Falsafa bashoratlash va loyihalash sifatida
Falsafa davr rivojlanish dinamikasini aks ettirib va nazariy tafakkur usulini qo‘llab, mavjud jarayonlarni shunchaki qayd qilib qo‘ya qolmaydi; u kelajakni «oldindan belgilash»ga intiladi va shu bilan bashoratlash, loyihalash va evristik vazifani amalga oshiradi.
Falsafaning bashoratlash vazifasi oldindan ko‘ra bilishni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lib, loyihalash funksiyasi kelajakda bo‘lishi mumkin bo‘lgan voqyealar ketma-ketligini tuzish, «bo‘lishi mumkin bo‘lgan dunyolar»ni loyihalash; evristik vazifasi uning ilmiy kashfiyotlarda ishtirok etishi, oldindan ko‘ra bilish yo‘li bilan ilmiy bilimlarni orttirish bilan bog‘liqdir.
Falsafiy evristikaning imkoniyatlari fanning empirik bazisi va oldingi nazariyalarning tushuntirish imkoniyatining cheklanganligi, ilmiy ijod va ilmiy kashfiyot jarayonlarida noilmiy tarkibiy qismlarning muhim ahamiyati, yangi yondoshuv va nuqtai nazarlarni qidirishda ilmiy bilim o‘z chegarasidan chiqishi bilan bog‘liq ob'ektiv asoslarga ega. Falsafiy g‘oya va baxslarning fan rivoji uchun evristik qimmati misoli sifatida atomistik ta'limot, rivojlanish prinsiplari, dunyoning cheksizligi va birligi, rivojlanish jarayonida zarurat va tasodifning roli to‘g‘risidagi g‘oyalar va hokazolarni keltirish mumkin.
Falsafa «bo‘lishi mumkin bo‘lgan dunyolar»ni yaratib, inson hayotidagi erkinlik, jamiyatni demokratlashtirish va tolerantlik (chidam)ning muhim shartlaridan hisoblangan «muqobilchamalash», «polivariant» tafakkurning rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Xulosa
Falsafiy Dunyoqarashning shakllanishi va rivojlanishi falsafaning paydo boʻlishi bilan uzviy bogʻliq. Inson voqelikka muayyan maqsad, manfaat va qiziqishlardan kelib chiqib yondashadi. Dunyoqarashning mafkura bilan bogʻlanganligining sababi ham shundadir. Dunyoqarashning koʻlami, mazmuni, markazi yoki tayanch nuqtasi kabi jihatlari bor. Dunyoqarash koʻlami individning butun hayoti mobaynida rivojlanib, kengayib boruvchi jihatini ifodalaydi. Dunyoqarash mazmui individ ongida voqelikning xilma-xil jihatlari qay darajada qamrab olinganligini aks ettiradi. Dunyoqarash markazi yoki tayanch nuqtasi deganda, individning qanday shaxsiy hamda ijtimoiy manfaatlar majmuasi doirasidan turib olam haqida fikr yuritishi tushuniladi. Inson oʻz hayotida oʻzidan ilgari oʻtgan kishilarning turmush tajribasiga, toʻplagan bilimlariga tayanadi. Dunyoqarash kishilarning axloq meʼyorlari, hayotdagi intilishlari, qiziqishlari, mehnat va turmushlariga taʼsir koʻrsatib, katta amaliy maʼno kasb etadi.
Inson ongli ijtimoiy mavjudot bo’lgani bois, uning dunyoqarashi muayyan ehtiyoj va manfaatlarga asoslanadi. Demak, har qanday dunyoqarash muayyan inson, ijtimoiy guruh yoki tabaqaning o’z ehtiyoj, manfaatlaridan kelib chiqqan holda borliqqa munosabatini ifodalovchi G’oyalar, nazariyalar, bilimlar majmuasi, ruhiy holat va e`tiqod mujassami hamda ularning namoyon bo’lishidir.
Inson aqli unga hos hissiyot va tasavvurlar asosida ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi va takomillashtiradi. Har bir kishiga hos hissiyot va fikr, bilim va e`tiqod, intilish va kayfiyat, orzu-umid va qadriyatlar dunyoqarash tarkibida yaxlitlashadi va olamni bir butun holda aks ettiradi. Bir butun, yaxlit dunyoqarashning shakllanishi bolalikdan boshlanib, inson hayotining ohirigacha davom etadi.Bu holat individual dunyoqarashning asosiy tamoyillaridan birini ifodalaydi.
Inson narsa-hodisalarga baho berar ekan, buning zamirida uning ijtimoiy hayoti, ya`ni ongli munosabatlari yotadi. Bunda inson yoki jamiyat munosabatlari dunyoqarashning o’zi tayanadigan omillarga (ideallariga) moslashtiriladi.Orzu-havaslarga erishishning usullari, vositalari, amaliy yo’nalishlari belgilanadi.
Falsafiy dunyoqarashning inson faoliyatini nazorat qilish vazifasi ham bor. Bunda dunyoqarashning jamoatchilik fikri tarzidagi ko’rinishi nazarda tutiladi. Masalan, o’zbek xalqining tarixiy rivojlanishi va ma`naviy hayot tarzida mahalla ijtimoiy nazoratning muhim instituti tarzida faoliyat ko’rsatgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Do'stlaringiz bilan baham: |