Karno davriyligi va uning F.I.K. Entropiya holat funksiyasi sifatida;
P-v diagrammada aylanma sikl shaklidagi ikkita izotermik, ikkita adiabatik jarayonlardan iborat bo’lgan siklga Karno sikli deyiladi. Bu sikl eng ideal sikllardan biri deb o’rganiladi. Quyidagi 2- rasmda Karno siklining P-v va T-S a diagrammalari tasvirlangan.
А nuqtadan boshlab ishchi jismga issiqlik manbai bo´lgan issiqlik beruvchidan issiqlik beriladi, shuning natijasida izotermik kengayish jaroyoni sodir bo´ladi. Kengayish jaroyoni va jaroyon bo´ylab adiabatik ravishda davom etadi, bu esa tashqi muhit bilan issiqlik almashinmaganligi tufayli ichki energiyanio’zgarishi hisobiga bo´ladi.
2 rasm. Qaytar Karno siklining P-v va T-S diagrammalari.
Karno siklining P-v diagrammasidagi jarayonlarninh tahliliga binoan:
1-2 – S1=const. uchun adiabatik kengayishda harorat Т1 dan Т2 gacha kamayadi.
2-3 – izotermik torayishda ishchi jismdan q2 issiqlik miqdori sovuq nanbaga o’tkaziladi;
3-4 – S2=const. uchun qaytar adiabatik torayishda harorat Т3 dan Т4 gacha ortadi.
4-1 – izotermik kengayish jarayonida issiqlik manbaidan q1 isssiqlik miqdori ishchi jismga uzatiladi.
Shunday qilib, ishchi jism o’zining boshlang’ich holatidan chiqib, avval kengayib, so´ngra torayib yana o’zining avvalgi holatiga qaytib keladi, ya’ni ish bajariladi.
Entropiya (yunoncha, entroria – aylanish, o‘zgarish) termodinamik tizimning holat funktsiyasidir.
Entropiya termodinamik tizim bilan tashqi muhitning o‘zaro issiqlik almashinuvi jarayonning kechish yo‘nalishini ifodalaydi. Entropiya deganda quyidqgi bog’lanish ‘rganiladi.
dS = dQ / T. [J/К] (5)
yoki solishtirma entropiya:
ds = dq / T. [J/(kg·К)] (6)
Klauzius kiritgan funktsiya S entropiya deb aytiladi. Entropiya jism holatining ekstensiv (mddanng massasiga bog’liq) parametri bo’lib, u har qanday t.d. jarayon uchun jismning boshlang’ich va oxirgi hoatlari bilan anqlanadi hamda jarayonning brishiga bog’liq emas.
Entropiyani holat paramamatrlarning funksiyasi sifatida aniqlashadi.
S = f1(P,V); S = f2(P,T); S = f3(V,T); (7)
Yoki solishtirma entropiya uchun:
s = f1(P,υ); s = f2(P,T); S = f3(υ,T); (8)
Entropiya jarayonning turiga bog’liq bo’lmaganligi uchun va ishchi jismning boshlang’ich va oxirgi hoatlariga bog’liq ravishda aniqlanadi, shuning uchun uning faqat o’zgarishi topiladi va ular quyidagi tenglamalar yordamida aniqlanadi.
∆s = cv·ln(T2/T1) + R·ln(υ 2/υ 1); (9)
∆s = cp·ln(T2/T1) - R·ln(P2/P1); (10)
∆s = cv·ln(Р2/Р1) + cр·ln(υ 2/υ 1). (11)
Agar tizimning entropiyasi ortsa (∆s > 0), u holda tizimga issiqlik beriladi.
Agar tizimning entropiyasi kamaysa (∆s < 0), u holda tizimdan issiqlik olinadi.
Agar tizimning entropiyasi o’zgarmasa (∆s = 0, s = Const), u holda tizimga issiqlik berilmaydi va olinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |