KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Bugungi globallashuv jarayonlarni, fan- texnika taraqqiyoti innovatsion jamiyatga bo’lgan ehtiyoj, yoshlar uchun ko’plab imkoniyatlar yaratmoqda. Ular oldiga tezkor qarorlarni qabul qilish, innovatsion tafakkurni shakllantirish, intellektual salohiyatini oshirish bilan birga milliy va umuminsoniy qadryatlarga sodiq bo’lishdek hayotiy talablarni qo’ymoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda tarbiya jarayonlariga har qachongidan ham ko’proq e’tibor qaratilmoqda. Bunga misol qilib, 2020-yil 6-iyundagi Vazirlar Mahkamasining 422-son qarori asosida “Tarbiya” fani konsepsiyasi ishlab chiqilganini, Xalq ta'limi vazirining 2020-yil 10-iyuldagi 161-son buyrug'i asosida maktablarda “Tarbiya” fanining o'qilishi joriy etilganini aytishimiz mumkin.
Shu bois, O’zbekiston Respublikasida “Tarbiya” fani kansepsiyasi mazkur fanni davlatning ta’lim-tarbiya sohasidagi siyosatini amalga oshirishda mavjud bo’lgan muammolarni hal etishga yo’naltiriladi. Konsepsiya yosh avlod tarbiyasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ustuvor vazifalar, asosiy maqsad va yo’nalishlarni belgilab beradi.
Shuningdek, Konsepsiyada belgilangan yo’nalishlar mamlakat yoshlarini ma’nan va jismonan barkamol qilib tarbiyalash, iqtidori va salohiyatini ro’yobga chiqarish, ularni davlat va jamiyatning rivojiga keng jalb etish, tashabbuslarni yetarli darajada qo’llab-quvvatlash maqsadida huquqiy asoslar, iqtisodiy imkoniyatlar va tashkiliy mexanizmlarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Shavkat Mirziyoyev 15-iyun kuni Toshkentda bo‘lib o’tgan "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzusidagi anjumanda so‘zlagan nutqida yosh avlod tarbiyasi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi: "Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", 1deya ta’kidladi Prezidentimiz.
Taʼlim-tarbiya haqida soʻz ketganda, Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir”2, degan chuqur maʼnoli fikri yodimizga tushaveradi. Buyuk maʼrifatparvar bobomizning bu soʻzlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim boʻlgan boʻlsa, hozirgi vaqtda ham shunchalik, balki undan ham koʻproq dolzarb ahamiyatga ega.
Sharq mutafakkirlardan biri Abdurahmon Jomiy yoshlarni faqat bilim va hunar egallashi bilan chegaralanib qolmasdan, balki hayotda yurish-turishda, boshqa kishilar bilan munosabatda, o’zaro muomalada, axloq normalariga amal qilishni va yoshlikdan yaxshi malakalarni kasb qilishga harakat qilishi kerakligini uqtiradi.Abdurahmon Jomiy yomon xulqli kishilarni qattiq tanqid ostiga oladi, ularni eng yaramas pastkash kishilar qatoriga qo’shadi va yoshlarni bunday kishilar bilan suhbat qilmaslikka chaqiradi. Abdurahmon Jomiy inson hamma vaqt boshqalarga yaxshilik qilishi lozim, chunki yaxshilik kishining eng go’zal fazilatdir deb aytadi, jamiyat va xalq manfaati yo’lida xizmat qilishni u yaxshilik deb tushunadi.
Jomiy yoshlarda saxiylik, shirinsuxanlik, kamtarlik, qanoat, do’stlik, aqllilik kabi xislatlarni singdirmoqchi bo’ladi, bu fazilatlarni ko’klarga ko’tarib maqtaydi.
Shaxs kamolotida tarbiya yetakchi rol o’ynaydi. Tarbiya rivojlanayotgan shaxsning ijtimoiy tajribani o’zlashtirish bo’yicha faoliyatni tashkil etishdan iborat, aniq maqsadga qaratilgan va boshqariladigan jarayondir.Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodning umuman, jamiyat aʼzolarining tarbiyasi bilan yetarlicha shugʻullanmagan mamlakat turgʻunlik va inqirozga mahkumdir. Negaki, oʻsishi va rivojlanishi uchun har qanday jamiyatda ham moddiy va maʼnaviy boyliklar ishlab chiqarishi toʻxtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun yosh avlod moddiy va maʼnaviy boyliklar yetishtirishni ajdodlari darajasida, ulardan ham yaxshiroq ishlab chiqara bilishlari kerak. Yosh avlodda ana shunday moddiy va maʼnaviy qobiliyatlarni shakllantira bilish uchun esa, jamiyat uzluksiz ravishda samarali faoliyat koʻrsatadigan tarbiyaviy intlar tizimiga ega boʻlishi lozim.
Kurs ishining obyekti: Ta’lim muassasalarini boshqarish jarayonida tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari.
Kurs ishining predmeti: Ta’lim muassasalaridagi o’qituvchilar va o’quvchilar hamda ta’lim-tarbiya jarayonlari.
Kurs ishining maqsadi: Tarbiyaning mazmuni, qonuniyatlari va tamoyillarini ilmiy asosda o’rganish va tahlil qilish.
Kurs ishining vazifalari:
Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarini rivojlantirish bosqichlarini aniqlash.
Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari haqida sharq mutafakkirlarning qarashlarini o’rganish
Kurs ishining hajmi: 2 ta bob, 4 ta paragrif, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, ilovalardan iborat. Kurs ishining hajmi 30 varaqdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |