Bug`latgichlar tuzilishi va ishlash prinsiplari


HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI



Download 2,26 Mb.
bet17/18
Sana11.04.2023
Hajmi2,26 Mb.
#926863
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Kurs ishi

HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI

Mehnatni muhofaza qilish – bu ijtimoiy, iqtisodiy, sanitariya – gigiena, mehnat qonunlari va tashkiliy chora – tadbirlar tizimidan iborat bo’lib, uzluksiz faoliyat jarayonida inson sog’ligi va mehnat qobiliyatini saqlashni ta’minlashga qaratilgan fandir.


Insonning jamiyatni taraqqiy ettirish hamda ishlab chiqarishni boshqarishda asosiy kuch ekanligini hisobga olib, uning havfsizligi va sog’ligini saqlash ijtimoiy taraqqiyot yo’lidagi muhim omil hisoblanadi. SHuning uchun ham sanoat korxonalarida mahsulot yetishtirish jarayonida ishlab chiqarish sharoitini yaxshilash, ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasb kasalliklarining kelib chiqish manbalarini yo’qotish, shuningdek ish faoliyati inson uchun charchash, toliqish va kasallanish manbai bo’lmasdan, quvonch va baxt keltiruvchi faoliyat bo’lishini ta’minlashga harakat qilish zarur.
Sanoat korxonalarida to’kis sanitariya – gigiena sharoitlarini ta’minlash, og’ir qo’l kuchi bilan bajariladigan mehnatni tugatish va kasb kasalliklarini butunlay yo’qotish chora – tadbirlarini amalga oshirish kerak, zero, mehnat qilish faqat yashash vositasi bo’lib qolmasdan, balki hayot talabi bo’lib qolishi kerak.
O’zbekiston Respublikasida mehnatni muhofaza qilishning huquqiy, texnik va sanitariya – gigiena qoidalari bilan belgilab qo’yilgan qonunlari qabul qilingan va yangidan tahrir qilingan qoidalar umumjahon talablari darajasida ishlab chiqilmoqda.
Har qanday demokratik jamiyatda shu jamiyat taraqqiyoti qay darajada bo’lishidan qat’iy nazar, o’zining huquqiy manfaatlaridan kelib chiqib va inson huquqlarini himoyalashga asoslangan qonun asoslari, ya’ni Konstitutsiyasi bo’lishi zarur. Bu Konstitutsiya, avvalo, inson huquqlarini himoya qilish, shu bilan bir qatorda iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar ham himoyalanishi kerak.
Sanoat korxonalarida havfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi va yong’in havfsizligi qoidalariga, me’yor va tavsiyanomalariga rioya qilmaslik ishchilarni jarohatlanishga, zaharlanishga va kasb kasalliklariga olib kelishi mumkin.
Inson tanasining teri yoki ayrim qismlari tashqi mexanik, kimyoviy, issiqlik va elektr ta’siri natijasida shikastlansa, buni jarohatlanish deb ataladi. Jarohatlanishga urilish natijasida lat yeyish, kesilish, suyak sinishi va chiqishi, kimyoviy yoki issiqlikdan kuyish, issiq urishi, sovuq urishi, o’tkir zaharlanish va elektr toki ta’sirida organizmning ba’zi qismlarida hayot faoliyatining buzilishi kiradi. Jarohatlanish tushunchasini baxtsiz hodisa deb ham yuritiladi.
Jarohatlanish uch turga bo’linadi. Birinchisi, ishlab chiqarishda, ish joyida jarohatlanish, ikkinchisi, ish bilan bog’liq, lekin ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan jarohatlanish va uchinchisi, ishlab chiqarish va ish bilan bog’liq bo’lmagan jarohatlanish.
Ishlab chiqarishda, ish joylarida olingan jarohatlanishga, ishchi ma’muriyat tomonidan buyurilgan ishni bajarish chog’ida ish joyida, sexda, zavod hududida yuk ortish va yuk tushirish yoki ba’zi yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish vaqtida olgan jarohatlanishlar kiradi.
Ikkinchi tur jarohatlanishlar ishga borib – kelish vaqtida transport vositalarida, komandirovka vaqtida yoki korxona ma’muriyatining topshirig’iga muvofiq ishlab chiqarish hududidan tashqaridagi ba’zi bir ishlarni bajarganda olingan jarohatlanishlardan iborat.
Uchinchi tur jarohatlanishga mast bo’lish natijasida olingan jarohatlar, davlat mulkini o’g’irlash va boshqa shunga o’xshash holatlardagi jarohatlanishlar kiradi.
Baxtsiz hodisalarni turlarga bo’lishdan maqsad, sanoat korxonasi ishlab chiqarishda sodir bo’lgan har qanday baxtsiz hodisaga javobgar hisoblanadi. Ma’muriyat birinchi ikki turdagi baxtsiz hodisa, ya’ni jarohatlanishishlab chiqarish bilan bog’langan taqdirda javobgar hisoblanadi va baxtsiz hodisaga uchragan kishining jarohatlanish natijasida yo’qotilgan kunlari uchun to’liq haq to’lanadi.
Agar baxtsiz hodisa u ma’muriyat tomonidan havfsiz ish sharoitini yaratish sohasida yo’l qo’yilgan xato orqasida bo’lmay, balki ishchining mehnatni muhofaza qilish qoida va me’yorlariga amal qilmasligi natijasida kelib chiqqan bo’lsa, unda ishchi ham ma’muriyat xodimi bilan birga javobgar hisoblanadi. Bunda moddiy to’lov miqdori ma’muriyat xodimi va ishchining aybdorlik darajasiga qarab belgilanadi. Mehnat qonunlariga asosan ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan jarohatlanishdan yo’qotilgan ish kunlariga korxona tomonidan haq to’lanishi kerak deb belgilangan.
Sanoat sanitariyasi me’yorlarining buzilishi natijasida ishlab chiqarish joylaridan ajralib chiqqan zararli omillar ta’siridan ishchi kasbiy zaharlanish yoki kasb kasalligiga chalinishi mumkin. Kasbiy zaharlanish ishchining nafas olish, ovqat hazm qilish yoki terisi orqali zaharlovchi moddalar ta’sir qilishi natijasida kelib chiqishi mumkin.
Kasbiy zaharlanish bir smena davomida yuz bersa, uni o’tkir zaharlanish deyiladi, agar uzoq muddat davomida zaharli moddalar yig’ilishi natijasida yuz bersa, surunkali zaharlanish deyiladi. Surunkali zaharlanish kasb kasalliklariga olib keladi. Kasb kasalliklariga qoniqarsiz ish sharoitlarida ishlash natijasida kelib chiqadigan hamma kasalliklar kiradi. Masalan, havo bosimining ortiq yoki kam bo’lishi natijasida kesson yoki tog’ kasalligi, sanoatda ajralib chiqadigan chang ta’siridan pnevmokonioz kasalligi, yallig’lanish va zaharli moddalar ta’siridan dermatit va yara kasalliklari kelib chiqadi.

Xulosa

Kundan kunga kimyo sanoati mahsulotlariga talab ortib bormoqda. Respublikamizning yanada gullab yashnashida kamyob sanalgan metall va yog’och mahsulotlari o’rnini polimerlar egallab borayotgan kimyo texnologiyasida xalq iste’moli mollari miqdorining oshayotganligi katta ahamiyatga ega. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni miqdori va sifati qo’llanilayotgan uskunalarning samarali va ishonchli ishlashiga bog’liq.


Shu maqsadda kimyo texnologiyada ishlayotgan jihozlar uchun avvalambor optimal sharoitni yaratish lozim. Mahsulot unumi o’z navbatida qurilmalarning vaqtida texnik ta’mirdan o’tkazilishiga bog’liq. Jarayon jadalligi, reaksiyaning borish tezligi apparatlarning ishlashiga bog’liq. Bu esa qaysi jarayonda, qanday konsentratsiya, temperatura, bosimda bir so’z bilan aytganda qanday sharoitda apparat maksimal unumda ishlashini bilishni talab etadi. Shunday ekan bug’latish jarayoni uchun ham bug’latkich turi va o’lchamlarini tanlashda shu jihatlarga katta e’tibor qaratiladi. Xulosa qilib aytganda bug’latish qurilmalarini loyihalashdan ko’zlangan maqsad ham shu jarayon uchun optimal sharoitlarda ya’ni maksimal unumda ishlaydigan apparatlarni yaratishdir.
Bu kurs loyihamda 5500kg/soat unumda NaNO3 ni bug’latish apparatini hisoblaganimda bug’latilgan suvning miqdori W=0,8293 kg/s ga teng bo’ldi. Bug’latilgan suvning miqdoridan kelib chiqib bug’latishga sarflanadigan issiqlik Q ni topdim. Hisob-kitoblar natijasida Q =1882896 Vt ga teng bo’ldi. Issiqlik miqdori bo’yicha tanlagan materialim uchun issiqlik o’tkazish koeffitsienti K ni ma’lumotnomalardan oldim. Foydali temperaturalar farqini isituvchi bug’ning temperaturasi va kondensat temperaturalari orasidagi farq asosida hisoblaganimda 16oC ga teng bo’ldi. Hisob so’ngida esa issiqlik almashinish yuzasi F ni sarflangan issiqlik miqdori Q ni issiqlik o’tkazish koeffitsienti K va foydali temperaturalar farqi tfga nisbatidan hisoblaganimda 140 m2 chiqdi. Bu yuza bo’yicha erkin sirkulyatsion ko’chma kamerali bug’latish qurilmasining kerakli parametrlarini tanladim.


Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish