AKT sohasida 2019 yilda muhim ijtimoiy loyiha amalga oshirildi. Xitoy kompaniyasi bilan umumiy qiymati 11,8 million dollar miqdorida shartnoma imzolanib, Toshkent tibbiyot xodimlariga zamonaviy AKT va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan 150 dona tez tibbiy yordam avtomobillari (reanimobil) yetkazib berildi va avtomatlashtirilgan tez tibbiy yordam xizmati boshqaruv tizimi joriy etildi.
Axborot texnologiyalari sohasidagi rejalar taqdimot qilindi
25 dekabr 2021
#Loyihalar
Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-dekabr kuni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirishga oid loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
Axborot texnologiyalari barcha sohalarda samaradorlik va qulaylikka xizmat qiladi. Shu bois bu borada ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Joylarda 100 dan ortiq IT-maktablar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 500 mingdan ziyod yoshlar dasturlashni o‘rgandi.
IT-parklar tashkil etilganidan buyon sohada eksport hajmi 50 barobarga ko‘payib, 40 million dollarga yetdi. Rezidentlar soni 147 tadan 500 taga oshdi, 300 dan ziyod yangi kompaniyalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. IT-parklarda 8 ming 500 ta yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratildi.
Bunday ishlarni davom ettirib, soha rivojini yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha rejalar ishlab chiqilgan. Xususan, yirik eksportyorlar bilan ishlab, IT-parklarda xizmatlar eksporti hajmini 80 million dollarga yetkazish mo‘ljallangan. Yalpi ichki mahsulotda raqamli iqtisodiyot ulushini oshirish, elektron xizmatlar uchun yengilliklar yaratish nazarda tutilgan.
Taqdimotda shu borada taklif etilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.
Davlatimiz rahbari kelgusi yilda IT xizmatlar hajmini 35 foiz oshirib, 21 trillion so‘mga yetkazish, dasturlash xizmatlarini ko‘paytirish uchun barcha imkoniyat borligini ta’kidladi.
Sun’iy intellekt markazini ishga tushirishni jadallashtirish, xorijdan IT mutaxassislar jalb etish tartibini soddalashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga kelgusi yilda IT tarmoqlar tezligini 1,8 barobar oshirish hamda 1 million qo‘shimcha keng polosali tarmoqlar o‘rnatish vazifasi qo‘yildi. Bu orqali aholi punktlarining barchasi mobil aloqa va keng polosali internet bilan ta’minlanadi.
Prezident yangi texnologiyalar, avvalo, odamlarga xizmat qilishi, qulaylik yaratishi zarurligini ta’kidladi. Oxirgi yillarda 300 dan ortiq davlat xizmati elektron shaklga o‘tkazilib, shu yilning o‘zida ulardan 16 million marotaba foydalanilgan.
Kelgusi yilda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar ulushi 60 foizga yetkazilishi belgilandi.
Taqdimotda bu boradagi yana bir qulaylik: fuqaro pasportining raqamli profili haqida ma’lumot berildi. Gov Pass mobil ilovasi smartfonga o‘rnatiladi va unda pasport, diplom, mehnat daftarchasi, haydovchilik guvohnomasi kabi ko‘plab hujjatlar jamlanadi. Ya’ni, fuqaroning barcha hujjatlari doim yonida, telefonda bo‘ladi. Bu vaqt va pulni tejab, qog‘ozbozlikni kamaytirishga xizmat qiladi, ovoragarchiliklarni bartaraf etadi.
“Xavfsiz shahar” tizimi ijrosiga doir masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi. 2026-yilgacha bu tizimni to‘liq joriy etish vazifasi qo‘yildi.
Davlatimiz rahbari sohani rivojlantirishning moliyaviy manbalarini mustahkamlash bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 8-iyun kuni axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi islohotlar ijrosi boʻyicha taqdimot oʻtkazildi.
Shu yil 28-aprelda davlatimiz rahbarining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan edi. Qarorda belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish va koordinatsiya qilish uchun Bosh vazir maslahatchisi lavozimi joriy etildi.
Bugungi tadbirda sohadagi maqsadlarga zamonaviy dasturchilar tayyorlashni jadallashtirish orqali erishish mumkinligi qayd etildi.
“Bir million dasturchi” loyihasining dastlabki bosqichida 62 mingdan ziyod oʻquvchi qamrab olinib, ularning 5 ming 400 nafariga malaka sertifikati berildi.
Joriy yil yakuniga qadar 100 mingta va 2021-yilning birinchi yarmida yana 150 mingta oʻquvchini oʻqitish, talabalarning dasturiy taʼminot boʻyicha malakasini oshirish vazifasi belgilandi. 5-sinfdan oʻqitib kelinayotgan “Informatika” fanini zamonaviy texnologiyalardan kelib chiqib takomillashtirish, ushbu fanga “Bir million dasturchi” loyihasiga doir yoʻnalishlarni kiritish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot, “Elektron hukumat” xizmatlariga talab kundan-kunga oshib bormoqda. Lekin hozirda 780 tur davlat xizmatidan bor-yoʻgʻi 185 tasidan “elektron portal” orqali foydalanish imkoni mavjud. Aksariyat tashkilotlarda ish jarayonini raqamlashtirish faqat hujjat almashinuvini elektronlashtirish bilan cheklanib qolmoqda.
Shu bois “Elektron oʻqitish dasturi” orqali oʻqib, diplom olgan dasturchilarni davlat va xoʻjalik muassasalariga IT mutaxassis sifatida ishga olish zarurligi taʼkidlandi. Ular tashkilotlarning barcha faoliyatini anʼanaviy elektron formatdan raqamli koʻrinishga oʻtkazishga masʼul boʻladi.
Misol uchun, bugungi kunda kambagʻal oilalarga kredit va subsidiyalar berish masalasini maxsus elektron dastur aniq mezonlar asosida avtomatik ravishda belgilashi kerak.
Bosh vazir maslahatchisiga xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda, tashkilotlarda ruxsat berish va qaror qabul qilish jarayonlarini elektron formatga oʻtkazish boʻyicha konsepsiya ishlab chiqish topshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |