Bug’latish qurilmalarini oziq-ovqat sanoatida qo’llanilishini o’rganish va hisoblash. Reja


Osma isituvchi kamerali bug‘latgich



Download 0,54 Mb.
bet2/4
Sana14.05.2023
Hajmi0,54 Mb.
#938695
1   2   3   4
Bog'liq
Bug’latish qurilmalarini oziq-ovqat sanoatida qo’llanilishini o’

Osma isituvchi kamerali bug‘latgich. Ushbu turdagi qurilmalarda isituvchi kamera 1 о‘z obechaykasiga ega bо‘lib, qobiq 2 ning pastki qismiga erkin, qо‘zg‘aluvchan qilib о‘rnatilgan. Isituvchi bug‘ truba 3 orqali uzatiladi va kamera 1 ning trubalararo bо‘shlig‘iga yuboriladi. Issiqligini bergan bug‘ kondensat xolida xamda isituvchi kameraning pastki qismidan chiqariladi. Isigan eritma esa, qaynash trubalaridan yuqoriga kо‘tariladi va erkin sirkulyatsiya ta’sirida bug‘latish jarayoni sodir bо‘ladi (2-rasm).
Ikkilamchi bug‘ tomchi ushlagich 4 dan о‘tib qurilmaning tepasidan chiqib ketadi. Ikkilamchi bug‘dan ajratib olingan suyuqlik truba 5 orqali pastga oqizib tushiriladi. Qurilmaning qaynash trubalarining ichki va tashqi yuzalarida xosil bо‘luvchi kovakli qatlam (nakip) vaqti – vaqti bilan suv bilan yuvilib turiladi.
Bu qurilmada markaziy sirkulyatsion truba isituvchi kamera tashqarisida о‘rnatilgan bо‘lib, katta kо‘ndalang kesimga ega. Shuning uchun xam eritma sirkulyatsiyasiyaga ijobiy ta’sir etadi.
Isituvchi kamera erkin, xarakatchan xolda о‘rnatilgani uchun trubalarning teshikli panjaralardagi zichligi buzilmaydi. Undan tashqari, osma xolatdagi kamerani demontaj qilish oson.
Osma isituvchi kamerali bug‘latkich afzalliklari: eritmalar bug‘latishi intensiv; isitish kamerasi osma xolda о‘rnatilgani uchun, temperaturalar farqi katta bо‘lganda xam trubalar zichligi о‘zgarmaydi; isituvchi kameraning yaroqsiz trubalarini almashtirish oson; eritma sirkulyatsiyasining karraligi katta; qattiq, kovakli qatlam kam xosil bо‘ladi.
Bug‘latkich kamchiliklari: isituvchi eltkich va kondensatning trubalar orqali kirishi va chiqishi qiyin; metall sarfi katta; qovushoqligi yuqori eritmalarni bug‘latish samardorligi past; eritma trubalarga yopishib qoladi.
Erkin sirkulyatsiyali bug‘latkichlar tuzilishi sodda va kristallanmaydigan, о‘rtacha qovushoqlik suyuqliklarni bug‘latish uchun qо‘llaniladi (3-rasm).
Bug‘latish qurilmasi separator, isituvchi kamera va sirkulyatsion trubadan tashkil topgan. Separator elliptik qopqoqli silindrik qobiqdan iborat bо‘lib, isituvchi kameraga boltlar yordamida birlashtirilgan. Unda, ikkilamchi bug‘ni tomchilardan ajratish uchun turli konstruksiyali qaytargichlar о‘rnatiladi (3a-rasm), Isituvchi kamera esa, vertikal qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmasi tipida yasalgan bо‘lib, trubalararo bо‘shlig‘iga bug‘ yuboriladi va trubalar ichida eritma qaynatiladi.
Separator va isituvchi kameralar pastki qismlari sirkulyatsion truba bilan birlashtirilgan. Sirkulyatsion va qaynatish trubalaridan tarkib topgan tutashgan sistemada tabiiy sirkulyatsiya xosil bо‘ladi.
Agar, trubalarda eritma qaynash darajasigicha isitilsa, undagi bir qism suyuqlik bug‘latishi natijasida trubalarda bug‘ - suyuqlik aralashmasi xosil bо‘ladi. Albatta, bu aralashma zichligi suyuqlik zichligidan kichikdir. Shunday qilib, sirkulyatsion trubadagi suyuqlik massasi, qaynash trubadagi suyuqlikdan katta bо‘lishi aniq. Natijada, qaynash trubasi – bug‘ bо‘shlig‘i - sirkulyatsion truba - trubular va xokazo yо‘li bо‘yicha eritma sirkulyatsion xarakatlanadi.
Sirkulyatsiya paytida qaynayotgan suyuqlik tomonidagi issiqlik berish koeffitsiyenti ortadi va truba yuzasida qattiq, kovakli ifloslik qatlami xosil bо‘lishi kamayadi.
Tabiiy sirkulyatsiya bо‘lishi uchun ikkita shart bajarilishi zarur:
1) Bug‘ - suyuqlik aralashma qatlamini muvozanatda ushlab turish va zarur tezlik xosil qilish uchun sirkulyatsion trubadagi suyuqlik satxining baladligi yetarli bо‘lishi kerak;
2) Bug‘ - suyuqlik aralashmasi iloji boricha kam zichlikli bо‘lishi uchun qaynash trubalarida bug‘ ajralib chiqish intensivligi yetarli miqdorda bо‘lishi darkor.
Eritma va bug‘ orasidagi temperaturalar farqi kо‘p va qaynash zonasida naporning yо‘qotilishi kam bо‘lgani uchun, sirkulyatsiya tezligi 1,8...2 m/s ni tashkil etadi.
Agar, sirkulyatsiya tezligi yuqori bо‘lsa, bug‘latgichning ish unumdorligi va issiqlik almashinish jarayonining intensivligi katta bо‘ladi.

Ma’lumki, markaziy sirkulyatsion trubali bug‘latkichlarda temperaturalar farqi kichik va sirkulyatsiya intensivligi past bо‘ladi. Qaynash trubalarida bug‘ xosil bо‘lishi eritmaning fizik xossalari, truba devori va suyuqlik о‘rtasidagi temperaturalar farqi bilan belgilanadi. Eritmaning qovushoqligi qanchalik kam bо‘lsa, shunchalik bug‘ ajralib chiqishi va sirkulyatsiya tezligi kо‘p bо‘ladi. Intensiv sirkulyatsiyaga erishish uchun isituvchi bug‘ va eritma orasidagi farq 10°S dan kam bо‘lmasligi kerak.
3-rasmda keltirilgan bug‘latkichlarning issiqlik almashinish yuzasi 10...1200 m2, diametriga qarab qaynash trubalarning uzunligi 3...9 m bо‘ladi. Qaynash trubalarning diametri 25, 38 va 57 mm bо‘lishi mumkin. Isituvchi kameradagi ortiqcha bosim 0,3...1,6 MPa, separatordagi vakuum esa - 93,0 kPa. Sirkulyatsion truba kо‘ndalang kesim yuzasining isituvchi kamera yuzasiga nisbati 0,3 dan kam bо‘lmasligi zarur.

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish