Issiqlik nasosli bug‘latkichlar. Ayrim paytlarda texnologik sabablarga ko‘ra, ko‘p korpusli bug‘latish qurilmalarini qo‘llab bo‘lmaydi. Masalan, yuqori temperaturalarga chidamsiz eritmalarning sifat ko‘rsatkichlarini saqlab qolish uchun issiqlik nasosli, bir korpusli bug‘latkichlarni ishlatish maqsadga muvofiqdir.
9-rasmda bug‘latkich 1 va oqimchali kompressor 2 dan iborat bir korpusli bug‘latish qurilmasi keltirilgan.
Bunday qurilmalarda ikkilamchi bug‘ bosimi isituvchi bug‘ bosimigacha injektorli kompressorda siqiladi. So‘ng, siqilgan bug‘ siqish uchun bug‘latkichga yo‘naltiriladi. Demak, issiqlik nasosli bug‘latish qurilmalarida ikkilamchi bug‘ temperaturasi isituvchi bug‘ temperaturasigacha ko‘tariladi, ya’ni kompressorga sarflangan energiya, ikkilamchi bug‘ temperaturasini oshirishga ketadi.
Temperatura depressiyasi kichik bo‘lgan eritmalarni bug‘latish uchun issiqlik nasoslarini qo‘llash juda o‘rinli va ko‘p korpusli bug‘latish sxemalarida isituvchi bug‘ni tejash imkonini beradi.
I ssiqlik nasosiga sarflanadigan energiya miqdori isituvchi va ikkilamchi bug‘lar to‘yinish temperaturalari farqiga proporsionaldir. SHuning uchun, temperatura depressiyasi katta bo‘lgan eritmalarni, ushbu usulda bug‘latish iqtisodiy jiµatdan maqsadga muvofiq emas.
Odatda, issiqlik nasosli bug‘latish qurilmalari va erituvchining qaynash temperaturalarining farqi 5..15 °S bo‘lgan µollarda qo‘llash mumkin. Demak, eritmaning qaynash temperaturasi katta bo‘lsa, ushbu usul ishlatilmaydi. Bunga sabab, ikkilamchi bug‘ni isituvchi bug‘ bosimigacha siqish uchun ko‘p energiya sarf bo‘lishidir.
2.4.Kristall amilaza xaqida umumiy tushuncha
Amilaza monomer glyukozani 1,- va 4-glikozid bog‘lari orqali bog‘langan hosilalaridan iborat bo‘lib chiziqsimon ko‘rinishli polimer bo‘lib, glyukozalar bir-birlari bilan α-(1-4)- glikozid bog‘i bilan bog‘langan D-glyukoza qoldiqlardan iborat. Kraxmaldagi D-glyukozani polimerlanish darajasi 200 dan bir necha minggacha bo‘lishi mumkin. Kraxmal issiq suvda bo‘kmasdan, engil eriydi. Yod bilan o‘ziga xos bo‘lgan qo‘ng‘ir rang beradi. Agar kraxmal malekulasini alfa amilaza fermenti bilan gidroliz qilinganda, fermentativ parchalanish natijasida dekstirinlar hosil bo‘lib eruvchan kraxmalga aylanadi. Kraxmalning fermentativ parchalanishida amilaza deb atalmish bir guruh fermentlar ishtirok etadi va o‘zining ta’sir xarakteriga qarab, endo- hamda ekzofermentlarga bo‘linadi. α-amilaza - endoferment kraxmal molekulasi ichidagi bog‘larni tartibsiz gidrolizlaydi.
Glyukoamilaza (amiloglyukozidaza) va β-amilaza ekzo tipga kiradigan fermentlardir. Ular kraxmal molekulasini tartibli ketma-ket gidrolizlaydi. Natijada eritmada maltoza va glyukoza hosil bo‘ladi. Agarda fermentativ jarayon yanada davom ettirilsa eritmada maltoza - disaxaridi xam fermentativ gidrolizga uchrab faqatgina glyukoza oxirgi maxsulot sifatida qoladi. Biz ushbu texnologiya asosida amilaza olishni maqsad qilib oldik.
Ishlab chiqarilgan amilaza tarkibini tahlil qilishning ikki sifat va miqdor analizi yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, ushbu analizining kimyoviy, fizik, fizik-kimyoviy usullari qo‘llaniladi. Kimyoviy usul tekshirilayotgan maltoza-glyukozani tarkibini aniqlash uchun moskeladigan kimyoviy reaksiyalardan foydalanishga asoslangan bo‘lishi talab etilib, «quruq» yoki «ho‘l» usulda amalga oshiriladi.
Maltoza–(undirilgan arpa qandi) o‘z nomi bilan undirilgan boshoqlilar va ularning suvli ekstraksiyalari tarkibida uchraydi. Kraxmalning Betta-amilaza fermenti ishtirokida parchalanishi yoki gidrolizlanishi hisobiga hosil bo‘ladi va kraxmal gidrolizining oraliq mahsuloti hisoblanadi. Tarkibi–1-alfa–glyukopiranozava 4-alfa-glyukopiranoza.
Amilaza achitqilar ta’sirida faqat glyukoza ishtirokida bijg‘iydi. Amilaza ferminti ta’sirida ikki molekula glyukoza hosil qilib, gidrolizlanadi. Maltoza tabiatda erkin holatda uchramaydi, u kraxmal va glikogen tarkibiy elementi bo‘lib fermentative gidrolizlanganda oshqozon va ichakda, yoki boshoqlilar doni suvli sharoittda 2 sutka bo‘ktirilganda (solod) don tarkibidagi kraxmal, maltoza fermenti ta’sirida gidrolizlanib shirin ta’mli maltozani hosil qiladi.
Ishlab chiqarilgan kraxmal mahsulotlari amilaza-glyukozaning tarkibidagi quruq moddalar, maltoza va glyukozaning massa ulushi, solishtirma og‘irligi, qand miqdori, kislotaliligi, ayrim metallar: temir, molibden, marganes, og‘ir metallar, azot moddalari, oqsil va shu kabilarni analiz qilnadi. Zamonaviy biotexnologiyaning taraqqiyoti sharobshunoslik texnologiya sining biokatalitik asosda takomillashtirishning yangi yo‘nalishlarini yaratish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Amiloza iliq suvda eriydi. Molekulyar massasi 1x10 - 1x 10. Suvdagi eritmalari beqaror bo‘lib, uzoq turganda kristall holatda cho‘kmaga tushadi. Amilaza molekulasida alfa-glyukoza molekulalari 1- va 4- uglerodlar orasida glikozid bog‘i bilan bog‘lanib, uzun zanjir hosil qilgan:
Amilopektin bosim ostida qizdirilsa suvda eriydi va qovushqoq eritma hosil qiladi. Amilopektinning molekulyar massasi bir qancha millionga boradi. Amilopektin molekulasida glyukoza molekulalari 1- va4-uglerodlar orasidagi glikozid bog‘lari bilan bir qatorda 1- va 6-uglerodlar orasidagi bog‘lar bilan ham bog‘lanib, tarmoqlangan struktura hosil qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |