Kuzatuvchi mamlakatlar: Uning 5 nafar kuzatuvchi a'zolari bor. Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (Kipr Turk davlati sifatida), Bosniya-Gersegovina, Markaziy Afrika Respublikasi, Rossiya, Tailand.
Tashkilotnomi 2011 yil 28-30 iyun kunlari Ostona shahrida bo'lib o'tgan Tashqi ishlar vazirlari kengashining (JBK) 38-yig'ilishida Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT) deb o'zgartirildi.
IHT Xartiyasi: 2008 yil 13-14 mart kunlari Dakardabo'libo'tgan IHTning 11-sammitida qabul qilingan Xartiya tashkilotning asosiy ta'sis hujjati hisoblanadi.
1972 yildagi eski Xartiyani almashtirgan yangi Xartiya tashkilotni isloh qilishda eng muhim burilish nuqtasini tashkil etdi. Yangi Xartiya 1972 yildan beri xalqaro maydonda ro'y bergan tub o'zgarishlar natijasida vujudga kelgan yangi sharoitda islom davlatlari o'rtasida zamonaviy ehtiyojlar asosida hamkorlik va faoliyat uchun zarur huquqiy zamin va organlarni tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |