Buger Ber Lambert qonuni. Yutilishning molyar koeffisiyenti. Spektrofotometrik (fotometrik) analiz


Buger - Ber - Lambert qonunidan chetlanishning fizikaviy sabablari



Download 0,81 Mb.
bet3/3
Sana01.05.2022
Hajmi0,81 Mb.
#601609
1   2   3
Bog'liq
Optik zichlik moddalarning nur yutishi

Buger - Ber - Lambert qonunidan chetlanishning fizikaviy sabablari. Buger - Ber - Lambert qonuni erigan moddaning konsentrasiyasi 0,01mol/l dan kam bo’lgan suyultirilgan eritmalar uchun to’g’ridir. Katta konsentrasiyalarda

yorug’lik yutuvchi zarrachalar bir-biriga juda yaqin joylashadi. Bu holda har bir zarracha o’ziga qo’shni bo’lgan zarrachadagi zaryad taqsimlanishiga ta’sir qiladi, bu esa o’z navbatida, zarrachaning ma’lum to’lqin uzunlikdagi yorug’likni yutish qobiliyatiga ta’sir qiladi va qonundan chetlanish kuzatiladi.


Buger – Ber - Lambert qonunidan chetlanishning kimyoviy sabablari. Bu qonundan chetlanish kimyoviy birikmalarning assosiasiyasi va dissosiasiyasi, eritmadagi boshqa moddalarning ta’siri hamda eritmada bo’layotgan boshqa kimyoviy jarayonlar bilan bog’liqdir. Bularga gidroksidlar va gidroksokomplekslarning hosil bo’lishiga olib keluvchi gidroliz, erituvchi bilan o’zaro ta’sir natijasida nordon tuzlarning hosil bo’lishi, kompleks birikmalar hosil bo’lishining pog’onali xarakteri bilan bog’liq bo’lgan birikma tarkibining o’zgarishi va hokazolar kiradi
Fotometrik analizda yutilish polosasining kengligi katta ahamiyatga ega.Polosaning
kengligi qancha katta bo’lsa, bir nechta birikma aralashmasini analiz qilish shuncha
qiyin bo’ladi. Rang hosil qiluvchi reaktivning va kompleksning yutilish polosalari
keng bo’lsa, ularning bir-birini qoplash (bir qismini ustma-ust tushish) ehtimoliyati
ortadi, bu esa o’z navbatida, analizni murakkablashtiradi. Polosaning kengligi,
uning yarim kengligi deb ataladigan kattalik bilan xarakterlanadi .
Ko’pchilik hollarda oddiy molekulalar uchun yutilish polosasining yarim kengligi 80 - 100 nm ga teng. Bu kattalik qancha kichik bo’lsa, shuncha yaxshi.
Moddani fotometrik usul bilan aniqlash ikki qismdan: 1) aniqlanadigan moddani elektromagnit nurlarni yutuvchi birikmaga o’tkazish (aylantirish) va 2) olingan birikma eritmasi tomonidan yutilgan elektromagnit nurlar intensivligini o’lchashdan iborat bo’ladi. Amalda hamma elementlarni aniqlash uchun fotometrik usullar ishlab chiqilgan. Eritmalari spektrning ultrabinafsha, ko’rinuvchi va yaqin infraqizil qismlarini yutishi mumkin bo’lgan birikmalar olish uchun zarur bo’lgan kimyoviy reaksiyalar ba’zi ionlar uchun ishlab chiqilmagan. Shuning uchun ham, fotometrik usullar moddani bevosita (to’g’ridan-to’g’ri) va bilvosita aniqlashga bo’linadi yoki boshqacha qilib aytganda, fotometrik aniqlash usullari uch xil reaksiyaga asoslangan.
1. X + R ÛXR (bevosita usul)
bu yerda X - aniqlanayotgan ion, R - XR birikmani elektromagnit nur yutishini ta’minlaydigan kimyoviy modda, XR - elektromagnit nurni yutuvchi birikma.
2. MR + Y ÛMY (bilvosita usul)
Y - aniqlanishi kerak bo’lgan ion, MR - elektromagnit nur yutuvchi birikma.
3. X + RÛ XR (bilvosita usul)
X - aniqlanayotgan ion, XR - erimaydigan birikma.
Oxirgi reaksiyada hosil qilingan cho’kma ajratilib eritmaga o’tkaziladi va cho’kmaning tashkil etuvchilaridan biri fotometrik usul orqali aniqlanadi. Shunday qilib, bilvosita usullar elektromagnit nurlarni yutuvchi birikmani buzishga hamda cho’kma hosil qilish reaksiyalariga va keyin cho’kmani eritib, uning bir komponentini topishga asoslangandir. Albatta, bevosita usullar eng yaxshi natija beradi. Uchinchi tipdagi reaksiyaga asoslangan usullar yomon natijalar beradi. Shuning uchun, uni 1 va 2 xil usullar bo’lmagan holdagina ishlatish kerak .
1. Standart va aniqlanayotgan modda eritilgan eritmalarning optik zichliklarini taqqoslash usuli. Tadqiq qilinayotgan eritmaning ma’lum bir qismini pipetka yordamida olamiz. Unda kimyoviy reaksiyalar o’tkazib, elektromagnit to’lqinlar energiyasini yutuvchi eritma tayyorlaymiz. Shu bilan birga konsentrasiyasi aniqlanayotgan elementning miqdoriga yaqin bo’lgan bir nechta standart eritma tayyorlanadi. Standart va tadqiq qilinayotgan eritmalarning optik zichliklari o’lchaniladi. Tadqiq qilinayotgan eritmaning optik zichligi:
Ax = e?Cxlx standart eritmaniki esa Ast = e?Cstlst . Birinchi ifodani ikkinchisiga bo’lib quyidagini olamiz.
Ax/Ast = e?Cxlx/e?Cstlst
Optik zichliklarni bir xil to’lqin uzunlikda va bir xil kyuvetalarda o’lchanishini hisobga olsak,
Ax /Ast = Cx/Cst bundan Sx = AxCst/Ast kelib chiqadi.
Shu yo’l bilan tadqiq qilinayotgan eritmadagi moddaning konsentrasiyasi topiladi. Tahlil qilish uchun olingan eritmaning hajmini bilib, erigan moddaning miqdorini topish mumkin.
2. Yutilishning molyar koeffisiyentini qiymati bo’yicha qonsentrasiyani aniqlash. Tegishli reaktivni ishlatib bir nechta standart eritmalar tayyorlanadi. Eng maqbul to’lqin uzunligi tanlangandan so’ng tayyorlangan eritmalarning optik zichliklari o’lchaniladi. Eritmaning konsentrasiyasini va optik zichligini bilib, yutilishning molyar koeffisiyenti hisoblanadi.
e? = A/Cl
Olingan natijalardan e? ning o’rtacha qiymati topiladi.
Keyin, namunaning o’sha reaktivlar va o’shanday sharoitlarda eritmasi tayyorlanadi. Bu eritmaning optik zichligini o’lchab, erigan moddaning konsentrasiyasi quyidagi formula orqali topiladi:
Cx = Ax/e?l
3. Darajalash grafigi orqali konsentrasiyani topish. Aniqlanadigan moddani eritib konsentrasiyasi har xil bo’lgan bir qator eritmalar tayyorlanadi. Eng maqbul sharoitlarda ya’ni, tanlangan to’lqin uzunligi va qatlam qalinligida (kyuvetaning qalinligi) bu eritmalarning optik zichliklari o’lchaniladi. Bir xil konsentrasiyali eritmadan kamida uchtadan tayyorlanadi va o’lchangan optik zichliklarning o’rtachasi olinadi. Standart eritmalar uchun tanlangan konsentrasiya oralig’i o’rganilayotgan eritmalar konsentrasiyasining o’zgarish ehtimoli bo’lgan oralig’iga mos kelishi, ya’ni shu oraliqni o’z ichiga olishi kerak Tanlangan to’lqin uzunligi va yorug’lik yutuvchi qatlamning qalinligida A = f(S) bog’lanish qat’iy bajarilishi kerak. Aniqlanayotgan eritmalar optik zichligi qiymatlarining o’zgarish oralig’i o’lchash natijalari maksimal darajada takrorlanadigan oraliqda (ya’ni, A = 0,14 – 1,3) bo’lishi kerak .
Olingan natijalar asosida darajalash grafigi tuziladi. So’ngra aniqlanayotgan eritmaning ma’lum qismi alohida quyib olinadi va unga standart eritmalar tayyorlashda ishlatilgan reaktiv qo’shiladi hamda tegishli sharoit yaratilib uning optik zichligi o’lchaniladi. Darajalash grafigidan eritma optik zichligining qiymatiga ko’ra aniqlanayotgan moddaning miqdori topiladi.
Aniqlanadigan konsentrasiyaning quyi chegarasi. Eritmadagi molekula uchun ε ning eng katta qiymati 105 atrofida bo’lishi kvant-mexanik hisoblashlar orqali ko’rsatilgan. Amalda esa ε ning yuqori qiymati 103 - 104 dan oshmaydi. Optik zichlikning talab qilingan aniqlikda (Sr < 0,33 bu yerda Sr – nisbiy standart chetlanish) o’lchash mumkin bo’lgan qiymati 0,01 kyuvetaning qalinligi esa 1 sm. Bu ma’lum qiymatlardan foydalanib spektrofotometrik usullar bilan o’lchash mumkin bo’lgan konsentrasiyaning minimal qiymatini baholash mumkin, u 10-7 M ga teng. Amaliyotda ko’pchilik hollarda konsentrasiyaning 10-6 - 10-4 M yoki 10-1 - 101 mkg/ml miqdori o’lchaniladi. Shunday qilib, spektrofotometrik usul sezgirligi o’rtacha bo’lgan usullarga kiradi .
O’lchash natijalarining takrorlanishi. Fotometrik aniqlashlarda o’lchash natijalarining takrorlanishiga ta’sir qiluvchi tasodifiy xatoliklar quyidagi sabablarga ko’ra paydo bo’ladi: analiz qilinadigan eritmalarni tayyorlashdagi xatoliklar; aniqlanuvchi komponentning nur yutuvchi birikmaga o’tkazishning to’laqonliligi; begona komponentlarning ta’siri; kontrol tajribaning xatoliklari; kyuvetalar qalinligidagi farq; ularning nur tushuvchi va chiquvchi tomonlarining holati va shuningdek, hamma vaqt bir holatda o’rnatish mumkin emasligi bilan bog’liq bo’lgan «kyuveta xatoliklari»; tegishli to’lqin uzunligini o’rnatishdagi va qayd qiluvchi sistemani «0» hamda «100%» o’tkazishga to’rilashdagi xatoliklar; yorug’lik manbai va qabul qiluvchi hamda kuchaytiruvchi sistemalarning nostabil ishlashi hisobiga bo’ladigan xatoliklar.
Optik zichlik va o’tkazish koeffisiyentining hamma qiymatlarini bir xil xatolik bilan o’lchash mumkin emas. Yorug’lik yutilishini o’lchashning maqbul oralig’i mavjud. Bu oraliq shunday tanlanadiki, A o’lchanadigan butun oraliqda o’lchashda qo’yiladigan nisbiy xato uning eng kichik nisbiy xatosining ikki baravaridan ko’p bo’lmasin.
Eritmaning konsentrasiyasini minimal xatolikning ikki baravaridan katta bo’lmagan xatolik bilan o’lchash uchun optik zichlik 0,1 - 1,0 oraliqda bo’lishi kerak.
Tanlash (selektivlik). Spektrofotometriyada selektivlikni cheklaydigan eng muhim omil molekulyar yutilish polosalarining spektral kengligi (bir necha o’n nanometrga boradigan) va u bilan bog’liq bo’lgan spektral xalaqitlar hisoblanadi. Spektral xalaqitlar eritmadagi komponentlarga tegishli yutilish polosalarining bir-birini qoplashdan iborat bo’lib o’z navbatida, additiv sistematik xatolarni keltirib chiqaradi.
Odatda, spektrofotometriyada fizik-kimyoviy halaqitlar katta rol
o’ynamaydi. Bundan tashqari kompleksning yutilish spektri ko’pincha reagentning yutishi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham, spektrofotometrik usullar spektral nuqtai nazardan selektiv bo’lmagan usullardir. Spektrofotometriyada selektivlik asosan, namuna tayyorlash etapida, aniqlanuvchi modda bilan rangli birikma hosil qiluvchi reagentni tanlash yo’li bilan shuningdek, aniqlash sharoitlarini (rN ni o’zgartirish, halaqit beruvchi elementlarni maskaga berkitish) ta’minlash, komponentlarni ajratish orqali amalga oshiriladi
Infraqizil, ultrabinafsha va ko’zga ko’rinadigan nurlardan fоydala­nib hоsil qilinadigan spеktrlar оptik spеktrlar dеyiladi. Оptik spеktrlar uchun yorug’lik yutilishining umumiy qоnuniyatlari mavjud bo’lib, bu qоnuniyatlar o’rganilayotgan mоdda va yutilayotgan nurning miqdоri bilan bоg’liq. Bu bоg’liqlik Lambеrt-Bugеr-Bееr qоnunida ifоdalanadi. Tеkshirila­yotgan mоdda оrqali o’tgan nur intеnsivligi eritma qavati qalinligi bi­lan uning kоntsеntratsiyasiga tеskari prоpоrtsiоnaldir:
(4)

J0- eritma tushayotgan nur intеnsivligi
J - chiqayotgan nur intеnsivligi
l- eritma qavatining qalinligi
k- yutilish kоeffitsiеnti
s - eritmaning kоntsеntratsiyasi
е - natural lоgarifm asоsi
(5)
Intеnsivlik dеganda to’lqin amplitudasi tushuniladi. Оdatda (4) fоr­mulaning o’nli lоgarifmik ifоdasidan fоydaniladi. ni оptik zichlik dеyiladi.
Yutilish spеktrini grafik usulda ifоdalashda yutilish kоeffitsiеntining to’lqin uzunlikka bоg’liqligi asоs qilib оlinadi. Bоshqacha qilib ayt­ganda, ikkita o’zgaruvchi kattaliklar - intеnsivlik va to’lqin uzunligi faktоrlari kооrdinatalar o’qiga qo’yilib, spеktr hоsil qilinadi. Ko’pincha abtsissa o’qiga to’lqinlar uzunligi, оrdinata o’qiga esa intеnsivlik jоy­lashtiriladi. SHunday qilib, mоddaning spеktri dеganda muayyan chastоtada yoki to’lqin uzunlikda elеktrоmagnit to’lqinning qancha qismi yutilishini (yoki chiqarishini) ko’rsatuvchi grafik tushuniladi. Agar (5) fоrmulada kоn­tsеntratsiya mоl/litr, eritma qavatning qalinligi sm da оlinsa, k-yutilish­ning mоlyar kоeffitsiеnti yoki ekstinktsiya dеyiladi:

Е - ekstinktsiya.
UB-spеktrоskоpiyada оdatda оrdinata o’qiga Е yoki D, abtsissa o’qiga esa millimikrоn yoki angstrеmda ifоdalangan to’lqin uzunligi qo’yi­ladi. IK-spеktrоskоpiyada esa оrdinata o’qiga quyidagi kattaliklardan bi­ri jоylashtiriladi:
yutgan (yoki yutilmagan) nur miqdоri,
yutilmagan nur prоtsеnti
yutilgan nur miqdоri
оptik zichlik
ekstinktsiya yoki mоlyar yutilish kоeffitsiеnti (qavati qa­linligi 1 sm bo’lgan 1M eritmaning оptik zichligi).

1-rasm. Kоfеinning UB-spеktri.
Abtsissa o’qiga esa to’lqin sоni qo’yiladi. To’lqin sоni bu bir sm masоfada jоylashishi mumkin bo’lgan to’lqinlar sоni bo’lib, sm da оlingan to’lqin uzunligining tеskari qiymatidir. To’lqin sоni sm-1 kabi bеlgila­nadi (tеskari santimеtr). Juda kamdan-kam hоllarda abtsissa o’qiga mik­rоnlarda ifоdalangan to’lqin uzunligi qo’yiladi. Ikkinchi rasmda IQ-spеktrlarning ko’p qo’llaniladigan grafik ifоdasi kеltirilgan. Spеkt­rоskоpik mеtоdlardan оrganik mоddalarni o’rganishda eng ko’p qo’llaniladi­gan UB- va IQ-spеktrоskоpiyalardir.


Difеnil efirning IQ-spеktri.
Atom optik spektroskopiyasi usullari valent elektronlarni bir statsionar holatdan boshqasiga o’tishiga asoslangan.
Atom spektrlarining ajoyib xususiyatlaridan biri ulaming chiziqli tuzilishidir. Shu sababga ko’ra, atom spektrlari ko’p ma’lumotga ega. Chiziqning spektrdagi joyi har bir element uchun xususiydir va uning bu xossasini sifat tahlili uchun ishlatish mumkin. Miqdoriy analiz esa spektr chiziq intensivligini namunadagi elementning miqdoriga bog’liqligiga asoslangan. Atom spektr chiziqlarining kengligi juda kichik bo’lganligi uchun turli elementlarga tegishli chiziqlarning bir-birini qoplash (ustma ust tushish) ehtimoliyati ham nisbatan kichikdir. Shuning uchun, atom spektroskopiyasi usullarining ko’pchiligini bir vaqtda bir nechta elementni topishva aniqlash uchun ya’ni, ko’p elementli analiz uchun ishlatish mumkin.
Elektromagnit nurlar to’lqin uzunligining ishlatiladigan oralig’iga va tegishli o’tishlaming tabiatiga qarab atom spektroskopiyasi usullari optik va rentgen spektroskopiyalariga bo’linadi. Optik spektroskopiya usullarida elek­tromagnit nurlanishning ultrabinafsha va ko’zga ko’rinuvchi nurlar sohalari ishlatiladi. U valent elektronlar energiyasining o’zgarishiga mos keladi. Atomlaming optik spektrlarini olish uchun namunani oldin atomlashtirish ya’ni, uni gaz ko’rinishidagi atom holatiga o’tkazish kerak. Bu ish atomlashtirgichlar, ya’ni har xil tuzilishga ega bo’lgan yuqori temperatura manbalari orqali amalga oshiriladi.
Elektromagnit nurlarning modda bilan o’zaro ta’sir jarayonini fizikaviy tabiatiga qarab atom spektroskopiyasi usullari chiqarish va yutilish usullariga bo’linadi.
Optik emissiya usullarida chiqarilayotgan nurlarning spektrini olish uchun atomlami qo’zg’algan holatga o’tkazish kerak. Atomlami qo’zg’atish, yuqori temperatura ta’sirida bo’ladigan emissiya optik usullariga atom emissiya spek­troskopiya usullari deyiladi. Bu usullarda moddani atomlarga aylantirish va ularni qo’zg’atish uchun bitta qurilma, qo’zg’atish manbai ishlatiladi.
Atomlar qo’zg’atilganda odatda, ulaming tashqi eiektronlaridan bittasi yuqori elektron sathga o’tadi. Ichki elektron orbitallarida joylashgan elektronlami qaramasa ham bo’laveradi. Masalan, litiy atomini qo’zg’atishda 2s (1.1 - rasm) sathda joylashgan elektrondan tashqari boshqa elektronlarni qarashni hojati yo’q. Atom qo’zg’atilganda bu elektron 2s sathdan yuqorida joylashgan ixtiyoriy sathga o’tadi. Bunday elektronga optik elektron deyiladi.
Elektronni yuqori sathga o’tkazish uchun unga ma’lum bir aniq energiya berish lozim. Bu energiyaga qo’zg’atish potentsiali deyiladi va u ananaga ko’ra elektronvoltlarda (eV) o’lchaniladi. Litiy atomining spektri qanday hosil bo’lishini qaraymiz. Asosiy holatga eng yaqin joylashgan qo’zg’algan holat 2p. Elektronni u yerga o’tkazish uchun unga 1,9 eV energiya berish kerak. Bu sathdan elektron, qaytib 2s sathga o’tganda o’zidan to’lqin uzunligi 6708 A bo’lgan elektromagnit nur (yorug’lik) chiqaradi.
Bu spektr chizig’ini qo’zg’atish potensiali 1,9 eV ga tengdir. Agar litiyning hamma atomlariga shunday energiya berilganda edi bu holda, uning chiqarish spektrida faqat shu chiziq bo’lardi xolos. Litiy spektridagi boshqa hamma chiziqlar 1,9 eV dan katta qo’zg’atish potentsialiga ega.
Kvant mexanikasiga ko’ra, faqat ba’zi sathlar orasida o’tishlar amalga oshadi, ba’zilari orasida esa o’tish mumkin emas. O’tishlar, tanlash qoidasiga bo’ysinadi. Unga ko’ra, o’tish bo’layotgan sathlarga tegishli bosh kvant sonla- rining farqi  n ( n = n2 – n1) ixtiyoriy butun songa, azimutal kvant sonlarining farqi  1 esa ±1 bo’lishi mumkin. Bu qoidaga ko’ra, vodorod atomining elektroni 1s asosiy holatdan faqat istalgan p holatga o’tishi mumkin, ya’ni 1s —> np (n 2), 2p elektron esa ixtiyoriy s yoki d holatlarga o’tishi mumkin. Lekin u 1s dan 2s ga (yoki aksincha) o’ta olmaydi.
Spektr chiziqlarining tabiiy kengligi. Atomlarning chiqarish spektrlari alohida chiziqiardan iborat bo’ladi. Spektr chizig’ining muhim xarakteristi- kalaridan biri uning tabiiy kengligidir. Agar, chiziqning shakli, faqat uning tabiiy kengligi sababli bo’lsa u spektral asbobning ajratib ko’rsata olish kuchini oshirgan bilan bir nechta alohida chiziqlarga ajralmaydi. Chiziqning tabiiy kengligi atomning ma’lum energetik holatda (sathda) yashash vaqti bi­lan aniqlanadi. Geyzenbergning noaniqliklar munosabatidan
 E t  h




ma’lum holatdagi zarracha yashash vaqtini kamayishi (ya’ni  t ni kamayishi) natijasida holat energiyasi noaniqligini ya’ni,  E ni ko’payishi kelib chiqadi. Bu erda, h - Plank doimiysi. Erkin atomlarning qo’zg’algan holatda yashash vaqti 10-8s bo’lgan holda molekula uchun bu vaqt bor yo’g’i 10-13 s ni tashkil qiladi. Bunga sabab, molekulani qo’zg’algan holatdan asosiy holatga qaytishida o’z energiyasini nur chiqarmaydigan yo’llar orqali kamaytirish ehtimoliyatini ko’pligidir. Yashash vaqtini besh tartibga kamayishi yutilish polosasi tabiiy kengligini shuncha marta ko’payishiga olib keladi. Xuddi shu narsa, atom spektrlarini chiziqli, molekula spektrini esa yo’l-yo’l (polosa) bo’lishiga sabab bo’ladi.
Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish