1- amaliy topshiriq. Mominov Ikromjon
“Budjet hisoboti” fanining predmeti va ob’ektlari
Budjet hisobotlarining tarkibi, ularni tuzishning maqsadi hamda xususiyatlari
Budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilarning moliyaviy hisobotlarni tuzishning me’yoriy-uslubiy asoslari
Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg’armalari ijrosiga oid hisobotlarni tuzishning me’yoriy-uslubiy asoslari
Budjet hisobotlarini tuzishda qo’llaniladigan axborot tizimlari tarkibi
|
|
|
|
|
1. “Budjet hisoboti” fanining predmeti - budjet tizimi budjetlarini ijro etishda hisobga olinadigan, pulda ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning holati to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish bilan bog’liq munosabatlardan iborat.
2. Budjet hisoboti quyidagi hisobot turlarini o’z ichiga oladi:
budjet tashkilotlarining va budjet mablag’lari oluvchilarning moliyaviy hisobotlari;
Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlariga daromadlarning tushumlari to’g’risidagi hisobot;
Davlat budjetining ijrosi to’g’risidagi hisobot;
davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobot.
Budjet hisobotlarini tuzishning bir qator o’ziga xos hususiyatlari mavjud. Bular, avvalo davlat budjeti, davlat maqsadli jamg’armalari budjetini tuzish va ijro etish printsiplariga va boshqa bir qator omillarga bevosita bog’liqdir.
3. Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishning me’yoriy-xuquqiy asoslarini 4 darajaga ajratish mumkin.
1-darajada keltirilgan qonuniy hujjatlar budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning xuquqiy asosi bo’lib hisoblanadi. Qolgan 2-4 darajada keltirilgan hujjatlar budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning uslubiy asosi bo’lib hisoblanadi.
4. Hozirgi kunda davlat budjeti ijrosi bo’yicha O’zbekiston Respublikasining "Budjet kodeksi" va "Buxgalteriya hisobi to’g’risida"gi qonunlariga, G’aznachilik va uning xududiy bo’limlarida davlat budjeti kassa ijrosi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2013 yil 2 dekabrdagi 157-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Davlat budjeti g’azna ijrosi budjet hisobi to’g’risida yo’riqnoma” ga “Davlat maqsadli va budjetdan tashqari boshqa jamg’armalari budjeti g’azna ijrosi budjet hisobi to’g’risida yo’riqnoma” ga asosan budjet hisobi yuritilmoqda va boshqa tegishli qonuniy xujjatlarga asosan moliya organlari (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning xududiy bo’linmalari Qaroqalpog’iston Respublikasi moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari, shahar va tuman moliya bo’limlaribudjet hisobini yuritadi.
5. Hozirgi kunda davlat budjeti ijrosiga oid hisobotlar G’aznachilik axborot tizimi, Davlat budjeti axborot tizimlari dasturiy ta’minotlar yordamida shakllantirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |