Mahalliy budjetlarning daromadlari va xarajatlari
O‘zbekiston Respublikasida mahalliy budjetlarga biriktirilgan daromadlar, mahalliy soliq va tushumlardan hamda har yili yangi budjet yili uchun davlat budjetini tasdiqlash mobaynida davlat tomonidan mahalliy budjetlarga biriktirilgan daromadlardan tashkil topadi. Mahalliy budjetlarga biriktirilgan daromadlarning ko‘p qismini, avvalambor, mahalliy soliq va yig‘imlar tashkil qiladi.
Mahalliy soliqlar va yig‘imlar mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish manbaini vujudga keltirish, tabiiy va boshqa resurslarni qayta ishlab chiqarish, davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralarining faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoit yaratish maqsadini ko‘zlaydi. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksini 23-moddasida O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar turlari keltirib o‘tilgan bo‘lib, ulardan quyidagilari mahalliy budjetlarning daromadlarini shakllantirish maqsadida ularga biriktirilgan:
Mol - mulk solig‘i;
Er solig‘i;
Avtotransport egalaridan benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gazdan foydalanganlik uchun soliq;
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i;
Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im.
Iqtisodiy islohotlarni yangi bosqichida va uning chuqurlashuvida mahalliy hokimiyat organlarining davlat boshqaruvidagi, mahalliy budjetlarning hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish-dagi rolini oshirish, mahalliy budjetlarni o‘z daromad bazalarini yanada mustahkamlab borishini talab qiladi.
Mahalliy budjetlarning daromadlari shuningdek, tartibga soluvchi daromadlardan ham tashkil topadi.
Respublikamizda mahalliy soliqlar va soliqsiz tushumlaridan shakllangan daromadlari mahalliy budjetlar xarajatlarining juda kam qismini qoplaganligi tufayli, mahalliy budjetlar daromadlarining asosiy qismi budjetlararo tartibga solish orqali shakllantiriladi.
Tartibga soluvchi daromadlar - bu yuqori budjetlardan quyi budjetga, ularning daromad va xarajatlarini boshqarib turish (balanslashtirish) maqsadida beriladigan pul mablag‘lari majmuasidir. Tartibga soluvchi daromadlarga ushbu maqsadlar uchun ishlatiladigan barcha moliyaviy resurslar, ya’ni alohida umumdavlat ahamiyatidagi soliqlardan o‘tkazmalar, dotatsiyalar, subvensiyalar, yuqori budjetdan o‘zaro xisob-kitob asosida olingan mablag‘lar kiradi.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, mahalliy budjetlarning biriktirilgan daromadlari va umumdavlat ahamiyatidagi soliqlardan beriladigan ajratmalardan tushumlari ularning xarajatlarini qoplashga yetmaydi. Mahalliy budjetlarga yuqori budjetlan beriladigan dotatsiya va subvensiyalar hajmini kamaytirish uchun budjet bo‘g‘inlari o‘rtasidagi xarajat vakolatlari taqsimotini ham qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to‘g‘risida”qonuning 19-moddasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar xarajatlari tasdiqlangan budjetdan mablag‘lar ajratish doirasida quyidagicha amalga oshiriladi:
1) Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining joriy xarajatlari shaklida;
2) joriy budjet transfertlari shaklida;
3) kapital xarajatlar shaklida:
asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog‘liq ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga;
davlat ehtiyojlari uchun yerga bo‘lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olishga;
4) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida.
O‘zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to‘g‘risida”qonuning 23-moddasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagilarga mo‘ljallangan xarajatlar moliyalashtiriladi:
1) fan, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari bo‘yicha);
2) ijtimoiy ta’minot;
3) aholini ijtimoiy himoya qilish;
4) Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini ta’minlash;
5) iqtisodiyot turli tarmoqlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjet tashkilotlarini saqlash;
6) qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish;
7) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.
Hozirgi vaqtda muhim muammolardan biri bo‘lib, ijtimoiy-madaniy tadbir xarajatlari sohasida o‘z aksini topgan aholining ijtiomiy extiyojlarini va ularni moliyalashtirish manbalari o‘rtasidagi muvozanatni aniqlash hisoblanadi. Hozirgi paytda mahalliy budjet mablag‘larini ijtimoiy sohaga yo‘naltirishni kuchaytirish zarurdir. Bu o‘rinda davlat ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, ijtimoiy ta’minotni rivojlantirishga hamda aholining eng kam ta’minlangan va muhtoj tabaqalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan milliy dasturlarni moliyalashtirishni o‘z zimmasiga olmog‘i lozim. Shu bilan birga, bozor munosabatlarini shakllantirish davomida ijtimoiy-madaniy talablarga budjet xarajatlarining turlari oshib boradi.
Hozirgi davrda davlat bajarishi lozim bo‘lgan muammolardan biri aholini ijtimoiy himoyalashdir. Shuning uchun ham bu masalaga respublikamizda asosiy e’tibor qaratilgandir. Bizning asosiy vazifamiz, maqsadimiz ijtimoiy-madaniy tadbirlar xarajatlarining mahalliy budjet orqali moliyalashtirilishini tahlil etishdan iboratdir. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov qayd etganlarideq "Budjet mablag‘laridan aslo kechiktirib bo‘lmaydigan extiyojlarni avvalo, ijtimoiy sohani, yangi tarkibiy yo‘nalishlarini pul bilan ta’minlash uchungina foydalanish maqsadga muvofiqdir".5 Ushbu masalani xal etish uchun, avvalo mahalliy budjet xarajatlari tuzilishini tahlil etish lozim.
O‘zbekistan bozor iqtisodiga o‘tish jarayonida davlat tomonidan hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda yuzaga kelgan nomutanosiblikni bartaraf etishga katta e’tibor berilmoqda.
Bu o‘z navbatida mahalliy budjetlarning ijtimoiy -iqtisodiy rivojlanish uchun davlat tomonidan ajratiladigan kapital quyilmalarning hajmini oshishiga olib kelmoqda.
Budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish nuqtai nazaridan iqtisodig‘tni rivojlantirish uchun kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish xarajatlari xozirgi kunda muhèm ahamiyatga egadir. Kapital ko‘yilmalarni moliyalashtirish bu turli ishlab chiqarish va noishlab chiqarishga mo‘ljallangan asosiy fondlarni yangilarini yaratish, amal qilinayotganlarini kengaytirish, tiklash va texnik qayta jihozlashga pul mablag‘larini berishdir.
Budjet mablag‘larining cheklanganligi tufayli pul mablag‘lari faqatgina maxsus qurilish ro‘yxatiga kiritilgan qurilish obyektlari doirasida taqsimlanadi. Qurilish va obyektlar bo‘yicha kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish bir yoki bir nechta manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
Qaytarib bermaslik sharti asosida davlat markazlashtirilgan investitsiyalarni budjet mablag‘lari hisobiga davlat ehtiyojlari tasdiqlangan qurilish obyektlari ro‘yxatiga muvofiq moliyalashtiradi.
Bozor munosabatlari shakllanib borgani sari boshqaruv xarajatlari qisaqarib boradi. Bu borada respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov "O‘zbekiston bozor munosabatlariga o‘tishiing o‘ziga xos yuli" asarida quyidagi so‘zlarni aytgan edilar: "Boshqaruvga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish - budjet yetishmovchiligini tugatishning asosiy manbalaridan biridir"
Do'stlaringiz bilan baham: |