Bugʻdoyning genetik xususiyatlari tahlili


Laboratoriyaning asosiy vazifalari



Download 59 Kb.
bet2/6
Sana11.03.2022
Hajmi59 Kb.
#489182
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BUGʻDOYNING GENETIK XUSUSIYATLARI TAHLILI

Laboratoriyaning asosiy vazifalari:
Yumshoq bug‘doyning jaxon kolleksiyasi namunalaridan xosildorlikni ta'minlovchi miqdoriy belgilarning irsiylanishi va o‘zgaruvchanligi, tuproq iqlim sharoitiga moslanuvchanligi, donning non bo‘lish sifatini o‘rganish asosida yangi navlar tanlash va amaliyotga tatbiq etish; 
bug‘doy navlari donidagi zaxira oqsillarining elektroforetik tahlili va o‘simlik to‘qimalaridagi fermentlar faolligi taxlili asosida navlarning navdorligi bo‘yicha identifikasiya qilish, ularning qimmatli xo‘jalik belgilari bilan korrelyasion bog‘liqligini gibridologik taxlil qilish asosida genetik markerlar topish va seleksiyaga tatbiq qilish;
tritikale va javdarning kolleksion namunalaridan O‘zbekiston sharoitiga mos keladigan yuqori xosilli va ozuqa birligi yuqori bo‘lgan, xamda tuproq sho‘rlanishiga chidamli navlarni tanlash va birlamchi urug‘chiligini tashkil etish;
dukkakli ekinlar mosh, fasol, no‘xot va yasmiqning xosildorligini oshirish, ularning ildiz rizosferasidagi tuganakli bakteriyalarning faoliyatini yaxshilashda mikrobiologik preparatlarning roli, ularni qo‘llash texnologiyasi tatbiq qilish;


Erysiphe graminis Ds.
G‘allagulli ekinlarning bu kasalligi hamma joyda keng tarqalgan kasalliklardan biridir. Ammo Markaziy Osiyo, Qozog‘istonda keng tarqalgan va zararli kasallik hisoblanadi. Bu kasallik bilan bug‘doy, javdar, arpa, suli va boshqa g‘allagulli o‘tlar (ajriq, g‘umay, bug‘doyiq, oq so‘xta, qo‘ng‘irbosh, raygras va boshqalar) zararlanadi.
Kasallikdan har yili 2-4 s/ga hosil nobud bo‘ladi. Bulardan tashqari kasallangan o‘simlik barg sathining assimilyatsion yuzasi kamayadi, xlorofill va boshqa pigmentlarning ishi buziladi, tuplanishi pasayadi, boshoq chiqarishi kechikadi, lekin o‘simlikni pishishini tezlashtiradi. Hosildorlik 10-15 % dan 30-35 % gacha kamayadi.
Savelyeva va Polyakova ma’lumotlariga ko‘ra o‘rtacha 4 yilda 1000 urug‘ni og‘irligi kuzgi bug‘doy Bezostaya -1 navi kuchli kasallanganida 45 grammdan 39 grammga tushgan. Bir boshoqdagi don soni 22 donadan 19 donaga tushgan, o‘simlikni bo‘yi pasaygan va kraxmal to‘planishi kamaygan. Olinadigan 50 s/ga hosil 5-9 s/ga gacha tushgan. Azotli o‘g‘itlarni meyoridan ko‘p berilishi kasallikni kuchaytiradi, fosforli va kaliyli o‘g‘itlar esa kamaytiradi.
Kasallikni qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ning ma’lum o‘simliklarga yashashga moslashgan bir kancha xili bor, bular tubandagilardir: bug‘doyda f. tritici, arpada f. hordei, javdarda f. secalis, sulida f. avenae.
Kasallik alomatlari poyada, bargda, barg qo‘ltig‘ida, hamda boshoqda oq g‘ubor hosil qiladi. Maysalarda esa barg qo‘ltig‘ida ko‘rinadi. G‘ubor asta - sekin tarqaladi qalinlashadi va bularda zamburug‘ning mevali tanasi kleytokarpiylari qora nuqta ko‘rinishida paydo bo‘ladi. Zamburug‘ tanasi sirtqi bo‘lib, gifalar uchida appressorlar (so‘rg‘ichlar) bo‘ladi, shularning kengaygan qismi bilan o‘simlikka yopishib oladi. Appressor sirtlaridagi gaustoriyalar ajralib chiqadi, ular o‘simlik hujayrasi ichiga kiradi. Gaustoriyalar yordamida o‘simlikdan oziqa moddalarini shimadi. Un shudring kasalligini qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ ko‘plab konidiyaspora hosil qiladi hamda meva tana paydo qiladi. O‘simlikni o‘suv davrida zamburug‘ konidiyasporalar yordamida tarqaladi. O‘simlikni zararlash O°C dan 20°C darajali haroratda hamda havoning nisbiy namligi 50 % dan 100 % bo‘lganda o‘tadi. Harorat 30°S darajadan oshsa un shudringni rivojlanishi pasayadi, inkubatsion davri 3-11 kun davom etadi (o‘rtacha 4-5 kun).
Konidiyasporalari bir hujayrali rangsiz, bochkasimon, konidiyabandlarga joylashgan.
Kleystotetsiyalari avvalo jigar rangda keyinchalik qorayadi, har bir mevali tana ichida bir necha xalta bor, har bir xaltada 4-6 ta rangsiz spora bo‘ladi.
Xaltasporalar qishlab chiqqan meva tana ichida bo‘lib faqat (bahorga pishib yetiladi. Biroq zamburug‘ asosan, kuzgi ekinlarni zararlaydi. Ularda mitseliy hamda konidiya holida qishlaydi, keyin bahorgi ekinlariga o‘tadi.Bug‘doyning Ulug‘bek-600, Knyajna, Umanka, Makuz-7 va boshqa navlari ancha chidamli.

Download 59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish