Bog'liq Budjet tashkilotlarida nomoliyaviy aktivlar harakati to’G’risida
5-Mavzu. BUDJET TASHKILOTLARIDA NOMOLIYAVIY AKTIVLAR HARAKATI TO’G’RISIDAGI HISOBOT mavzusi bo‘yicha o’qituvchi tomonidan berilgan variantlardagi savollarga 50-70 so‘z hajmida javob yoziladi. Javobni baholashda javobning to‘liqligi va so‘zlar soni e’tiborga olinadi.
Nomoliyaviy aktivlar harakati to’g’risida hisobot tashkilotning hisobot yili mobaynidagi nomoliyaviy aktivlari (asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari va tovar-moddiy zaxiralari)ning mavjudligi va harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish uchun tuziladi.
Mazkur hisobot shaklini tuzishdan oldin tashkilotlar:
- hisobot yili boshiga mavjud asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy zaxiralar qoldig’ining to’g’riligini (asoslanganligini);
- yil mobaynida tashkilotga kirim bo’lgan va tashkilotdan chiqim bo’lgan barcha nomoliyaviy aktivlarni (budjet va budjetdan tashqari mablag’lar hisobi bo’yicha alohida holda) hisob registrlarida ("Asosiy vositalar bo’yicha aylanma vedomost" 326-shakl, “Moddiy qimmatliklarning miqdor-qiymat hisobi daftari (kartochkasi) 296-shakl, "Bosh jurnal kitobi" 308-shakl va boshqa tegishli registrlarda) to’g’ri aks ettirilganligini;
- kirim va chiqim operatsiyalarini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligini va to’liqligini tekshirib chiqadilar.
Ushbu hisobotda asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar to’g’risida ma’lumotlar "Bosh jurnal kitobi" (308-shakl) va boshqa asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi yuritiladigan hisob registrlari ma’lumotlari asosida to’ldiriladi. Hisobotda asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning (budjet yoki budjetdan tashqari mablag’lar hisobidan olinganligi ko’rsatilgan holda) yil boshiga mavjud qoldig’i, hisobot yili mobaynida kirim bo’lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning qiymati va chiqim bo’lgan (hisobdan chiqarilgan)larining qiymati, shuningdek, hisobot davri oxiriga tashkilotlar balansidagi mavjud qiymati ko’rsatiladi.
Asosiy vositalarni har yilgi qayta baholash hisobiga dastlabki (tiklanish) qiymatining o’zgarishi (oshishi yoki kamayishi) hisobot shaklining alohida "Qayta baholash natijasida" qatorida aks ettiriladi.
Nomoliyaviy aktivlar harakati to’g’risida hisobotni tuzishda quyidagi shartlar to’liq saqlanishi lozim:
hisobot davridagi barcha operatsiyalar hamda pul mablag’lari, asosiy vositalar, moddiy qimmatliklarning inventarizatsiya qilinishi va hisob-kitoblar natijalarining to’liq aks ettirilishi;
analitik hisob ma’lumotlarining hisobot davrining birinchi sanasiga sintetik hisob yuritish hisobvaraqlari bo’yicha aylanmalar va qoldiqlarga bir xil bo’lishi, shuningdek moliyaviy hisobotlar ma’lumotlarining sintetik va analitik hisob ma’lumotlariga mosligi;
Nomoliyaviy aktivlar harakati to’g’risida hisobotlardagi tegishli yozuvlarni qayd etish uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan birlamchi hujjatlardan foydalanish.
Ushbu asosiy shartlarga rioya qilinmagan holda tuzilgan Nomoliyaviy aktivlar harakati to’g’risida hisobot noto’g’ri tuzilgan deb hisoblanadi.
Nomoliyaviy aktivlar harakati to’g’risida hisobot yilda bir marta yillik hisobot davrida bitta o’n xonali sonda ming so’m hisobida tuziladi.
Agarda, me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablarini buzmagan holda Nomoliyaviy aktivlar harakati to’g’risida hisobotlar ko’rsatkichlari manfiy qoldiq bilan chiqsa (manfiy qoldiqqa ega bo’lsa), u holda hisobotlarda ushbu ko’rsatkichlar «minus» belgi bilan aks ettiriladi.