Bug‘doy g‘alladoshlar oilasiga mansub o‘tsimon o‘simliklar turkumiga kiruvchi eng qadimiy va hozirda dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida ekiladigan asosiy don ekini



Download 12,6 Kb.
Sana16.03.2022
Hajmi12,6 Kb.
#497862
Bog'liq
Bug‘doy – g‘all-WPS Office


Bug‘doy – g‘alladoshlar oilasiga mansub o‘tsimon o‘simliklar turkumiga kiruvchi eng qadimiy va hozirda dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida ekiladigan asosiy don ekini. Somatik hujayralarida xromosomalarning soniga ko‘ra farq qiladigan 3 (diploid, tetraploid, geksaploid) qatorga kiradigan 30 ga yaqin yovvoyi va madaniy turlari bor.
Jahon dehqonchiligida asosan Yumshoq bug‘doy yoki Oddiy bug‘doy va Qattiq bug‘doy ekiladi. Qolgan turlari esa juda kam miqdorda ekiladi yoki butunlay ekilmaydi. Ko‘pgina bug‘doy turlari (Ararat, Maxa, Timofeyev bug‘doyi, Urartu, Fors bug‘doyi va boshqalar) ning vatani Zakavkazyedir.
Bug‘doy Old va O‘rta Osiyo mamlakatlarida miloddan avvalgi 7-6-ming yilliklarda ma’lum bo‘lgan. 17-asrdan boshlab Shimoliy Amerikada ekila boshlangan. Bug‘doy shimolda Shvetsiya, Rossiyada, janubda Avstraliya, Janubiy Amerika, Afrikaning janubiy chegaralarigacha ekiladi.
Jahonda bug‘doy ekiladigan maydonlar 250 mln. gektarga yaqin bo‘lib, yetishtiriladigan donning qariyb 30% i bug‘doyga to‘g‘ri keladi va bu o‘rtacha 360 mln.t dan ortiq deganidir. Asosiy g‘allakor mamlakatlar – Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy, AQSH, Hindiston, Kanada. O‘zbekistonda 90-yillarning boshidan respublikaning g‘alla mustaqilligini ta’minlash uchun bug‘doy ekiladigan maydonlar kengaytirildi (1,2 mln. ga; 1999).

Botanik tavsifi. Bug‘doyning ildiz sistemasi popuk ildiz bo‘lib, asosiy qismi yerning haydalma qatlamida rivojlanadi, ayrim ildizlar esa 180 sm gacha chuqurga kirib boradi. Poyasi – sidirg‘a bo‘g‘imlarga bo‘lingan somonpoya, bo‘yi 40–130 sm. Bug‘doyning yotib qolishga chidami va hosildorligi poyaning balandligiga bog‘liq. Bargi poyani nayga o‘xshab o‘rab turadigan barg qini va lenta shaklidagi barg plastinkasidan iborat. To‘pguli ko‘pgulli boshoqchalardan iborat boshoq.


Bug‘doyda chetdan changlanish kam uchraydi, ko‘proq o‘zidan changlanadi. Mevasi – don. Doni yalang‘och (polba bug‘doylarda pardali), ovalsimon, tuxumsimon, cho‘ziq yoki sharsimon shaklda, qorin tomonida uzunasiga ketgan egatchali, oq yoki qizg‘ishqo‘ng‘ir rangli bo‘ladi. Bo‘liqligi jihatidan yumshoq (urvoqdi) yoki qattiq (yaltiroq, qayroqi) bug‘doy turlariga bo‘linadi. 1000 ta doni vazni 20–70 g. Yumshoq bug‘doy boshog‘i qiltiqli va qiltiqsiz, qiltig‘i boshog‘idan kaltaroq; doni oq yoki qizg‘ish, ko‘ndalang kesimi dumaloq, ichi asosan unsimon. Qattiq bug‘doy boshog‘i zich, asosan qiltiqli, qiltiqlari boshog‘idan uzun va tik o‘sadi.
Xo‘jalik ahamiyati. Doni to‘yimli, tarkibida oqsil (seleksion navlarida 10–12% dan 20–25% gacha, yovvoyi turlarida 25–30% gacha), kraxmal (60–64%), shuningdek yog‘lar (2%), vitaminlar, fermentlar, mineral moddalar va boshqalar bor. Doni, kepagi va boshqa chiqindilari qimmatli yem, aralash yem sanoati uchun xom ashyo. Somoni yemxashak va to‘shama, qurilish materiali; poyasidan qog‘oz, karton, o‘rov materiali ishlab chiqariladi, savatlar, qalpoqlar to‘qish uchun ishlatiladi. Ko‘k massasi molga beriladi, shuningdek silos qilinadi. Bug‘doy donidan turli navli unlar, yorma, spirt, kraxmal va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Biologik xususiyatlari. Bug‘doy – bir yillik o‘simlik, har xil tur va shakllarni duragaylash yo‘li bilan ko‘p yillik bug‘doy navlari yaratilgan. Kuzgi, bahori, yarim kuzgi va kuz hamda bahorda ekilganida ham hosil beradigan (duoba) turlari ham bor. Kuzgi bug‘doy bahorgisidan biologik jihatdan farq qiladi, sovuqqa va qurg‘oqchilikka chidamli, tuproq harorati 4–5°C bo‘lganda unib chiqadi. Ayniqsa boshoqlash davrida namga talabchan. Vegetatsiya davrida kuzgi bug‘doy uchun 2100°C, bahorgi bug‘doy uchun kamida 1300°C samarali harorat talab etiladi. Qurg‘oqchilik hosiddorlikni pasaytiradi.
Kuzgi bug‘doyning vegetatsiya davri kuzda 45–50, bahor – yozda 75–100 kun, bahorgi bug‘doyniki 90–100 kunni tashkil etadi. Kuzgi bug‘doy qor qoplami qalin bo‘lganda – 35°C gacha sovuqqa chidaydi. Bahorgi bug‘doy maysalari – 8–10°C daraja sovuqqa bardosh beradi. Kuzgi bug‘doy hosildorligi suvli yerlarda 20–25 (ayrim hollarda 70–80) s/ga, lalmi yerlarda bahorgi bug‘doy hosildorligi 12–18 s/ga boradi.
Agrotexnikasi. Sug‘oriladigan mintaqalarda kuzgi bug‘doyni makkajo‘xori, g‘o‘za, kartoshka va boshqa dala ekinlaridan bo‘shagan unumdor yerlarga ekish tavsiya etiladi. Nordon va sho‘rlangan tuproqda yaxshi o‘smaydi. Ekish usuli yoppasiga qatorlab (qator orasi 12–15 sm) yoki tor qatorlab (qator orasi 7–8 sm) ekiladi. Ekish me’yori – lalmi yerlarda gektariga 70–110 kg, sug‘oriladigan mintaqalarda gektariga 170–200 kg, ekish chuqurligi 4–6 sm; kuzgi bug‘doy chuqurroq ekiladi, ekish me’yori 10–15% ortiq olinadi, urug‘lik ekish oldidan saralanib, dorilanadi.
O‘zbekistonning sug‘oriladigan sharoitida bug‘doy ekiladigan yerga ekish oldindan 10–15 t go‘ng, 40–80 kg fosfor, 40–100 kg azot, kaliy solinadi, o‘suv davrida ham ekinzor o‘g‘itlanadi, suvli yerlarda o‘suv davrida 2–3 marta sug‘oriladi, O‘zbekistonda pishib yetilgan bug‘doyzorlar yoppasiga bir yo‘la g‘alla kombaynlari bilan o‘rib-yig‘ib olinadi.
Navlari. O‘zbekistonda 1937–1996 yillarda bug‘doy bo‘yicha 6 marta (1937–61; 194464; 196065; 196375; 197080; 198085; 199095) nav almashtirildi. Bug‘doy bo‘yicha urug‘lik va yangi bug‘doy navlarini yaratishda Milyutin (G‘allaorol) davlat seleksiya stansiyasi 1937; hozir “Suvli yerlarda boshoqli va dukkakli ekinlar ilmiy tekshirish instituti (Andijon shaxri) ning G‘allaorol filiali” muhim ishlarni amalga oshirdi. Sug‘oriladigan maydonlarda bug‘doyning Qiltiqsiz (Bezostaya 1), Unumli bug‘doy, Sete Serros, Sangzor 4, Intensiv, Yonbosh, lalmi yerlarda Qizil bug‘doy (qadimiy jaydari nav). Qizil Shalola (Krasnovodopadskaya 210), Surxok 5688, Tezpishar va boshqa navlari ekiladi. 1995 yildan Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi, Ukrainadan keltirib ekilayotgan Skifyanka, Yuna navlari sug‘oriladigan maydonlarda gektaridan 50–70 s hosil berish imkoniyatiga ega.
Zararkunandalari: don tunlami, gessen pashshasi, ko‘kko‘z, shved pashshasi, hasva va boshqalar.
Kasalliklari: qorakuya, qora zang, unshudring va boshqalar
Noyabr oyida ekish bo‘yichatavsiyalar
Kuzgi bug‘doy yetishtirishda uning parvarishi bo‘yicha barcha agrotexnika tadbirlarning o‘z vaqtida sifatli o‘tkazilishi mo‘l va sifatli don yetishtirishning asosiy omilidir.

G‘alla yetishtirish texnologiyasi har bir mintaqada o‘ziga xos bo‘lib, e'tibor o‘sha tuproq-iqlim sharoitida yuqori va sifatli don yetishtirishga qaratilishi kerak.

Kuzgi bug‘doyda har qanday sharoitda ham fiziologik jarayon davom etadi, uning rivoji uchun energiya zarur bo‘ladi. Kunlik harorat +3–5oS bo‘lganda qishlash davrida fotosintez jarayoni to‘xtab, faqat nafas olish jarayoni ustunlik qiladi. Bunda g‘alla ekish davrida berilgan fosforli va kaliyli mineral o‘g‘itlardan ildiz orqali sintez qilingan organik moddalar hisobiga nafas olish sodir bo‘ladi.

YUqoridagilardan kelib chiqib, bug‘doy parvarishida qish faslida quyidagi agrotexnik tadbirlarni bajarishga alohida e'tibor berish lozim. Eng birinchi suv, ya'ni urug‘ suvidan keyin tuproq namligi DNSga nisbatan 65–70 foiz bo‘lganda 7–8 kunda ekilgan urug‘ tekis unib chiqadi. Maqbul muddatda ekilgan maydondagi urug‘ bir xilda tekis undirib olinib, 3–4 tadan tuplaganda g‘alla o‘simligining kuzgi rivoji, ildiz tizimining yaxshi rivojlanishi natijasida qishdan yaxshi chiqadi va ularning keyingi rivojlanishi, hosildorligi yuqori bo‘ladi.

O‘rtacha 1 gektar maydonda 4,5–5 mln yoki 1 m2 da 450–500 tup nihol bo‘lganda g‘alla maydonini qoniqarli deb baho berish mumkin.

G‘alla unib chiqqandan keyin 20–22 kun ichida tuplash fazasi boshlanadi. G‘alla nihollarining qishlovga tuplagan holda kirishi nihollarning sovuqqa chidamliligini oshirish bilan bir qatorda yuqori hosildorlikni ta'minlashda muhim omillardan biri hisoblanadi.

G‘allaning kuzgi parvarishidan asosiy maqsad – g‘alla maydonlarida maqbul ko‘chat qalinligini saqlashdir. Urug‘ unib chiqmagan dalaning uvat qismlarida hamda simyog‘och atroflariga qo‘shimcha urug‘ ekish yo‘li bilan ko‘chat qalinligini shakllantirish kerak. G‘o‘za qator orasiga kuzgi bug‘doy ekilgan maydonlardagi g‘o‘zapoyani yer muzlagan vaqtida bug‘doy ildiziga zarar yetkazmasdan o‘rib, daladan olib chiqish va bug‘doy maydonlarining payhongarchiligiga yo‘l qo‘ymaslik, yana eng muhim agrotexnik tadbirlardan biri o‘rtacha 1 gektar maydonga 10 tonnadan mahalliy o‘g‘it jamg‘arish lozim.

Har 5 gektar maydonga 50 tonna mahalliy o‘g‘itni sharbatga aylantirish uchun 1 donadan handaqlar qazib, dalaga chiqarilgan mahalliy o‘g‘itlarni handaqlarga solib, ustidan 5–10 sm qalinlikda tuproq bilan ko‘mib qo‘yish darkor.

G‘alla maydonlarini suv bilan ta'minlaydigan ichki ariq va lotoklarni tozalash ishlarini amalga oshirish kerak.

Maysa 3–4 barg, 1-2 barg chiqargan yoki unib chiqmagan maydonlarda yer yorilish holatlarini aniqlash, bunday maydonlarga jamg‘arilgan quruq go‘ng sochishni tashkil etish hamda shu maydonlarni 2–3 kunda kuzatib borish va yengil suv qo‘yishni tashkil etish maqsadga muvofiqdir.

Boshoqli don ekinlari ekilgan maydonlardagi bug‘doy holati to‘la tahlil qilinib, bug‘doyning tuplashi va qishga tayyorgarlik holatini kuchaytirish maqsadida kuzgi mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirishni boshlash lozim.

Fosforli o‘g‘itlarning yillik me'yori ekish oldidan berilgan maydonlarda tuproqdagi fosfor yetarli bo‘ladi. Ammo kuzgi bug‘doy rivojlanishining boshlarida o‘simlik uchun azot talab qilinadi.

G‘allani kuzgi mahalliy va mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish kelgusi yil hosilining asosi hisoblanadi. Ekish oldidan kaliyli, fosforli o‘g‘itlar berilgan bo‘lsa, albatta azotli o‘g‘itlar bilan o‘g‘itlash zarur.

G‘allani azotli mineral o‘g‘itlar bilan o‘g‘itlashda uning navlariga va rivojlanish holatiga qarab o‘g‘itlanadi. Boshoqli don ekinlarining navi biologik ertaki (qiltiqli) bo‘lsa uni ob-havo sharoitiga qarab noyabr oylarining oxirgi o‘n kunligida, biologik o‘rtaki bo‘lsa noyabr oyining ikkinchi o‘n kunligida, biologik o‘rtaki-kechki navlar bo‘lsa ekilgan muddatiga qarab 25 oktyabrdan 10 noyabrgacha o‘g‘itlash lozim.

G‘allani kuzgi o‘g‘itlashda azotli o‘g‘itlar g‘allaning rivojlanish holatiga qarab fizik holatda ammiakli selitra bo‘lsa gektariga 120–150 kg. gacha, karbamid bo‘lsa gektariga 100–120 kg. dan, sulfat ammoniyni 150–180 kg. gacha berish tavsiya etiladi.

G‘allani oziqlantirishda birinchi navbatda o‘rtaki-kechki navlardan Krasnodar-99, Tanya, Grom, Gratsiya, Pervitsa, Yuka, Brigada, Tabor, Andijon-2, Asr, Davr navlari o‘g‘itlanadi. Keyingi navbatda noyabr oyining oxirgi o‘n kunligidan erta ekilgan ertaki navlardan Chillaki, Yesaul, Bobur, Andijon-4, Zvezda, Yaksart, G‘ozg‘on navlari o‘g‘itlanadi.

Ayniqsa, bu tadbirni o‘tkazishda respublikamizning janubiy mintaqalari – Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari mutaxassis va fermerlari ehtiyot bo‘lib tavsiyalarga amal qilishlari lozim.

Rivoji o‘ta past, sarg‘ayib ketgan yoki kechki ekilgan g‘allalarni shu me'yorda o‘g‘itlash bilan birgalikda 1 gektar maydonga 10 tonnadan mahalliy o‘g‘it bilan birga sharbat suvi berish yaxshi samara beradi.



Ob-havo sharoitiga hamda o‘g‘itlashga qarab kuzgi g‘allalar yengil yoki tuproq sharoitidan kelib chiqib 500–600 m3 me'yorda sug‘oriladi. G‘alla maydonlarida yer sathining yorilib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Chunki namlik kamaygandan yoriqlar paydo bo‘lsa qattiq yoki birdan sovuq tushganda yoriqlardan kirgan sovuq g‘alla nihollariga zarar keltiradi.

YUqoridagi agrotexnik chora-tadbirlarning respublikamiz mintaqalari tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda sifatli amalga oshirilishi 2018 yilda g‘alladan yuqori hamda sifatli don hosili yetishtirishni ta'minlaydi.
Download 12,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish