Budjetdan tashqari fondlarning ahamiyati va turkumlanishi Budjetdan tashqari fondlarni tashkil etish


Budjetdan tashqari fondlarni tashkil etish



Download 93 Kb.
bet2/5
Sana07.06.2023
Hajmi93 Kb.
#949666
1   2   3   4   5
Bog'liq
Davlatning budjetdan tashqari maqsadli pul fondlari va davlat krediti.

2. Budjetdan tashqari fondlarni tashkil etish

Budjetdan tashqari fondlarni tashkil etish manbalari ko‘p jihatdan ularning xarakteri va maqsadlarini amalga oshirish uchun belgilangan vazifalarning ko‘lamlari bilan aniqlanadi. Manbalarning turli xilligiga va ularning miqdoriga davlat yoki rivojlanishning konkret davridagi iqtisodiy va moliyaviy ahvol ta’sir ko‘rsatadi. Shunday qilib, budjetdan tashqari fondlarni tashkil etish manbalari birmuncha doimiy bo‘lganday vaqtinchalik xarakterga ham ega bo‘ladi. Ular ma’muriy-hududiy birligi bilan ajralib, davlat hududlarida bo‘lishi mumkin.


Budjetdan tashqari fondlarga tushadigan mablag‘larning foydalanish yo‘nalishlari – bu fondlarni maqsadlariga, konkret iqtisodiy sharoitga qarab ishlab chiqilgan va amalga oshiriladigan rejalar asosida belgilanadi. Mablag‘larning bir qismi ta’sis faoliyatga yo‘naltiriladi hamda qimmatli qog‘ozlarni olish uchun ham yo‘naltirilishi mumkin. Budjetdan tashqari fondlar investorlar va moliyaviy bozorning qatnashchisi bo‘lishi mumkin, chunki:

  • birinchidan, odatda pul mablag‘lari bilan foydalanish vaqti ularning vujudga kelishi bilan to‘g‘ri kelmaydi;

  • ikkinchidan, investitsion faoliyat natijasidagi daromadlar tegishli fondlarning xarajatlarini moliyalashtirish uchun qo‘shimcha manba bo‘ladi.

Budjetdan tashqari fondlarni tashkil etish huquqiga respublika va mahalliy organlar ega. Respublika darajasida tashkil etilgan budjetdan tashqari fondlar odatda mahalliy hukumat organlari ixtiyoriga bir qismini ajratish bilan xarakterlanadi. Bu respublika va mahalliy budjetdan tashqari fondlarga tushadigan to‘lovlarning ulushini aniqlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Bunday yo‘l bilan davlatning ijtimoiy sug‘urta fondlari, ya’ni Pensiya fondi, aholining bandlik fondi va boshqalar tashkil etiladi.
Davlatning budjetdan tashqari fondlari (BTF) – bu davlat ixtiyoridagi, qat’iy maqsadli yo‘nalishga ega bo‘lgan moliyaviy resurslar yig‘indisi. BTFlarni shakllantirish vositasida hokimiyat organlari tomonidan milliy daromadni ahamiyati ma’lum ijtimoiy guruhlari va iqtisodiyotning alohida sohalari manfaatlarida qayta taqsimlash ruy beradi.
BTF O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi qonunchilik asosida tashkil etiladi. BTFni tashkil qilishdan asosiy maqsad rivojlanishning ma’lum bosqichida jamiyat uchun muhim bo‘lgan ba’zi xarajatlarni mustaqil daromad manbalari bilan ta’minlashdir.
BTFlar davlat maqomiga ega. BTFlarni shakllanish manbalari quyidagilar hisoblanadi:

  • budjetdan tashqari fondlarga o‘rnatilgan majburiy maqsadli ajratmalar;

  • budjet mablag‘lari;

  • fond tomonidan amalga oshirilgan tijorat faoliyatidan olinadigan foyda;

  • fuqarolar va tashkilotlarning ixtiyoriy badallari.

Mahalliy manbalar evaziga mahalliy darajada o‘z budjetidan tashqari fondlar tashkil etiladi. Ularning ichida mahalliy hududni rivojlantirish uchun, kam ta’minlangan aholi qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash fondlari, tabiatni saqlash fondlarini va boshqalarni ajratish mumkin.
Maqsadli budjetdan tashqari fondlar odatda davlat hukumat organlari ixtiyorida bo‘ladi, lekin ular operativ boshqarilishi turli va shu qatorda maxsus ma’muriy apparat orqali olib borilishi mumkin.
Boshqaruv tuzilmalari fondlar bilan foydalanishi uchun qonun bilan belgilangan ma’lum huquqlarga va majburiyatlarga ega.
Budjetdan tashqari fondlar yordamida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

  • korxonalar, tashkilotlarga kreditlar, subsidiyalar berish moliyalashtirish yo‘llari bilan ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir ko‘rsatiladi;

  • umuman, ijtimoiy infratuzilmani moliyalashtirish, subsidiya, pensiya va nafaqalar berish yo‘llari orqali aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish;

  • chet el davlatlariga, shu qatorda xorijiy sheriklarga qarzlar berish va boshqalar.

Budjetdan tashqari fondlarning o‘z faoliyatini amalga oshirishini tashkil etish davlat hukumat organlarining ixtiyorida bo‘ladi. Ularni jamlash va foydalanish tartibi esa, tegishli qonunlar bilan qat’iy belgilanadi.

Download 93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish