashtirish, eng avvalo, innovatsion ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish hisobiga ularning sifatini va yalpi ichki mahsulotni shakllantirishdagi rolini oshirish;
innovatsion yondashuvlar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish orqali turizm sohasining raqobatbardoshligini tubdan oshirish bo‘yicha takliflar kiritish;
innovatsiyalarni joriy etish va hududlar iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish ko‘lamini kengaytirish, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan orqada qolgan tuman va shaharlarni jadal rivojlantirish hisobiga hududlar iqtisodiy taraqqiyotidagi nomutanosibliklarning oldini olish;

v) qishloq xo‘jaligiga innovatsiyalarni joriy etish sohasida:


agrar sektorda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini maksimal darajada avtomatlashtirish, hosildorlikni jiddiy oshirish va moliyaviy ko‘rsatkichlarni yaxshilash, shuningdek, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash imkonini beruvchi innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishga ko‘maklashish;

g) ijtimoiy rivojlanishga innovatsiyalarni joriy etish sohasida:


ta’lim tizimida innovatsiyalarni, shu jumladan o‘qitishning zamonaviy, interaktiv va ijodiy uslublarini joriy etish orqali targ‘ib qilishga ko‘maklashish, raqamli texnologiyalardan keng foydalanishni nazarda tutuvchi innovatsion o‘quv dasturlarini ishlab chiqishni ta’minlash;

  1. atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish tizimiga innovatsiyalarni joriy etish sohasida:

atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta ishlab chiqarish bo‘yicha innovatsion g‘oyalar va ishlanmalarning, jumladan, muqobil energiya manbalaridan foydalanish, energiya tejamkor, ekologik toza avtotransport yoqilg‘isini ishlab chiqarish texnologiyalari, chang va gazdan tozalovchi texnologiyalarning amalda qo‘llanishiga ko‘maklashish;


suvdan foydalanish tizimini, shu jumladan suvni tozalash, chuchuklashtirish, oqova suvlardan qayta foydalanish va suv tejashning innovatsion texnologiyalarini joriy etish orqali takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

  1. ilg‘or texnologiyalar joriy etilishini tashabbus qilish, muvofiqlashtirish va rag‘batlantirish sohasida:

innovatsion tadqiqotlar, g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni rag‘batlantirishning samarali tizimini yaratish, shuningdek, istiqbolli fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda novatorlik g‘oyalarini, shu jumladan normativ-huquqiy bazani takomillashtirish orqali ishlab chiqish;


imtiyoz va preferensiyalar taqdim qilish, ko‘rgazma tadbirlarini tashkil etish, yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan o‘zaro manfaatli yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali innovatsion ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
yuqori texnologik mahsulotlarni ishlab chiqish bo‘yicha ta’lim, ilmiy- tadqiqot va boshqa muassasalar, ilmiy-eksperimental ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar, yuqori texnologiyalar markazlari, texnoparklar va boshqa innovatsiyaga yo‘naltirilgan tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish (ilmiy-tadqiqot ishlari qismida), shuningdek, ularning moddiy-texnika va ilmiy salohiyatini mustahkamlashga ko‘maklashish;
innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va tijoratlashtirish bo‘yicha zamonaviy ilmiy-texnologik komplekslar, biznes-inkubatorlar, startap-akseleratorlarni, shu jumladan yetakchi

jahon ishlab chiqaruvchilarini jalb qilgan holda tashkil etish, shuningdek, IT-infratuzilmani rivojlantirishga ko‘maklashish;


mahalliy innovatsion mahsulotlarni, shu jumladan rasmiylashtirilgan xalqaro patent va litsenziyalar asosida joriy etish, ichki va jahon bozorlariga yo‘naltirish imkonini beruvchi samarali mexanizmlarni ishlab chiqish.

  1. Belgilab qo‘yilsinki, Vazirlik:

O‘zbekiston Respublikasini innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama rivojlantirishga, mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;


innovatsion faoliyatni uning samaradorligi indikatorlari asosida baholaydi, ilg‘or texnologiyalarni birinchi darajada joriy etish talab qilinadigan tegishli tarmoq va sohalarni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;
innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish masalalari bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot va axborot-tahlil muassasalari hamda boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
ilmiy-tadqiqot, ta’lim va boshqa muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari va loyihalarining yagona buyurtmachisi hisoblanadi;
yuklatilgan vazifalar doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlarda ishlarning holatini o‘rganadi, innovatsiya faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni to‘plash va umumlashtirishni amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.


  1. Belgilansinki, Vazirlikning faoliyat sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Vazirlik bilan majburiy tartibda kelishilishi shart.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV Toshkent shahri, 2017-yil 29-noyabr

ADABIYOTLAR RO'YXATI

Balashov V.V., Maslennikov V.V., Rumyantsev V.S. va boshqa oliy o'quv yurtlarida intellektual mulkni innovatsiya va tijoratlashtirish. Monografiya. M., 2000. 18-son.

Jitenko E. D. Rossiya Federatsiyasining innovatsion faoliyatini tartibga soluvchi qonunchiligini baholash // Innovatsiyalar. 2003. № 2-3. S. 80- 81.

Zavlin P.N. Innovatsiyalarni boshqarish: ma'lumotnoma. / P.N. Zavlin,

A.K. Kazantsev, L.E. Mindeli. Ed 2, rev. va qo'shing. - M.: TSISN nashriyoti, 1998 y. 6.

Innovatsiyalarni boshqarish: havolalar. nafaqa. / Ed. P.N. Zavlina, A.K. Kazantseva, L.E. Mindeli. M., 1998.S. 4.

Morozov Yu.P. Innovatsiyalarni boshqarish. M.: Birlik, 2000.S.10.

Ozhegov S.I. Rus tilining lug'ati. Shtat tahrir. chet el va milliy lug'atlar. M., 1953. S. 575.

Sovet huquqi tizimi va uning rivojlanish istiqbollari. "Sovet davlati va huquqi" jurnalining "davra suhbati" // Sovet davlati va huquqi. 1982.

№ 6. S. 92.

Tixomirova LV, Tixomirov M.Yu. Huquqiy ensiklopediya. M., 2002.S. 972. https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/innovacion_faoliyat_qon un_bilan_qullab-quvvatlanadi https://www.norma.uz/uz/qonunchilikda_yangi/innovacion_rivojlanish_v azirligining_vazifalari_belgilandi http://www.ima.uz/uz/information/info/news/1827/

http://www.adolatgzt.uz/adolat/frakciya/4316

https://finance.uz/index.php/uz/fuz-menu-economy-uz/2859-azamat- oteuliev-zbekiston-respublikasida-innovatsion-faoliyatni- rivozhlantirish-kontseptsiyasi-asoslari https://strategy.uz/index.php?news=1023

mf.uz www.lex.uz

norma.uz www.norma.uz

http://terabayt.uz/post/innovatsiya-tushunchasi-haqida



http://www.uza.uz/oz/laws/zbekiston-respublikasining-yangi- onunlari/zbekiston-ilm-fani-tamaddunida-yangi-islo-otlar-davri-09-11- 2017/

https://buxoro.adliya.uz/uz/news/detail.php?ID=39452

https://president.uz/uz/lists/view/4310
Download 58,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish